O‘ZBEKISTONDA KOLLEKTIVLASHTIRISHNING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING XUSUSIYATLARI
MAVZU: O‘ZBEKISTONDA KOLLEKTIVLASHTIRISHNING AMALGA OSHIRILISHI VA UNING XUSUSIYATLARI
Reja: 1. Sovet hokimyatining qishloq xo’jaligi jamoalashtirish siyosatining asosiy mohiyati 2. Quloqlashtirish siyosatini amalga oshirishning shartlari, maqsadlari v а oqibatlari
Sovet hokimyatining qishloq xo’jaligi jamoalashtirish siyosatining asosiy mohiyati ■ 1929-yil tarixga qora belgi ostidagi “buyuk burulish yili” deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfini ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo`q qilishning boshlang`ich davri edi. ■ Bunda “quloqlar” va “boylar” toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o`z xo`jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o`rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi. ■ 1929-yilning yozida “quloqlar” ni jamoa xo`jaliklariga (kolxoz) kiritilishini ta`qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7-noyabrida “xalqlar otasi” Stalinning matbuotda bosilib chiqqan “Buyuk burulish yili” nomli maqolasi hamda 27-dekabrda qishloq xo`jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so`zlagan nutqi quloqlarni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi.
■ Ommaviy jamoalshtirish g`oyasi, umuman olganda, “Lenincha kooperativ reja” da o`z ifodasini topgan bo`lib unda dehqonlarni bosqichma – bosqich kooperatsiyalash yo`li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo`lgan jamoa xo`jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi. ■ 1929-yilning kuzidan e`tiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo`liga o`tdi. ■ Kooperatsiyani barcha turlari va sohalari bo ` yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo ` li bilan almashtirdi . Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsplari asosida emas, balki “yuqoridan belgilash” yo`li bilan amalga oshiriladi. ■ O`zbekistonda jamoalashtirish O`z KP MK ning 1930-yil fevralda qabul qilingan “Kollektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish” to`g`risidagi qarori e`lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi. ■ Zo`rlik bilan, kuch bilan o`tkazilgan jamoalashtirish jarayoni qanday kechgan bo`lsa, shundayligicha ochib berish va qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarning ayanchli, fojeali ahvoli, taqdirini tadqiq etish hozirgi O`rta Osiyo tarixshunosligida dolzarb muammolardan biridir.