logo

O‘ZBEKISTONNING ILK O‘RTA ASRLAT DAVRI YODGORLIKLARINI O‘RGANOSHDA XALQARO HAMKORLIK

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

3116.9609375 KB
O ‘ ZBEKISTONNING ILK O ‘ RTA ASRLAT 
DAVRI YODGORLIKLARINI 
O ‘ RGANOSHDA XALQARO HAMKORLIK       
           REJA : 
  1 Ilk o ‘ rta asrlar davri yodgorliklari 
  2 Ilk o ‘ rta asrlar davri 
yodgorliklarida xalqaro hamkorlik •
Xalqaro hamkorlik
•
Respublikamizning mustaqillikni qo‘lga kiritgandan 
so‘ng Milliy arxeologiya markazi faoliyatida keng 
xalqaro aloqalar va ular asosida olib borilayotgan 
ekspeditsiya va loyihalar muhim o‘rin 
egalladi.Bugungi kunda Markaz olimlari Fransiya, 
Italiya, Rossiya (Novosibirsk, Sankt-Peterburg), 
Yaponiya, AQSH va Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar 
mutaxassislar bilan arxeologik tadqiqotlar olib 
bormoqda •
Qadimda va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi”-loyiha Fransiya ilmiy 
tadqiqotlar Milliy Markazi (CNRS) bilan hamkorlikda olib bormoqda. Izlanishlar 
1989 yildayoq boshlanib, arxeologik izlanishlar Afrosiyob (Samarqand 
Sug‘dining poytaxti) va Ko‘ktepa (eng qadimiy shahar markazlardan biri, antik 
avtorlar tomonidan qayd etishgan Basileya) yodgorliklarida olib borilgan. 
Loyiha rahbarlari O‘zbekiston tomondan M.XIsamiddinov, M.A.Reutova va 
Fransiya tomondan F.Grene, K.Rapen. Afrosiyobdagi birgalikdagi izlanishlar 
natijasida, qadim shaharning mukammal stratigrafiyasi aniqlandi va qadimgi 
sug‘diy davriga oid qatlamlar aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar 
Samarqand shahrining 2750 yillik yoshini belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynadi. 
Ekspeditsiya tomonidan qo‘lga kiritilgan yana bir muhim topilma Arkdagi saroy 
kompleksida aniqlangan Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar hisoblanadi. 
Zera ilk o‘rta asrlarga oid devoriy suratlar ancha mashhur bo‘lsada, ammo 
islom davriga oid tasviriy san’at namunalari O‘rta Osiyo mintaqasida yagona 
hisoblanadi. Ko‘ktepa yodgorligida olib borilgan tadqiqotlar uni ikki qismdan: 
hukmdor saroyi va shahristondan iborat ekanligi aniqlandi. Shimoliy-g‘arbiy 
qismida otashparastlar ibodatxonasi joylashgan shaharning qadimiy asoslari er. 
avv. XIII-X asrlarga oid bo‘lganligi isbotlandi. Keyingi yillarda O‘zbek-Fransuz 
ekspeditsiyasining asosiy e’tibori uzoq yillik arxeolgik tadqiqotlar davomida 
qo‘lga kiritilgan topilmalarni tahlil qilish, nashr etish va muzeylashtirishga 
qaratilgan. •
Buxoro voxasining o‘zlashtirilishi, moddiy madaniyati va 
urbanizatsiya jarayonlari antik va o‘rta asrlarda”– loyiha 
(Fransiya) Luvr muzeyi bilan hamkorlikda olib boriladi. 
Arxeologik tadqiqotlar 2010 yilda boshlanib, xalqaro 
ekspeditsiyaning e’tibori Buxoro voxasining yirik shahar 
markazlari-Poykend va Romitonga qaratilgan. Loyixa 
raxbarlari-J.K.Mirzaaxmedov, Rokko Rante. Arxeologik 
qazishmalar natijasida Poykend shahri, Shahriston 
qismida kechgan xayot tarzi, moddiy madaniyati va 
arxitekturasiga oid qiziqarli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. 
Xom g‘ishtdan tayyorlangan dastlabki monumental 
arxitektura namunalariga Markaziy Osiyoda o‘ziga xos 
bo‘lgan karvonsaroylar misol bo‘lib, ular Buyuk ipak 
yo‘lining gullab-yashnashini va ushbu yo‘lda joylashgan 
“savdogarlar shahri”-Poykendning o‘rnini ko‘rsatib beradi. •
Zarafshon vodiysi arxeologik yodgorliklarini kompleks 
o‘rganish”-Bolonya Universiteti (Italiya) bilan 
hamkorlikda olib borilmoqda. Arxeologik izlanishlar 
2000 yilda boshlanib tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi 
Samarqand Sug‘didagi ilk agro-irrigatsion hududlarni 
aniqlash, tarixiy topografiyasini o‘rganish va 
urbanizatsion jarayonlarning dinamikasini 
ko‘rsatishdan iborat. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 
Zarafshon vohasida 1000 ga yaqin yodgorliklar 
aniqlanib, ulardan 540 tasi o‘rganilgan. •
Markaziy Osiyo madaniyati rivojlanish bosqichlari va tarixi”-Tezukayama va 
Kioto Universitetlari (Yaponiya) bilan hamkorlikda. Izlanishlar 2006 yilda 
boshlanib, Samarqand Sug‘dining muhim shaharsizlik markazlari bo‘lmish-
Qalai Dabusiya va Kofirqal’ani o‘rganishga qaratilgan. Loyiha rahbarlari-
A.E.Berdimuradov, Uno Takao. Arxeologik izlanishlar natijasida Samarqand 
viloyati Paxtachi tumanida joylashgan Dabusiya yodgorligi o‘rganilib, qadim 
shahar tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Arkda, 
Shahriston va Rabodda olib borilgan izlanishlar yakunida shahar antik va 
o‘rta asrlarda Sug‘dning yirik madaniy va iqtisodiy markazi bo‘lganligini 
ko‘rsatdi. 2006-2012 yillardagi tadqiqotlar natijalari hamkorlikdagi 
monografiyada umumlashtirilgan: “Qala-i-Dabusiya-Buyuk ipak yo‘lidagi 
Sug‘d shahri. Markaziy Osiyoning shahar markazlaridagi ilmiy tadqiqotlar.” 
Kioto-2013. 2014 yildan arxeologik izlanishlar Samarqand hukmdorlari 
“ixshidlar”ning rezidensiyasi bo‘lmish, Samarqand yaqinidagi Kofirqal’a 
yodgorligida davom ettirildi. Izlanishlarning asosiy maqsadi yodgorlik va 
uning atrofini o‘rganish shuningdek Markaziy Zarafshonning antik va o‘rta 
asrlardagi irrigatsion sistemalarini tadqiqotida, yodgorliklarni 
xaritalashtirish, geofizik izlanishlar olib borishlar. •
O‘zbekiston hududidagi qadimiy va o‘rta asrlarga oid voha 
devorlari (Kampirdevor)”-Nyu-York Universiteti (AQSH) 
“Qadimgi dunyoni o‘rganish Instituti” bilan hamkorlikda 
tadqiqotlar 2011 yida boshlangan. Izlanishlarning asosiy 
maqsadi mudofaa inshoatlarining tuzilishini, qurilish 
bosqichlarini va Dunyoning yetti mo‘jizalaridan biri bo‘lmish 
Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash bo‘lgan Buxoro vohasining 
ushbu devori kimga qarshi qurilganligini aniqlashdan iborat. 
Loyiha rahbarlari-J.K.Mirzaaxmedov, Soren Stark. 
O‘zbekiston-Amerika tadqiqotchilarining zamonaviy 
texnologiyalarni qo‘llagan holdagi hamkorlikdagi izlanishlari 
natijasida devorning Buxoro vohasining qismlaridagi 
qoldiqlari ochildi. Devor ikki bosqichda: V asr va VIII asr 
oxiri-IX asr boshlarida qurilganligi va qaysi ko‘chmanchi 
xalqlarga qarshi qurilganligi aniqlandi. Mudofaa inshooti 
devori, qal’a, minoralar, darvozalar qurilish tartibi o‘rganildi. •
Markaziy Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlari qadim va ilk 
o‘rta asrlarda: qadimgi Sharq sivilizatsiyasi va 
madaniyatining o‘zaro ta’sirlari”-XXR Pekin Arxeologiya 
instituti bilan hamkorlikda. Izlanishlar 2012 yilda 
boshlangan. Ekspeditsiyaning tadqiqotlari Farg‘ona 
vohasining qadimiy shahar markazlaridan biri bo‘lgan-
Mingtepaga yo‘naltirilgan. Loyiha rahbarlari 
B.X.Matbabayev, Ju Yanshi. 2012-2015 yillarda arxeologik 
izlanishlar qadim shaharning 16 ta nuqtasida olib borilib, 
qadimgi shaxarning mudofaa tizimi tuzilishi, 
stratigrafiyasiga oid ma’lumotlar olindi. Xususan, 
Mingtepaning mudofaa tizimlari haqida yangi ma’lumotlar 
qo‘lga kiritilgan. Andijon viloyatida Mingtepa yodgorligining 
arxeologik o‘rganilishi Qadimgi Farg‘ona davlati Dovon 
shaharsoziga tarixiga oid yangi ma’lumotlar bergan.     O ‘ ZBEK - YAPON   ????????????????????????
   Kofirqala     O ‘ ZBEK -FRANSUZ   ????????????????????????
   Afrosiyob

O ‘ ZBEKISTONNING ILK O ‘ RTA ASRLAT DAVRI YODGORLIKLARINI O ‘ RGANOSHDA XALQARO HAMKORLIK

REJA : 1 Ilk o ‘ rta asrlar davri yodgorliklari 2 Ilk o ‘ rta asrlar davri yodgorliklarida xalqaro hamkorlik

• Xalqaro hamkorlik • Respublikamizning mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng Milliy arxeologiya markazi faoliyatida keng xalqaro aloqalar va ular asosida olib borilayotgan ekspeditsiya va loyihalar muhim o‘rin egalladi.Bugungi kunda Markaz olimlari Fransiya, Italiya, Rossiya (Novosibirsk, Sankt-Peterburg), Yaponiya, AQSH va Xitoy va boshqa xorijiy davlatlar mutaxassislar bilan arxeologik tadqiqotlar olib bormoqda

• Qadimda va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi”-loyiha Fransiya ilmiy tadqiqotlar Milliy Markazi (CNRS) bilan hamkorlikda olib bormoqda. Izlanishlar 1989 yildayoq boshlanib, arxeologik izlanishlar Afrosiyob (Samarqand Sug‘dining poytaxti) va Ko‘ktepa (eng qadimiy shahar markazlardan biri, antik avtorlar tomonidan qayd etishgan Basileya) yodgorliklarida olib borilgan. Loyiha rahbarlari O‘zbekiston tomondan M.XIsamiddinov, M.A.Reutova va Fransiya tomondan F.Grene, K.Rapen. Afrosiyobdagi birgalikdagi izlanishlar natijasida, qadim shaharning mukammal stratigrafiyasi aniqlandi va qadimgi sug‘diy davriga oid qatlamlar aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar Samarqand shahrining 2750 yillik yoshini belgilashda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ekspeditsiya tomonidan qo‘lga kiritilgan yana bir muhim topilma Arkdagi saroy kompleksida aniqlangan Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar hisoblanadi. Zera ilk o‘rta asrlarga oid devoriy suratlar ancha mashhur bo‘lsada, ammo islom davriga oid tasviriy san’at namunalari O‘rta Osiyo mintaqasida yagona hisoblanadi. Ko‘ktepa yodgorligida olib borilgan tadqiqotlar uni ikki qismdan: hukmdor saroyi va shahristondan iborat ekanligi aniqlandi. Shimoliy-g‘arbiy qismida otashparastlar ibodatxonasi joylashgan shaharning qadimiy asoslari er. avv. XIII-X asrlarga oid bo‘lganligi isbotlandi. Keyingi yillarda O‘zbek-Fransuz ekspeditsiyasining asosiy e’tibori uzoq yillik arxeolgik tadqiqotlar davomida qo‘lga kiritilgan topilmalarni tahlil qilish, nashr etish va muzeylashtirishga qaratilgan.

• Buxoro voxasining o‘zlashtirilishi, moddiy madaniyati va urbanizatsiya jarayonlari antik va o‘rta asrlarda”– loyiha (Fransiya) Luvr muzeyi bilan hamkorlikda olib boriladi. Arxeologik tadqiqotlar 2010 yilda boshlanib, xalqaro ekspeditsiyaning e’tibori Buxoro voxasining yirik shahar markazlari-Poykend va Romitonga qaratilgan. Loyixa raxbarlari-J.K.Mirzaaxmedov, Rokko Rante. Arxeologik qazishmalar natijasida Poykend shahri, Shahriston qismida kechgan xayot tarzi, moddiy madaniyati va arxitekturasiga oid qiziqarli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Xom g‘ishtdan tayyorlangan dastlabki monumental arxitektura namunalariga Markaziy Osiyoda o‘ziga xos bo‘lgan karvonsaroylar misol bo‘lib, ular Buyuk ipak yo‘lining gullab-yashnashini va ushbu yo‘lda joylashgan “savdogarlar shahri”-Poykendning o‘rnini ko‘rsatib beradi.