O‘zbekiston mezolit-neolit davri yodgorliklarini o‘rganilishi va xalqaro hamkorlik
O ‘ zbekiston mezolit- neolit davri yodgorliklarini o ‘ rganilishi va xalqaro hamkorlik
Reja 1.mezolit davri yodgorliklarini o ‘ rganilishi 2 neolit davri yodgorliklarini o ‘ rganilishi 3 mezolit - neolit davri yodgorliklarini o ‘ rganishda xalqaro hamkorlik
Mezolit davrining kishilik tarixi taraqqiyotida mustaqil davr sifatida ajratilishi, tarixiy davr ekanligi borasida mutaxassislar o`rtasida turlicha ilmiy talqinlar mavjudligiga duch kelamiz. Masalan, A.A. Formozov mezolit tipologik jihatdan paleolit davriga nisbatan neolit davriga yaqinroq degan ilmiy qarashni ilgari suradi. A.N. Rogachyev esa mezolitni golotsyen paleoliti, yani epipaleolit, xullas, paleolitga yaqin dyegan fikrni ilgari suradi. A.P. Okladnikov esa bir- biriga nisbatan mustaqil bo`lgan «epipaleolit», va « mezolit» degan terminlarni qo`llashni taklif etadi. « Epipaleolit» deganda bazi mintaqalarda paleolitning so`nggi bosqichlarida mezolit jamoalari moddiy madaniyati kuchliroq sezilganligini etiborga oladi
Obishir madaniyati. Fargona vodiysi mezolit davri jamoalarining moddiy madaniyati otgan asr 50-yillar 2-yarmidan etiboran organila boshlangan. Markaziy Fargona hududida 1958 yili B.S.Gamburg va N.G.Gorbunova, 1963-1964 yillari Zadneprovskiy, keyinchalik 1965 yili esa O.Islomov arxeologik izlanishlar olib borishib, mezolit va neolit davriga oid qiziqarli tosh qurollari toplamini qolga kiritishgan. Katrantov tog tizmasi janubiy yon bagrlaridan 28 ta gor va ongurlar aniqlanib arxeologik xaritaga olingan. O.Islomov 1966-1967- yillar, 1969-1971 va 1973 yillari ObishirI – V gor makonlarida muntazam ravishda qazilma ishlarini amalga oshirgan. YOdgorliklar mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli bolib, qolga kiritilgan materiallar asosida O. Islomov Obishir mezolit davri madaniyatini ajratib, ilmiy asoslashga erishgan. O. Islomov Fargona vodiysida ibtidoiy davr moddiy madaniyati atroflicha tadqiq etar ekan, kop yillik tadqiqotlar asosida vodiyning geografik jihatdan xududlarning yani tog mintaqasi ( Sox daryosi vohasi) va past tekislik mintaqasi ( Markaziy Fargona )da turlicha va oziga xos tosh industriyasiga ega bolgan madaniyatlar tarqalganligini .
Qoshilish mezolit makoni. YOdgorlik Toshkent oazisi Bozsuv vohasining Bozsuv kanali chap qirgogida joylashgan ochiq tipdagi yodgorlik hisoblanadi. 1966 yili geologlar tomonidan aniqlangan bolib, 1967 yildan boshlab makonda O.Islomov tadqiqot ishlarini amalga oshirgan.Qazilma jarayonida 3 metr qalinlikkacha bolgan madaniy qatlam qisman buzilgan qatlam bolib chiqdi. Makon arxeologik topilmalar jihatidan ancha kambagal hisoblanib, hammasi bolib 200 dona atrofida tosh buyumlar topilishiga erishilgan. Qolga kiritilgan hayvon suyagi qoldiqlari R.K. Kambaritdinov tomonidan tekshiruvdan otkazilgan va u tomonidan yosh xonakilashgan buqa suyagining aniqlanishiga G.F.Korobkova tomonidan etiroz bolgan. O. Islomov korsatishicha, yodgorlik tosh industriyasi uchirindili- payraqali industriya hisoblanadi