logo

O‘zbekiston bronza davri yodgorliklarining o‘rganilishi va xalqaro hamkorlik

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

563.6318359375 KB
O ‘ zbekiston bronza davri 
yodgorliklarining o ‘ rganilishi 
va xalqaro hamkorlik       Reja 
  1 Bronza davriga umumiy tasnif
   2 sopolli madaniyati
   3 jarqo ‘ ton yodgorligi
   4 ilmiy xalqaro hamkorlik    Bronza tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o’z ichiga oladi. O’rta 
Osiyoda uning taxminiy xronologik chegarasi mil. avv. III minginchi 
yillikning o’rtalari – II minginchi yillikning oxiriga to’g’ri keladi. Bronza 
davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri 
dehqonchilikning yangi yerlarga yoyilishi va mil.avv. II minginchi 
yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib 
chiqishidir.
Bronza davrda xo’jalikning, asosan, yaylov chorvachiligi va 
dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. 
Amudaryo va Zarafshonning quyi kismi, Farg’ona vodiysining 
shimoliy-sharqiy qismi va janubiy Surxon vohasi tabiiy geografik 
jihatdan qadimgi dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun 
qulay bo’lgan. Atrofdagi cho’l va dashtlarda, asosan, chorvador 
qabilalar yashagan. O’zbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi 
— Sherobod, Sho’rchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qadimgi 
ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub 
Sopollitepa, Mirshodi, Mo’lali, Jarqo’ton kabi urug’ jamoasining turar 
joylari - qishloq qo’rg’onlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan.  Qadimgi Baqtriya arxeologiyasi sohasida yirik kashfiyotlar, ya’ni bronza 
davri qadimgi Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi hisoblanuvchi Baqtriya 
sivilizatsiyasi tadqiqotida A.A. Asqarov (Sopolli madaniyati) va V.I. Sarianidi 
(Dashli madaniyati) ning ilmiy izlanishlari muhim hisoblanadi. Xususan, 
A.A. Asqarov Sopollitepa, Jarqo’ton, Bo’ston kabi yodgorliklarda keng 
arxeologik qazish ishlari o’tkazib, O’zbekistonning Janubiy sarhadlari 
miloddan avvalgi II minginchi yillikda qadimgi Sharq sivilizatsiyasi tizimiga 
kirishini isbotladi.
Mutaxassisning yozishicha, Qadimgi Baqtriyaning Sopollitepa va Dashli 
tipidagi yodgorliklarida olib borilgan ilmiy arxeologik tadqiqotlar 
natijalariga ko’ra, mazkur joylarning bronza davri sivilizatsiyasining 
shakllanishida Janubiy Turkmaniston dehqon jamoalari muhim o’rin 
tutgan. Qadimgi dehqon jamoalari Baqtriya yerlariga bevosita Murg’ob 
vohasidan kelgan. Murg’oblik dehqonlar Janubiy O’zbekistonda avval 
Sherobod cho’lini o’zlashtirganlar. Ularning birinchi qarorgohi 
Ulanbuloqsoy suvi bazasidi tashkil topgan Sopollitepa bo’ldi. 
Sopollitepaliklar asta-sekin Ko’hitang va Boysun tog’ etaklari bo’ylab 
shimoli – sharqqa siljidi. Natijada Sherobod daryosining quyi havzasi 
tarmoqlari bo’ylab qadimgi dehqonlarning yangidan-yangi qishloqlari qad 
ko’tara boshladi. Sopollitepa. O’zbekiston hududidagi eng 
qadimgi protoshahar hisoblanadi. 1969-
1974 yillar davomida Sopollitepada olib 
borilgan keng arxeologik qazishmalar 
vaqtida yodgorlik to’liq  ochildi, uning 
turar-joy komplekslari, qadimgi 
qishloqni o’rab olgan mudofaa tizimi va 
qishloq doirasida joylashgan jamoa 
xilxonalari keng o’rganildi. Sopollitepa 
yodgorligi Sherobod tumanidagi 
Ulanbuloqsoyda  joylashgan (Termiz 
shahridan 70 kilometrlar chamasi 
shimoliy-g’arbda) .
Sopollitepa yodgorligidan 150 dan ortiq 
8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy 
qoldiqlari va 138 ta mozor komplekslari 
ochilgan. Yodgorlikning qal’a qismi 
kvadrat shaklida bo’lib, maydoni 82x82 
m, atrofi uch qator mudofaa devorlari 
bilan o’rab olingan. Devorlarning 
qalinligi 2 metrdan ortiq Qazishmalar davomida olib borilgan stratigrafik kuzatuvlarga ko’ra, 
uy-joy komplekslari uchta xronologik qurilish bosqichlaridan iborat 
ekanligi aniqlandi. Mudofaa tizimini tashkil etgan ichki va tashqi 
bloklar aslida maxsus mudofaa maqsadida qurilgan bo’lsada, 
ammo mintaqada hech bir tashqi havfning yo’qligi ulardan 
keyinchalik har xil maqsadlarda (urug’ xilxonasi, uy-joy xonalari, 
kulolchilik ustaxonalari) foydalanishga olib kelgan. 
Rejaga ko’ra, qal’aning ichki maydoni bir-birlaridan tor ko’chalar 
bilan ajratilgan 8 ta kvartallardan  iborat  bo’lgan. Dastlab uy-joy 
komlekslari qal’a ichki devoriga yopishtirib qurilib, kuzatilgan uchta 
qurilish davomida ular qal’a markaziy maydoni bilan bog’langan tor 
ko’chalar bo’ylab kengayib borgan. Qazishmalar jarayonida ma’lum 
bo’ldiki, mudofaa devorlari, dastlabki uy-joy komplekslari  materik 
(ona yer) ustiga qurilgan,  keyingi bosqichga tegishlilari esa, hech 
bir fundamentsiz, madaniy qatlam ustiga qurilgan. Bu manzara 
qalinligi 2,5 metrgacha bo’lgan madaniy qatlamlar stratigrafiyasida 
yaxshi kuzatiladi.  Sopollitepa aholisi otashparastlar 
bo’lgan. Olov ularda asosiy sig’inish, 
topinish obyekti bo’lgan. 
Zardushtiylikda (uning ildizi 
otashparastlikda) olov qatorida yer, 
ona zamin muqaddas bo’lgani bois, 
otashparast kohinlar murdasi dastlab 
xumlarga solib ko’milgan. Ularning 
farzandlari esa, xumchalarga solib 
ko’milgan.
Xullas, Sopollitepaning tarixiy 
topografiyasi, u yerdan topilgan 
ashyoviy dalillar, qala maydonida 
joylashgan oddiy uy-joylar 
qoldiqlariga tayangan holda 
A.Asqarov, B. Abdullayev, 
T.Shirinovlar  Sopollitepa hali shahar 
darajasiga o’sib chiqmagan 
protoshahar degan xulosaga 
kelishgan. Sababi, yodgorlikning 
hududiy doirasida hukmdor 
qarorgohi joylashgan Arki A’lo hali 
shakllanmagan bo’lgan. Sopolli madaniyati tadqiqotida 
Jarqo’ton, Bo’ston, Kultepa, 
Mo’lali , Ko’zali yodgorliklari ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ular 
Sherobod, Sho’rchi tumanlarida 
joylashgan. Xususan, Jarqo’ton 
yodgorligi Sherobod daryosining 
quyi irmog’i-Bo’stonsoyda 
joylashgan. Yodgorlikda asosan 
A.A. Asqarov, B. Abdullayevlar 
tadqiqot ishlarini olib borishgan. 
Xususan, B. Abdullayev 1974-
1977 yillarda qazilma ishlarini 
o’tkazgan. 3 ta arxeologik 
kompleksga ega bo’lgan 719 ta 
mozor ochib o’rganilgan. Bu 
yodgorliklar materiallari asosida 
ularning quyidagicha xronologik 
davriy sistemasi ishlab chiqilgan: 
Sopolli, Jarqo’ton, Ko’zali, Mo’lali, 
Bo’ston. Jarqo’ton yodgorligida 
tadqiqot ishlarini amalga 
oshirgan. A.A. Asqarovning  yozishicha, tarixdan ma’lumki, sug’orma dehqonchilikka asoslangan 
o’troq xalqning dastlabki davlatchiligi zaminida shaharsozlik madaniyati yotadi. Bunda 
iqtisodiy omil o’troq aholining dehqonchilik va hunarmandchilik xo’jaligi hisoblanadi. 
Shaharlarning tashkil topishida asosan aholining o’troq xo’jalik hayoti va u bilan bog’liq 
yana uch omil mavjudligi tarixan zarur hisoblanadi. Birinchisi, qulay tabiiy sharoit, ya’ni 
unumdor tuproq, suv va boshqa geografik omillar; ikkinchisi, hosildor sug’orma 
dehqonchilik va uni ta’minlovchi agrotexnika. Bular shaharlarning paydo bo’lishidagi 
iqtisodiy omillar hisoblanadi. Uchinchisi, ana shu iqtisodiy omillar asosida vujudga 
kelgan tabaqalashgan jamiyatning diniy, harbiy va siyosiy jihatdan boshqaruv tizimini 
tug’ilishiga sharoit yetilgan bo’lishi kerak, ya’ni iqtisodiy hayotda yuz bergan tub 
o’zgarishlar (dehqonchilikda sun’iy sug’orish sistemasining kashf etilishi, daryolardan 
magistral kanallar orqali yangi yerlarga suv chiqarish, yerni ishlashda omoch va 
hayvondan foydalanish, hunarmandchilikning to’qimachilik sohasida yig’iruv va to’quv 
dastgohining kashf etilishi, kulolchilikda charhning va ikki yarusli xumdonning kashf 
etilishi, metall eritish va quyish texnologiyasining kashf etilishi, uy hayvonlaridan 
transportda foydalanishga o’tish, qurilishda reja asosida uy-joy va monumental binolar 
qurishga o’tish, atrof muhit haqida to’plangan bilimlar asosida astranomiya, astrologiya, 
quyosh soati, kalendar, murakkab hisoblash sistemasini ixtiro etish va boshqalar) tufayli 
ijtimoiy hayotda tabaqalanish yuz beradi. Anashu tabaqalanish jarayoni ma’lum nuqtaga 
yetgach, jamiyatni boshqarish zaruriyati tug’iladi. Bu ijtimoiy omil edi. Qachonkim bu 
uch omil dialektik yaxlitligida tarixiy sharoit tug’ilgandagina qadimgi shaharlar va ular 
bazasida davlat uyushmalari paydo bo’ladi. Ma’lumki, jahon fanida qabul qilingan ilmiy nazariyaga ko’ra, bir aholi 
punktini shahar deb atash uchun qator omillarni yetilishi talab etiladi. 
Ular quyidagilar: territoriyasi 5-6 ga va undan kam bo’lmagan 
maydonda aholining zich joylashgan bo’lishi, aholi zich joylashgan 
maydonning chor atrofi qalin mudofaa devorlari bilan o’rab olingan 
bo’lishi, shahar yuqori tabaqa va xokimlarinig turor joylari oddiy 
fuqoralar turor joy massivlaridan farq qilishi, shahar hokimining 
baland fundament (platforma) ustiga qurilgan monumental qasri, 
ya’ni shahar o’rdasi bo’lishi, shahar maydonida, ya’ni shahristonda 
shahar aholisining barcha qatlamlari uchun xizmat qiluvchi muqaddas 
diniy markaz-mahobatli ibodatxona majmuasi tashkil topgan bo’lishi, 
shahar iqtisodiy asosini ko’p tarmoqli hunarmandchilik va savdo-sotiq 
tashkil etgan bo’lishi, shahar ramzi va belgisi hisoblanmish shahar 
muhri va tug’rosining mavjudligi va boshqalar.
A.A. Asqarovning fikricha, Jarqo’ton yodgorligi anashu talablarning 
barchasiga javob beruvchi Respublikamiz hududidagi eng qadimgi 
shahar qoldig’i hisoblanadi (maydoni 100 gektardan kam bo’lmagan). Jarqo’ton shahristoni. Jarqo’tonning shahriston 
deb atalgan qismi arki a’lodan janubga tomon 
cho’zilib ketgan 15 gektar yaqin tepaliklardan 
iborat. Shulardan 6 tasida katta va kichik 
hajmdagi qazishmalar o’tkazilgan. Ayniqsa, №5 
va №6 tepalar qazilmalarining natijalari 
sermahsul bo’lgan.
Jarqo’ton ibodatxonasi. Yodgorlikning 
shahriston maydonining 6-tepasidan ilk 
zardushtiylik dinining monumental ibodatxonasi 
ochilgan. Ibodatxona Jarqo’tonning eng baland 
qismida qad ko’targan. Arki a’loda joylashgan 
hukmdorning  xosxona qasri-qarorgohi qadimgi 
shaharning kun botarida boshqa bir 
monumental bino-otashparastlar ibodatxonasi, 
uning kun chiqar tomonida, shahar va atrof  
aholi  punktlari jamoalarining muqaddas 
sajdagohi sifatida ko’zga tashlanib turgan.  Xuddi 
shunday  ibodatxona, diniy markaz va muqaddas 
sajdagoh deb atalgan monumental xarakterdagi 
diniy-e’tiqod inshootlari O’rta Osiyoning qator  
arxeologik yodgorliklarida ham ochilgan. Bular 
Oltintepada diniy markaz majmuasi, Dashli-3 da 
ibodatxona, Sarazmda diniy sajdagoh markazi, 
Murg’ob vohasida To’g’oloq va Gonur 
ibodatxonalari hisoblanadi.  1994-2003 yillar davomida esa, Sh.B.Shaydullaev va D.Xuff 
rahbarligidagi Oʼzbekiston-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasi 
Jarqoʼton manzilgohida oʼz tadqiqotlarini olib borgan. Jarqoʼton 
ibodatxonasi shaharning eng baland va markaz joyida qurilgan[3]. 
Mudofaa devorlari 4.5 qalinlikda boʼlgan. Ichki qurilish usuli ilohiylikka 
xos boʼlgan va uch qismga boʼlingan. Birinchisi xoʼjalik qismi boʼlgan. 
U yerda ibodat va koxinlar xizmati bilan bogʼliq ishlar uchun ishlab 
chiqarish ishlari amalga oshirilgan. Masalan, ibodat uchun zarur 
buyumlar va mayitlar bilan koʼmiladigan ashyolar shu qismda ishlab 
chiqarilgan. Ikkinchi qismi ibodatxona markazi boʼlgan. U yer xom 
gʼishtdan terilgan keng maydon boʼlib, unda “chohartak” markaziy 
otashkada oʼrnatilgan. Uchinchi qismi ibodat amallari bajariladigan 
ilohiy joy boʼlgan. Unda otashkadalar, quduqlar, omborxona, 
kulxonalar joylashtirilgan. Topilmalar orasida bronzadan ishlangan 
pichoq dastasi bo'lib, uning gulmixlari termirdan yasalgan. Bu topilma 
Sopolli madaniyati aholisi termirni bilganligidan dalolat beradi. Katta 
patriarxal yashagan ko'p xonali uy qoldiqlari topilgan[4].

O ‘ zbekiston bronza davri yodgorliklarining o ‘ rganilishi va xalqaro hamkorlik

Reja 1 Bronza davriga umumiy tasnif 2 sopolli madaniyati 3 jarqo ‘ ton yodgorligi 4 ilmiy xalqaro hamkorlik

Bronza tosh asriga nisbatan juda qisqa davrni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoda uning taxminiy xronologik chegarasi mil. avv. III minginchi yillikning o’rtalari – II minginchi yillikning oxiriga to’g’ri keladi. Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri dehqonchilikning yangi yerlarga yoyilishi va mil.avv. II minginchi yillikning ikkinchi yarmida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Bronza davrda xo’jalikning, asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi kismi, Farg’ona vodiysining shimoliy-sharqiy qismi va janubiy Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qadimgi dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay bo’lgan. Atrofdagi cho’l va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. O’zbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — Sherobod, Sho’rchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qadimgi ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Mo’lali, Jarqo’ton kabi urug’ jamoasining turar joylari - qishloq qo’rg’onlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan.

Qadimgi Baqtriya arxeologiyasi sohasida yirik kashfiyotlar, ya’ni bronza davri qadimgi Sharq sivilizatsiyasining tarkibiy qismi hisoblanuvchi Baqtriya sivilizatsiyasi tadqiqotida A.A. Asqarov (Sopolli madaniyati) va V.I. Sarianidi (Dashli madaniyati) ning ilmiy izlanishlari muhim hisoblanadi. Xususan, A.A. Asqarov Sopollitepa, Jarqo’ton, Bo’ston kabi yodgorliklarda keng arxeologik qazish ishlari o’tkazib, O’zbekistonning Janubiy sarhadlari miloddan avvalgi II minginchi yillikda qadimgi Sharq sivilizatsiyasi tizimiga kirishini isbotladi. Mutaxassisning yozishicha, Qadimgi Baqtriyaning Sopollitepa va Dashli tipidagi yodgorliklarida olib borilgan ilmiy arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, mazkur joylarning bronza davri sivilizatsiyasining shakllanishida Janubiy Turkmaniston dehqon jamoalari muhim o’rin tutgan. Qadimgi dehqon jamoalari Baqtriya yerlariga bevosita Murg’ob vohasidan kelgan. Murg’oblik dehqonlar Janubiy O’zbekistonda avval Sherobod cho’lini o’zlashtirganlar. Ularning birinchi qarorgohi Ulanbuloqsoy suvi bazasidi tashkil topgan Sopollitepa bo’ldi. Sopollitepaliklar asta-sekin Ko’hitang va Boysun tog’ etaklari bo’ylab shimoli – sharqqa siljidi. Natijada Sherobod daryosining quyi havzasi tarmoqlari bo’ylab qadimgi dehqonlarning yangidan-yangi qishloqlari qad ko’tara boshladi.

Sopollitepa. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi protoshahar hisoblanadi. 1969- 1974 yillar davomida Sopollitepada olib borilgan keng arxeologik qazishmalar vaqtida yodgorlik to’liq ochildi, uning turar-joy komplekslari, qadimgi qishloqni o’rab olgan mudofaa tizimi va qishloq doirasida joylashgan jamoa xilxonalari keng o’rganildi. Sopollitepa yodgorligi Sherobod tumanidagi Ulanbuloqsoyda joylashgan (Termiz shahridan 70 kilometrlar chamasi shimoliy-g’arbda) . Sopollitepa yodgorligidan 150 dan ortiq 8 ta kvartallarga bo’lingan uy-joy qoldiqlari va 138 ta mozor komplekslari ochilgan. Yodgorlikning qal’a qismi kvadrat shaklida bo’lib, maydoni 82x82 m, atrofi uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan. Devorlarning qalinligi 2 metrdan ortiq