logo

O‘zbekistonda antik davr yodgorliklarining o‘rganilishi va xalqaro hamkorlik

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

209.9638671875 KB
O ‘ zbekistonda antik davr 
yodgorliklarining o ‘ rganilishi 
va xalqaro hamkorlik     
      1 O ‘ zbekistonda antik davr
        Yodgorliklarini o ‘ rganilishi.
      2 Antik davr yodgorliklarida 
        Xalqaro hamkorlik O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar
O’zbekiston hududida antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish 
Surxondaryo hududida olib borildi.
XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi 
Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning 
qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni 
olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda 
qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan 
ayol» haykali topilgan.
1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- 
etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo 
havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga 
joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib 
bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy 
davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 
yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan 
qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor.   Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar:
Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Ayozqal’a 1, 2, 3, Katta va Kichik Qirqqizqal’a, 
Qulqal’a, Qumbosganqal’a, Dumanqal’a, Akshaxon, Tuproqqal’a, Qizilqal’a, 
Qo’rg’oshinqal’a, Aqchungul, Kuyukqal’a, Gaurqal’a (Sulton Uvays tog’i), 
Tukqal’a, Jildikqal’a, Burgutqal’a, Ellikqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursun, 
Bozorqal’a, Angkaqal’a, Pilqal’a, Odamliqal’a, Doshqal’a-2 , Tuproqqal’a, 
Eresqal’a.
Amudaryoning so’l sohili hududidagi qal’alar:
Gurganch, Davkasgan, Shoxsanam, Shexrlik, Yarbekirqal’a, Zamaxshar, 
Ichanqal’a, Bo’ldimsoz, Gaurqal’a (Xo’jayli), Ketmenchi, Tuprokqal’a (Xiva), 
Tuproqqal’a (Yangiariq), Tuproqqal’a (Kushko’pir), Kunaqal’a, Voyangan, 
Tuproqqal’a (Shovot), Katqal’a (Shovot) Kalajik, Xazorasp, Chingiztepa 1, 2, 
3, Xumbuztepa, Tuprokqal’a (Qo’ng’irot), Sadvar, Jig’arband, Elxaros, 
Dargon, Gaur 1, 2 (Sariqamish havzasi) va boshqalar.
Antik davrda bu shaharlar mustaqil shahar-davlatlar sifatida mavjud bo’lib, 
harbiy chegara va iqtisodiy madaniy markazlar bo’lgan. Yuqorida qayd 
etilgan qal’alarni ba’zilarining me’moriy-topografik va mudofa tizimiga 
e’tiborni qaratamiz Buxoro viloyatida antik davr yodgorliklari
Buxoro viloyati hududida R.Sulaymonov rahbarligida, Buxoro 
shahrining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsadida 
A.R.Muxammadjonov rahbarligidagi arxeologik guruhlar tadqiqot 
ishlarini olib bordi. Natijada Romish–I, II, III, Setalak, Buxoro keng 
miqyosda o’rganildi.
Buxoro – Zarafshonning Rudizar va Zarirud ismli ikki sohilida bir-biriga 
qarama-qarshi joylashgan, alohida-alohida qishloqlar asosida paydo 
bo’lgan. Shaharning etti joyida keng ko’lamda arxeologik tadqiqotlar 
olib borilgan, undagi madaniy qatlam 20 metrdan oshiq. Devor avval 
paxsadan, keyin to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilgan, to’g’ri 
burchakli kungurga ega. Shahar uch qismdan iborat, ya’ni ark, 
shahriston va shahar atrofidan iborat bo’lib, turli tarixiy davrda 
shakllangan.
Shu bilan birga, Kozimontepa, Chordira, Qo’shrabod, Arabop-1, 
Arabop-2, Varaxshaning quyi qatlami, Xo’jabo’ston, Beshtepa 
yodgorliklari o’rganildi. Qashqadaryo viloyati hududida antik davr yodgorliklari
S.K.Kabanov, R.Sulaymanov rahbarligidagi arxeologik 
guruhlar Erqo’rg’onda, Toshkent Davlat Milliy universiteti 
arxeologiya guruhi Keshda, M.To’rabekov rahbarligidagi 
guruh Qarshi shahrida arxeologik qazish ishlarini olib 
bordi. Shu yodgorliklardan Erqo’rg’onda keng miqyosda 
arxeologik qazish ishlari olib borildi. Erqo’rg’on – 
Nautaka viloyatining markazi bo’lgan (A.Makedonskiy 
shu shaharda to’xtagan degan taxminlar bor). 
Rejalashtirilishi aylana shaklda, umumiy maydoni – 70 
ga. Antik davrga oid qal’a devori, ark devori va 
ibodatxona o’rganildi. Shu bilan birga, Qal’ai- Zaxoki 
Maron, Tillatepa, Kasantepa yodgorliklari ham 
o’rganilgan. Samarqand viloyati hududida antik davr yodgorliklari
Ya.G’.G’ulomov rahbarligida Afrosiyob ekspeditsiyasi 
Afrosiyobda keng miqyosda arxeologik tadqiqotlarni olib 
bordi.
Shaharning mudofaa devori va ichki qismida qadimiy 
madaniy qatlam o’rganildi, natijada yodgorlikning 
qurilishi mil.av. 2500 yilga oidligi aniqlandi Bu yodgorlikda 
O’zbekiston-Germaniya, O’zbekiston-Frantsiya 
arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari faoliyat olib 
bormoqdalar. R.Sulaymonov rahbarligidagi arxeologik 
guruh Ko’ktepada arxeologik qazish ishlarini olib borib, 
qadimiy shahar ekanligini aniqladi. Shaharning hajmi 100 
ga, ark, ibodatxona, uy, mahallalar o’rganilgan. Farg’ona vodiysida antik davr yodgorliklari
Farg’ona vodiysida Yu.A.Zadneprovskiy, 
G.Abulg’ozieva, A.Anorbaev, B.Matbabaev, 
N.G.Gorbunova rahbarligidagi arxeologik guruhlar 
tarixiy obidalarda arxeologik qazish ishlarini olib 
bordilar.
Antik davrga oid 20 ga yaqin yodgorlik qayd etilgan, 
Xitoy yozma manbalaridagi ma’lumotlarga 
qaraganda, Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq shaharlar 
bo’lgan. Surxondaryo viloyati hududida antik davr yodgorliklari
Eski Termiz – 1936–1938 yillarda M.E.Masson rahbarligida 
Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi shaharni arxeologik 
jihatdan o’rganish ishini olib bordi. Uning «qal’a» qismida 
qazish ishlarini olib bordi va shaharning yoshini mil.av. III 
asr bilan aniqladi. 1981 yildan Arxeologiya institutining 
arxeologiya guruhi arxeologik qazish ishlarini olib bordi. 
Sh.Raxmanov 1993 yildan eski Termiz mudofaa devori 
qurilishi tarixini o’rganishni boshladi. Keyingi yillarda 
O’zbekiston-Yaponiya arxeologiya ekspeditsiyasi xodimlari 
(rahbari Sh.Pidaev) Eski Termizda arxeologik qazish 
ishlarini olib bormoqda, olingan natijalar shaharning 
qurilish davri mil.av.V asrga oid ekanligini isbotladilar. Toshkent viloyati hududida antik davr yodgorliklari
Viloyat hududidagi tarixiy obidalarda O’zbekiston 
Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining 
Yu.F.Buryakov, M.I.Filanovich, K.Abdullaev, X.Duke 
rahbarligidagi arxeologik guruhlari qazish ishlarini olib 
bordilar, natijada antik davrga oid ashyolar olindi. Buxoro voxasining o‘zlashtirilishi, moddiy madaniyati va 
urbanizatsiya jarayonlari antik va o‘rta asrlarda”– loyiha 
(Fransiya) Luvr muzeyi bilan hamkorlikda olib boriladi. 
Arxeologik tadqiqotlar 2010 yilda boshlanib, xalqaro 
ekspeditsiyaning e’tibori Buxoro voxasining yirik shahar 
markazlari-Poykend va Romitonga qaratilgan. Loyixa 
raxbarlari-J.K.Mirzaaxmedov, Rokko Rante. Arxeologik 
qazishmalar natijasida Poykend shahri, Shahriston qismida 
kechgan xayot tarzi, moddiy madaniyati va arxitekturasiga 
oid qiziqarli ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Xom g‘ishtdan 
tayyorlangan dastlabki monumental arxitektura 
namunalariga Markaziy Osiyoda o‘ziga xos bo‘lgan 
karvonsaroylar misol bo‘lib, ular Buyuk ipak yo‘lining 
gullab-yashnashini va ushbu yo‘lda joylashgan 
“savdogarlar shahri”-Poykendning o‘rnini ko‘rsatib beradi. Markaziy Sug‘dning dehqon va chorvadorlar aloqa 
zonalaridagi yodgorliklarni o‘rganish”-Napoli Universiteti 
bilan hamkorlikda olib boriladi. Arxeologik tadqiqotlar 2013 
yilda boshlanib, asosiy izlanishlar yo‘nalishi ziroatkorlar va 
chorvadorlarning aloqa hududlarida joylashgan 
yodgorliklarni o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek 
Samarqand viloyati Pastdarg‘om viloyati, Chandir 
qishlog‘ida joylashgan Qo‘ytepa yodgorligini o‘rganish 
maqsad qilingan. Loyiha rahbarlari M.Pardayev, Jenito 
Bruno. Arxeologik izlanishlar natijasi Darg‘om bo‘yida antik 
davrda chorvadorlar va ziroatkorlarning o‘zaro aloqalarini 
kuzatish imkonini beradi. Qo‘ytepa shahri antik davrda 
ziroatkorlarni ko‘chmanchilar hujumlaridan himoya qiluvchi 
mustahkamlangan chegara punkti bo‘lganligini aniqlash. Antik va o‘rta asrlarda Buxoro Sug‘dining shaharsozlik 
madaniyati”-Davlat Ermitaj Muzeyi (Sankt-Peterburg) bilan 
hamkorlikda. Hamkorlikdagi ishlar 1981 yilda boshlangan. 
Ekspeditsiya faoliyati Buxoro Sug‘dining yirik shahar 
markazi-yozma manbalarda “savdogarlar shahri”, “mis 
shahar” nomlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Poykendni 
o‘rganishga qaratilgan. Loyiha rahbarlari J.K.Mirzaaxmedov, 
A.V.Omelchenko.
Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida Poykend yodgorligining Arki, 
Shahristoni va Rabodining katta qismi ochilgan. Shaharning 
mudofaa tizimi, turar-joy kvartallari, rabat-karvonsaroylari 
aniqlangan. Poykend o‘rta asrlar arxeologiyasi bo‘yicha 
noyob etalon yodgorlikka aylanib, yodgorlik hududida 
qazishma ishlarida aniqlangan topilmalar saqlanuvchi 
Muzey yaratilgan. Markaziy Osiyo madaniyati rivojlanish bosqichlari va tarixi”-Tezukayama 
va Kioto Universitetlari (Yaponiya) bilan hamkorlikda. Izlanishlar 2006 
yilda boshlanib, Samarqand Sug‘dining muhim shaharsizlik markazlari 
bo‘lmish-Qalai Dabusiya va Kofirqal’ani o‘rganishga qaratilgan. Loyiha 
rahbarlari-A.E.Berdimuradov, Uno Takao. Arxeologik izlanishlar natijasida 
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan Dabusiya yodgorligi 
o‘rganilib, qadim shahar tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar qo‘lga 
kiritilgan. Arkda, Shahriston va Rabodda olib borilgan izlanishlar yakunida 
shahar antik va o‘rta asrlarda Sug‘dning yirik madaniy va iqtisodiy markazi 
bo‘lganligini ko‘rsatdi. 2006-2012 yillardagi tadqiqotlar natijalari 
hamkorlikdagi monografiyada umumlashtirilgan: “Qala-i-Dabusiya-Buyuk 
ipak yo‘lidagi Sug‘d shahri. Markaziy Osiyoning shahar markazlaridagi 
ilmiy tadqiqotlar.” Kioto-2013. 2014 yildan arxeologik izlanishlar 
Samarqand hukmdorlari “ixshidlar”ning rezidensiyasi bo‘lmish, 
Samarqand yaqinidagi Kofirqal’a yodgorligida davom ettirildi. 
Izlanishlarning asosiy maqsadi yodgorlik va uning atrofini o‘rganish 
shuningdek Markaziy Zarafshonning antik va o‘rta asrlardagi irrigatsion 
sistemalarini tadqiqotida, yodgorliklarni xaritalashtirish, geofizik 
izlanishlar olib borishlar. Tyan Shan tog‘ tizmasining g‘arbiy tarmoqlaridagi arxeologik 
tadqiqotlar”-XXR Shimoliy-g‘arbiy Universiteti bilan hamkorlikda. 
Tadqiqotlar 2014 yilda boshlangan. Ekspeditsiyaning izlanishlari 
O‘zbekiston respublikasining Surxondaryo, Qashqadaryo va 
Samarqand viloyatlari hududlaridagi ko‘chmanchilar yodgorliklarini 
o‘rganishga qaratilgan. Loyiha rahbarlari-A.E.Berdimuradov, Vang 
Szyan Sin.
2014-2015 yillarda Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand 
viloyati hududlaridagi ko‘chmanchilarning qabristonlari joylashgan 
yodgorliklar monitoringi olib borildi. Bir qancha oldin ma’lum 
bo‘lmagan qabristonlar-Zinak (Samarqand), Qaynar 
(Qashqadaryo), To‘da (Surxondaryo) aniqlangan. Antik davrga oid 
Sazagan qabristonlari guruhi kompleks o‘rganilmoqda. 
O‘zbekiston-Xitoy ekspeditsiyasi tomonidan zamonaviy ilmiy 
texnologiyalar asosida mozor-qo‘rg‘onlarning o‘rganilishi 
O‘zbekistonning xalqlarining qadimgi davrdagi madaniyati, iqtisodi 
va etnik genezisi haqidagi bilimlarni to‘ldirib bormoqda.

O ‘ zbekistonda antik davr yodgorliklarining o ‘ rganilishi va xalqaro hamkorlik

1 O ‘ zbekistonda antik davr Yodgorliklarini o ‘ rganilishi. 2 Antik davr yodgorliklarida Xalqaro hamkorlik

O’zbekiston hududida antik davr yodgorliklarida arxeologik tadqiqotlar O’zbekiston hududida antik davrga oid yodgorliklarni o’rganish Surxondaryo hududida olib borildi. XX asrning 30 yillari boshlari va o’rtalarida M.E.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi xodimlari eski Termizning qal’a qismida qazish ishlarini olib borib, mil.avv. III asrga oid ashyolarni olishga muvaffaq bo’ldilar. Shu bilan birga, Kushon davriga oid Ayritomda qazish ishlarini olib bordi, natijada noyob ashyolar, ya’ni «arfa chalayotgan ayol» haykali topilgan. 1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor.

Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar: Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Ayozqal’a 1, 2, 3, Katta va Kichik Qirqqizqal’a, Qulqal’a, Qumbosganqal’a, Dumanqal’a, Akshaxon, Tuproqqal’a, Qizilqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Aqchungul, Kuyukqal’a, Gaurqal’a (Sulton Uvays tog’i), Tukqal’a, Jildikqal’a, Burgutqal’a, Ellikqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursun, Bozorqal’a, Angkaqal’a, Pilqal’a, Odamliqal’a, Doshqal’a-2 , Tuproqqal’a, Eresqal’a. Amudaryoning so’l sohili hududidagi qal’alar: Gurganch, Davkasgan, Shoxsanam, Shexrlik, Yarbekirqal’a, Zamaxshar, Ichanqal’a, Bo’ldimsoz, Gaurqal’a (Xo’jayli), Ketmenchi, Tuprokqal’a (Xiva), Tuproqqal’a (Yangiariq), Tuproqqal’a (Kushko’pir), Kunaqal’a, Voyangan, Tuproqqal’a (Shovot), Katqal’a (Shovot) Kalajik, Xazorasp, Chingiztepa 1, 2, 3, Xumbuztepa, Tuprokqal’a (Qo’ng’irot), Sadvar, Jig’arband, Elxaros, Dargon, Gaur 1, 2 (Sariqamish havzasi) va boshqalar. Antik davrda bu shaharlar mustaqil shahar-davlatlar sifatida mavjud bo’lib, harbiy chegara va iqtisodiy madaniy markazlar bo’lgan. Yuqorida qayd etilgan qal’alarni ba’zilarining me’moriy-topografik va mudofa tizimiga e’tiborni qaratamiz

Buxoro viloyatida antik davr yodgorliklari Buxoro viloyati hududida R.Sulaymonov rahbarligida, Buxoro shahrining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsadida A.R.Muxammadjonov rahbarligidagi arxeologik guruhlar tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada Romish–I, II, III, Setalak, Buxoro keng miqyosda o’rganildi. Buxoro – Zarafshonning Rudizar va Zarirud ismli ikki sohilida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan, alohida-alohida qishloqlar asosida paydo bo’lgan. Shaharning etti joyida keng ko’lamda arxeologik tadqiqotlar olib borilgan, undagi madaniy qatlam 20 metrdan oshiq. Devor avval paxsadan, keyin to’rt tomoni teng xom g’ishtdan qurilgan, to’g’ri burchakli kungurga ega. Shahar uch qismdan iborat, ya’ni ark, shahriston va shahar atrofidan iborat bo’lib, turli tarixiy davrda shakllangan. Shu bilan birga, Kozimontepa, Chordira, Qo’shrabod, Arabop-1, Arabop-2, Varaxshaning quyi qatlami, Xo’jabo’ston, Beshtepa yodgorliklari o’rganildi.