Antik davr
Antik davr Antik davr madaniyati haqida tushuncha Yunon –Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Qadimgi Farg`ona (Davon) antik davr moddiy madaniyatining o`rganilishi
ANTIK DAVRI ARXEOLOGIYASI 1. Antik davr haqida umumiy ma’lumot. 2. Shimoliy Qora dengiz hududidagi antik davr davlatlari. 3. Kavkaz hududidagi antik davlatlar 4. Sibir hududidagi antik davr madaniyati 5. O'rta Osiyoda markazlashgan davlatlarning tashkil topishi. 6. Parfiya, Marg'iyona, Xorazm, Baqtriya, So'g'dda saroy va ibodatxonalar qurilrshi. 7. Haykaltaroshlik san'atining shakllanishi va o'sishi. 8. Me'morchilik va san'atda ellin hamda budda an'analarining paydo bo'lishi.
Adabiyotlar Annayev T., Tilovov B., Xudoyberdiyev Sh. Boysun arxeologik yodgorliklari. – T., 1999. 4. Annayev Т., Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. – Т., 1997. 5. Buryakov Yu.F. Toshkent vohasining qadimgi karvon yo’llari. – T., Fan, 1978. 6. Isomiddinov M.H. Sopolga bitilgan tarix. – T., 1993. 7. Kabirov J., Sagdullayev A. O'rta Osiyo arxeologiyasi. – Т., 1990. 8. Muhammadjonov A.R. Qadimgi Buxoro. – Т., 1990. 9. Muhammadjonov A.R. Qadimgi Toshkent. – Т., 1990. 10. Sagdullayev A. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. – T., 2004. 11. Eshov B.J. Qadimgi O’rta Osiyoning shaharlari tarixi. – T., 2006.
Antik davr haqida umumiy ma’lumot Antika iborasi lotincha « antigus » so’zidan olingan bo’lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo’lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo’llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo’lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta’riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o’chog’i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo’lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan.
Antik davr haqida umumiy ma’lumot Mil. avv. I ming yillik yunonlar bosqini va ularning keng hududlar bo’ylab tarqalishlari bilan bog’liqdir. Yunon manzilgohlari turli joylarda barpo etilib, metropoliyalarida bo’lgan antik jamiyat uchun xos bo’lgan quldorlik tuzumini olib kelishdi. Bu davrda Yunonistonda muhim ijtimoiy jarayon – quldorlik jamiyatining shakllanishi va mustahkamlanishi yuz bergan edi. Quldorlik tuzumining rivojlanishi natijasida ozod dehqonlar xizmatidan ko’ra qullar mehnatidan foydalanish kuchaydi. Bu esa ozod dehqonlar sonini tobora kamaytirib, ularni yerdan mahrum qilib qulga aylanishlariga olib keldi.