logo

OMONIM SO‘ZLAR USLUBIYATI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1926.6298828125 KB
OMONIM SO‘ZLAR USLUBIYATI  KUN HIKMATI
         
ODAMNING ULUG‘VORLIGI, UNING 
BO‘YI BILAN 
O‘LCHANMAGANIDEK, XALQNING 
ULUG‘LIGI HAM, UNING SONI 
BILAN O‘LCHANMAYDI, YAGONA 
O‘LCHOVI – UNING AQLIY 
KAMOLOTI VA AXLOQIY 
BARQARORLIGIDIR! 
  V. GYUGO  OMONIM SO‘ZLAR O‘ZBEK ADABIYOTIDA 
            Tuyuq  turkiy xalqlar adabiyotining eng 
ajoyib she’riy shakllaridan biridir.  Tajnis  esa 
tuyuqni yuzaga keltiruvchi badiiy san’at bo‘lib, 
lug‘aviy jihatdan  jinsdosh , ya’ni  shakldosh  
degan ma’noni anglatadi. Ammo bu san’atni 
oddiygina qilib, omonim so‘zlarni she’rda 
qo‘llash san’ati, desak to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Chunki  omonim lar tilda  qat’iylashgan  
shakldosh so‘zlardir   12.1 MASHQ. TUYUQLAR TARKIBIDGI JINSDOSH 
SO‘ZLARNING MA’NOSINI IZOHLANG
         Yo rab, ul shahd-u shakar yo labdurur,
Yo magar, shahd-u shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabdurur.
1 2 3
Olmani sundi nigorim, „ol“, dedi
Olma birla bu ko‘ngulni „ol“, dedi
So‘rdim ersa olmasini rangini
Ne so‘rarsen, olma rangi „ol“, dedi
1 2 3  12.2- MASHQ. GAPLARDAGI AJRATILGAN 
SO‘ZLARNING OMONIMLARINI TOPIB  KO‘CHIRING. 
1. Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga 
solsa, bilki, hali  tabiat ing toza ekan. 2. Yovuz 
odam ko‘mirga o‘xshaydi: yuzingni qora qiladi, 
o‘tda kuydiradi. 3. Bizning maqomimiz ishq, 
usulimiz odobdir. Eshigimizni emas, 
ko‘nglimizni cherta olgan, marhamat, kelsin!4 . 
Insonni yosh emas, boshidan kechirganlari, 
xatolari, iztiroblari, og‘riqlari ulg‘aytiradi. 
(Shams Tabriziy)  AJRATIB OLINGAN OMONIMLARNING MA’NOLARINI 
ANIQLANG.
Tabiat  
Q ora qiladi  O ‘t
M aqom ____________________________________________
1) Olov 2) harakat 3) o‘simlik 4) oshqozon 
________________________________________
_____________________________________________  12.3- MASHQ OMONIM SO‘ZLARNI TOPING. 
MA’NOLARINI ANLANG 
1.  Kiyik  ovlarga  chiqqanda  4  –  5  kunlar  kimsasiz 
kamarlarda  yotib,  pistirmalarda  tunab,  yolg‘izlikka 
mutlaqo  o‘rganib  ketgan  Omon  mergan  xotinsiz 
uyiga ham ko‘nikdi. – Men ketay deb, tez yetay deb 
bog‘ladim belga kamar. ( Cho‘lpon )
KAMAR I- G‘orsimon o‘yiq joy 
KAMAR II  Tasma, qayish   BILIB OLING 
Omonim so‘zlar, odatda, lug‘atlardagina (nutq 
tarkibiga kirmagan holatda) omonim bo‘lib turadi. 
Ular shaklan bir xil bo‘lsa-da, bitta so‘z emas. 
Omonim so‘zlarning har biri nutqda biror 
grammatik shakllarni qabul qiladi va shundagina 
ularning qaysi ma’noni ifodalashi ayon bo‘ladi. Agar 
shunday bo‘lmasa, omonimlarning ma’nosini anglab 
bo‘lmay qolar va bu ayrim fikrni tushunishda 
chalkashliklarni keltirib chiqarar edi.
She’riyatda omonim so‘zlar turkiy tuyuq janri uchun 
xizmat qiladi.  TEST SINOVI
1. Quyidagi qaysi qatorda ot (ism), ot (hayvon), ot 
(fe’l) so‘zlarining noto‘g‘ri tavsifi berilgan:
A) bir xil shaklga ega bo‘lgan uchta so‘z;
B) bir xil shakldagi alohida ma’noga ega bo‘lgan 
so‘zlar;
C) o‘zaro omonim so‘zlar;
D) bir xil shaklga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘z.
2. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri o‘tmishda pul birligi 
ma’nosini ifodalagan omonim so‘z?
A) chelak; B) paqir; C) moyana; D) maosh.  OMONIM SO‘ZLAR JILOSI 
  1. Har yili  may  oyining oxirlarida bog‘ chetidagi gilosning shig‘il 
pishganini chug‘urchiqlar ovozidan bilamiz. ( A. Muxtor ) – Xarobot 
aro kirdim oshuftahol,  May  istarga ilgimda singan safol. ( Alisher 
Navoiy )
2. Belimga bir  balo  bo‘ldimi? Nima zaril edi, Ochil akaga achchiq 
qilib, shuncha yuk ko‘tarib... ( O‘. Hoshimov ). – Tog‘ang  balo  ekan, 
Kimsan. Kelin bo‘lmish Ra’noxon ikki jahonning biri. ( O‘. Hoshimov )  MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR 
  1. Omonim so‘zlar ko‘p ma’noli so‘zlardan qanday farq qiladi? 
2.  Ilonning yog‘ini yalagan, qo‘li egri, terisi qalin  iboralarida 
omonimlik xususiyati mavjudmi? 
3. Qochirim, kinoya, so‘z o‘yinlarini yuzaga keltirishda omonim 
so‘zlardan qay tarzda foydalaniladi? Misollar ayting. 
4. Alisher Navoiy qit’asidan keltirilgan misralardagi tajnis san’atini 
izohlang: 
Anda har bayt necha ma’ni ila 
Bayt emaskim, g‘arib xonadurur.   UYGA VAZIFA  
12.1-topshiriq.  Berilgan omonim so‘zlarni so‘z turkumlari bo‘yicha 
tasniflang. 
Bosma – bosma; kez – kez; ilmoq – ilmoq; chog‘ – chog‘; sazo – 
sazo; qir – qir; tuman – tuman; yara – yara; qil – qil; shira – shira; 
savag‘ich – savag‘ich; uch – uch; tom – tom; oshiq – oshiq. 
Namuna:  bosma (fe’l) – bosma (sifat)   UYGA VAZIFA  
12.2-topshiriq . Darslikgi she’rlarni 
yodlang va omonim so‘zlarning 
ma’nolarini ayting.   E’TIBORINGIZ UCHUN
 RAHMAT

OMONIM SO‘ZLAR USLUBIYATI

KUN HIKMATI ODAMNING ULUG‘VORLIGI, UNING BO‘YI BILAN O‘LCHANMAGANIDEK, XALQNING ULUG‘LIGI HAM, UNING SONI BILAN O‘LCHANMAYDI, YAGONA O‘LCHOVI – UNING AQLIY KAMOLOTI VA AXLOQIY BARQARORLIGIDIR! V. GYUGO

OMONIM SO‘ZLAR O‘ZBEK ADABIYOTIDA Tuyuq turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she’riy shakllaridan biridir. Tajnis esa tuyuqni yuzaga keltiruvchi badiiy san’at bo‘lib, lug‘aviy jihatdan jinsdosh , ya’ni shakldosh degan ma’noni anglatadi. Ammo bu san’atni oddiygina qilib, omonim so‘zlarni she’rda qo‘llash san’ati, desak to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki omonim lar tilda qat’iylashgan shakldosh so‘zlardir

12.1 MASHQ. TUYUQLAR TARKIBIDGI JINSDOSH SO‘ZLARNING MA’NOSINI IZOHLANG Yo rab, ul shahd-u shakar yo labdurur, Yo magar, shahd-u shakar yolabdurur. Jonima payvasta novak otqali G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabdurur. 1 2 3 Olmani sundi nigorim, „ol“, dedi Olma birla bu ko‘ngulni „ol“, dedi So‘rdim ersa olmasini rangini Ne so‘rarsen, olma rangi „ol“, dedi 1 2 3

12.2- MASHQ. GAPLARDAGI AJRATILGAN SO‘ZLARNING OMONIMLARINI TOPIB KO‘CHIRING. 1. Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa, bilki, hali tabiat ing toza ekan. 2. Yovuz odam ko‘mirga o‘xshaydi: yuzingni qora qiladi, o‘tda kuydiradi. 3. Bizning maqomimiz ishq, usulimiz odobdir. Eshigimizni emas, ko‘nglimizni cherta olgan, marhamat, kelsin!4 . Insonni yosh emas, boshidan kechirganlari, xatolari, iztiroblari, og‘riqlari ulg‘aytiradi. (Shams Tabriziy)