logo

Organik moddalarning mass-spektrlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

616.3115234375 KB
  Organik moddalarning mass-spektrlari
R eja :  
1.  Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi. 
2.  Izotop signallar asosida ionning element tarkibini 
aniqlash. 
3 .  Xlor, brom, oltingugurt va kremniy tutgan birikmalarning 
mass-spektrlari.
4.  Organik molekulaning tarkibidagi uglerod atomlarining 
sonini topish. 
5.  Azot qoidasi.  
6.  Xulosalar 1.  Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi
•
Mass-spektrlarni talqin qilishning (“o‘qish”ning) amaliy asoslari
•
Organik moddaning mass-spektrini olgandan keyin uni “o‘qish”ni nimadan boshlash 
kerak? 
•
Birinchidan, ushbu namunaning paydo bo‘lishi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni bilish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu erda juda ko‘p ma’lumotlar muhim (ajratish va sintez 
qilish usuli, boshlang‘ich reagentlar va erituvchilarning tabiati, aralashmalarning 
mavjudligi va hokazo). 
•
Ikkinchidan, oldin ushbu mass -spektrni kompyuter kutubxonasidagi mavjud spektrlar 
bilan taqqoslash kerak. Ideal holda masala shu bosqichda echimini topishi kerak. 
Bunday holda yangi spektrni ma’lum birikmalarning spektrlari bilan taqqoslash orqali 
olingan ma’lumot namunani organik birikmalarning biror aniq sinfiga tegishli 
ekanligini topishga ma’lum funksional guruhlarning mavjudligini aniqlashga yordam 
beradi. 
•
Agar spektrlarning kutubxonasi aniq javob olishga imkon bermasa, spektrning 
umumiy ko‘rinishiga e’tibor berish kerak: spektr olish sharoitlarini (parametrlarini) 
hisobga olish, eng intensiv signallarga va ularning xarakterli guruhlariga e’tibor berish.  1.  Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi
•
Molekulyar ion   
•
Spektrning molekulyar ion sohasini tahlil qilish natijasida olish mumkin bo‘lgan 
ma’lumotlar haqiqatan ham juda katta. Molekulyar ionning massasi  M +
  analiz 
qilinayotgan birikmaning massasiga teng. Izotoplarga tegishli signallar 
intensivliklarining nisbati ionning taqribiy element tarkibini aniqlashga imkon 
beradi.
•
Molekulyar ionga tegishli signalning nisbiy intensivligini aniqlash uning tuzilishi, 
analiz qilinayotgan birikmaning u yoki bu sinfga tegishliligi haqida ma’lum 
xulosalar qilishga imkon beradi. Masalan, uglevodorodlar uchun birikma 
to‘yinmaganlik darajasining ortishi bilan to‘liq ion tokida  M +
 signalning nisbiy 
intensivligi ham ortadi. 
•
Afsuski, ko‘pchilik birikmalar elektron zarb ta’sirida molekulyar ionga tegishli 
signalni bermaydi. SHu munosabat bilan spektrda  M +
  ga tegishli signalni to‘g‘ri 
topishni o‘rganish zarur.  1.  Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi
•
Signalni molekulyar ionga tegishli deb hisoblash uchun ion to‘rtta zarur, lekin, 
etarli bo‘lmagan  shartni qanoatlantirishi kerak.
•
1) Spektrda eng katta massaga ega bo‘lishi kerak;
•
2) Toq elektronga ega bo‘lishi kerak;
•
3) O‘zidan real neytral zarrachalarni chiqarib yuborish hisobiga, katta massalik 
muhim ionlarni hosil qilishga moyil bo‘lishi kerak;
•
4) Namunada mavjudligi ion bo‘laklari orqali ko‘rinadigan hamma elementlarni 
o‘zida jo qilishi kerak.
•
Hatto bu shartlarning bittasi bajarilmasa ham ion molekulyar bo‘lmaydi. To‘rtta 
shartning hammasi bajarilganda, ion molekulyar bo‘lishi mumkin. 1.  Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi
•
Ushbu shartlarning har birini batafsil qaraymiz. Birinchi shartning zarurligi o‘z 
o‘zidan ko‘rinib turibdi, chunki butun molekulaning massasi uning ixtiyoriy 
bo‘laginikidan katta bo‘lishi kerak.
•
Iondagi elektronlar sonini uning to‘yinmaganlik darajasini hisoblab aniqlash 
mumkin:
•
                                                                                    (4.1)
•
                                                                                  
•
Bu erda,  R   to‘yinmaganlik darajasi (iondagi karrali bog‘lar va sikllarning 
soni);  x ,  y   va  z   ionning C
x H
y N
z O
n  molekulyar (brutto-) formulasining 
indekslari. 
•
To‘yinmaganlik darajasini ionning element tarkibini topgandan keyingina 
aniqlash mumkin. Agar ionning tarkibiga bulardan boshqa elementlar ham 
kirsa,  x ,  y ,  z   va  n  lar tegishli valentliklarga ega bo‘lgan atomlar  soni ning 
yig‘indisi bo‘ladi 
•
( C  va  Si  uchun  4 –  x   ga ,  N  va  P  uchun  3 –  z   ga ,  O  va  S  uchun  2 –  n   ga ,   H  va 
Hal 1 –  y   ga qo’shiladi ). SHuni eslatish lozimki, agar sanab o‘tilgan elementlar 
boshqa oksidlanish darajasi bilan qatnashsa, ( 4. 1) formula noto‘g‘ri natijaga 
olib kelishi mumkin. 1	
2
1	
2
1	
				z	y	x	R 1.  Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi
•
R  ni aniqlash orqali biz nafaqat ionning to‘yinmaganlik darajasini 
o‘rnatamiz, balki undagi elektronlar sonini ham topamiz. Agar  R  butun 
son bo‘lsa, ion toq sonlik elektronlarga ega bo‘ladi va bunga mos 
ravishda molekulyar bo‘lishi mumin. Agar  R  kasr son bo‘lsa, ion juft 
elektronlik bo‘ladi va bunday ion molekulyar bo‘lishi mumkin emas . 
• Misol sifatida tarkibi  C
5 H
9 N
3 O
2 ClBr  va  C
12 SiH
11 PSBr
3  ionlarning 
to‘yinmaganlik darajasini hisoblaymiz. Birinchi holda  x  =5,  y  = 9 + 1 +1 
=11,  z  = 3,  n  = 2.  Bu holda   R = 2  bo‘ladi va ion ikkita qo‘sh bog‘, yoki 
bitta uch bog‘, yoki ikkita sikl, yoki qo‘sh bog‘ va siklga egabo‘lish 
mumkin. Bundan tashqari,  R  butun songa teng bo‘lgani uchun ion toq 
sondagi elektronlarga ega bo‘ladi va bu ion molekulyar bo‘lishi 
mumkin. 
•
Ikkinchi holda  x  = 12 + 1 = 13,  y  = 11 + 3 = 14,  z  = 1,  n  = 1  va  d emak, 
ionning to‘yinmaganlik darajasi  7,5  va uning kasr songa teng   bo‘lishi 
ionning juft elektronga ega ekanligini ko‘rsatadi va bunday ion 
molekulyar bo‘lishi mumkin emas.  1.  Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi
•
Uchinchi zarur shart  M +
  ning birlamchi ion bo‘laklariga asoslanib 
to‘g‘ri tanlanganini tekshirishga imkon beradi. Odatda  M+  quyidagi 
molekulalarni:  CO, CO
2 , H
2 O, C
2 H
4 , HHal; radikallarni :  va hokazo oson 
ajratadi. Quyidagini esda tutish kerak : 
•
M +
 ning o‘z tarkibidan ionlarning intensiv signallarini hosil bo‘lishiga 
olib keluvchi  5 dan to 14 gacha yoki 21 dan to 25 gacha  bo‘lgan a.b.m. 
larni yo‘qotish ehtimoli nihoyatda kam. 
•
SHunga qaramasdan spektrda bunday ionlarga tegshli signallar paydo 
bo‘lsa,  M +
 signal noto‘g‘ri tanlangan yoki namunada aralashmalar 
bo‘lishi mumkin. 
•
Masalan, agar toza birikmaning mass-spektrida eng og‘ir ionning 
massasi  120 , undan keyingi ionniki  112 a.b.m  bo‘lsa, massa soni  120  
bo‘lgan ion molekulyar emas balki ion bo‘lagi bo‘ladi va bu holda  M +
 
turg‘un emas va u spektrda qayd qilinmaydi. 2.  Izotop signallar asosida ionning element 
tarkibini aniqlash
•
Agar moddaning tarkibida bir nechta turg’un izotoplarga ega bo’lgan 
elementlar bo’lsa, bu holda spektrda uning molekulyar ionlari, 
intensivliklarining nisbati o’ziga xos xarakterga ega bo’lgan chiziqlar 
guruhi sifatida ko’rinadi. Chiziqlarning intensivliklari orasidagi 
munosabat izotoplarning tabiiy tarqalganligiga bog’liq bo’lib spektrni 
yozish sharoitlariga bog’liq emas (4.1 jadvalga qarang).
•
Izotoplarga tegishli chiziqlarning guruhlari bo’yicha  Cl, Br, S, Si  va boshqa 
atomlarning sonini aniqlash mumkin. Ikki massa birligiga farq qiluvchi signallar 
guruhidagi chiziqlarning nisbiy intensivligi bo’yicha, molekulyar ion va boshqa ion 
bo’laklarining tarkibida xlor va brom atomlarining bor yo’qligini va sonini 
aniqlash mumkin. 
•
Molekula tarkibidagi brom atomi spektrda  79
Br va  81
Br  izotoplariga tegishli hamda 
intensivliklar nisbati  ~1:1  bo’lgan ikkita chiziq hosil qiladi. Agar molekulada ikkita 
brom atomi bo’lsa, nisbiy intensivligi  uchhadning koeffisiyentlariga, ya’ni  1:2:1  
ga teng bo’lgan uchta chiziq hosil qiladi.  3 .  Xlor,  Br ,  S  va  Si  tutgan birikmalarning mass-
spektrlari
•
Xlor va bromning og’ir izotoplari asosiylaridan  2 Da  ga farq qiladi. Ularning nisbiy 
tarqalganligi mos ravishda   24,5  va   49.5 %   larga teng.   Bunday izotop tarkibiga ega bo’lish 
natijasida, bu galogenlar massalar soninig farqi  2  Da  ga teng bo’lgan o’ziga xos chiziqlar 
guruhi va ularning intensivliklarini xarakterli nisbati bilan molekulyar ionlar va ion 
bo’laklarida oson taniladi.  ( Yuqorida keltiriglan dixlorbenzolning mass-spektriga qarang ). 
•
Bitta xlor atomiga ega bo’lgan ionlar spektrda intensivliklarining nisbati taqriban  3:1  
( aniqrog’i  3,09:1 ),  bitta brom atomi esa, bu nisbat  ~1:1  ( 1,02:1 )  bo’lgan ikkita chiziq 
ko’rinishida namoyon bo’ladi.  
•
Ikkita xlor atomiga ega bo’lgan ionlar, massa sonlari  M, M+2  va  M+4  hamda intensivliklari 
(3 a +b)2  uchhadning koeffisientlariga proporsional, ya’ni taqriban  9:6:1  ( yoki   100:65:11 ) 
nisbatda bo’lgan uchta chiziqqa, to’rtta xlor atomi esa beshta chiziqqa ega bo’ladi.  
•
Quyidagi rasmda tarkibida    4 – 6    galogen atomlari bo’lgan ionlarning izotoplariga tegishli 
chiziqlarning soni va nisbiy intensivliklari keltirilgan. Chiziqlarning bunday guruhlari 
shunchalik xarakterliki, ko’rsatilgan galogenlarning atom sonini va xarakterini ko’z bilan 
qarab aniqlash mumkin .   3. Izotop chiziqlarning nisbiy intensivliklari 3. Cl va   Br   tutgan  birikmalar mass - spektrlari ning
molekulyar (izotop) ionlarga tegishli sohasi 3. T o'rt хlorli uglerodning mass - spektri 3.     1. 1,2,3-T riхlorbenzolning mass-spektri
T arkibida хlor b o' lgan  molekulyar  ionlar soni 4 ta.
M olekulyar ion  -  M +   = 180 a.b.m.
I zotop ionlar:   ( M +2)+ = 182;  ( M +4)+ = 184;   ( M +6)+ = 186.
M olekulyar ionning tarkibidagi хlor atomlarining soni: 4 – 1 = 3 ta
(bu chizi q larning joylashishini va intensivliklar ini oldingi slayddagi 
Cl 3  bilan ta qq oslang) 3.    1,2,3-T riхlorbenzolning mass-spektri
•
X uddi shunday ion bo'laklarining tarkibidagi хlor atomlarining sonini 
topamiz.  M assa soni  145, 147  va  149  bo'lgan chiziqlar  shakli  va 
intensivliklarining nisbati bo'yicha 2 ta хlor tutgan birikmaga 
o'хshaydi.  H aqiqatan ham molekulyar iondan bitta хlorni olib 
tashlasak qolgan ion bo'lagining massasi   180 – 35 = 145 a.b.m .  D emak 
massa soni  2  Da   ga farq qiluvchi qolgan ikkita хarakterli chiziq, ion 
bo'lagining izotoplariga tegishli. 
•
S pektrdagi massa sonlari  109 va 111  bo'lgan intensiv chiziqlar  2 a.b.m  
ga farq qiladi hamda ularning nisbiy intensivliklari  3:1  ga teng. demak 
bu ion bo'lagining tarkibida  bitta хlor atomi bor.  180  – 2*35,5 = 109 
a.b.m .
•
M olekulaning takibidagi uglerod atomlarining sonini hisoblaymiz.  B uning uchun 
massa soni  180  bo'lgan molekulyar ionga tegishli chiziqning intensivligini  100 %  
deb olib, massa soni  181  bo'lgan  M +1  izotop chiziqning nisbiy intensivligini 
proporsiya tuzib topamiz.  H isob-kitob ishlari uchun zarur bo'lgan massa sonlari 
va intensivliklarning qiymatlarini moddaning jadval ko'rinishda berilgan mass-
spektridan olamiz . 3.    1,2,3-T riхlorbenzolning mass-spektri
•
M assa soni  180 a.b.m  bo'lgan molekulyar ionga tegishli chiziqning intensivligi  100 %,  
massasi  181  bo'lgan izotop  ionga tegishli chiziqniki esa  7,0 %  ga teng  (jadvalga qarang) . 
•
H ar bi r   13 C  atomining  181  D alton izotop chiziq intensivligiga qo'shgan ulushi  1,1 % 
ekanligini hisobga olib uglerod atomlarining sonini topamiz.  (7,0:1,1)  = 6,36 .  D emak 
molekulaning tarkibidagi uglerod atomlarining soni  6 ta . [massa sonlari 1 a.b.m. ga farq 
qiluvchi  182 va 183  hamda  184 va 185  izotop chiziqlarning intensivliklarini nisbati ham 
molekulaning tarkibida 6 ta uglerod atomlari borligini ko'rsatadi.]  U larning massasini 
hisoblaymiz.  (6*12)  = 72.   U chta хlor va oltita uglerod atomlarining massa soni  105  + 72 = 
177   bo'ladi. 
•
M olekulyar ionning massasidan bu sonni ayirib  180  – 177 = 3  ni topamiz.  D emak 
molekulaning tarkibida  3  ta vodorod atomi bor. 
•
S hularni  h isobga olib molekulaning brutto formulasini yozamiz.  C 6 H 3 Cl 3 . triхlor benzol.   3 . m -Bromtoluolning mass-spektri 3.  para -Dibrombenzolning mass-spektri 3. C6H4BrCl-Xlorobenzolning mass-spektri 3. Si va S lik birikmalar mass-spektrining 
molekulyar ionga tegishli qismining sxemasi 3. Metil pentil sulfidning mass-spektri 3. Etanditiolning mass-spektri 3. Etil propil tioefirning hisoblangan mass-
spektrining molekulyar ionga tegishli qismi 3. Geksametildisiloksanning mass-spektri 4.  Organik molekulaning tarkibidagi uglerod 
atomlarining sonini topish
•
Uglerod organik birikmalarning muhim elementi hisoblanadi. Mass - spektrlarni 
talqin qilishda odatda  13
C  ning miqdori  12
C  ga nisbatan  1,1%  deb olinadi. 
•
Metan molekulasidagi bitta uglerod atomi spektrda  M +
  ionga tegishli  m/z  ti 16  va 
intensivligi  M +
  ning  1,1 %  ga teng bo‘lgan  m/z  17  signallarning paydo bo‘lishiga 
olib keladi. Bu izotop signal tabiatda har  1000  ta  12
CH
4  molekulaga to‘g‘ri keluvchi 
11 ta  13
CH
4  molekulaga tegishli bo‘ladi. 
•
Molekulada uglerod atomlari sonining ko‘payishi  M+1  ionlarga tegishli signal 
intensivligini  1,1 n  %  ga ko‘payishiga olib keladi.
•
  Bu erda  n   – molekuladagi uglerod atomlarining soni. Mass-spektr bo‘yicha 
molekuladagi uglerod atomlarining sonini aniqlash uchun,  M  ga nisbatan 
foizlarda hisoblangan  M+1  ion signali intensivligini  1,1  ga bo‘lish kerak. Olingan 
bo‘linma molekuladagi uglerod atomlarining soniga teng bo‘ladi. 
•
Spektrda  [M – H] +
 ionga tegishli signal bo‘lgan hollarda (quyiga qarang) hisob-
kitobning murakkablashishini esda tutish kerak. 4.  Organik molekulaning tarkibidagi uglerod 
atomlarining sonini topish
•
Ko‘p sonlik uglerod atomlari bir vaqtda molekulada ikkita va undan ko‘proq  13
C  
atomlarning ishtirok etish ehtimolini ko‘paytiradi, bu esa o‘z navbatida  [M+2], 
[M+3]  va hokazo izotop ionlarga tegishli signallarning intensivligini ko‘payishiga 
olib kelada (4.3-jadval). 
•
Ionning tarkibidagi boshqa elementning har bir atomi uchun  A+1  signalning 
intensivligini  0,37%  ga (azot uchun),  0,04%  ga (kislorod uchun),  5,1%  ga (kremniy 
uchun),  0,8%  ga (oltingugurt uchun) hamda  A+2  ning intensivligini  0,2%  ga 
(kislorod uchun),  3,4%  ga (kremniy uchun),  4,4  ga (oltingugurt uchun),  32,5%  ga 
(xlor uchun),  98,0%  ga (brom uchun) ko‘paytirish zarur. 
•
YOki aksincha agar birikmada oltingugurt, kremniyning va azot atomlarining 
borligi isbotlansa, uglerod atomlarining sonini topishdan oldin  [M+1]  signalning 
intensivligidan, unga oltingugurtning  (0,8n) , kremniy  (5,1n)  va azotning  n  
atomlari qo‘shgan ulush chiqarib tashlanadi.  4.  Organik molekulaning tarkibidagi uglerod atomlarining 
sonini topish 4.  Organik molekulaning tarkibidagi uglerod 
atomlarining sonini topish
4.4- jadval . Molekulyar massasi 110 a.b.m. bo‘lgan birikmaning mass-spektri. 4.  Organik molekulaning tarkibidagi uglerod 
atomlarining sonini topish
•
Spektrda molekulyar ion ( m/z  110 ) maksimal intensivlikka ega. 
•
M +2 ( m/z  112)  izotop ionga tegishli signalning  M +
 ga nisbatan intensivligi  0, 6 %  
ni tashkil etadi. 
•
Demak, modda xlor, brom, oltingugurt va kremniy atomlariga ega emas, 
kislorod atomlarining soni esa maksimum 2 tagacha bo‘lishi mumkin. 
•
M+1   signalning nisbiy intensivligi  6,6%  ga teng va bu molekulaning tarkibida 6 
ta uglerod atomi borligidan dalolat beradi ( 6,6 /1,1 = 6 ). 
•
4.3 - Jadval bo‘yicha  M+2   signalning intensivligiga  13
C   izotop qo‘shgan ulushni 
aniqlaymiz. Oltita uglerod atomi qo‘shgan ulush  0,18%  ni tashkil etadi. SHunday 
qilib, molekulada ikkita kislorod atomi borligini aniqlaymiz ( 0,6 – 0,18 = 0,42) . 
•
Oltita uglerod atomlarining massasi  72 a.b.m. , ikkita kislorod atomlarining 
massasi  32 a.b.m.  va ikkalasining yig‘indisi  104  ga teng. Etishmaydigan 6 a.b.m. 
( 110 – 104 = 6 ) faqat vodorod atomlariga tegishli. 
• Demak, birikmaning tarkibi  C
6 H
6 O
2  bo‘ladi. Kimyoviy real tarkiblarning boshqa 
variantlari (azot yoki ftor atomlari bilan) yoki massasi bo‘yicha, yoki intensivligi 
bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. 4.4-rasmda  o -digidroksibenzolning spektri keltirilgan. 5.  Azot qoidasi
•
Organik birikmalarning tarkibiga kiruvchi ko‘pchilik elementlar uchun eng ko‘p 
tarqalgan izotopning massasi va valentligi orasida, tasodifiy, lekin mass-
spektroskopiya mutaxassislari uchun juda qulay muvofiqlik bor. Bu muvofiqlikka 
ko‘ra ikkalasi ham juft, yoki ikkalasi ham toq. Azot bu qoidadan muhim istisno 
hisoblanadi. SHuning uchun birinchi qarashda juda g‘alati tuyuladigan azot qoidasi 
paydo bo‘ldi. 
•
Bu qoidaga ko‘ra, agar birikmaning tarkibida azot atomlarining soni juft bo‘lsa yoki 
umuman bo‘lmasa, uning molekulyar massasi juft, agar azot atomlarining soni toq 
bo‘lsa, molekulyar massasi toq bo‘ladi. 
•
Bu qoida nafaqat molekulaga yoki molekulyar ionga, balki ion bo‘laklariga ham 
tegishli. Bu holda qoida quyidagacha ta’riflanadi: elektronlari soni toq bo‘lgan ion 
juft sonli azot atomlariga ega bo‘lsa, uning massasi juft; agar juft elektronlik ion toq 
sonlik azot atomlariga ega bo‘lsa, uning massasi juft bo‘ladi. 
•
Azot (A+1) – element bo‘lib  15
N izotopning tabiiy tarqalganligi  14
N  ning taqriban 0,4% 
tashkil etadi. A+1 signalning intensivligiga azotdan tashqari faqat uglerod jiddiy ulush 
qo‘shadi. Uglerod-13 va  15
N izotoplarining intensivliklaridagi farqni va azot qoidasini 
hisobga olib molekuladagi azot atomlarining sonini baholash mumkin. Хulosa
•
1.  Molekulyar ionning massasi M +
  analiz qilinayotgan birikmaning massasiga 
teng. Izotoplarga tegishli signallar intensivliklarining nisbati ionning taqribiy 
element tarkibini aniqlashga imkon beradi;
•
2. Signalni molekulyar ionga tegishli deb hisoblash uchun ion to‘rtta zarur, lekin, 
etarli bo‘lmagan  shartni qanoatlantirishi kerak; 
•
3.  Izotop signal larning intensivliklari orasidagi munosabat izotoplarning tabiiy 
tarqalganligiga bog’liq bo’lib spektrni yozish sharoitlariga bog’liq emas ;  
•
4 .  Izotoplarga tegishli chiziqlarning guruhlari bo’yicha Cl, Br, S, Si va boshqa atomlarning 
sonini aniqlash mumkin. Ikki massa birligiga farq qiluvchi signallar guruhidagi chiziqlarning 
nisbiy intensivligi bo’yicha, molekulyar ion va boshqa ion bo’laklarining tarkibida xlor va 
brom atomlarining bor yo’qligini va sonini aniqlash mumkin;  
•
5. Molekula tarkibidagi uglerod atomlarining sonini aniqlash mumkin; M avzuni mustahkamlash uchun  tezkor  savollar
•
1.  Nimaga qarab mass-spektrda Cl, Br, S va Si elementlari or yo’qligini aniqlash mumkin.
•
2.  Molekula tarkibidagi Cl va Br atomlarining soni nimaga teng.
•
2.  Molekula tarkibidagi uglerod atomlarining soni mass-spektr bo’yicha qanday topiladi .
•
3.  M+1 izotop signalning intensivligiga qaysi elementlar ulush qo’shadi.
•
4.  Molekula tarkibida kislorodning bor yo’qligini qaysi signalga qarab bilish mumkin va nima 
uchun.
•
5.  Spektrning qaysi kattaligi birikma tarkibida azot bor yo’qligidan dalolat beradi .
•
6.  Signalning molekulyar ionga tegishli ekanligi qanday tekshirib ko’riladi.

Organik moddalarning mass-spektrlari R eja : 1. Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi. 2. Izotop signallar asosida ionning element tarkibini aniqlash. 3 . Xlor, brom, oltingugurt va kremniy tutgan birikmalarning mass-spektrlari. 4. Organik molekulaning tarkibidagi uglerod atomlarining sonini topish. 5. Azot qoidasi. 6. Xulosalar

1. Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi • Mass-spektrlarni talqin qilishning (“o‘qish”ning) amaliy asoslari • Organik moddaning mass-spektrini olgandan keyin uni “o‘qish”ni nimadan boshlash kerak? • Birinchidan, ushbu namunaning paydo bo‘lishi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni bilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu erda juda ko‘p ma’lumotlar muhim (ajratish va sintez qilish usuli, boshlang‘ich reagentlar va erituvchilarning tabiati, aralashmalarning mavjudligi va hokazo). • Ikkinchidan, oldin ushbu mass -spektrni kompyuter kutubxonasidagi mavjud spektrlar bilan taqqoslash kerak. Ideal holda masala shu bosqichda echimini topishi kerak. Bunday holda yangi spektrni ma’lum birikmalarning spektrlari bilan taqqoslash orqali olingan ma’lumot namunani organik birikmalarning biror aniq sinfiga tegishli ekanligini topishga ma’lum funksional guruhlarning mavjudligini aniqlashga yordam beradi. • Agar spektrlarning kutubxonasi aniq javob olishga imkon bermasa, spektrning umumiy ko‘rinishiga e’tibor berish kerak: spektr olish sharoitlarini (parametrlarini) hisobga olish, eng intensiv signallarga va ularning xarakterli guruhlariga e’tibor berish.

1. Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi • Molekulyar ion • Spektrning molekulyar ion sohasini tahlil qilish natijasida olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqiqatan ham juda katta. Molekulyar ionning massasi M + analiz qilinayotgan birikmaning massasiga teng. Izotoplarga tegishli signallar intensivliklarining nisbati ionning taqribiy element tarkibini aniqlashga imkon beradi. • Molekulyar ionga tegishli signalning nisbiy intensivligini aniqlash uning tuzilishi, analiz qilinayotgan birikmaning u yoki bu sinfga tegishliligi haqida ma’lum xulosalar qilishga imkon beradi. Masalan, uglevodorodlar uchun birikma to‘yinmaganlik darajasining ortishi bilan to‘liq ion tokida M + signalning nisbiy intensivligi ham ortadi. • Afsuski, ko‘pchilik birikmalar elektron zarb ta’sirida molekulyar ionga tegishli signalni bermaydi. SHu munosabat bilan spektrda M + ga tegishli signalni to‘g‘ri topishni o‘rganish zarur.

1. Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi • Signalni molekulyar ionga tegishli deb hisoblash uchun ion to‘rtta zarur, lekin, etarli bo‘lmagan shartni qanoatlantirishi kerak. • 1) Spektrda eng katta massaga ega bo‘lishi kerak; • 2) Toq elektronga ega bo‘lishi kerak; • 3) O‘zidan real neytral zarrachalarni chiqarib yuborish hisobiga, katta massalik muhim ionlarni hosil qilishga moyil bo‘lishi kerak; • 4) Namunada mavjudligi ion bo‘laklari orqali ko‘rinadigan hamma elementlarni o‘zida jo qilishi kerak. • Hatto bu shartlarning bittasi bajarilmasa ham ion molekulyar bo‘lmaydi. To‘rtta shartning hammasi bajarilganda, ion molekulyar bo‘lishi mumkin.

1. Mass -s pektrning molekulyar ion sohasi • Ushbu shartlarning har birini batafsil qaraymiz. Birinchi shartning zarurligi o‘z o‘zidan ko‘rinib turibdi, chunki butun molekulaning massasi uning ixtiyoriy bo‘laginikidan katta bo‘lishi kerak. • Iondagi elektronlar sonini uning to‘yinmaganlik darajasini hisoblab aniqlash mumkin: • (4.1) • • Bu erda, R to‘yinmaganlik darajasi (iondagi karrali bog‘lar va sikllarning soni); x , y va z ionning C x H y N z O n molekulyar (brutto-) formulasining indekslari. • To‘yinmaganlik darajasini ionning element tarkibini topgandan keyingina aniqlash mumkin. Agar ionning tarkibiga bulardan boshqa elementlar ham kirsa, x , y , z va n lar tegishli valentliklarga ega bo‘lgan atomlar soni ning yig‘indisi bo‘ladi • ( C va Si uchun 4 – x ga , N va P uchun 3 – z ga , O va S uchun 2 – n ga , H va Hal 1 – y ga qo’shiladi ). SHuni eslatish lozimki, agar sanab o‘tilgan elementlar boshqa oksidlanish darajasi bilan qatnashsa, ( 4. 1) formula noto‘g‘ri natijaga olib kelishi mumkin. 1 2 1 2 1     z y x R