logo

Organizmlarning ko’payish usullari ikki xil jinsiy va jinssiz

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5337.0029296875 KB
Organizmlarning ko’payish usullari ikki xil: jinsiy va jinssiz 
ko’payish .
        Jinsiy  hujayralar  ishtirok  etmasdan,  balki  somatik  hujayralar  ishtirokida  nasllarning 
gallanishi  va  rivojlanishiga  jinssiz  ko’payish  deyiladi.  Jinssiz  ko’payish  tabiatda  keng 
tarqalgan. 
1)  Ko’pchilik  bir  hujayrali  sodda  hayvonlar  (amyoba,  avglena,  tufelka)  teng  ikkiga 
bo’linish (binar) yo’li bilan ko’payadi. 2)  Bir  hujayrali  suv  o’tlari 
(xlorella,  xlomidomonada), 
sporalilar  bir  necha  bo’laklarga 
bo’lish  yo’li  bilan  ko’payadi, 
Ko’p  bo’laklarga  bo’linib 
ko’payish  –  shizogoniya    
deyiladi. 
3)  Xlorella,    xlamidomonada   
kabi    suvo‘tlari,  zamburug‘lar 
sporalar   orqali  ko‘payadi.   
Sporalar  mitoz    usulida    hosil   
bo‘ladigan    gaploid    hujayralar 
bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi. 
4)   Kurtaklanib   ko‘payish mitoz 
  asosida    sodir    bo‘ladigan   
jarayon    bo‘lib,  achitqi 
zamburug‘larida  kuzatiladi.  Ona 
hujayrada  yadroni  saqlovchi 
bo‘rtma  paydo  bo‘lib, 
kattalashadi  va  mustaqil 
organizmga aylanadi. , Ko‘p  hujayrali  organizmlarda  jinssiz 
ko‘payish  quyidagicha  amalga  oshadi . 
Fragmentatsiya   –tana  bo‘laklari  orqali 
ko‘payish  usuli  bo‘lib,  regeneratsiya 
jarayoniga    asoslangan.    Fragmentatsiya   
suvo‘tlari    (spirogira)da,  g‘ovak  tanlilarda, 
kovakichlilarda,  yassi  chuvalchanglarda, 
igna tanlilarda kuzatiladi.
Kurtaklanib  ko‘payish  g‘ovak  tanlilarda, 
kovakichlilarda  va  ayrim  halqali 
chuvalchanglarda kuzatiladi.
Zamburug‘lar    (qalpoqchali   
zamburug‘lar),    suvo‘tlar,    yo‘sinlar, 
qirqquloqlar,    qirqbo‘g‘imlar  sporalari 
orqali  ko‘payish xususiyatiga  ega. Yuksak 
  hayvonlarda    (zirhlilar)    zigotadan   
rivojlanayotgan    embrion    ilk  rivojlanish   
bosqichida    bir    necha    fragmentlarga    
bo‘linib,    har    bir    fragmentdan  yangi 
organizm  rivojlanadi.  Bu  hodisa 
poliembrioniya  deyiladi.  Odamlarda  bir 
tuxumli  egizaklarning  rivojlanishi  ham 
buning yaqqol misolidir.  VEGETATIV  KO`PAYISH
Tugunaklar IldizpoyalarQalamchalar
RegeneratsiyaIldiz  bachkisi Gajaklar
Piyozchalar        O’simliklar  orasida 
vegetativ  ko’payish  keng 
tarqalgan  bo’lib,  ular 
qalamchalari,  gajaklari, 
ildiz  bachkisi,  tugunaklari, 
piyozchalari  va 
ildizpoyalari  orqali 
ko’payadi.  Kartoshka,  batat, 
shoyigul  tugunaklari 
yordamida,  tol,  terak,  tok, 
qoraqat  qalamchalari 
yordamida,  olma,  yantoq, 
olcha,  terak  kabilar  ildiz 
bachkisi  bilan,  qulupnay 
gajaklari  orqali ,  begoniya 
bargi,  ildiz  tugunaklari , 
iloq,  g’umay,  shirinmiya, 
ajriq,  hilol  ildizpoyalari 
orqali  ko’payadi.  Misol 
uchun  hilol  tugunagi 
hisobiga  1m 2
  joyda  1800 
tagacha  o’simlik  hosil 
qiladi. Gajaklar
Tugunaklar Ildiz  bachkisi
Ildizpoyalar Piyozchalar Ildiz  bachkisi Ayrim  hayvonlarda  ham  vegetativ  ko’payish  kuzatiladi.    Halqali  chuvalchanglar 
tanasi  bir  necha  bo’lakka  bo’linganda  ularning  har  biridan  alohida  organizm 
rivojlanadi.    Hayvonlarda  kuzatiladigan  vegetativ  ko’payish  asosida  regeneratsiya 
yoki yo’qotilgan qismni qayta tiklash yotadi. Regeneratsiya umurtqasiz hayvonlar va 
umurtqali hayvonlar (sudralib yuruvchilar) uchun xosdir. 
                                                
                                                         
Jinssiz  ko’payishda  hosil  bo’lgan  avlod  ona  organizmning  aynan  o’xshashi  bo’ladi. 
Jinssiz ko’payishning biologik ahamiyati, organizmning tez ko’payishi va ko’p avlod 
hosil  bo’lishini  ta’minlashdan  iborat.  Jinssiz  ko’payish  asosida  mitoz  ko’payish  
yotadi. 
Jinssiz  ko‘payishning  biologik  ahamiyati .  Jinssiz  ko‘payishda  faqat  bitta  hujayra 
yoki bitta organizm qatnashganligi uchun hosil bo‘lgan yangi avlodlar ona avlodning 
ayni  nusxasi  hisoblanadi  (ularning  irsiy  moddalari  bir  xil  bo‘ladi).  Jinssiz 
ko‘payishning  bu  xususiyatidan  foydalanib  hozirgi  vaqtda  ba’zi  murakkab 
o‘simliklar  va  hayvonlarning  juda  ko‘p  sonli  aynan  nusxalarini  yaratish 
(klonlash)ishlari  yo‘lga  qo‘yilmoqda.  Jinssiz  ko‘payish  organizmlarning  tez 
ko‘payishini va ko‘p avlod qoldirishini ta’minlaydi. JINSIY  KO`PAYISH
PARTENOGENEZ IZOGAMIYA
Jinsiy  ko`payish- jinsiy bezlarda  hosil  
bo`lgan, maxsus jinsiy hujayralar  hisobiga 
nasllar gallanishi va rivojlanishiga aytiladi.  GERMOFRODITGeterogamiya
Oogamiya      Izogamiya  –  shakli  va  o‘lchami  bir  xil,  harakatchan    erkak    va    urg‘ochi   
gametalarning    qo‘shilishi    bilan    boradigan    jinsiy  ko‘payish  shakli  (ulotriks) . 
Geterogamiya  -  erkak  va  urg‘ochi  gametalar  harakatchan,  lekin  urg‘ochi  gametalar 
erkak  gametalarga  nisbatan  yirik  bo‘lishi  bilan  xarakterlanadi  (xlamidomonada). 
Oogamiya  –  jinsiy  ko‘payishning  bir  shakli  bo‘lib,  urg‘ochi  gametalar  yirik, 
harakatsiz,  tuxum  hujayra  debataladi,  erkak  gametalar  mayda  bo‘lib, 
harakatchan bo‘lsa spermatozoid (hayvonlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar), harakatsiz 
bo‘lsa spermiy (gulli o‘simliklar) deb yuritiladi.
Jinsiy  hujayralar  o‘lchami  va  shakli 
jihatidan  bir-biridan  jiddiy  farq 
qiladi.  Spermatozoidlar  tuxum 
hujayradan  ancha  kichik,  biroq  juda 
harakatchan bo‘ladi.
Tuxum  hujayra  ko‘pincha  yumaloq,  amyobasimon  shaklda 
bo‘lib,  harakatsiz.  Boshqa  hujayralardan  asosiy  farqi   
shaklining  juda  katta  bo‘lishidir.  Tuxum  hujayraning  kattaligi 
sitoplazma  oqsilga  boy  oziq  modda  —  sariqlikning 
mavjudligidir.  Tuxum  qo‘yib  ko‘payadigan  umurtqalilar 
(sudralib  yuruvchi  va  qushlar)da  tuxum  hujayra  ancha  yirik 
bo‘ladi.  Tuxum  hujayra  organizmning  rivojlanishi  uchun  zarur 
bo‘lgan hamma irsiy axborotni o‘zida saqlaydi. J insiy   hujay ralarning  riv ojlanishi 
(gamet ogenez).  Jinsiy hujayralar (gametalar) jinsiy 
bezlarda  rivojlanadi.  Spermatozoidlar  — 
urug‘donda,  tuxum  hujayra  —  tuxumdonda. 
Spermatozoidlarning  rivojlanishi  — 
spe rmat oge nez ,   tuxum  hujayraning  rivojlanishi  — 
ovoge nez   deyiladi  Partenogenez.    Ayrim    hayvonlarda,    jumladan    chuvalchanglar,   
asalarilar,  chumolilar,    o‘simlik    bitlari,    tuban   
qisqichbaqasimonlarda    tuxum  hujayra  urug‘lanmasdan   
rivojlanishi    mumkin.    Bunday    rivojlanish    partenogenez    deb 
ataladi.    Tabiiy    partenogenez  asalarida,  qisman  qushlar 
(tustovuq)da  kuzatiladi.    Asalarida    urug‘langan  tuxum   
hujayradan    urg‘ochi    ari,    urug‘lanmagan    tuxum    hujayradan   
erkak  arilar    –    trutenlar    rivojlanadi.    Hozirgi    vaqtda   
partenogenez    faqat    tabiiy    holda  uchrabgina  qolmay,  balki  uni 
sun’iy olish imkoniyati ham mavjud. Bunda fizik (mexanik ta’sirlar, 
elektr  toki,  issiqlik  va  boshqalar)  va  kimyoviy  omillardan 
foydalaniladi.  Masalan,  urug‘lanmagan  baqa  tuxum  hujayrasiga 
nina  bilan  ta’sir  qilib,    undan    yetuk    baqani    rivojlantirish   
mumkin,    ularning    hammasi    urg‘ochi  jinsli    bo‘ladi.    B.    L.   
Astaurov    (1904–1974)    sun’iy    partenogenez  yordamida  erkak 
jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqqan.           Gulli  o‘simliklardagi  qo‘sh  urug‘lanish  hodisasini  1898  -  yilda  akademik 
S.G.Navashin  kashf  etgan,  endospermning  triploid  tabiatini  esa  uning  o‘g‘li 
M.S.Navashin  1915  -  yilda  ochgan.  Bu  kashfiyot    gulli    o‘simliklarni    juda    katta   
guruhining    butun    rivojlanish    jarayonlarini  tushunish  va  o‘rganish  uchun  katta 
ahamiyatga ega bo‘ldi. 70. Yoshi  20  dan  oshgan  sog'lom  yigitning  og'iz bo‘shlig‘ida  tuzilishiga  ko‘ra  4 
 xil  ( А,  В,  С  ,   D)  tishlar mavjud  bo‘lib,  quyidagi  ma’lumotlar  asosida  A  va  D 
tishlarni aniqlang.  (A = B), (A + C ) / ( B  -  D  )= 5
A)Akurak tish,  D-qoziq tish  B)A-katta oziq tish, D-   qoziq  tish C)   A-kurak   tish,   D-
katta  oziq  tish  D)A-kichik  oziq  tish, D-katta oziq tish
71.    Zog'ora    baliq    tuxumdonidagi    hujayrada    sodir  bolayotgan    meyozning   
profaza  I    bosqichida    13-,    24-    va  35-juft    gomologik    xromosomalaridagina   
krossingover  jarayoni    kuzatilgan    bo'lsa,    nechta    xromosomalarda  krossingover 
ro'y bermagan? A) 105 B) 49 C) 98 D)6
72.  Quyonning  somatik  hujayrasida  42  ta  autosoma xromosomalari  mavjud.  
Uning  organizmida  kechadigan spermatogenez  jarayonining  profaza  I  davrida  
jami xromosomalar  soni  (a),  xromatidalar  soni  (b),  hujayra markazi  soni  (c),  
sentriolalar    soni    (d)ni    aniqlang.    A)a-84;b-84;c-1,d-2    B)a-44;b-88;c-2,d-4    C)a-
42;b-84;c-2,d–4  D)a-88;b-88;c-1,d- 2
73.  Meyoz  jarayonining  interkinez  davridagi  hujayrada xromosomalar  soni  18  
ta    bo'lsa,    shu    hujayrada    profaza    I    bosqichidan  so'ng  nechta  xromatidalar 
bo'lgan? 
A) 36 B) 54 C) 72 D) 18
74.    Uy    tovug'ining    xromosomalari    to'plami    n=39    bo'lsa,  uning    teri   
hujayrasida  reduplikatsiya  jarayonidan  so'ng xromatidalar soni nechta boladi? 
A) 117 B) 78 C) 156 D) 195 75.  Karam  o'simligi  hujayrasida  (n=9)  meyoz  1  jarayoni  anormal    kechishi    natijasida   
ikki    juft    xromosomalar  ajralmay    qutblarga    noteng    taqsimlandi.    Ushbu 
hujayralardan    hosil    bo'lgan    spermiylar    tuxum    hujayra  bilan    qo'shilsa,    zigotada   
xromosomalar  soni  nechta boladi? 
A) 28 yoki 26 ta  B) 19 yoki 17 ta C) 10 yoki 8 ta D)20 yoki 16ta
76.    Meyoz    natijasida    hosil    bo'lgan    hujayrada    Interfaza  bosqichining    G2    davrida   
hujayrada  nechta  xromatidalar bo'lgan? A) 12 B) 24 C) 72 D)48
77.  Qalampir  o'simligida  meyoz  jarayoni  buzilishi natijasida hujayradagi birinchi juft 
xromosoma  va  oltinchi  juft  xromosomalar  ajralmay  bitta  qutbga  to'planishdi.  Shu 
hujayradan  hosil  bo'lgan  spermiylar  ishtrokida  urug'langan  tuxumdan  rivojlangan 
murtak  hujayralarida  xromosomalar  soni    nechtadan  bo'ladi?    A)70    yoki    74    B)46   
yoki50  C)56 yoki 58 D)72 yoki 50
78.Shimpanzening    epiteliy    hujayrasida    kechadigan    mitoz  jarayonining    metafaza   
davrida  jami  xromosomalar  soni (a),  xromatidalar  soni  (b),  hujayra  markazi  soni  
(c),  sentriolalar  soni  (d)ni  aniqlang.  A)a-48;b-48;c-2,d–4    B)a-96;  b-96;c-2,  d–4  C)a-
48;b-96;c-2,d–4 D)a-48;b-96;c-1,d-2
79.    Qand    lavlagi    xromosomalarining    diploid    to'plami    18  ga    teng    bo'lsa,    bu   
o'simlik  tetraploid  (4n)  navli formasining  quyidagi  tana  qismlari  hujayra  yadrosida 
xromosomalar    soni    qancha    bo'lishini    aniqlang.  a)    barg  og'izcha    hujayralari;    b)   
urug'  endospermi;  c)  birlamchi jinsiy hujayrasi;    d) kollenxima hujayralari  A) a-36; 
b-72; c-36; d-0 B) a-36; b-54; c-36; d-36 C) a-18; b-54; c-36; d-72 D) a-36; b-54; c-18; 
d-36 29.    Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    profaza    va    meyoz  telefaza(I)  jarayonlarini  birgalikdagi 
xromasoma va DNK to`mlami qanday? A) n=30 c=60 
30.    Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    metafaza    va    meyoz  telefaza(II)  xromasoma  va  DNK 
to`mlami qanday?  A) n=20 c=40 ; n=10 c=10 
31.    Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    anafaza    va    meyoz    anafaza(I)  xromasoma  va  DNK 
to`mlami qanday?  A) n=40 c=40 ; n=20 c=40 
32.Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    metafaza    va    meyoz  telefaza(II)  xromasoma  va  DNK 
to`mlami qanday?  A) n=20 c=40 ; n=10 c=10 
33.    Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    telafaza    va    meyoz    anafaza(II)  xromasoma  va  DNK 
to`mlami qanday?  A) n=20 c=20 ; n=20 c=20 
34.    Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    G1    va    meyoz  anafaza(II)  xromasoma  va  DNK  to`mlami 
qanday?  A) n=20 c=40 ; n=20 c=20 
35.    No`xatda    (2n=14)    mitozni    telafaza    va    meyoz    anafaza(II)  xromasoma  va  DNK  to`mlami 
qanday?  A) n=14 c=14 ; n=14 c=14 
36.  No`xatda  (2n=14)  mitozni  metafaza  va  meyoz  metafaza(II) xromasoma va DNK to`mlami 
qanday?  A) n=14 c=28 ; n=7 c=14 
37.    Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    G2    va    meyoz    telefaza(I)  jarayonlarini  birgalikdagi 
xromasoma va DNK  to`mlami qanday? A) n=30 c=60 
38.    Makkajo`xorida    (2n=20)    mitozni    profaza    va    meyoz    anafaza(I)  jarayonlarini  birgalikdagi 
xromasoma va DNK to`mlami qanday? A) n=40 c=80 
39.  Makkajo`xorida  (2n=20)  mitozni  anafaza  va  meyoz telefaza(II)  jarayonlarini  birgalikdagi   
xromasoma  va DNK to`mlami qanday? A) n=50 c=90 
40.    No`xatda    (2n=14)    mitozni    profaza    va    meyoz  telefaza(I)  jarayonlarini  birgalikdagi 
xromasoma va DNK to`mlami qanday? A) n=21 c=42 
41.    No`xatda    (2n=14)    mitozni    G2    va    meyoz    telefaza(I)  jarayonlarini  birgalikdagi  xromasoma 
va DNK to`mlami qanday? A) n=21 c=42

Organizmlarning ko’payish usullari ikki xil: jinsiy va jinssiz ko’payish . Jinsiy hujayralar ishtirok etmasdan, balki somatik hujayralar ishtirokida nasllarning gallanishi va rivojlanishiga jinssiz ko’payish deyiladi. Jinssiz ko’payish tabiatda keng tarqalgan. 1) Ko’pchilik bir hujayrali sodda hayvonlar (amyoba, avglena, tufelka) teng ikkiga bo’linish (binar) yo’li bilan ko’payadi.

2) Bir hujayrali suv o’tlari (xlorella, xlomidomonada), sporalilar bir necha bo’laklarga bo’lish yo’li bilan ko’payadi, Ko’p bo’laklarga bo’linib ko’payish – shizogoniya deyiladi. 3) Xlorella, xlamidomonada kabi suvo‘tlari, zamburug‘lar sporalar orqali ko‘payadi. Sporalar mitoz usulida hosil bo‘ladigan gaploid hujayralar bo‘lib, tarqalishga xizmat qiladi. 4) Kurtaklanib ko‘payish mitoz asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, achitqi zamburug‘larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo‘rtma paydo bo‘lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi. ,

Ko‘p hujayrali organizmlarda jinssiz ko‘payish quyidagicha amalga oshadi . Fragmentatsiya –tana bo‘laklari orqali ko‘payish usuli bo‘lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo‘tlari (spirogira)da, g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi. Kurtaklanib ko‘payish g‘ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda kuzatiladi. Zamburug‘lar (qalpoqchali zamburug‘lar), suvo‘tlar, yo‘sinlar, qirqquloqlar, qirqbo‘g‘imlar sporalari orqali ko‘payish xususiyatiga ega. Yuksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo‘linib, har bir fragmentdan yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.

VEGETATIV KO`PAYISH Tugunaklar IldizpoyalarQalamchalar RegeneratsiyaIldiz bachkisi Gajaklar Piyozchalar

O’simliklar orasida vegetativ ko’payish keng tarqalgan bo’lib, ular qalamchalari, gajaklari, ildiz bachkisi, tugunaklari, piyozchalari va ildizpoyalari orqali ko’payadi. Kartoshka, batat, shoyigul tugunaklari yordamida, tol, terak, tok, qoraqat qalamchalari yordamida, olma, yantoq, olcha, terak kabilar ildiz bachkisi bilan, qulupnay gajaklari orqali , begoniya bargi, ildiz tugunaklari , iloq, g’umay, shirinmiya, ajriq, hilol ildizpoyalari orqali ko’payadi. Misol uchun hilol tugunagi hisobiga 1m 2 joyda 1800 tagacha o’simlik hosil qiladi.