logo

Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

247.1865234375 KB
Mavzu:Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik.
Pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. 
Korreksion pedagogika. 
Reja:
1.Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik. 
2.Pedagogik diagnostikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. 
3.Korreksion pedagogikaning predmeti, maqsadi va vazifalari.
4.Korreksion pedagogikaning kategoriyalari.                    Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik.
    Kompetentlik  -   bilimdonlik,  kasbiga   moslik , malakalilik , tajribalilik, mas'uliyatlilikni 
 rahbarlik faoliyatiga singdirib borish, o'z sohasini, ishining ustasi bo'lish, sohasining 
sirlarini har tomonlama  chuqur bilish.
               Kompetentlik mazmuniga ko'ra 3turga bo'linadi.
    Pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
     ▪ pedagogning ish sohasi bo'yicha kompetentligi uzluksiz ta'lim tizimini o'z ichiga 
oladi;
      ▪ ixtisoslik bo'yicha kompetentligi o'qituvchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, kasb 
ta'limini o'z ichiga oladi;
     ▪ pedagogning faoliyati yo'nalgan obyekt bo'yicha kompetentligi o'quvchilar, ota-
onalar, sinf jamoasi, sosium va boshqalar. Standart 
kompetensiya -
ushbu sohaga 
oid doimiy 
vazifalarni 
bajarish 
qobiliyat. Yetakchi 
kompetensiya 
kasb 
faoliyatining 
yangi turlarini 
yarata olish 
qobiliyati.Asosiy 
kompetensiya- 
ushbu sohaga 
oid innovasion 
vazifalarni 
bajarish 
qobiliyati.                   Kasbiy kompetensiya modeli
         Pedagog kasbiy kompetentligi yo'nalishlari.
   Pedagogik-psixologik tayyorgarlik bo'yicha: Ta'lim-tarbiya jarayonida 
qo'llaniladigan o'qitish shakllarining pedagogik-psixologik asoslari; psixo diagnostika 
usullaridan foydalanish;
   Ta'lim jarayonida tarbiyalashning didaktik omillari bo'yicha:  ma'naviy-ma'rifiy 
ishlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy, madaniy qadriyatlarlardan samarali foydalanish 
malakasiga ega bo'lish;
   Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish bo'yicha: talabalarda mustaqil va ijodiy 
fikrlash ko'nikmalarini tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati va nazariy 
asoslarini bilish; ularni o'rganish asosida malaka va ko'nikmalarni shakllantirish.   Kasbiy 
qadriyat
Kasbiy bilim 
va 
tushunchaKasbiy 
ko'nikma va 
malaka    Talabalar o'zlashtirishi monitoringini amalga oshirishga tayyorlik 
bo'yicha: talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy 
usullarini;reyting tizimini, nazorat uchun turli xil topshiriqlar tuza olish;
    O'z-o'zini kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik bo'yicha:  ta'lim beradigan 
fanlari turkumini ilmiy-nazariy jihatdan o'zlashtirish, ularning tarixini chuqur 
o'rganib, amaliyotga tatbiq etish.
   Mutaxassislik bilim, ko'nikma va malakalari bo'yicha:  fanning maqsadi, 
vazifalari, predmeti va obyekti, asosiy metodlari; fanga qo'yiladigan asosiy 
talablarni o'rgatish.
Kreativlik- (ing. create  
taratmoq, creative- 
yaratuvchan)  - 
individning yangi 
g'oyalarni ishlab 
chiqishga tayyorligini va 
mustaqil tarzda 
iqtidorlilikning tarkibiga 
kiruvchi ijodiy 
qobiliyatdir.       Diagnostika-   grekcha so'zdan olingan bo'lib (dia-orasidagi ,orqali, gnosis-bilim  degan 
ma'nolarni ifodalaydi).Ilmiy bilish va alohida olingan individning anglash    jarayoni 
o'rtasidagi o'ziga  xos  ongli faoliyatdir. 
     Pedagogik  diagnostika-  nazorat qilish  va baholash usullarining  jamlanmasi  bo'lib, bu 
ta'lim jarayonini optimallashtirish, ta'lim oluvchilarga differensial yondashish va ta'limiy 
dasturlar va pedagogik ta'sir ko'rsatish metodlarini takomillashtirish orqali namoyon 
bo'lasi.
    Pedagogik diagnostikaning maqsadi-  o'quv jarayonida kechadigan barcha  jihatlarni 
uning mahsuli bilan bog'liq holda, o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan  
iborat.
    Pedagogik diagnostikaning vazifalari:
 • shaxsga yo'naltirilgan yondashuv realizatsiyasini ta'minlash;
  • o'qituvchining professional  diagnostikasi natijalarini to'g'ri belgilab olish;
  • pedagogik xatolarga yo'l qo'yishni minimal darajaga tushirish;
  • o'quvchining qo'shimcha izlanishi uchun turtki berish;
  • bola shaxsining samarali rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni aniqlashtirib, 
belgilash;
  • pedagogning faoliyatini baholash (ya'ni professional mahoratiga baho berish va uni 
o'rganish)    Korreksion pedagogika- rivojlanishida turli nuqsonlar bo'lgan o'quvchilarni Korreksion 
o'qitish va tarbiyalash bolan Korreksion  pedagogika shug'ullanadi.
     Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi -   belgilangan va mavjud kamchilik faoliyati 
 o'rtasidagi nomuvofiqlikni yo'qotish yoki kamaytirishdan iborat.
     Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari: 
  1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo'lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va  korreksion -
kompensatorli imkoniyatlarni aniqlash.
  2) differentsiasiyali o'qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida animal 
bolalarning muammolarini hal etish.
  3)  anomal bolalarni  aniqlash va hisobga olish.
  4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab  
chiqish.
   Oligofreniya -   bu  natal (tug'ilish  payti)yoki  post 
natal  (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi)  davrlarda 
markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga 
keladigan aqliy yoki psixik zo'riqshni 
ifodalaydi.Oligofreniyaning sabablari bosh miyani 
buzilishiga olib  keluvchi ekzogen va endogen omillar 
bo'lishi mumkin. Tiflopedagogika- ko'rish qobiliyati  buzilgan 
bolalarni o'qitish  va tarbiyalash  xususiyatlari  bilan  
shug'ullanadi.Ko'rish qobiliyatining  buzilishi  tug'ma 
yoki orttirilgan  bo'ladi. Tug'ma ko'r bo'lish 
xomilaning zararlanishi natijasida yuzaga keladi. 
Ko'rish nuqsonlarining  yuzaga kelishida nasliylik 
ham ko'zga tashladi.
Surdopedagogika -  
eshitish qobiliyati buzilgan 
bolalarni o'qitish va tarbiyalash masalalari bilan 
shug'ullanadi.Yunonchadan "surdus-kar"deb tarjima 
qilinadi.Eshitish - borliqni tovushli hodisalar shaklida 
aks ettirilishi insonning tovushlarni anglash va 
farqlash qobiliyati.  U eshitish organi  yoki tovush 
analizatori orqali amalga oshadi. Logopediya  - nutqiy buzilish, nutqiy buzilishning 
sabablari, mehazinmlari, sinptomatikasi, borishi va 
tuzilishi uning oldini olish, maxsus o'qitish va 
tarbiyalash bilan shug'ullanadi .Yunonchadan 
"to'g'ri nutqni tarbiyalash"ma'nosini beradi.Nutq 
buzilishi fiziolog, nevrapatolog, psixolog, lingvist va 
boshqalar tomonidan o'rganiladi.

Mavzu:Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik. Pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya. Korreksion pedagogika. Reja: 1.Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik. 2.Pedagogik diagnostikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. 3.Korreksion pedagogikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. 4.Korreksion pedagogikaning kategoriyalari.

Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik. Kompetentlik - bilimdonlik, kasbiga moslik , malakalilik , tajribalilik, mas'uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish, o'z sohasini, ishining ustasi bo'lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish. Kompetentlik mazmuniga ko'ra 3turga bo'linadi. Pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagilarni o'z ichiga oladi: ▪ pedagogning ish sohasi bo'yicha kompetentligi uzluksiz ta'lim tizimini o'z ichiga oladi; ▪ ixtisoslik bo'yicha kompetentligi o'qituvchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, kasb ta'limini o'z ichiga oladi; ▪ pedagogning faoliyati yo'nalgan obyekt bo'yicha kompetentligi o'quvchilar, ota- onalar, sinf jamoasi, sosium va boshqalar. Standart kompetensiya - ushbu sohaga oid doimiy vazifalarni bajarish qobiliyat. Yetakchi kompetensiya kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati.Asosiy kompetensiya- ushbu sohaga oid innovasion vazifalarni bajarish qobiliyati.

Kasbiy kompetensiya modeli Pedagog kasbiy kompetentligi yo'nalishlari. Pedagogik-psixologik tayyorgarlik bo'yicha: Ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llaniladigan o'qitish shakllarining pedagogik-psixologik asoslari; psixo diagnostika usullaridan foydalanish; Ta'lim jarayonida tarbiyalashning didaktik omillari bo'yicha: ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda ilmiy-nazariy, madaniy qadriyatlarlardan samarali foydalanish malakasiga ega bo'lish; Mustaqil va ijodiy ishlarni tashkil etish bo'yicha: talabalarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik zarurati va nazariy asoslarini bilish; ularni o'rganish asosida malaka va ko'nikmalarni shakllantirish. Kasbiy qadriyat Kasbiy bilim va tushunchaKasbiy ko'nikma va malaka

Talabalar o'zlashtirishi monitoringini amalga oshirishga tayyorlik bo'yicha: talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning zamonaviy usullarini;reyting tizimini, nazorat uchun turli xil topshiriqlar tuza olish; O'z-o'zini kasbiy rivojlantirishga tayyorgarlik bo'yicha: ta'lim beradigan fanlari turkumini ilmiy-nazariy jihatdan o'zlashtirish, ularning tarixini chuqur o'rganib, amaliyotga tatbiq etish. Mutaxassislik bilim, ko'nikma va malakalari bo'yicha: fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va obyekti, asosiy metodlari; fanga qo'yiladigan asosiy talablarni o'rgatish. Kreativlik- (ing. create taratmoq, creative- yaratuvchan) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini va mustaqil tarzda iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatdir.

Diagnostika- grekcha so'zdan olingan bo'lib (dia-orasidagi ,orqali, gnosis-bilim degan ma'nolarni ifodalaydi).Ilmiy bilish va alohida olingan individning anglash jarayoni o'rtasidagi o'ziga xos ongli faoliyatdir. Pedagogik diagnostika- nazorat qilish va baholash usullarining jamlanmasi bo'lib, bu ta'lim jarayonini optimallashtirish, ta'lim oluvchilarga differensial yondashish va ta'limiy dasturlar va pedagogik ta'sir ko'rsatish metodlarini takomillashtirish orqali namoyon bo'lasi. Pedagogik diagnostikaning maqsadi- o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog'liq holda, o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Pedagogik diagnostikaning vazifalari: • shaxsga yo'naltirilgan yondashuv realizatsiyasini ta'minlash; • o'qituvchining professional diagnostikasi natijalarini to'g'ri belgilab olish; • pedagogik xatolarga yo'l qo'yishni minimal darajaga tushirish; • o'quvchining qo'shimcha izlanishi uchun turtki berish; • bola shaxsining samarali rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni aniqlashtirib, belgilash; • pedagogning faoliyatini baholash (ya'ni professional mahoratiga baho berish va uni o'rganish)