JISMONIY MADANIYAT YO‘NALISHI TALABALARINING KASBIY-PEDAGOGIK TAYYORGARLIK JAROYONIDA ELEKTRON DARSLIKLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
MAVZU : JISMONIY MADANIYAT YO‘NALISHI TALABALARINING KASBIY- PEDAGOGIK TAYYORGARLIK JAROYONIDA ELEKTRON DARSLIKLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Ilmiy ra h bar : (PhD) D.Mamaziyatov Magistr : S.Sidikov
R е spublikamizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun hamda ularni salomatligini mustahkamlash borasidagi qonunchilik tizimining yaratilishi va bu orqali faoliyatlar ko‘lamini yaxshilash masalalari davlatimizning asosiy e'tiborida bo‘lib k е lmoqda. Jumladan O‘zb е kiston R е spublikasining 2015 yil 5 s е ntyabrdagi ―Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida gi ‖ Qonuni, 2017 yil, 3 iyundagi O‘zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е ntining ―Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi 3031-sonli Qaroi, 2020 yil, 24 ‖ yanvardagi ―Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi 5924-sonli Farmoni mamlakatimizda ‖ jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashishida muhim omil bo‘lmoqda. Bu esa ta'lim jarayonini yaxshilab, yoshlarni ham jismonan, ham ruhan kamol topishlariga k е ng imkoniyat yaratmoqda
MAVZUNING DOLZARBLIGI Ishning dolzarbligi - Bugungi kunda tez o‘zgaruvchan hamda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrda raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kuchayib, talaba-yoshlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan mustaqil foydalanishlari hamda xorijiy tillarda muloqat qilish ko‘nikmasini shakllantirish uzluksiz ta ’ lim tizimining asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Shu sababli “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi” qonunlar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodni yuksak ma’naviyatli va chuqur bilimli, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga qodir, intelektual rivojlangan hamda faol fuq a r o lik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxs qilib tarbiyalash O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
ISHINING MAQSADI Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining kasbiy pedagogik tayyorgarligi jarayonida umumkasbiy va mutaxassislik fanlarini o‘qitishda elektron o‘quv qo‘llanmalarini samaradorligini aniqlash.
ISHINING VAZIFALARI: 1. Tadqiqot muammosi o‘rganish bo‘yicha maxsus o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tahlilini o‘tkazish. 2. Jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining kasbiy pedagogik tayyorgarlik jarayonini o ‘rganish 3. Talabalarda kasbiy-pedagogik bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda elektron o‘quv qo‘llanmalarini samaradorlik dinamikasini aniqlash. 4.Jismoniy madaniyat ta’limi tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan elektron o‘quv adabiyotlarini tajriba sinov vositalari yordamida asoslash.