Pelloponnes urushlari
MAVZU: PELLOPON N E S URUSHLARI
• Reja: • • 1. Peloponnes urushining sabablari va boshlanishi. • 2. Urushning borishi va oqibatlari. • 3. Polis tizimining inqirozi.
Yunoniston shahar-davlatlari o`rtasida miloddan avvalgi 431-404 yillarda bo`lib, o`tgan urushlarni Peloponnes urushlari deyilib, uni Fukidid "Tarix"idan, Ksenofontning "Gresiya tarixi", Diodorning "Tarixiy kutubxona asarlari", Plutarx va Aristofan ma`lumotlari orqali bilib olamiz. Urushlar qadimgi Yunoniston quldorlik jamiyatida ichki ziddiyatlarning jamlanishi va keskinlanishi natijasida kelib chiqqan ediki, biz ziddiyatlarga viloyatlarning notekis rivojlanishi asos bo`lgan. Yunonistonda 1-Afina dengiz ittifoqi bilan bir qatorda Peloponnes ittifoqi bilan bir qatorda ham bor edi. U miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo`lib, unga Megara, Korinf, Agros, Tirinf kabi shahar-davlatlar a`zo edilar. Bu ittifoqqa Sparta boshchilik qilgan. O`tmishda 1-Afina ittifoqi bilan Peloponnes ittifoqi o`rtasida sulh shartnomasi ham tuzilgan edi. Sulh shartnomalarida ittifoqchilarning bir- birlariga qo`shin tortmasliklari, tinch-totuv yashashliklari ta`kidlangan.
Ammo keyingi voqealar 1-Afina ittifoqi bilan Peloponnes ittifoqi o`rtasida qator ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu ziddiyatlarning tagida u yoki bu ittifoqning butun Yunonistonda hukmronlikni qo`lga kiritish masalasi yotardi. Bu masala urushni keltirib chiqaradigan bosh omil edi. Urushning boshlanishini tezlashtirgan birinchi mojaro, bahona qadimgi yunon dunyosining g`arbiy chekkasidagi Epidami koloniyasi va Kerkira orolida yuz bergan edi. Bu joylar Yunonistondan Janubiy Italiya va Sisiliya oroliga boriladigan dengiz yo`lidagi ikki muhim bekat edi. Shu ikki joydagi mojarolar tufayli Peloponnes ittifoqiga a`zo bo`lgan Korinf bilan Afina o`rtasida ham nizo chiqqan. Urushni tezlashtirishga sabab bo`lgan ikkinchi bahona Xalkidika yarim orolidagi Korinf koloniyasi Potideyada ham yuz bergan. Bu yerda ham 1-Afina ittifoqi bilan Korinf o`rtasida mojaro chiqgan. Megara shahar davlati Korinf tomonini olgan.