logo

Promt 98 DASTURI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

149.0830078125 KB
www.arxiv.uzPROMT 98 DASTURI
  REJA:
 
1. PROMT 98 DASTURINING ISHCHI DARCHALARI
2. AVTOMATIK TARJIMA
3. LUG’ATLAR BILAN ISHLASH
4. LUG’ATNI TANLASH
5. SO’ZLARNI BAND QILISH
6. LUG’ATLARNI TO’LDIRISH VA SOZLASH
7. PROMT 98  DASTURINING QOLGAN SOZLOVLARI
XULOSA www.arxiv.uzRus  tilidan  ingliz  tiliga  va  ingliz  tilidan  rus  tiliga  avtomatik  tarjima  qilish 
tizimlaridan  Socrat  va  Stylus  kabi  dasturlar  keng  tarqalgan.  Stylus,  shubhasiz, 
tarjimada  yana  ham  yuqori  sifat  va  o’zgaruvchanlikni  ta’minlaydi.  Stylus 
dasturining so’nggi lahjasi o’z nomini o’zgartirdi va u endi Promt 98 deb ataldi. 
Promt 98 tizimi universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug’atlardan iborat boy 
tarkiblarni  o’z  ichiga  olib,  ulardan  foydalanishni  boshqaruvchi  vositalarni  o’z 
ichiga  oladi.  Bironta  ham  lug’atga  kirmagan  so’zlar  tarjimasini  mustaqil 
ravishda  aniqlab,  iste’mol  lug’atida  saqlaydi.  Bundan  tashqari,  Promt  98 
dasturi  xususiy  ismlar  va  tarjima  qilish  talab  etilmaydigan  boshqa  so’zlar, 
masalan,  qisqartma  so’zlar  bilan  ishlash  qoidalarini  ko’rsatish  imkonini  ham 
beradi.
Dasturning  qo’shimcha  imkoniyatlari  fayllarning  turkum  tarjimalari, 
tekislanmagan  matnlarning  tezkor  tarjimalari,  shuningdek,  Internetdagi  Web 
sahifalarini  sinxron  tarjima  qilish  imkonini  o’z  ichiga  oladi.  Ushbu  vositalar 
alohida ilova dasturlar sifatida amalda tatbiq etilgan. 
 
  www.arxiv.uzPROMT 98 DASTURINING ISHCHI DARCHALARI
  Promt  98  dasturi  o’rnatilgandan  so’ng  bosh  tavsiyanomada  uni  ishga 
tushirishga izn beruvchi punktlar paydo bo’ladi.
Promt  98    interfeysi  Windows  9x  (bunda  X-95,  97,  98,  2000  larni  bildiradi) 
amaliyot tizimi talablariga muvofiq amalga tatbiq etilgan (17.18-rasm).
17.18-rasm. Promt 98 ilova darchasi.
  www.arxiv.uzBevosita  asboblar  paneli  ostida  joylashgan  qism  ilova 
darchasining  ishchi  sohasi  deb  atalib,  u    bir  necha  sohachalarga 
bo’lingan.  Ikkala  asosiy  zonalar  boshlang’ich  matn  va  uning 
tarjimasini o’z ichiga oladi. 
Ilova  darchasining  pastki  qismida  axborot  paneli  joylashgan.  U 
foydalanilayotgan  lug’atlarni  aks  ettirish  va  tanlash,  tarjima 
qilinayotgan  hujjatning  dasturga  noma’lum  bo’lgan  so’zlari 
ro’yxatini olish va tarjima qilish lozim bo’lmagan so’zlar ro’yxatini 
boshqarish  uchun  mo’ljallangan  uchta  qo’shimcha  varaqadan 
iborat: 
  Ilova  darchasining  pastki  qismida  tavsiyanoma  satri  ostida 
asboblar  paneli  joylashgan.  Ular  satrida  hujjat  bilan  ishlash 
imkoniyatini beruvchi piktogrammalar ro’yxatidir. 
  www.arxiv.uzPROMT 98 DA ISHNI BOSHLASH
  Promt  98  da  ishlash  uchun  bu  dastur  xotiraga  chaqiriladi  va  Создать 
piktogrammasi bosiladi (17.19-rasm): 
17.19- rasm www.arxiv.uzNatijada  quyidagi  ekran  –  Направление  перевода  (tar ji	 ma 
yo’nalishi) hosil bo’ladi (17.20- rasm ). 
17.20- rasm www.arxiv.uzBiror  tilda  yozilgan  matnni  tarjima  qilish  uchun  Направление  перевода 
bandidan  foydalaniladi .    Bu  yerda ,  masalan ,  rus  tilidan  ingliz  tiliga  tarjima 
qilish  uchun  Русско-Английский  bandi  tanlanadi  va  OK  bosiladi .  Bunda      
kompyuter avtomatik ravishda rus tilida yozilgan matnni ingliz tiliga tarjima 
qiladi  va  tarjima  qilingan  matn  ekranning  quyi  qismida  ko ’ rsatiladi .  17.21-
rasmga  qarang .  Shuni  aytish  kerakki ,  kompyuter  hozircha   100%  to ’ la  va 
aniq  tarjima  qila  olmaydi ,  albatta .  Lekin  tarjima  sifati  oshib  boruvchi 
dasturlar yaratilish jarayoni davom etmoqda .
17.21-rasm. Tarjima natijasi darchasi. www.arxiv.uzAVTOMATIK TARJIMA
Biror  faylda  joylashgan  matnni  tarjima  qilish  uchun  avtomatik 
tarjima  qilish  imkoniyati  mavjud.  Buning  uchun  avvalo  faylni 
boshlang’ich  matn  bilan  to’ldirish  kerak,  albatta.  Bu  amalni 
bajarish  Файл  /  Открыть   bilan  yoki  asboblar  paneli  yordamida 
bajariladi.
Boshlang’ich  faylning  nomini  tanlagandan  so’ng  dastur 
Конвертировать  файл   -  faylni  o’zgartirish  muloqot  darchasini 
ochadi.  Buning  sababi  matn  fayllar  turli  formatga  ega  bo’lishi 
mumkinligidadir.  Shuning  uchun  ushbu  muloqot  darchasida 
avtomatik  tarzda  fayl  formati  va  tarjimaning  zaruriy  yo’nalishi 
tanlanadi.  Foydalanuvchining  faqat  parametrlar  to’g’ri 
berilganligiga  ishonch  hosil  qilib,  OK  bandini  bosishi  kerak  bo’ladi, 
xolos.  Boshlang’ich  hujjat  kompyuterga  kiritiladi  va  avvaliga 
vaqtinchalik  tarjima  qilinuvchi  matn  va  u  bilan  birga  tarjima  o’z 
o’rnida  aks  etadi.  Tarjima  amalga  oshishi  uchun  Перевод / Весь 
текст  bandini tanlash kerak. www.arxiv.uzTarjima  anchagina  murakkab  va  sekin  o’tuvchi  amaldir. 
Shuning  uchung  tarjima  jarayonida  dasturning  asosiy 
darchasida  boshlang’ich  matnni  o’tkazib  turish  va 
boshlang’ich  matnni  boshqa  tildagi  matn  bilan  almashtirib 
borish mumkin.
Hujjatning  oxiriga  yetib  kelgach,  boshlang’ich  tarjima 
natijasi  matnlarini  ko’rib  chiqish  va  shu  bilan  birga  tahrir 
ham qilish mumkin.
Agar  tarjima  qilinuvchi  matnga  o’zgartirishlar  kiritilsa, 
o’zgartirilgan  abzaslarnigina  tarjima  qilinadi.  Buning  uchun 
Перевод  текущего  абзаца   ( joriy  abzas  tarjimasi ) 
buyrug’idan  foydalaniladi  yoki  tarjima  dasturi  asboblar 
panelidagi  Текущий  абзац     ( joriy  abzas )  bandi  bosiladi. 
Ushbu  holatda  tarjimaning  barcha  qolgan  abzaslari 
o’zgarishsiz qoladi. www.arxiv.uzLUG’ATLAR BILAN ISHLASH
  Avtomatik tarjimaning sifati qanday lug’atdan foydalanilayotganligiga bog’liq. Promt 
98  tizimi  umumiste’-moldagi  so’zlardan  iborat  bo’lgan  bosh  lug’at,  shuningdek  turli 
sohaning ixtisoslashgan lug’atlarini o’z ichiga oladi.
Ixtisoslashgan  lug’atlarga  bo’lgan  zarurat  inson  faoliyatining  turli  jabhalarida  ushbu 
sohaga  tegishli  tushunchalarni  ifodalovchi  turli  terminlar  qo’llanilishi  bilan  bog’liq. 
Bu  terminlardan  ba’zilari  o’ziga  xos  ma’noga  ega  bo’lishi,  ba’zilari  kundalik 
turmushda,  ba’zida  boshqacha  ma’noda  ishlatilishi  mumkin.  Maxsus  matnlar 
tarjimasida terminlar faqat muvofiq keluvchi mazmunda ishlatilishi kerak.
Misol  uchun  inglizcha  solution  so’zini  olamiz.  Universal  lug’atlar  uni  har  xil  tarjima 
qilishlari  mumkin.  Lekin  u  matematikada  yechim  deb,  kimyoda  esa  qorishma   
ma’nosini anglatadi.
Tarjima  sifatini  oshirishning  boshqa  usuli  dasturga  u  tarjima  qila  olmaydigan  yoki 
tarjima  qilmasligi  kerak  bo’lgan  ba’zi  so’zlarni    ishlatish  usulini  ko’rsatishdan  iborat. 
Buning uchun tarjima qilinmaydigan so’zlar (masalan, Windows)ni bandlab qo’yish va 
dastur lug’atida bo’lmagan so’zlar tarjimasi qoidalarini berish zarur.
  www.arxiv.uz  LUG’ATNI TANLASH
  Foydalaniladigan  lug’atlar  ro’yxati  axborot  panelidagi  foydalaniladigan  lug’atlar  qo’shimcha 
varaqasida  keltirilgan.  Lug’atlar  ko’rsatilgan  tartibda  ko’riladi,  shu  bilan  birga  keyingi  lug’atga 
o’tish  ko’rilayotgan  lug’atda  kerakli  so’z  bo’lmagan  taqdirdagina  amalga  oshiriladi.  Tarjima 
sifatiga nafaqat lug’atlarning soni, balki ularning dasturda terilish tartibi ham ta’sir ko’rsatadi.
Shunga  alohida  e’tibor  berish  kerakki,  dasturdagi  terilishda,  odatda,  birinchi  bo’lib  iste’mol 
lug’ati  turadi.  Iste’mol  lug’atlari  tahrir  qilish  va  o’zgartirish  uchun  ochiq  bo’ladi.  Shu  tariqa, 
foydalanuvchi  tomonidan  to’ldirilgan  va  o’zgartirilgan  maqolalar  birinchi  navbatda  e’tiborga 
olinadi.
Foydalanilayotgan  lug’atlar  ro’yxatini  o’zgartirish  uchun  Словары   ( lug’atlar )  tavsiyanoma 
bandini va tarjimaning kerakli yo’nalishini (masalan  русско - английский  yoki  англо -  русский ) 
tanlash  kerak.  Shuningdek,  tarjima  asboblar  panelidagi  Словари   ( lug’atlar )  bandini  bosish 
mumkin.  Bunda  tarjimaning  tanlangan  yo’nalishiga  muvofiq  keluvchi  qo’shimcha  varaqadan 
iborat bo’lgan  Словари  ( lug’atlar ) muloqot darchasi ochiladi.
Bu  muloqot  darchasi  qo’shimcha  lug’atlarni  ko’rish,  ulash  va  o’chirish,  yangi  iste’mol 
lug’atlarini yaratish, shuningdek, lug’atlarni ko’rish tartibini boshqarish imkonini beradi.
Shu  bilan  birga  «har  ehtimolga  qarshi»  qo’shimcha  lug’at-larni  qo’shish  tavsiya  etilmaydi, 
chunki bu dastur ishini sekinlashtiradi va tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. www.arxiv.uzSO’ZLARNI BAND QILISH
    Ko’pgina  hujjatlar  faqat  «qisman»  tarjimani  talab  etadi.  Atama  so’zlar  va  tushunchalar 
asliyat  tilida  qolishi  kerak.  Masalan,  kompyuterga  doir  adabiyotlarda  dastur  (ilovalar) 
nomlarini  va  ishlab  chiqaruvchi  kompaniyalar  nomlarini  tarjima  qilish  yoki  ularni  o’zgartirish 
maqbul  emas.
Avtomatik tarjima tizimi ma’lum so’z yo so’z birikmasini tarjima qilmasligi uchun ushbu so’zni 
band  qilish  darkor.  Band  qilingan  so’zlar  axborot  panelidagi  Band  qilingan  so’zlar  
( Зарезервировать  слово )  qo’shimcha  varaqasidagi  ro’yxatda  sanab  o’tiladi.  Hujjat  matnida 
band qilingan so’z uchrashi bilan u boshqa rangda ajralib ko’rinadi.
Band  qilingan  so’zlar  ro’yxatiga  biron  bir  so’zni  qo’shish  Сервис  /  Зарезервировать   ( cervis  / 
band  qilish )  buyrug’ini  berish  yoki  Tarjima  asboblar  panelidagi  Зарезервировать  слово 
( so’zni band qilish ) bandini tanlash bilan bajariladi. 
Hujjatni  dastur  ichki  formatida  saqlash  paytida  band  qilingan  so’zlar  ro’yxati  fayl  bilan 
birgalikda  saqlanadi.  Promt  98  dasturida,  shuningdek  band  qilingan  so’zlar  ro’yxatini 
keyinchalik  tarjima  qilinayotgan  hujjatga  qo’shish  bilan  birgalikda  mustaqil  ravishda  saqlash, 
shuningdek shunday ro’yxatni boshqa hujjatdan olish imkoni ko’zda tutilgan. 
Band  qilingan  so’zlarning  yagona  lug’atidan  foydalanish  imkoniyati  bir  mavzuga  aloqador  bir 
guruh  hujjatlar  bilan  yoki  bitta  katta  hujjatning  ko’plab  qismlari  bilan  ishlashda  nihoyatda 
qulaydir. 
  www.arxiv.uzLUG’ATLARNI TO’LDIRISH VA SOZLASH
  Promt  98  dasturi  tarkibiga  kiritilgan  lug’atlar  ancha  boy 
ekanligiga  qaramay,  hujjatlarda  uchrovchi  hamma  so’zlar 
kiritilganligini  kafolatlab  bo’lmaydi.  Notanish  so’zlarni  dastur 
qizil rangda  ajratib ko’rsatadi.
Lekin  hamma  notanish  so’zlar  ham  lug’atga  kiravermaydi.  Ular 
orasida  band  qilish  lozim  bo’lgan  so’zlar  ham  uchrashi 
mumkin.  Shuningdek  bu  so’zlar  to’g’ri  yozilganligini  tekshirib 
ko’rish  kerak.  Agar  lug’at  haqiqatan  ham  to’liq  bo’lmasa,  unda 
so’zni iste’mol lug’atiga qo’shish mumkin.
Lug’atni  malakali  tarzda  to’ldirish  juda  muhim  va  mas’uliyatli 
tadbir.  Lug’atning  haddan  ziyod  zichligi  tarjima  sifatini 
pasaytirishi    mumkin.  Shuningdek  bir  so’z  turlicha  ma’no 
ko’rinishlariga  ega  bo’lishi  mumkinligini  ham  nazarda  tutish 
kerak. www.arxiv.uzPromt  98  dasturi  so’zni  lug’atga  qo’shishda  ikki:  boshlang’ich  va  mutaxassis  holatini  ko’zda  tutadi. 
Birinchi  holatda  so’zning  yetishmaydigan  hamma  grammatik  shakllari  avtomatik  tarzda  qo’shiladi, 
lekin  ular  doim  ham  to’g’ri  bo’lavermaydi.  Ikkinchi  holatda  foydalanuvchining  o’zi  hamma 
grammatik shakllarni beradi, lekin bu ikkala til grammatikasini yaxshi bilishni talab etadi.
Mutaxassis holatida so’zlarni qo’shish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  Перевод  /  Словарная статья  ( tarjima  / lug’at bandi ) buyrug’ini berish - unda  Словарный статью  
( lug’at bandini ochish ) muloqot darchasi ochiladi.
Bu  muloqot  darchasida  so’z  shaklini  andozaga  o’zgartirish  (otni  bosh  kelishikda,  fe’lni  noaniqlik 
shaklida va h.k.) kerak. Unda lug’at bandi muloqot darchasi ochiladi.
Nutqning  kerakli  qismiga  mos  keluvchi  qo’shimcha  varaqa  tanlanib,  agar  kerakli  so’z  lug’atlarning 
birontasiga  kirmasa,  Добавить  ( qo’shish )  bandi  yoki  tarjimaning  o’zgartirilishi  zarur  bo’lsa,  Правка  
( tuzatish ) bandi bosiladi.
Keyingi  muloqot  darchalari  so’z  o’zgarishining  xilini  aniqlash,  shuningdek  ushbu  so’zning  boshqa 
shakllarda to’g’ri yozilishini ko’rsatishga imkon beradi.  
Oxirgi  muloqot  darchasi  boshlang’ich  tildagi  so’zning  turli  shakllarini  va  tarjimaning  dasturga 
kiritilgan  variantini  ushbu  shakllarning  qaysi  biriga  ishlatish  kerakligini  aniqlaydi.  Promt  98  dasturi 
fe’l  va  ot  so’z  turkumlari  uchun  so’zlarning  bir-biri  bilan  mos  kelishini  aniqlaydigan  qo’shimcha 
axborot berishga imkon beradi. Fayl holatida bunday maqsad uchun  Управление  ( boshqaruv ) bandi 
xizmat  qiladi.  U,  masalan,  berilgan  fe’lning  qo’shimcha  bilan  bog’lanish  usuli:  qanday  ko’makchi 
zarur, qo’shimcha qanday kelishikda bo’lishi kerak va h.k. larni ko’rsatish imkonini beradi. www.arxiv.uzPROMT 98  DASTURINING QOLGAN SOZLOVLARI
  Avtomatik  tarjima  tizimi  ishining  samarasi  va  sifati,  asosan  unda 
mavjud  lug’atlar  tarkibi  va  ularning  sifatiga  bog’liq.  Lug’atlarning 
sifati esa ular qanday tartib bilan to’ldirilganiga qarab belgilanadi.
Promt  98  dasturi  qolgan  sozlovlarining  ishi  ekran  ko’rinishining 
o’zgartirilishi  va  ba’zi  texnik  amallarning  o’ziga  xosligini  berishga 
qaratilgan.  Dasturning  umumiy  sozlovlari  Сервис - Пераметры  
( servis-parametrlar )  buyrug’i  bilan  yoki  Servis   asboblar  panelidagi 
Пераметры   ( parametrlar )  bandi  yordamida  ochiladigan  dasturlar 
parametrlarini  Настройка  ( sozlash )  muloqot  darchasida  bajariladi. 
Ushbu  muloqot  darchasi  ikkita  qo’shimcha  varaqqa  ega.  Разное 
( turli )    qo’shimcha    varaqasi  dastur  sozlovining  parametrlarini   
o’zgartirish    imkonini  beradi.  Bu    yerda    boshlang’ich  matnni 
kiritishda    tarjima    darchasi    qanday    to’ldirilishi  kerakligi 
ko’rsatiladi,  band  qilingan  so’zlar  ro’yxatining  avtomatik  kiritilishi 
yoritiladi, lug’atlarga yetish darajasi aniqlanadi. www.arxiv.uzИспользовать  ( foydalanish )  bayroqchasida  lahzalik  tarjima,  alohida  so’zlar  va 
ajratilgan qismlar tarjimasini maxsus darchasi aks ettiriladi.         
Свет   ( rang )  qo’shimcha  varaqasi  matnning  turlicha  elementlariga  rang  berish, 
shuningdek abzaslarning maxsus belgisi ( markirovka )ni o’chirishga imkon beradi.
Sozlovning  qo’shimcha  imkoniyatlari  asboblar  paneli  mundarijasini 
o’zgartirishdan  iborat.  Dastur  bilan  ishlash  tajribasi  to’plangandan  keyin, 
asboblar  panelidagi  satr  klavishalar  foydalanilmayotgani,  shu  bilan  birga  tez-tez 
bajariluvchi  amallar  klavishalari  yo’qligi  ayon  bo’ladi.  Asboblar  paneli  tarkibi 
Panellar / Servis / Nastroyka ( servic / sozlov ) buyrug’i bilan o’zgartiriladi.
Настройка  инструментальных  панелей   ( asbob  panellari  sozlovi )  muloqot 
darchasida  Категории  ( kategoriyalar )  ro’yxati  tavsiyanoma  satrlarining  bandlari 
nomidan iborat. Agar ushbu bandlaridan istalgani tanlansa,  Кнопки  (klavishalar) 
panelida  muvofiq  tavsiyanomadan  buyruq  uchun  klavishalar  paydo  bo’ladi. 
Klavisha  qo’shish  uchun  uni  muloqot  darchasidan  asboblar  paneliga  olib  o’tish 
kerak.  Asboblar  panelidan  keraksiz  klavishani  olib  tashlash  asboblar  panelidan 
muloqot darchasi ichiga olib o’tish orqali amalga oshiriladi.
  www.arxiv.uzADABIYOTLAR
 
1. Р.С.	 Асад у ллина	 Информати к а:	  У чебное	 пособие-K у васа й ,2000.
2.Х.З.И к рамова	
 Информати к а:	  У чебное	 пособие-Таш к ент,2001.
3.	
 Х.З.И к рамова	 Kонспе к т	 лекций	 по	 дис ц иплине	 «Информати к а»	 -
Таш к ент,2000.
4.	
 С.В.Симонович	 и	 др.	 Спе ц иальная	 информати к а:	  У чебное	 
пособие-Мос к ва,	
 2000
www.slayd.arxiv.uz
www.google.ru
www.arxiv.uz

www.arxiv.uzPROMT 98 DASTURI   REJA:   1. PROMT 98 DASTURINING ISHCHI DARCHALARI 2. AVTOMATIK TARJIMA 3. LUG’ATLAR BILAN ISHLASH 4. LUG’ATNI TANLASH 5. SO’ZLARNI BAND QILISH 6. LUG’ATLARNI TO’LDIRISH VA SOZLASH 7. PROMT 98 DASTURINING QOLGAN SOZLOVLARI XULOSA

www.arxiv.uzRus tilidan ingliz tiliga va ingliz tilidan rus tiliga avtomatik tarjima qilish tizimlaridan Socrat va Stylus kabi dasturlar keng tarqalgan. Stylus, shubhasiz, tarjimada yana ham yuqori sifat va o’zgaruvchanlikni ta’minlaydi. Stylus dasturining so’nggi lahjasi o’z nomini o’zgartirdi va u endi Promt 98 deb ataldi. Promt 98 tizimi universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug’atlardan iborat boy tarkiblarni o’z ichiga olib, ulardan foydalanishni boshqaruvchi vositalarni o’z ichiga oladi. Bironta ham lug’atga kirmagan so’zlar tarjimasini mustaqil ravishda aniqlab, iste’mol lug’atida saqlaydi. Bundan tashqari, Promt 98 dasturi xususiy ismlar va tarjima qilish talab etilmaydigan boshqa so’zlar, masalan, qisqartma so’zlar bilan ishlash qoidalarini ko’rsatish imkonini ham beradi. Dasturning qo’shimcha imkoniyatlari fayllarning turkum tarjimalari, tekislanmagan matnlarning tezkor tarjimalari, shuningdek, Internetdagi Web sahifalarini sinxron tarjima qilish imkonini o’z ichiga oladi. Ushbu vositalar alohida ilova dasturlar sifatida amalda tatbiq etilgan.    

www.arxiv.uzPROMT 98 DASTURINING ISHCHI DARCHALARI   Promt 98 dasturi o’rnatilgandan so’ng bosh tavsiyanomada uni ishga tushirishga izn beruvchi punktlar paydo bo’ladi. Promt 98 interfeysi Windows 9x (bunda X-95, 97, 98, 2000 larni bildiradi) amaliyot tizimi talablariga muvofiq amalga tatbiq etilgan (17.18-rasm). 17.18-rasm. Promt 98 ilova darchasi.  

www.arxiv.uzBevosita asboblar paneli ostida joylashgan qism ilova darchasining ishchi sohasi deb atalib, u bir necha sohachalarga bo’lingan. Ikkala asosiy zonalar boshlang’ich matn va uning tarjimasini o’z ichiga oladi. Ilova darchasining pastki qismida axborot paneli joylashgan. U foydalanilayotgan lug’atlarni aks ettirish va tanlash, tarjima qilinayotgan hujjatning dasturga noma’lum bo’lgan so’zlari ro’yxatini olish va tarjima qilish lozim bo’lmagan so’zlar ro’yxatini boshqarish uchun mo’ljallangan uchta qo’shimcha varaqadan iborat:   Ilova darchasining pastki qismida tavsiyanoma satri ostida asboblar paneli joylashgan. Ular satrida hujjat bilan ishlash imkoniyatini beruvchi piktogrammalar ro’yxatidir.  

www.arxiv.uzPROMT 98 DA ISHNI BOSHLASH   Promt 98 da ishlash uchun bu dastur xotiraga chaqiriladi va Создать piktogrammasi bosiladi (17.19-rasm): 17.19- rasm