logo

QADIMGI RIMDA XALQARO ALOQALAR KOʻRINISHLARI VA DIPLOMATIK ORGANLARI

Загружено в:

11.11.2024

Скачано:

0

Размер:

711.8173828125 KB
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI 
SAMARQAND DAVLAT 
UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 2-
BOSQICH 202-GURUH TALABASI 
MAXMADIYOROV 
SHUKURBEKNING XALQARO 
MUNOSABATLAR VA DIPLAMATIYA 
FANIDAN TAYYORLANGAN 
MUSTAQIL ISHI   
Mavzu  : QADI MGI RIMDA X ALQARO 
ALOQALAR KOʻRIN ISHLARI VA 
DIPLOMATIK ORGAN LARI    . Qadimgi Rim tarixining boshlang‘ich 
nuqtasi bo‘lgan Rim shahriga asos 
solinishidan boshlab (mil.avv. 753-y.) to 
uning qulashigacha (milodiy 476-yil) o‘n 
asrdan ortiq va Sharqiy Rim impperiyasi 
bo‘lgan Vizantiyani ham uning uzviy 
davomi sifatida qabul qiladigan bo‘lsak bu 
davlatchilik 2000 yildan ziyod vaqt hukm 
surganligini ko‘rsatadi. Bu tarixiy jaraayon 
mobaynida Rim oddiy manzilgohdan 
davlatchilikning eng yuksak taraqqiyoti 
bo‘lgan imperiyagacha bo‘lgan yo‘lni bosib 
o‘tdi. Huddi qadimgi yunon dunyosi 
singari qadimgi Rim ham kishilik 
madaniyati rivojiga katta xizmat qildi. 
Ayniqsa, xalqaro munosabatlar va 
diplomatiyaning takomillashuvida 
qadimgi Rimning alohida o‘rni bor. Bugun 
siyosatshunoslik va diplomatiyada tez-tez 
duch keladigan va hamda odatda 
tarjimasiz holatda qo‘llaydigan ko‘plab 
tushuncha va atamalar buning isboti 
hisoblanadi.  Qadimgi Rim tarixi 3 katta davrga 
bo‘linadi. Bular: - Podsholik davri 
(mil.avv. 753-510/509-yy.); - Respublika 
davri (mil.avv. 510/509-31/27-yy.); - 
Imperiya davri (mil.avv. 31/27 – milodiy 
476-yy.) Ana shu davrlashtirish 
diplomatiya tarixida ham qabul 
qilingan.Fetsiallar kollegiyasi   . Fesiallar kollegiyasining shakllanishi Rimning ikkinchi podshosi Numa Pompiliy 
(mil.avv. 753-672-yy.) davriga to‘g‘ri keladi, ammo huddi shunday institut 
etrusklarda ham bo‘lganligi keltiriladi. Davlatchilikning rivoji bilan fesiallar qabilalar 
va qabilaviy ittifoqlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bahslar va 
tushunmovchiliklarni nazorat qilishgan. Kollegiyaning asosiy vazifasi senatga 
tashqi ishlar va xalqaro shartnomalar bo'yicha maslahat berish, tinchlik va urushni 
rasman e'lon qilish va shartnomalarni tasdiqlash edi. Bir so‘z bilan aytganda 
ularning vazifasi ijrosi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish bo‘lmasdan, faqat 
maslahat berish bilan cheklangan. Vazifalari qatorida sayyor xabarchi yoki elchilik 
qilish ham bo‘lgan. Kollegiya 20 nafar eng taniqli va qadimda ajdodlari shu yerda 
yashab kelgan kishilardan umrbod muddatga tanlab olingan.    Shartnoma imzolashda pater patratus – 
“muqaddas ota” marhumlarni va xudolarni guvoh 
sifatida chaqirib, Rimning nomi bilan so‘zida 
turmasa (ya’ni shartnomada nazarda tutilayotgan 
masalalarda) ilohlar qahri va qatl qilish bilan 
qasam ichadi. Bu marosimda unga Kapitoliydan 
tepaligidan verbana (sagmina) o‘simligini terib 
olgan “verbenarius” hamrohlik qilgan. Rim 
an'analariga muvofiq bu qasamyod Kapitoliy 
tepaligidagi Yupiter ibodatxonasida joylashgan 
Yupiter Lapisi yoki Yupiter toshiga qilingan.  Fesiallar kollegiyasi kech 
respublika va imperiya davri 
manbalarida ham tilga olinadi. 
imperator Oktavian Avgust 
(mil.avv. 63–-milodiy 14-yy.) eski 
Rim an’analarini qayta tiklashga 
harakat qilib, ramziy bo‘lsada 
fesiallar kollegiyasini tiklaydi va 
o‘zi unga a’zo bo‘ldi   Qadimgi Rimda elchilar, elchilik va diplomatik organlar. 
Antik Rimda diplomatik organlar tuzilmasi uning siyosiy 
holatiga bevosita bog‘liq bo‘lgan. Agar klassik davr 
Yunonistonda tashqi siyosatda Xalq majlislari asosiy rol 
o‘ynagan bo‘lsa, Rimda quldorlar organi sanalmish Senat 
tashqi siyosatning siyosiy rahbari sanalgan. Rimda elchilik 
– legasiy, elchilar – legatlar, notiqlar/oratorlar – aso ko‘tarib 
yuruvchilar, deb yuritilgan. Rim tarixining eng qadimiy 
davrida elchilikni yo‘llash vazifasi podshoga tegishli 
bo‘lgan, fesiallar esa elchilar sanalgan. Respublika davrida 
bunday huquq Senat tasarrufiga o‘tadi.   Rimda elchi ma’nosini bildiruvchi “legatus” so‘zi lotinchadagi “legere” fe’lidan 
olingan bo‘lib, tanlash degan ma’noni anglatadi. Senat tomonidan 
kelishuvni imzolashda muzokaralar olib borish uchun tanlab olingan 
kishilarga nisbatan qo‘llanilgan. Qizig‘i shundaki, fesiallar kollegiyasi tashqi 
ishlar masalasiga bosh-qosh bo‘lgan davrlarda ham aynan elchi sifatida 
muayyan kishilar faoliyat yuritilganligi keltiriladi. Umuman olganda tarixiy 
manbalarda “elchi” tushunchasini beruvchi bir qancha nomlar qo‘llanilgan 
bo‘lishiga qaramasdan, asosan “legatus” qo‘llanilgan. Polibiy Rim elchilari 
vazifalarini quyidagicha izohlab o‘tadi: “Nuqtai nazarlardagi (fikrlardagi) 
turlicha qarashlarni bartaraf etish, doʻstona maslahatlar berish, talablar 
bildirish, Rimga sodiqligini eʼlon qilganlarning sodiqligini qabul qilish va 
urush eʼlon qilish”.   Rim elchiligi hech qachon bir 
kishidan iborat bo‘lmasdi. Elchilik 
odatda 3- 10 kishidan iborat bo‘lishi 
belgilangan, biroq ko‘p hollarda 3 
ta elchidan tashkil topgan elchilik 
eng maqbul elchilik hisoblangan. 
Har qanday elchilikning rahbari 
“princeps legationis” sanalib, uning 
shaxsiy daxlsizligi ta’minlangan. Elchilar ilohlar va o‘sha vaqtda 
mavjud bo‘lgan xalqlar huquqi 
– “ius gentium” himoyasi deb 
qaralgan, ya’ni elchilarning 
dahlsizligiga rioya qilingan   Respublika davridan boshlab 
elchilarning ta’minotida davlat 
hisobidan amalga oshirila 
boshlangan. Bu paytga kelib rimlik 
elchilarga beriladigan oltin uzuk 
ularning yo‘lda bepul harakatlanishi 
va barcha zaruriy narsalarni olish 
huquqini berardi. Ayrim hollarda 
elchilik obro‘sini oshirish maqsadida 
ularga harbiy kemalar hamrohlik 
qilardi. Elchilar delegasiyasini 
moliyaviy ta’minlash maqsadida yo‘l 
puli va barcha zaruriy mahsulotlar 
(kumush idishlar, kiyim-kechak, 
choyshab, ich kiyim) ajratilgan. Elchilik nihoyasida legatlar olib 
borayotgan faoliyatlari yuzasidan Senatga 
hisobot berishgan (podsholik davrida 
hukmdorga berilgan). Rim diplomatiya 
tilida bu “Elchilik faoliyati yuzasidan 
axborot” deb atalgan. Umuman olganda 
o‘z va xorijliy elchiliklar bilan bog‘liq 
barcha masalalar senat vakolat doirasida 
bo‘lgan. Taomilga ko‘ra Rimda urush olib 
borish va yakuniy tinchlik o'rnatish 
vakolatlari ham Senat qo'lida edi. Tinchlik 
shartnomasi yoki urush Senat bilan 
maslahatlashmasdan amalga oshirilgan 
taqdirda, eng yuqori ma'muriy mansabdor 
shaxs hisoblangan konsul Senat oldida 
javobgar bo‘lgan.   1. Rim bilan dushmanlik 
munosabatida bo‘lgan 
davlatlar elchiligi
2. Hamkorlik davlatlari elchiligiRimga 
tashrif 
buyurgan 
xorijiy 
davlat 
elchilari 
ikki 
kategoriya
ga 
bo‘lingan:    Rimda elchilarga sovg‘a tortiq qilish odati mavjud bo‘lgan. Hatto ayrim e’tiborli shaxslar 
haykalini Kapitoliy ostonasiga o‘rnatganlar. O‘z navbatida Rimga tashrif buyurgan elchilar 
oltin va kumush ko‘rinishida Rim g‘aznasiga juda yirik to‘lovni amalga oshiradilar. 
Masalan, tarixda Karfagenning “oddiy sovg‘asi” bo‘lmish 25 funt og‘irlikdagi oltin 
gulchambar, yoki Suriya podshosi Antioxning 500 funt og‘irlikdagi oltin idishi Rim 
g‘aznasidan joy olganligi ma’lum. G‘aznaga yuborilishining asosiy sababi shunda ediki, 
Rimda elchilarga berilgan sovg‘alarni qabul qilishlari qat'iyan man qilindi.  Elchilarni taqdirlash   Mil.avv. 273-yilda Misr bilan birinchi 
diplomatik aloqalar o‘rnatilishi 
munosabati bilan Rim elchilariga 
qimmatbaho sovg'alar berilganda ular 
bundan qattiq xavotirga tushadi. Xorijiy 
elchilik o‘z maqsadini Rim magistratiga 
lotin tilida yoki tarjimon orqali 
yetkazishi lozim edi

SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 2- BOSQICH 202-GURUH TALABASI MAXMADIYOROV SHUKURBEKNING XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLAMATIYA FANIDAN TAYYORLANGAN MUSTAQIL ISHI

 Mavzu : QADI MGI RIMDA X ALQARO ALOQALAR KOʻRIN ISHLARI VA DIPLOMATIK ORGAN LARI

. Qadimgi Rim tarixining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan Rim shahriga asos solinishidan boshlab (mil.avv. 753-y.) to uning qulashigacha (milodiy 476-yil) o‘n asrdan ortiq va Sharqiy Rim impperiyasi bo‘lgan Vizantiyani ham uning uzviy davomi sifatida qabul qiladigan bo‘lsak bu davlatchilik 2000 yildan ziyod vaqt hukm surganligini ko‘rsatadi. Bu tarixiy jaraayon mobaynida Rim oddiy manzilgohdan davlatchilikning eng yuksak taraqqiyoti bo‘lgan imperiyagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Huddi qadimgi yunon dunyosi singari qadimgi Rim ham kishilik madaniyati rivojiga katta xizmat qildi. Ayniqsa, xalqaro munosabatlar va diplomatiyaning takomillashuvida qadimgi Rimning alohida o‘rni bor. Bugun siyosatshunoslik va diplomatiyada tez-tez duch keladigan va hamda odatda tarjimasiz holatda qo‘llaydigan ko‘plab tushuncha va atamalar buning isboti hisoblanadi. Qadimgi Rim tarixi 3 katta davrga bo‘linadi. Bular: - Podsholik davri (mil.avv. 753-510/509-yy.); - Respublika davri (mil.avv. 510/509-31/27-yy.); - Imperiya davri (mil.avv. 31/27 – milodiy 476-yy.) Ana shu davrlashtirish diplomatiya tarixida ham qabul qilingan.Fetsiallar kollegiyasi

. Fesiallar kollegiyasining shakllanishi Rimning ikkinchi podshosi Numa Pompiliy (mil.avv. 753-672-yy.) davriga to‘g‘ri keladi, ammo huddi shunday institut etrusklarda ham bo‘lganligi keltiriladi. Davlatchilikning rivoji bilan fesiallar qabilalar va qabilaviy ittifoqlar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan bahslar va tushunmovchiliklarni nazorat qilishgan. Kollegiyaning asosiy vazifasi senatga tashqi ishlar va xalqaro shartnomalar bo'yicha maslahat berish, tinchlik va urushni rasman e'lon qilish va shartnomalarni tasdiqlash edi. Bir so‘z bilan aytganda ularning vazifasi ijrosi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish bo‘lmasdan, faqat maslahat berish bilan cheklangan. Vazifalari qatorida sayyor xabarchi yoki elchilik qilish ham bo‘lgan. Kollegiya 20 nafar eng taniqli va qadimda ajdodlari shu yerda yashab kelgan kishilardan umrbod muddatga tanlab olingan.

Shartnoma imzolashda pater patratus – “muqaddas ota” marhumlarni va xudolarni guvoh sifatida chaqirib, Rimning nomi bilan so‘zida turmasa (ya’ni shartnomada nazarda tutilayotgan masalalarda) ilohlar qahri va qatl qilish bilan qasam ichadi. Bu marosimda unga Kapitoliydan tepaligidan verbana (sagmina) o‘simligini terib olgan “verbenarius” hamrohlik qilgan. Rim an'analariga muvofiq bu qasamyod Kapitoliy tepaligidagi Yupiter ibodatxonasida joylashgan Yupiter Lapisi yoki Yupiter toshiga qilingan. Fesiallar kollegiyasi kech respublika va imperiya davri manbalarida ham tilga olinadi. imperator Oktavian Avgust (mil.avv. 63–-milodiy 14-yy.) eski Rim an’analarini qayta tiklashga harakat qilib, ramziy bo‘lsada fesiallar kollegiyasini tiklaydi va o‘zi unga a’zo bo‘ldi