Qadimgi Rimdagi bоzоr va bayram kunlari
QADIMGI RIMDAGI BОZОR VA BAY RAM KUN LA RI
Qadimgi Rim kalendarining tuzilishi, sanasi to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega emasmiz. Bizga ma'lumi shuki, Rimning afsonaviy asoschisi va hukmroni Romul (eramizdan avvalgi VIII asrning o'rtalari) davrida oy kalendaridan foydalanganlar.
Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat bo'lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi, ..., o'ninchi) bilan nomlangan. To'rt oy 31 kundan (1, 3, 5, 8-oylar) va olti oy 30 kundan iborat bo'lgan.
Yil bahorgi teng kunlikdan boshlangan. «Romul yili»ni astronomik vilga tenglashtirish maqsadida o'ninchi oyning oxiriga qo'shimcha kunlarni qo'shganlar. Eramizdan avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib to'rtta kalendar oylariga nom berildi.
Yilning birinchi ovi «Martius», ikkinchi oy «aprilis», uchinchi oy «mayus», to'rtinchi oy «yunius» deb ataldi. Mazkur kalendar sinodik oy yiliga mos kelmasdi, lekin u Quyosh kalendari ham emasdi.