logo

Qadimgi Hindiston va xitoy madaniyati

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6610 KB
Mavzu:Qadimgi Hindiston va 
Xitoy madaniyati Hindiston haqli ravishda qadimgi  Sharqning  yuksak 
madaniyatli  mamlakatlaridan  biridir.  Hindiston  yarim  oroli 
qadimdan  tabiiy  rang-baranglik,  boy  o’simlik,  hayvanot  va 
qimmatbaho  er  osti  boyliklariga  ega  bo’lgan.  Ya rim  orolda  ser 
suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud.
Mil.  avv.  V  ming  yillikning  oxiri  IV  ming  yillikdan  boshlab 
Hind  daryosi  vodiysida  sun’iy  sug’orishga  asoslangan 
dehqonchilik  vujudga  kelgan.  IV  ming  yillik  o’rtalariga  kelib  bu 
joyda o’ziga xos eng qadimgi hind madaniyati vujudga kelgan.  Dehqonchilik,  hunarmandchilik,  chorvachilik,  savdo-
sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq  va  shaharlar  paydo  
bo’lgan.    Nihoyat,    Hind    daryosi    va    uning    Panjob 
viloyatida  qadimgi  davlatlar  yuzaga  keladi.  Bu  davlatlarning 
Mohinjo-Daro,  Xarappa  kabi  katta  shaharlari  bo’lgan. 
Mohinjo-Daro  hozirda  Pokiston  hududida  joylashgan  bo’lib, 
shaharning  maydoni  270  gektardan  iborat.  Bu  erdan 
arxeologlar  ko’chalar,  pishiq  va  xom  g’ishtdan  qurilgan  turar 
joylar,  saroylar,  omborxonalar,  ibodatxonalar  va  podsho 
qarorgohining  qoldiqlarini  topishgan.  Shaharda  pishiq 
g’ishtdan qurilgan suv tarmog’i va kanalizatsiya ham bo’lgan. 
Badavlat  kishilarning  uylari,  shuningdek  ibodatxonalar  2-3 
qavatli qilib pishiq g’ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan. Xarappa  shahridan  arxeologlar  500  ga  yaqin  yodgorliklar 
topishgan.  Shahar  qurilishi  Mohinjo-Daro  bilan  deyarli  bir  xil. 
Shaharda  me’morchilik,  to’qimachilik,  kulolchilik,  toshtaroshlik, 
zargarlik,  qurolsozlik  ancha  rivoj  topgan.  Xarappaliklar  o’zlarining 
ieroglif  yozuvlariga  ham  ega  bo’lgan2.  Ikkala  shaharda  ham  yirik 
g’alla  omborlari  topilgan  bo’lib,  bu  davlatni  markazlashganlik 
darajasini  ko’rsatadi.  Hindlar  dunyoda  birinchi  bo’lib  paxtadan 
mato  to’qib,  kiyimlar  tikkanlar,  chunki  shahardan  kiyim  tikish, 
qurolsozlik  ustaxona  qoldiqlarni  topilgan.  Xarappa  suv  yo’li  va 
quruqlik  orqali  shumerlar  bilan  savdo  aloqalari  olib  borgan  ilk 
quldorlik davlati edi. Mil.  avv.  II  ming  yillik  o’rtalaridan  boshlab  Eron  va  Turon 
orqali  Hindistonga  ko’chmanchi,  chorvador  oriy  qabilalari 
bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining unumdor 
erlariga  kelib  o’rnashganlar  va  keyinchalik  mahalliy  xalq  bilan 
aralashib ketganlar.  Oriylar bilan mahalliy xalq o’rtasidagi qonli janglar hindlarning 
xalq og’zaki ijodiyoti namunalari  bo’lgan 
«Mahobxarat»  va «Ramayana»  dostonlarida  ham  aks 
ettirilgan. Hindlar o’zlarining qadimiy yozuvlariga ega bo’lganlar. 
Ularda  astronomiya  va  matematika ham ancha rivoj  topgan. 
Hindlar  quyosh va suv soatlaridan  foydalanganlar, 
o’zlarining  taqvimlarini  tuzganlar.  Xalq  og’zaki  ijodining  yuksak 
namunasi  –  Ve dalar,  gimnlar,  qo’shiqlar,  afsunkor  va  diniy 
duolardan  iborat  to’plam  tuzilgan.  Ve dalarda  hayot  va  o’lim 
masalalari bo’yicha fikr yuritiladi.  Bu  ta’limotga  ko’ra  jon  doimo  bo’ladi  va  u  kishi  vafotidan 
keyin  boshqa  tanaga  o’tadi.  Hindlarning  Ve da  ta’limoti  inson 
mutloq  jon  bilan  qo’shilishi,  o’z  jonini  boshqaraolmasligi,  bu 
juda qiyin bo’lishiga qaramay uning mumkinligi 
to’g’risida fikr-mushohada  yuritiladi.  Ana  shu  ta’limot 
asosida yoga harakati kelib chiqqan.
Ve dalarda  qadimgi  Hindiston  aholisining  Va rnalarga 
(kastalarga)  bo’linishi  haqida  ham  ta’limot  bor.  Shu  ta’limot 
asosida  qadimgi  diniy  e’tiqod,  Braxmanizm  paydo  bo’lgan. 
Braxmanizm  qadimgi  diniy  e’tiqodlardan  biri  bo’lib,  mil.  avv. 
IX-VIII  asrlarda  vujudga  kelgan.  Bu  e’tiqodga  ko’ra,  Xudo 
Braxma olamni va odamni yaratgan deb hisoblagan. Hind ruhoniylari braxmanlar deb atalganlar.  
Braxmanlarning    ta’kidlashicha,    xudo    odamlarni    o’z   
tanasining    turli    qismlaridan   yaratgan.    Xususan,    xudo    o’z   
og’zidan    braxmanlarni;    qo’llaridan    kshatrilarni    –  jangchi, 
rojalarni;  sonlaridan  vayshoqlar  -  hunarmandlar,  savdogarlar, 
dehqonlarni;  loyga  belangan  oyoqlardan  esa  shudralar,  ya’ni 
xizmatkorlarni  yaratgan  deb,  ta’lim   beriladi.  Shulardan  keyin 
esa  eng  past  toifa  -  hazar  qilinadiganlar  yaralgan.  Shunday 
qilib,    braxmanlar    ta’limotiga    ko’ra,    xudo    odamlarni    turli   
toifalarga    –    kastalarga  bo’lib,  bola  qaysi  kastadan  tug’ilgan 
bo’lsa,  u  umri  bo’yi  o’sha  toifada  qolishi  kerak  bo’lgan. 
Toifalarni aralashib ketishiga yo’l qo’yilmagan.  Buddizm ta’limoti to’rt haqiqatda o’z ifodasini topgan:
1.  Turmush azob-uqubatlardan iborat;
2.  Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir:
3.  Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilar o’zlarining istak va 
nafslarini tiyishlari kerak;
4.  Azob-uqubatlardan halos bo’lish uchun Budda kashf etgan 
qoidalarga amal qilishi kerak. Buddizm ta’limoti asosida boshqa  odamlarga 
nisbatan yaxshi insoniy munosabatda bo’lish, boshqa 
tirik mavjudodga nisbatan zo’ravonlik ishlatmaslik, 
ayniqsa, o’ldirishni ma’n etish g’oyasi yotadi. Demak, inson 
axloqida gumanizm asosiy o’rin tutadi. Mil. avv. III asrda 
podsho Ashoka tomonidan Buddizmni qabul qilinishi bilan u 
davlat  diniga  aylandi.  Buddizm  dinining  nodir  bir  tomoni 
 bu,  boshqa  dinlarga nisbatan murosasozlik qilishdir.
Eramizning    I    asrida    Buddizm    Markaziy    Osiyo    orqali   
Xitoyga,  Xitoydan  Koreya,  Ya poniya,  Mo’g’iliston  va 
Tibetga tarqaladi. Hind  madaniyati  O’rta  Osiyo,  Xitoy  singari  qo’shni 
mamlakatlar  halqlari  ma’naviy  hayotiga  ham  ma’lum  darajada 
ta’sir ko’satgan.
Shunday  qilib,  qadimgi  Hindiston  madaniyati  jahon 
tsivilizatsiyasining  qadimgi  beshiklaridan  biri  sifatida  shuhrat 
topib, u jahon madaniyati rivojiga o’z samarali ta’sirini ko’rsata 
olgan. Qadimgi Xitoy madaniyati
      Xitoy    Markaziy    va    Sharqiy    Osiyodagi  eng    qadimgi   
davlat.    Tabiati    keskin  o’rgatuvchan  va  mutadil.  Markaziy 
Xitoy  tog’laridan  boshlanib  Tinch  okeani  havzalariga 
quyadigan Xuanxe (Sariq daryo) va Ya ntszi daryolari Sharqiy 
Xitoy  pasttekisligi    orqali  oqib    o’tadi.  g’g’ingarchilik 
vaqtlarida  Xuanxe  daryosi  toshib,  ko’plab  tashvishlar 
keltirganligi  uchun  unga  xitoyliklar  «Tentak  daryo», 
«Xitoyning  sho’ri»,  «Ming  xil  kulfat  keltiruvchi  daryo»  deb 
nom berishgan. Shu daryolarning bo’ylaridagi  erlar  unumdor 
  bo’lib,    ilk    dehqochilik    vujudga    kelgan.    Bu    o’lka 
qadimdan  o’simliklar  va  hayvonot  olamiga  boy,  er  osti 
qazilma boyliklari ham mashhur bo’lgan.  Xitoy  tsivilizatsiyasi  mil.avv.  3  ming  yillik  oxirida  shakllandi. 
Xitoy  tarixini  tarixchi  Sima    Tsyan  o’z    «Tarixiy  xotiralar»  asarida 
sulolaviy davrlarga bo’lgan.
Qadimgi    Xitoyda qo’hna    Mesopatamiya    va    Misr    singari   
qadimiy  o’ziga  xos madaniyat yaratilgan.
Xitoyliklar  Shan  sulolasi  davrida  (mil.avv.  2  minginchi  yil 
o’rtalarida)  ieroglif  yozuvini  yaratganlar.  Bu  yozuv  bir  necha  o’n 
ming  belgi-ierogliflardan  iborat.  Milodning  I  asrigacha  bu  ierogliflar 
hozirgi yozuv ko’rinishiga ega bo’ldi. Qadimgi
Xitoy  yozuvi  asosida  keyinchalik  Koreya,  V’etnam  va  Yapon  
yozuvlari  paydo bo’ldi. Chjou  davrida  Xitoyda  metall  tangalarni  (dunyoda  birinchi 
marta)  muomalaga  chiqarildi3.    Dengizlarda    suzish    uchun   
kompas    ixtiro    qilingan    (uning    strelkasi  Shimolni  emas, 
Janubni  ko’rsatgan).  Dunyoda  birinchi  bo’lib,  Xitoyda  porox 
ixtiro  qilingan    bo’lib,    undan    bayramlardagi    mushakbozlilar   
foydalanilgan.   Artileriya,  miltiq,  arbalet-miltiqlar  ham  dastlab 
Xitoyda  yaratilgan.  Mil.  avv.  I  asr  oxiri  va  yangi  asr  arafasida 
xitoyliklar  latta,  po’sloq  va  bambuk  aralashmasidan qog’oz 
tayyorlaganlar. Qog’oz yog’och,  bambuk  va 
shoyiga  qaraganda  arzon  bo’lib,  u  yozish  va  saqlash  uchun 
qo’lay  hisoblangan.  Qog’ozning  ixtiro  qilinishi  maorif,  fan, 
madaniyatning  rivojlanishi  va  davlat  ishlarida  muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan.
Buyuk  Xitoy  devori  qurilishi  mil.  avv.  IV  asrda  boshlanib, 
shimoldagi  Xunn  qabilalarining    hujumlaridan    saqlanish    va   
savdo-sotiq  ishlarini  ko’zlab  qurilgan. Devor    Leodun    qo’ltig’i    qirg’og’idagi  Shayxayguan 
shahridan  boshlanib,  g’arbda
Dunxuan  qal’asigagacha  davom  etgan.  Devorning  umumiy 
uzunligi  5.000-6.000  km.,  uning  balandligi  joyiga  qarab  6-10 
metr, qalinligi  5,5-7 metr bo’lib, har 60-100
metrda mustahkam minoralar qurilgan.
Xitoy    ajoyibotlaridan  yana    biri,    bu    ipakning    kashf   
etilishi    va    Buyuk    ipak  yo’liga  asos  solinishidir.  Imperator 
rafiqasi Si-Lingchi tomonidan mil. avv. 2600 yili
ipakning  kashf  etilishi  va  mil.  avv.  128  yili  Xitoy  sayyohi-
diplomati  Chjan-Tszyan  tomonidan  Buyuk  ipak  yo’liga  asos 
solinishi katta tarixiy o’zgarish bo’lgan. Qadimgi  Xitoy  tabiblari  kasallik  va  jarohatlarni  davolashda 
uqalash,  igna  sanchib  davolashdan,  o’simlik  va  hayvonlardan 
hosil  qilinadigan  dorilardan,  xususan  jenshen,  kiyik  shohidan 
olinadigan  panti,  choy  va  boshqa  dori-darmonlardan  keng 
foydalanganlar.  O’sha  davrdayoq  Xitoy  tibbiyotida  mingdan 
ortiq dorilar bo’lgan. Qadimgi Xitoy tabiblari ichida Va  Shu Xe, 
Ban Tsio va Xua Tu lar mashhur bo’lgan.
Va n    Shu    tibbiyotga  oid    «Ney-Tszin»  («Odam  tabiati    va   
hayoti»), Ban  Tsio  esa «Qiyinchilik haqida kitob» kabi asarlar 
yozganlar.
Mil.  avv.  XII-VI  asrlarda  Xitoyda  dunyoni  miflar  orqali 
tasavvur  qilishdan  falsafiy  mushohada  qilishga  o’tiladi.  Falsafa 
o’zining  «oltin  asr»  deb  nomlangan  o’sha  davrning  cho’qqisiga 
chiqadi.  Falsafiy  qarashlar  ichida  ikkitasi  muhim  ahamiyatga 
ega. Bulardan bittasi Konfutsiylik bo’lib, uning asoschisi Kun-tszi 
edi. U mil. avv.
551  yilda  zodagon  oilada  tug’ilgan  bo’lib,  15  yoshidan  o’zi 
mutoala  qilib  ma’lumot  olgan.  Uning  ta’limotida  qadimgi  urf-
odatlar  va  ularga  to’la  rioya  qilish  muhim  o’rin  tutadi. 
Hammaning  ularga  amal  qilishi  jamiyatni  halokatdan  qutqarib, 
uni  gullab-yashnashiga    olib    keladi    deb    uqtiriladi.    Davlat   
to’g’risidagi    ta’limotda    «…    agar  podsho  haqiqiy  podsho 
o’rnida  bo’lsa,  fuqarolar-fuqaro  o’rnida,  ota-ota,  ona-ona 
o’rnida,  bola-bola  o’rnida  bo’lsagina  davlat  gullab-yashnaydi» 
deyiladi. Agar davlat   o’z nomiga munosib bo’lsa, unda etarlicha 
oziq-ovqat, etarlicha qo’shinlar bo’lishi va unga ishonch bo’lishi 
zarurligi ko’rsatiladi. Konfutsiylik ta’limotida quyidagi axloq normalari 
belgilanadi:

1.  O’zing orzu qilgan yutuqlarga erishish uchun, 
boshqalarning ham shunga etishi uchun ularga yordam ber;

2.  O’zingga maqbul bo’lmaganni, birovga ravo ko’rma. Qadimgi  Xitoyda  adabiyot  ham  ancha  rivoj  topgan.  Avvalo 
xalq  og’zaki  ijodi,  keyinchalik  yozuvning  kelib  chiqishi  bilan 
yozma adabiyot  ham rivojlangan.  Jumladan,  xalq  qo’shiqlari 
asosida  «Shi-tszin»  to’plami,  tarixiy,  falsafiy  «Chun-tsyu» 
(Bahor va kuz) kitoblari diqqatga sazovor.
Qadimgi  Xitoy  tarixchilari  ichida  mil.  avv.  145-90  yillarda 
yashagan  Sim  Tsyan  mashhur  bo’lib,  yuqorida  qayd  qilingan 
«Tarixiy  xotiralar»  asarini  yozgan.  Unda  Xitoyning  eng  qadimgi 
davridan II asrgacha bo’lgan davri yoritilgan. Milodning 32-
92  yillarida  yashagan  Ban  Gu  o’zining  «Xan  podsholigi 
tarixi» asarini yozgan.
Qadimgi  Xitoyning  kulolchilik  maxsulotlari,  ayniqsa  chinni 
buyumlar hozirgacha  o’zining  nafisligi,  betakrorligi,  pishiqligi  
bilan  ajralib  turadi.  Ularda  ishlatilgan  rang,  tanlangan  manzaraning  go’zalligi 
kishini lol qoldiradi.
III asrga kelib yagona Xan podsholigining Ve y, Shu va U kabi 
mayda  uchta  davlatlarga  bo’linib  ketishi  bilan  Qadimgi  Xitoy 
davri tugaydi va o’rta asrlar davri boshlanadi.
Shunday  qilib,  Qadimgi  Xitoy  o’ziga  xos  betakror  madaniyat 
bilan  jahon  madaniyatini    rivojlanishiga    o’z    hissasini    qo’shdi.   
Uning    ta’siri    ayniqsa    Janubi  -  Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari 
madaniyatining shakllanishi va riovjlanishida  kuchliroq aks etdi.

Mavzu:Qadimgi Hindiston va Xitoy madaniyati

Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli mamlakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-baranglik, boy o’simlik, hayvanot va qimmatbaho er osti boyliklariga ega bo’lgan. Ya rim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. Mil. avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi vodiysida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV ming yillik o’rtalariga kelib bu joyda o’ziga xos eng qadimgi hind madaniyati vujudga kelgan.

Dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, savdo- sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar paydo bo’lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyatida qadimgi davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo’lgan. Mohinjo-Daro hozirda Pokiston hududida joylashgan bo’lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu erdan arxeologlar ko’chalar, pishiq va xom g’ishtdan qurilgan turar joylar, saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining qoldiqlarini topishgan. Shaharda pishiq g’ishtdan qurilgan suv tarmog’i va kanalizatsiya ham bo’lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g’ishtdan 4,5 ming yil avval qurilgan.

Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda me’morchilik, to’qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik, zargarlik, qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o’zlarining ieroglif yozuvlariga ham ega bo’lgan2. Ikkala shaharda ham yirik g’alla omborlari topilgan bo’lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko’rsatadi. Hindlar dunyoda birinchi bo’lib paxtadan mato to’qib, kiyimlar tikkanlar, chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan. Xarappa suv yo’li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib borgan ilk quldorlik davlati edi.

Mil. avv. II ming yillik o’rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali Hindistonga ko’chmanchi, chorvador oriy qabilalari bostirib kiradi. Ular Gang va Panjob daryo vohalarining unumdor erlariga kelib o’rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar.