Qadimgi Rusda dastlab foydalanilgan vaqtning dastlabki o'lchov birliklari
MAVZU: Qadimgi Rusda dastlab foydalanilgan vaqtning dastlabki o'lchov birliklari
RE JA: 1) Slavyanlar kalendarlari haqida ma'lumotlar. 2) Slavyanlarda oy nomlari. 3) Pyotr I ning kalendar islohatlari.
Slavyan Kalendari Bizgacha slavyanlar kalendarlari haqida aniq ma'lumotlar yetib kelmagan bulsada, ular qadimdan yilni fasllarga ko'ra hisblashgani to'g'risida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. Slavyanlarda an'anaviy urf odatlarni tuzilgan kalendarlar asosida amalga oshirganlar. Bu bayramlar xristian dinini qabul qilgandan so'ng ham saqlanib qoldi. Shunday bayramlardan bahorning kirib kelishi bilan "maslinnitsa", "ko'pala"(quyoshning yozgi tik turishi davrida)
• "koliyada"lar nishonlangan. 16-17 asrlarda yil turt faslga bo'ib hisoblangan. 25-martdan 24-iyungacha bahor, 25-iyundan 24-sentabrgacha yoz, 25- sentabrdan 24-dekabrgacha kuz, 25-dekabrdan 24- martgacha qish hisoblangan. Slavyanlar yillarini oylarga bo'lganlar va turli hududlarda oylarni turlicha ataganlar. Oy nomlari bugungi kungacha zamonaviy ukrain, belarus tillarida saqlanib qolgan.
• Slavyanlarda kalendar yilini astronomik yilga ti'g'rilash maqsadida o'n uchinchi qo'shimcha oydan ham foydalanilgan. Qo'shimcha o'n uchinchi oyni o'n to'qqiz yillik siklga ko'ra hisoblaganlar. 10 asr oxirlarida rusga xristian dini bilan birga Yulian kalendari ham kirib keldi. Rusda birinchi marta Rim kalendari oy nomlari va yetti kunlik haftadan ham foydalanila boshlandi.