Qadimgi va Oʻrta xett bosqichi tashqi siyosati va diplomatiyasi
Qadimgi va O rta xett bosqichi ʻ tashqi siyosati va diplomatiyasi
Reja: 1.Qadimgi bosqich xett diplamatiyasi 2.O`rta bosqich xett diplamatiyasi
Xettlar davlati (yoki Xatti mamlakati) Kichik Osiyoning katta qismini egallagan, mil.avv. XVII-XII asrlarda mavjud bo‘lgan qadimgi Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri edi. Qadimgi dunyo tarix sahnasida nisbatan uzoq muddat (olti asr) mavjud bo‘lgan ushbu davlat uzluksiz barqarorlikni namoyon etgan deb hisoblab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mazkur davlat tarixini olimlar quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganishadi: - Qadimgi xettlar bosqichi (mil.avv.tax.1650-1420-yy); - O rta xett bosqichi (mil.avv.1420-1380-yy);ʻ - Imperiya bosqichi (mil.avv.1380-1180(1190)-yy).
Xettlarning Kichik Osiyoda paydo bo‘lish masalasi fanda bahslidir. Ayrim yondashuvlarda qadimgi xettlarning ilk ajdodlari Bolqon hududlaridan kirib kelganligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, xettlarning kelib chiqishi masalasida Kavkaz hududlaridan shimoldan dengiz yo‘li orqali, sharqdan Darband orqali kelganligi yoki O‘rta Anatoliyaning avtoxton aholisi bo‘lganligi haqidagi ilmiy qarashlar ilgari surilganligini kuzatish mumkin. Lekin bitta masalada yondashuvi bir xil, u ham bo‘lsa xettlar hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi tilda muloqot qilishgan