Qadimgi va Oʻrta xett bosqichi tashqi siyosati va diplomatiyasi
Qadimgi va Oʻrta xett bosqichi tashqi siyosati va diplomatiyasi
Xettlar davlatining faol tashqi siyosati Qadimgi podsholikning dastlabki hukmdorlari, Labarna I (Labarnas ham deb keltiriladi, Labarna nomli sulola asoschisi sifatida qaraladi. U ko‘proq yarim afsonaviy tarzda tilga olinadi. Unda aytilishicha, Labarnasdan boshlab hukmdorlar turli mamlakatlarni bosib olgan va davlat sarhadlari “dengizdan dengizgacha” (Qora dengizdan O‘rta Yer dengizigacha) cho‘zilgan. Bu haqidagi ma’lumot qadimgi xett hukmdori Telepinus I (tax. mil.avv. 1500- yillar) ning “Farmon”ida keltirilgan.
Xattusili I tashqi siyosati asosiy ikkita yo‘nalishda olib borildi. Bular janubi-sharqiy yo‘nalishda – maqsad Shimoliy Suriyani bosib olish va g‘arbiy yo‘nalishda – Arsava bilan munosbatlarga oydinlik kiritish edi. Birinchi yo‘nalishdagi maqsadiga u Alalax, Urshu, Frotning o‘ng sohili, shimoldagi Karkemish, Xashshuni egallash orqali erishdi.
Shunday qilib, qisqa vaqt ichida Xettlar Shimoliy Suriya hududlarini egalladi, Halab davlatga qo‘shib olindi, harbiy yurishlar Bobilgacha yetib bordi. Bobilga tobora yaqinlashib kelayotgan va unga qo‘shni yerlarda mustahkamlanib ulgurgan kassitlar xettlarning bu yurishida ularga ittifoqchi bo‘lgan bo‘lishi ehtimoli katta. Bobilning qo‘lga kiritilishi (mil.avv.1594-yy) Yaqin Sharqda mavjud kuchlar muvozanatini o‘zgarishiga ta’sir qilib, xettlar qo‘liga Suriyani Mesopotamiyaga bog‘lovchi savdo yo‘li ustidan nazorat o‘tdi.
G‘arbiy Anatoliyada, ya’ni sharqiy yo‘nalishagi tashqi siyosatda Arsavaning qo‘lga kiritilishi natijasida bu davrda xettlar mintaqaning yangi siyosiy kuch timsoliga aylandi Shimoliy Suriya uchun kurashlarda xettlar Old Osiyoning yirik etnik guruhlaridan biri bo‘lgan xurritlar qarshiligiga uchradi.Biroq Mursilis I o‘ldirilishi bilan boshlanib ketgan ichki siyosiy kurashlar bu maqomni boy berilishiga olib keldi. Shu tariqa mintaqada yetakchilik yangi siyosiy qudratga sohibiga aylanayotgan Mitanni davlati chekiga o‘tdi.