QORABALIQ NING BIOLOGIYASIGA DOIR MA’LUMOTLAR
MAVZU: QORABALIQ NING BIOLOGIYASIGA DOIR MA’LUMOTLAR
Mavzuning dolzarbligi . • Baliq va baliq mahsulotlari kimyoviy tarkibi, ta’mi jihatidan mol go’shtidan qolishmaydi, ammo hazm bo’lish jihatidan undan ancha ustun turadi. Yangi baliq go’shtida 15-22% oqsil, 0,2 dan 30,8% gacha yog’ va oz miqdorda uglevodlar bor. Asosiy baliq oqsili - ixtulin va kaplogen bo’lib, ixtulin o’rni almashinib bo’lmaydigan aminokislotalardan tashkil topgan. Baliq yog’ida A va D vitamini bo’lsa, baliq mahsulotlarida kalsiy, magniy, rux, yod, fosfor kabi elementlar ko’p miqdorda uchraydi. Baliq mahsulotlarini oziqaviy qiymati va sifati bilan doimo aholi ehtiyoji yuqori mahsulot hisoblanadi. • Keying yillarda aholini baliq mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida mamlakatimizda baliqchilikni rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratila boshladi. Sun’iy sharoitda baliq yetishtirish alohida bir tarmoq bo’lib rivojlanayotgan bir paytda, tabiiy suv havzalarida ixtiofaunani o’rganish ham dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Chunki asosiy ovlanadigan baliq turlari tabiiy suv havzalarida ham keng tarqalgan . Shu bilan birgalikda ularning biologiyasini o’rganish ov muddatlarini aniq belgilash imkonini ham beradi. Bu esa tabiiy suv havzalarida ixtiofaunaning tur tarkibida keskin o’zgarishlarni oldini oladi.
• Tadqiqot obyekti - Zarafshon vohasi suv havzalaridagi qora baliq (Schizothorax intermedius Mc’Clell) hisoblanadi. • Tadqiqot predmeti - Zarafshon vohasi suv havzalarida qora baliqning biologiyasiga oid ma’lumotlarning tahlili, ekologik - faunistik tavsifi hisoblanadi.
• Tadqiqotimizning maqsadi Zarafshon vohasi suv havzalarida qora baliq (Schizothorax intermedius Mc’Clell) ning biologiyasini o’rganishdir.
Tadqiqot vazifalari • 1. Zarafshon vohasi suv havzalaridagi qora baliqning sistematik holatini o’rganish. • 2. qora baliq (Schizothorax intermedius Mc’Clell) ning tur ichidagi o’zgaruvchanligini aniqlash • 3. Zarafshon vohasi suv havzalaridagi qora baliq (Schizothorax intermedius Mc’Clell) ning biologiyasini o’rganish • 4. Q ora baliq (Schizothorax intermedius Mc’Clell) ning iqtisodiy ahamiyatini aniqlash