logo

Qozog‘iston Respublikasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23941.450195312 KB
Qozog‘ist on Respublik asi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм        
      Maydoni:   2724,9  ming km²
      Aholisi (2020):  18,7  mln
      Poytaxti:  Astana    Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyoda hududiy jihatdan eng 
yirik davlat bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon mamlakatlari 
ichida 9-o‘rinni egallaydi.     Qozog‘iston beshta davlat — Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, 
Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan chegaradosh.
Xitoy
Turkmaniston Qirg‘izistonRossiya
O‘zbekiston   Qozog‘istonning Rossiya bilan chegarasi uzunligi (7548 km) 
bo‘yicha dunyoda AQSH va Kanada o‘rtasidagi chegaradan
keyingi 2-o‘rinda turadi.       Janubi-g‘arbda Kaspiy dengizi bilan chegaralanadi.     Qozog‘iston iqtisodiy-geografik o‘rnining asosiy xususiyatlari Osiyo va 
Yevropa davlatlarini bog‘lovchi temir yo‘l va avtomobil magistrallarining 
o‘tganligi,katta transport ahamiyatiga ega Kaspiyga tutashligi, Rossiya va 
Xitoydek yirik davlatlarga chegaradoshligi bilan belgilanadi.     Boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi. 
Prezident qarorgohi “Oq o‘rda” Prezident Qosim-Jo‘mart 
To‘qayevParlament binosi        Ma’muriy-hududiy jihatdan unitar davlat bo‘lib, 17 ta viloyat va 3 ta 
respublika ahamiyatidagi shahar (Astana (Nur-Sulton), Almati 
(Olmaota), Shimkent (Chimkent))dan iborat. 
Oblis (Viloyat)lar va markazlari
1. SOLTUSTIK QAZAQSTAN - 
Petropavl
2. PAVLODAR  - Pavlodar
3. AQMOLA - Kokshetau
4. QOSTANAY - Qostanay
5. SHIG‘ISH QAZAQSTAN - Oskemen
6. ABAY - Semey
7. QARAG‘ANDA – Qarag‘anda
8. ULITAU – Jezg‘azg‘an
9. AQTOBE - Aqtobe
10. BATIS QAZAQSTAN - Oral
11. ATIRAU - Atirau
12. MANG‘ISTAU - Aqtau
13. JETISU – Taldiqorg‘an
14. ALMATI - Qonayev
15. JAMBIL - Taraz
16. TURKISTAN - Turkistan
17. QIZILO‘RDA  - Qizilo‘rda   Mamlakat poytaxti — Astana shahri  (71-rasm).    Tabiiy  sharoit i v a resurslari. 
Qozog‘iston relyefida 
tekisliklar hukmronlik 
qiladi, faqat 
respublikaning janubi-
sharqiy qismida tog‘ 
tizmalari joylashgan, 
markaziy rayonlari 
relyefi esa kuchli 
parchalangan 
yassitog‘likdan iborat.1 2
3        Qozog‘iston foydali qazilmalarga dunyodagi eng boy davlatlardan 
biri hisoblanadi.      Neft va tabiiy gazning yirik konlari Kaspiy dengiziga yaqin
hududlarda, toshko‘mirning asosiy zaxiralari (Qarag‘anda, 
Ekibastuz havzalari) esa markaziy mintaqada mujassamlangan. 
Tabiiy gaz
Qarag‘anda EkibastuzNeft 3
2
1            Shuningdek, Qozog‘istonning markaziy va sharqiy viloyatlari temir, marganes, 
xrom, uran, mis, volfram, rux,  qo‘rg‘oshin va boshqa metallarning katta 
zaxiralariga ega. Noruda mineral  boyliklaridan fosforit va oltingugurt alohida 
e’tiborga loyiq.
oltingugurt  mistemir
marganes
xrom
uran
volfram
rux qo‘rg‘oshin fosforit                       Iqlimi mo‘tadil keskin kontinental va qurg‘oqchil, qishda shimoliy
hududlarida havo harorati -50 ºC dan ham past bo‘ladi. 
Kontinental tipMo‘tadil-
kontinental 
tip      Qurg‘oqchil iqlim tufayli Qozog‘istonning bepoyon tekisliklarida 
dasht  (72-rasm),  chalacho‘l va cho‘l tabiat zonalari shakllangan. 
O‘rmon dasht
Quruq Dasht
Chalacho‘l
Cho‘l
Tog‘lar1
3
4
52
Dasht zonasiChalacho‘l zonasi Cho‘l zonasi       Yog‘inlarning ozligi, hududining aksariyat qismini tekisliklar ishg‘ol 
qilgani mamlakatning katta qismida suv resurslari tanqisligini 
keltirib chiqargan.     Asosiy daryolari 
hisoblanadigan 
Irtish, Ili, Sirdaryo, 
Ural
respublikaning 
chekka qismlaridan 
oqib o‘tadi, to‘yinish 
manbalari esa 
qo‘shni mamlakatlar 
hududida 
joylashgan. Eng katta 
ko‘llari: Kaspiy, 
Balxash, Olako‘l, 
Tengiz, Zaysan.Asosiy daryo va ko‘llari
Irtish
IliSirdaryo Ural
Kaspiy dengizi
Balxash ko‘li Olako‘l
Tengiz ko‘liZaysan ko‘li      Asosiy daryo va ko‘llari
Ural Tengiz
Sirdaryo ZaysanIrtish
Balxash Olako‘l
Ili  Aholisi. 
2020-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi aholisi 18,7 mln kishi. 
Aholining tabiiy ko‘payishi Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng past
darajada bo‘lib, yillik hisobda 1,4% ga teng.      Urbanizatsiya darajasi 59% (2020 y.).     Mamlakatda
hozirgi paytda 3 ta 
“millioner” shahar 
mavjud: Almati
(Olmaota), Astana 
(Nur-Sulton) va 
Shimkent 
(Chimkent). Yirik
shaharlari qatoriga 
Qarag‘anda, Aktobe, 
Taraz,  Pavlodar va 
boshqalar ham 
kiradi.Shaharlari
1
2
3 4 7
65
Almati 
Astana
ShimkentQarag‘anda Aktobe
TarazPavlodar           Qozog‘istonda aholi zichligining o‘rtacha ko‘rsatkichi juda past bo‘lib, 1 km2 
ga 7 kishiga teng. Aholi respublika janubida sug‘orma dehqonchilik 
rivojlangan daryo vodiylarida va tog‘oldi tekisliklarda  hamda mamlakat 
shimolidagi sanoatlashgan hududlarda birmuncha zichroq joylashgan.   Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab  (73- rasm).  Qozoqlar 
ulushi 68% dan ortiqroq  (74-rasm).      Shuningdek, mamlakatda ruslar, o‘zbeklar, uyg‘urlar,  ukrainlar, 
nemislar va boshqa millat vakillari ko‘p.     Ruslar mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlarida keng tarqalgan bo‘lsa, 
o‘zbeklar asosan respublika  janubidagi Turkiston va Jambil viloyatlari hamda 
Chimkent shahrida istiqomat qiladi.     Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi 5 ta davlat ichida iqtisodiy 
salohiyati jihatidan yetakchi hisoblanadi.  Iqt isodiy ot i. 
Pul birligi - Tenge      Sanoatining 
asosiy 
tarmoqlari 
qatoriga neft-
gaz, ko‘mir, qora 
va rangli 
metallurgiya 
(75- rasm), 
kimyo va 
mashinasozlik 
kiradi.Sanoati
neft-gaz ko‘mirq ora   metallurgiyarangli metallurgiya kimyomashinasozlik              Qozog‘iston neft qazish hajmi bo‘yicha jahonning yetakchi 20 ta
davlatlari qatoriga, ko‘mir, mis, ruxni qazish hajmi bo‘yicha esa 
birinchi o‘ntalikka kiradi.        Ayniqsa, hozirda uranni qazib chiqarishda Qozog‘istonning 
dunyodagi ahamiyati yuqori, chunki u 2009-yildan buyon ushbu
sohada jahonda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda va  jami qazib 
olinayotgan uranning 40% igacha qismini ta’minlamoqda.      Elektr energiyasining 90% idan ortiq qismi IESlarda ishlab 
chiqariladi.     Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i donchilik. U ayniqsa 
mamlakatning shimoliy viloyatlaridagi lalmi yerlarda yaxshi 
rivojlangan.        Janubiy 
viloyatlarida 
dehqonchilik 
sug‘orish 
yordamida 
rivojlantirilib, bu 
yerda uning asosiy 
tarmoqlari 
sabzavotchilik,
sholichilik, 
polizchilik va 
bog‘dorchilik 
hisoblanadi.Sug‘orma dehqonchilik
Sabzavotchilik Sholichilik Polizchilik
Bog‘dorchilik       Chorvachilikn
ing yetakchi 
tarmoqlari: 
qo‘ychilik,
qoramolchilik
, yilqichilik, 
tuyachilik.Chorvachilik
Qo‘ychilik
Qoramolchilik YilqichilikTuyachilik      © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi, 2022
•
@ edurtm_uz
•
A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko  – 
Geografiya (Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining 9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent 
– “O‘zbekiston” – 2019

Qozog‘ist on Respublik asi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Maydoni: 2724,9 ming km² Aholisi (2020): 18,7 mln Poytaxti: Astana

Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyoda hududiy jihatdan eng yirik davlat bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon mamlakatlari ichida 9-o‘rinni egallaydi.

Qozog‘iston beshta davlat — Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan chegaradosh. Xitoy Turkmaniston Qirg‘izistonRossiya O‘zbekiston