logo

Rahmat Fayziy. “Hazrati inson”

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

8629.7138671875 KB
Rahmat  
Fay ziy. 
“ Hazrat i 
inson”                                             Bu mav zuda biz:
–  asar  sarlavhasi  va  mazmuni  o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni tahlil qilamiz;
–  qahramonlar  nutqi  va  xatti-harakatlari  orqali 
ularga ta’rif berishni o‘rganamiz;
–  nasriy va she’riy asarlarni qiyoslaymiz.              MUALLIF BILAN TANISHAMIZ
Rahmat  Fayziy  (1918–1988)  –  o‘zbek  yozuvchisi,  xalqimiz  orasida 
mashhur badiiy filmlar muallifi. U Toshkentda kosib oilasida
tug‘ilgan.  O‘rta  maktabni  tamomlab,  Toshkent  temir  yo‘llari  qoshidagi 
Fabrika-zavod  o‘quvchilik  maktabida,  so‘ng  elektromexanika 
texnikumida  tahsil  olgan.  Hikoya  va  qissalari,  romanlari  bilan  o‘zbek 
adabiyoti  tarixida  o‘chmas  iz  qoldirgan.Rahmat  Fayziy  ijodiy  faoliyati 
davomida  qator  gazeta  va  jurnallarda,  obro‘li  tashkilotlarda  ishlagan, 
davlat  mukofotlari  bilan  taqdirlangan.Yozuvchi  1988-yili  vafot  etgan. 
Hozirda Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri  Rahmat  Fayziy  nomi bilan 
ataladi.                 ASA RN I  O‘QI SHGA TAY YORLAN AMIZ
Ikkinchi jahon urushi davrida uyidan, 
ota-onasidan ayrilgan ko‘pnbolalar 
urush bo‘layotgan joylardan 
O‘zbekistonga olib kelingan.Ko‘pchilik 
yurtdoshlarimiz qatori toshkentlik 
temirchi Shoahmad Shomahmudov va 
uning turmush o‘rtog‘i Bahri Akramova 
turli millat bolalarini o‘z tarbiyalariga 
olishgan. Rahmat Fayziyning “Hazrati 
inson” romani Shoahmad ota va Bahri 
aya singari kishilar haqida hikoya qiladi. DIQQAT! SAVOL
1.Rasmdagi haykalni 
ko‘rganmisiz? Unda kimlar 
tasvirlanganini bilasizmi?
2. O‘ylab ko‘ring-chi, 
“inson”, “insoniylik”, 
“insonparvarlik” so‘zlari 
qanday ma’no anglatadi? 
Asar nima uchun “Hazrati 
inson” deb atalganbo‘lishi 
mumkin?  Bilasizmi?
Ba’zan badiiy asar 
qahramonlari uchun 
real, haqiqatda yashab 
o‘tgan shaxslar asos 
bo‘lib xizmat 
qiladi.Bunday shaxslar 
prototip deyiladi. 
“Hazrati inson”asaridagi 
Mahkam aka obrazi 
uchun Shoahmad 
Shomahmudov prototip 
qilib olingan.   Bolalar uyi
Ular  bolalar  uyiga  yaqinlashib  qolishganda  dadasining  qo‘lidan  ushlab  borayotgan  Vitya 
taqqa  to‘xtadi.  Qo‘lini  tortib  oldi.  Mahkam  aka  hayron  bo‘lib  unga  qaradi.  Qovoqlari 
osilgan, to‘rsayib turardi.Hozirgina javrab kelayotgan bolaga o‘xshamasdi avzoyi.
      –  Ha, nega to‘xtading?
    –  O‘zingiz... – dedi-yu yig‘lab yubordi.
    –  Gapir. Et-beting og‘rivottimi?
    –  O‘zingiz haydamayman demabmidingiz?
    –  Kim seni haydadi?
    –  Nega bu yerga olib kelasiz bo‘lmasa? – dedi Vitya bolalar uyining darvozasini ko‘rsatib.
        Mahkam  aka  gapning  tagiga  endi  yetdi.  Kulib  yuborishiga  sal  qoldi.Vityaning  yuzidan 
uydan  umidini  uzgan,  ko‘chada  qolib,  nima  qilarini  bilmay  shalpayib  tushgani 
shundoqqina sezilib turardi. Mahkam akaning rahmi keldi.
    –  Manga qara, o‘g‘lim, – tiz cho‘kib Vityaning ko‘z yoshlarini arta boshladi, – o‘zing shu 
yerga  kelgan  kuning  esingdami?  –  Vitya  bosh  irg‘ab  javob  berdi.  –  Ha,  omon  bo‘l.  Bugun 
ham  sanga  o‘xshagan  bolalar  kelibdi,  shular  orasida  o‘rtoqlaring  ham  bo‘lsa,  nima 
deysan?  Savol
Mahkam aka bolalar uyiga nima 
maqsadda keldi? Nima uchun bu 
joyga kelganda Vityaning 
kayfiyati o‘zgardi?  Urush dav ri bolalari
Havo ochiq. Quyoshning iliq taftidan, tungi yomg‘irdan so‘ng 
hovli  yuzi  selgib,  yengil  hovur  ko‘tarilib  turardi.  Yaqindagina 
keltirilgan  bolalar  hali  xonalarga  joylashmagan.  Katta 
oshxona  binosi  yonida  to‘da-to‘da  bo‘lib  turishardi.  Aftidan, 
har  bir  bola  o‘z  vagonidagilar  to‘dasida  edi.  Ularning 
shovqin-suroni,  bir-birini  yig‘latgan,  qichqirib  chaqirishgan 
ovozlari  hovlini  boshiga  ko‘tarib,quloqni  qomatga  keltirardi. 
Usti  qalinroq  bolalar  issiqdan  burqsib,kiyimlarini  yechib 
yerga  tashlagan,  esliklari  qo‘llarida  ushlabturardi.  Yoqasi 
qolsa  ham  beqasam,  deyilganidek,  duch  kelgan  narsani  ilib 
olishgan,  birontasining  egnidagini  kiyim  qatoriga  qo‘shib 
bo‘lmasdi.  Bir  to‘da  bo‘yi  tikroq  bolalar  hovlining  chap 
tomonidagi  aravalardan  tushirilayotgan  yuk  atrofida 
o‘ralashib  turishardi.Har  xil  eski  kiyimlar,  adyol,  yostiqlar 
uyumi tom baravar bo‘lib ketgandi.  Hamma millat  bolasi bir!
–  Assalomu  alaykum,  –  dedi  yoshgina,  xushbichim  kiyingan  juvonMahkam  akaning 
yoniga  kelib,  –  keling,  amaki,  xizmat.  –  Bizam  birontasini  bag‘rimizga  olsakmikin,  deb 
keluvdik,  –  dedi  Mahkam  aka.–  Juda  yaxshi  o‘ylabsiz,  ota.  Kennoyimlar  ham  shu 
yerdamilar?
    –  Ishi chiqib qoldi. O‘zim kelaverdim.
    –  O‘g‘il bolami yo qizcha olmoqchimisiz?
    –  Baribir.
    –  Yoshroq bo‘lsinmi yo eslikrog‘imi?
    –  Baribir, qizim.
    –  Qaysi millat bolasi bo‘lgani ma’qul?
        Mahkam  akaning  a’zoyi  badani  titrab  ketdi.  Rangi  oqardi.  Juvon  buni  payqadimi, 
yo‘qmi,  qo‘lidagi  daftarga  allanimalarni  yozishdan  to‘xtamadi.–  Qizim,  –  dedi  zo‘rg‘a 
o‘zini bosib Mahkam aka, – men mol bozoriga kelganim yo‘q. Tushundingizmi?
 –  Axir, otaxon...
    –  Axir-paxiri yo‘q! Indamasam, oriqmi-semizmi, kemshikmi-
puchuqmi, qorami-sariqmi, deb so‘raydiganga o‘xshaysiz?
    –  Voy, otaxon, millatini so‘rasam siz...
        –  Hamma  millat  bolasi  bir!  Hammasini  Xudo  yaratgan!  Hammasi  odam  bolasi! 
Tushundingizmi?
        –  Kechirasiz,  –  juvon  Mahkam  akaning  vajohatidan  qo‘rqib  ketganidan  qo‘lidagi 
daftar qaltirardi.  Sav ol
Ayol va Mahkam aka 
suhbatidan nimalarni 
uqdingiz? Nima uchun 
Mahkam akaning 
a’zoyi badani titrab 
ketdi? Ayol sizda 
qanday taassurot 
qoldirdi? Vit y aning maqt anishi
Mahkam  aka  bolalar  to‘dasida  turgan  o‘g‘liga  ko‘zi  tushdi,  juvonga  ham  qaramay  o‘sha 
tomonga  ketdi.  Juvon  ag‘rayganicha  qarab  qoldi.  Mahkam  aka  to‘daga  yaqinlashgan 
ham  ediki,  birdan  bolalar  Vityani  o‘rab,  do‘pposlay  ketdi.  Vityaning  ovozi  chiqmasdi. 
Mahkam  aka  burgutday  o‘zini  to‘daga  urdi.  Vityani  azot  ko‘tarib  oldi.  G‘uj  bo‘lib  turgan 
to‘da yoyildi. Bir qiz yerda tuproqqa qorilib, bosilib yotgan do‘ppini olib, Mahkam akaga 
uzatdi.  Vitya  yuzlarini  bekitib,  hansirab,  liqillab  yig‘lardi,  chopib  kelgan  tarbiyachilar 
nima  bo‘lganini  surishtira  boshlashdi.  Bolalar  chekka-chekkadan  chug‘urlashib 
ketishdi:– O‘zi nega dadam bor, deb maqtanadi? – dedi nariroqda turgan bo‘ydor bola. – 
Dadasi  bo‘lganidan  keyin  maqtanadi-da,  –  dedi  to‘rt  yoshlar  chamasidagi  sap-sariq 
sochlari  to‘zg‘igan  qizcha,  –  dadam  bo‘lsa,  meniyam...  –  gapirolmay  yig‘lab  yubordi  u. 
Mahkam aka yalt etib qizga qaradi.
        –  Do‘pping  chiroyli  ekan  desam,  tegma,  harom  qilasan,  deydi,  –qalpog‘ini  g‘ijimlab 
turgan to‘ladan kelgan bola xo‘mrayib gapirdi.
    –  Axir, shunga urish kerakmidi? – dedi yotig‘i bilan tarbiyachilardan biri.
    –  Nega fashist deydi? 
–  Nuqul kiyimlari ko‘pligini maqtaydi. Kim fashist? Galy a
U  boyatdan  beri  o‘ziga  tikilib  turgan  boyagi 
sariq  sochli  qizcha  yoniga  bordi.  Tiz  cho‘kib, 
to‘zg‘igan sochlarini siladi.
    –  Oting nima, qizim?
    –  Galya, – dedi kulib.
    –  Manga qiz bo‘lasanmi?
        Galya  Mahkam  akaning  orqasida  qovog‘ini 
solib turgan Vityagacho‘chibroq qarab oldi.
    –  O‘g‘lingiz... – dedi-yu, gapirolmay qoldi.
    –  Bu o‘g‘lim, san qizim bo‘lasan-da, xo‘pmi?
    –  Mayli, – dedi boshini egib Galya.
        –  Juda  yaxshi,  oppoq  qiz,  shirin  qiz,  –  deya 
bag‘riga  olib  erkaladi  Mahkam  aka,  –  qani, 
akang  bilan  tanishinglar-chi.  Galya  kattalardek 
Vityaga  otini  takrorlab,  qo‘lini  uzatuvdi,  Vitya 
yoqinqiramay ko‘rishdi.     Abram v a Galy a
–  A mak i, – de di shirinlik  so‘rab e rk alik  qilganday  
boshini  e gib,–A bramni  ham  olib  ke t a  qolaylik , 
o‘zi judayam y axshi bola.
        –  May li,  –  de di  Mahk am  ak a  o‘ylab  t urmay,  – 
be ri ke l, A bram.
        A bram  o‘qday   ot ilib  k e ldi.  Ke la  solib,  Galyani 
quchoqlab oldi.
        –  Salom  qani?  –  de di  k ulib  t urib  A bramga 
Mahk am ak a.
    –  Zdravst vuy t e .
    –  Barak alla.
        –  A mak i,  –  k iy imining  baridan  ushlab 
e rk alandi Galy a, – dada de sam maylimi?
    –  May li, qizim, may li.
    –  Me n-chi? – k o‘zlarini javdirat di A bram.
    –  Sanam.
    –  Voy, maza.
     Vit y a o‘sha t umshay ganicha he ch yorishmadi. 
A bram bilan ham sovuqqina ko‘rishdi. Mahkam  aka  Nazarova  bu  juvonni  atay  chaqirganini  payqab  qoldi.Bu  boyagi  qo‘pollik 
uchun uzr so‘rash edi aslida.
    –  Sizni ovora qilsam, qandoq bo‘larkan, qizim, yo biroz kutay, yoNertaga o‘zim kelay.
    –  Hech xijolat bo‘lmang. O‘zim olib borib beraman.
    –  Hay, mayli. Man boyagi bolani o‘ylab qoldim, – dedi bolalar eshitmaydigan darajada 
sekin  gapirib  Mahkam  aka,  –  aftidan  qattiq  xo‘rlanganga  o‘xshaydi-da,  bola  bechora. 
Surishtiring,  ilojini  qilolmasangiz,  xabar  bering,  zora  dardiga  davo  topolsak  –  Rahmat, 
otaxon. Ammo usiz ham...
        –  Bu  yog‘ini  o‘ylamang.  Dunyodan  nima  olib  ketamiz?..  Zarur  bo‘lsa,  hech  tortinmay 
biznikiga yuboravering.
    –  O‘zim borarman.
    –  Juda yaxshi. Hech tortinmang. Topganimizni o‘rtaga qo‘yamiz,– dedi kulib.
        Mahkam  aka  u  bilan  xayrlashib,  Galyani  ko‘tarib  oldi.  Nazarova  eshikkacha  kuzatib 
qo‘ydi.
     Abram bilan Vitya yonma-yon borishardi-yu, gaplashishmasdi.
Galya  sevinganidan  Abramga  qo‘lini  silkib  qo‘yardi.  Katta  ko‘chaga  chiqishganda,  Vitya 
Galyaga dedi:
    –  Tush endi, dadamni charchatib qo‘yasan. 
Mahkam aka o‘g‘lining gapini hazilga burib, Galya tilidan:
    –  Charchatmayman. Qushdek yengilman, o‘zim zo‘rg‘a dadamni topib oldim-u, – dedi-
da,  Galyaga  ko‘zini  qisib  qo‘ydi.  Qizcha  sevinib,  Mahkam  akaning  bo‘ynidan  qattiq 
quchoqlab oldi. Lug‘at
to‘rsayib  –qovoq 
solib,tumshayib
et-beting  –u yer-bu 
yering(shevada)
fashist  –o‘z xalqini 
boshqa xalqlardan 
ustun,hukmronlik 
qilishga haqli deb 
hisoblaydiganlar.
Fashizm tarafdorlari 
Ikkinchi jahon urushi 
boshlanishiga sababchi 
bo‘lishgan.
hovur  – bug‘
juvon  –yosh ayol
Azot  –tik Muhok ama qilamiz
1. Urush yillaridagi og‘ir sharoitga qaramay, Mahkam akaning ota-
onasidan  ayrilgan  bolalarni  o‘z  oilasiga  qabul  qilishi  sababi  nimada  deb 
o‘ylaysiz?
  2.  Vitya,  Galya  va  Abram  xarakterlari  o‘rtasida  qanday  farqlarni 
sezdingiz?  Sizningcha,  ular  bir-birlari  bilan  do‘stlashib  ketishi  uchun 
Mahkam aka nima qilishi kerak?
3. Asar nima uchun “Hazrati inson” deb nomlangan? “Hazrati inson”
deganda  muallif  kimni  yoki  kimlarni  nazarda  tutgan?  Asarni  o‘qishdan 
oldingi va keyingi xulosalaringizni qiyoslang.
4.  Yon-atrofi	ngizda  Mahkam  akaga  o‘xshash  insonlar  bormi?  Ularning 
qaysi jihatlarini asardagi Mahkam akaga o‘xshatish mumkin? J uft  bo‘lib ishlay miz
Yozuvchilar  k o‘p  holat larda  badiiy   asar  qahramonlari  x arak t e rini 
ularning  nut qi,  harak at lari  orqali  k o‘rsat adilar.  Misol  uchun,  Vit y a 
Galy aga:“ Tush  e ndi,  dadamni  charchat ib  qo‘y asan”   –  de ganda 
Mahk am  ak a  gapni  hazilga  burib,  bolalari  o‘rt asidagi 
k e lishmovchilik ning oldini olishga harak at  qilishidan uning sezgir va 
t opqirligini k o‘rishimiz mumk in.
Biz o‘qigan parchada Mahk am ak aga xos y ana qanday  xususiy at larni 
k o‘rdingiz? F ik ringizni asardan misollar k e lt irib, dalillang.        Badiiy  t ahlil asoslarini o‘rganamiz:
Nasr v a nazmning farqlari
Nasriy  asarlarda  (ertak,  hikoya,  qissa,  roman  va 
hokazo) ko‘p holatlarda qahramonlar, obrazlar xatti-
harakatlari  bilan  bog‘liq  tugal  voqealar  tasvirlansa, 
nazmiy  asarlarda  (she’rlarda)  asosan  kechinmalar, 
his-tuyg‘ularga e’tibor qaratiladi. She’r nasrdan yana 
quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
  –  qofi	yadosh so‘zlarning qo‘llanishi (masalan, yoz – 
soz);
  –  ohang (musiqiylik)ning mavjudligi;
  –  fi	
krning ixcham ifoda etilishi;
    –  har  bir  qatordagi  (yoki  har  toq  va  juft 
qatorlardagi) bo‘g‘inlar sonining tengligi. Masalan:
Donalarim marjoncha,
Bir  boshim  –  naq  bir 
jomcha.
Quritsangiz mayizman,
Dasturxonga fayzman. Kuzda yeb-yeb to‘yishar,
Qishga osib qo‘yishar.
Boqar shod yosh-qarilar,
Maqtar  hatto  arilar.Anvar 
Obidjon,
“ Uzum” she’ridan G‘afur G‘ulomning I k k inchi jahon urushida ot a-onasiz 
qolgan
go‘dak larga bag‘ishlab y ozilgan “ Sen y et im emassan”  
she’ridan
parchani o‘qing. Sav ollarga jav ob bering.  Sav ollar
1.  She’r  kimning  nomidan  aytilgan?  Shoir  kimga  murojaat 
qilyapti?
2.  She’rda  qaysi  so‘zlar  ko‘p  qaytarilgan?  Bu  so‘zlarni  shoir 
nima maqsadda qaytargan deb o‘ylaysiz?
3.  Qaysi  so‘zlar  she’rdagi  ohangni  ta’minlashga  xizmat 
qilyapti?
4. She’rda qanday qofi	yadosh so‘zlar mavjud?
5.  “Hazrati  inson”  romanidan  biz  o‘qigan  parchada  Mahkam 
akaning    Vitya,  Galya,  Abram  bilan  muomalasi  berilgan 
o‘rinlarni  topib  qayta  o‘qing.“Sen  yetim  emassan”  she’ridan 
parcha  bilan  solishtiring.  Mahkam  akaning  gaplari  va  shoir 
nutqi  orasida  qanday  farqlarni  sezdingiz?  Bu  farqlarning 
sabablari nimada bo‘lishi mumkin?  Foy dalanilgan 
adabiy ot :
A dabiy ot  [Mat n]: 6-sinf 
uchun darslik  / Z. I . 
Mirzay ev a, K. Q. Djalilov. – 
Toshk ent : Respublik a 
t a’lim mark azi, 2022. – 224 
b. Ushbu taqdimot slaydi
mahsulotidir.
DIQQAT! Ushbu mahsulotni tijoriy maqsadda ko‘paytirish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Rahmat Fay ziy. “ Hazrat i inson”

Bu mav zuda biz: – asar sarlavhasi va mazmuni o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilamiz; – qahramonlar nutqi va xatti-harakatlari orqali ularga ta’rif berishni o‘rganamiz; – nasriy va she’riy asarlarni qiyoslaymiz.

MUALLIF BILAN TANISHAMIZ Rahmat Fayziy (1918–1988) – o‘zbek yozuvchisi, xalqimiz orasida mashhur badiiy filmlar muallifi. U Toshkentda kosib oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlab, Toshkent temir yo‘llari qoshidagi Fabrika-zavod o‘quvchilik maktabida, so‘ng elektromexanika texnikumida tahsil olgan. Hikoya va qissalari, romanlari bilan o‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan.Rahmat Fayziy ijodiy faoliyati davomida qator gazeta va jurnallarda, obro‘li tashkilotlarda ishlagan, davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.Yozuvchi 1988-yili vafot etgan. Hozirda Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri Rahmat Fayziy nomi bilan ataladi.

ASA RN I O‘QI SHGA TAY YORLAN AMIZ Ikkinchi jahon urushi davrida uyidan, ota-onasidan ayrilgan ko‘pnbolalar urush bo‘layotgan joylardan O‘zbekistonga olib kelingan.Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz qatori toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush o‘rtog‘i Bahri Akramova turli millat bolalarini o‘z tarbiyalariga olishgan. Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” romani Shoahmad ota va Bahri aya singari kishilar haqida hikoya qiladi.

DIQQAT! SAVOL 1.Rasmdagi haykalni ko‘rganmisiz? Unda kimlar tasvirlanganini bilasizmi? 2. O‘ylab ko‘ring-chi, “inson”, “insoniylik”, “insonparvarlik” so‘zlari qanday ma’no anglatadi? Asar nima uchun “Hazrati inson” deb atalganbo‘lishi mumkin?