Rivojlanish psixologiyasi fanining
Mavzu: Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi. Reja: 1. Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi 3. Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari
Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmog‘i bo‘lib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganadi. Rivojlanish psixologiyasining o‘rganish ob’ekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sog‘lom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq - atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi ko‘nikma va malakalarni hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi
Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o’rganishdan iborat
Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha sohalarga bo’linadi. Bular- Bolalar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi O’smir psixologiyasi Ilk o’spirinlik yoshi psixologiyasi Katta yoshdagilar psixologiyasi Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi
Rivojlanish psixologiyasining umumiy vazifalari - Psixik jarayonlarning, bilimlarning o’zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. - Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o’rganish - Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish - Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o’rganadi