logo

Samarqand Amir Temur davlatining poytaxti

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

721.107421875 KB
                                  
Mavzu: Samarqand Amir Temur davlatining poytaxti
                                        Reja:
     
•
Samarqandning poxtaxtga aylanishi
•
Amir Temur bunyod etgan me’moriy obidalar
•
Mirzo Ulug’bek davrida bunyodkorlik ishlari 1370 yilning 9 aprelida Balx shahrida Movarounnahrga katta nufuzga ega 
bo’lgan urug’larning mirlari, ulug’ Sayid Mir Sayid Baraka, Termiz 
xonzodalari-Maoliy va Ali Akbarlar ishtirokida bo’lib o’tgan ulkan 
quriltoyda Amir Temur podshohlikka va davlat boshqarishga loyiq deb 
topildi. (Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma).Amir Temur samarqandni 
saltanat poytaxtiga aylantirishga qaror qiladi.
Jo’g’rofiy jihatdan qulay mintaqada joylashgan Samarqand qit’alararo 
o’tuvchi Buyuk Ipak Yo’lining tarixiy chorrahasida o’rnashgan edi. Bundan 
tashqari, Samarqandning mo’tadil ob-havosini, zilol suvlarini, unumdor 
tuprog’ini ko’plab ta’rif qilgan edilar. Shaharning bu xislatlari Amir 
Temurni o’ziga rom qilgan bo’lsa, ajabmas. Amir Temur Samarqandga kelganida, shaharning na mudofaa 
devorlari va na biror bir hashamatli binosi bor edi. Chingizxon 
boshchiligidagi mo’g’ul bosqinchilari Samarqandning qadimgi 
o’rni – afrasiyobni shu darajada vayron qilgandiki, unda yashashni 
iloji qolmagandi.
Amir Temur Chingizxon buzgan Afrasiyobni qayta tiklashdan ko’ra 
Yangi shaharni bunyod qilishni ma’qul ko’rdi. 1370 yilning kuzida 
Temur Samarqandda katta quriltoy chaqirdi va unga barcha 
amirlar, beklar, lashkarboshlar, olimu –ulamolar va islom dinining 
peshvalari chaqirdi. Qurultoyda davlatchilikni qayta tiklash va 
rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama etilgan. Amir Temur Samarqandni  qurishga kirishar ekan , shaharning mudofaa qudratiga, obodonchiligiga, 
faravonligiga va xushmanzaraligiga alohida e’tibor beradi. Davlatni yaxshi boshqarish uchun davlat 
boshqaruv apparati faoliyat ko’rsatadigan Arki a’lo zarurligini yaxshi bilgan sohibquron shaharning g’arbiy 
tomonidagi tepalikda uni barpo qilishga kirishadi. 34 gektar maydonni egallagan ark ikki qator mudofaa 
devori bilan o’ralgan. Mudofaa devori bilan o’ralgan mudofaa devorining tashqi tomonidan chuqur va 
keng handaq qazilib, u Novadan arig’ining suvi bilan to’ldirilgan. Arkning ichi ikki qismga ajratilgan bo’lib, 
uning shimoliy tomonida ma’muriy binolar hamda harbiy maqsadda foydalaniladigan inshootlar 
joylashtirilgan. Janubiy qismida esa zadagonlarning turar joylari qad rostlab turgan.
Arkning ichi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy nomli ikki ajoyib, hashamatli saroylar ko’kka bo’y cho’zgan. 
Ko’ksaroy 4 qavatli bo’lib, uning moviy gumbazli uzoq-uzoqlardan ko’rinib turgan. Ko’ksaroyda 
Amir Temurning taxti , xazinasi va boy kutubxonasi saqlangan. Bu saroyda sohibqiron xorijdan kelgan 
elchilarni hamda saroy a’yonlarini qabul qilgan. Amir Temurdan keyin ham Ko’ksaroy Temuriylar 
hukmdorlar uchun rasmiy saroy vazifasini o’tagan.
Samarqand shahristoni ham mustahkam mudofaa devori bilan o’ralgan bo’lib, shaharga oltita darvoza 
orqali kirilgan. Mudofaa devorining shimoliy qismida Shayxzoda va Temir darvoza (Ohanin)lar bo’lgan. 
Sharqiy tomonda esa Feruza darvoza o’rnatilgan .                         Amir Temur maqbarasi                               Bibixonim masjidi Amir Temurning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan Samarqandda 20 dan oshiq mahobatli 
me’morchilik inshootlari barpo qilingan. Bu inshootlarning loyihalarini shaxsan Temurning o’zi ko’rib, 
loyihalar mukammal holatga keltirilganidan so’nggina tasdiqlanganini Sharafiddin Ali Yazdiy va 
Nizomiddin Shomiy kabi tarixchilar ham qayd etganlar. Oqsaroy, Ruhobod, Amir Temur, Bibixonim, 
Qutbi Choxardaxum, Shohi-Zinda kabi maqbaralar, Guman og’a xonaqohi, Bibixonim va Muhammad 
Sulton madrasalari shaharga salobat va ko’rk bag’ishlab turgan.
Temurning sharq shaharsozligiga kiritgan yana bitta yangiligi samarqandning ichida va tashqarisida 
biri-biridan go’zal, bahavo 12 ta bog’-saroyning barpo qilinishidir. Bu bog’larning markazida 
hashamatli saroylar ham barpo qilinganligi uchun, ular bog’-saroylar deb atalgan. Bog’-saroylarni 
bezashda bezashda o’sha zamonning mohir naqqosh-hunarmandlari va musavvirlarning xizmatlari 
katta bo’lgan. Bog’-saroylarning devorlariga rassomlar Eron, Dashti Qipchoq va Hindistondagi jang, 
qamal lavhalarini, Amir Temurga elchilar tomonidan sovg’a keltirish marosimlarini, ov manzaralarini, 
sayillarni, bazmlarni sahnalarini chizganlar.
Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki, Amir Temur tomonidan Samarqand shahrining ichida va atrofida 
barpo qilingan Bog’i Naqish Jahon, Bog’i Behshit, Amirzoda Shoxrux bog’i, Bog’i Bo’ldu, Bog’i 
Jahonnamo , Bog’i nav, Bog’ishamol, Davlatobod kabi bog’-saroylar XIV-XV asrlardagi Sharq 
shaharsozligi va me’morchiligidan yangi, ilg’qor g’oya edi. Bu g’oya Amir Temurdan so’ng 
movarounnahr, Xuroson va Hindistonda ham temuriy hukmdorlar tomonidan amalga oshirdi. Klavixoning kundaligida shahar haqida: «Samarqand shahri tekislikda joylashgan 
atrofii paxsa devor va chuqur handak bilan o’ralgan. Shaharni ichi seviliya shahridan 
bir muncha kattaroqdir. Shahar ortida esa kuplab uylar qurilgan bo’lib, ular ham 
shaharga tutashib ketgan. Shahar bog’lar va uzumzorlar bilan o’ralgan. Bog’larning 
o’rtasida ko’chalar va maydonlar bor, bur da ham aholi zich yashaydi, hamda ko’p 
miqdorda non go’sht va boshqa mahsulotlar sotiladi. Devorning ortida  щ ahar 
ichidagidan ko’ra ko’proq aholi yashaydi. Shahar atrafidagi bog’larda ko’plab 
mahobatli va hashamatli inshootlar bor, janob (Amir Temur)ninga saroylari va bosh 
yerto’lasi ham shu yerda joylashgan. Bundan tashqari, bu bog’larda aslzodalarning 
ham hovli- joylari mavjud… Bu yerda non, sharob, go’sht, meva-chevalar 
parrandadan tortib hamma narsa mo’l-ko’ldir. Bu yerning qo’ylarning dumbasi juda 
katta non darajada arzonki, undan arzon bo’lishi mumkin emas, gurux esa 
hayratlanarli darajada ko’p. Bu shahar va  uning zamini shu darajada boy , saxovatliki 
xayron qolasan, kishi. Amir Temurning Samarqand qurilishidagi say’i-harakatlari yevropalik olimlar 
tomonidan alohida qayd qilingan. Bu borada fransuz sharqshunosi Jan Pol Rua 
«Ayonki, Versalsiz Lyudovik XIV Qirol-Quyosh bo’la olmasdi. Takror aytamanki, Temur 
hamisha va shaxsan g’amxo’rlik qilib yaratgan Samarqandning me’moriy mo’jizasisiz 
Temur bo’la olmasdi,»-deb yozgan edi.
Albatta amir Temur davri Samarqandini uning ilm-fani, sa’nati va madaniyati, 
ma’naviyatisiz bor bo’y – bastini anglash mushkuldir. Amir Temur yuksak ma’naviyat va 
madaniyat sohibi bo’lganligi uchun o’zining bepoyon davlati – xududlaridan olimlar, 
shoirlar musavvirlar, musiqachilar, me’mor va iqtidorli ustalar hunarmandlarni poytaxt 
Samarqandga chorladi. Ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib g’amxo’rlik qildi va ijod 
qilishlariga imkon berdi. Amir Temurning o’zi, o’g’illari, nabiralari va xotinlari 
Samarqandda ulug’vor madrasalar, xonaqohlar bunyod qildilar. Mudarrislar va tolibi 
ilmlarni zarur mablag’lar bilan ta’minladilar. Shu sababli, XIV-XV asrlarda Samarqand 
Sharqning ulkan ijodiy laboratoriyasiga aylangan edi. Samarqandda ulkan g’oyalar, 
sa’natning  yuksak namunalari , falsafiy fikrlar tug’ilar, amalga oshirilar va so’nggi 
Temur davlatining cheka-chekkalariga tarqalar edi.  Amir Temurdan keyin poytaxt Samarqandning obodonchiligi, madaniyati, 
ilm-fani borasida eng katta xizmatlar qilgan temuriy hukmdor Mirzo 
Ulug’bek hisoblanadi. Tarixiy manbalarda Ulug’bek davrida Samarqand 
hayoti xuddi Amir Temur davridagidek davom etganligi yozilgan. To’ylar, 
bayramlar avvalgidek kuy-qo’shiqlar bilan o’tgan. Mirzo Ulug’bek islom 
dini va ilm-fanning taraqqiyoti yo’lida ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga 
oshirgan. Ulug’bekning shaxsiy: tashabbusi bilan hozirgi Registon 
maydonida hashamatli madrasa, Muqatta masjidi va xonaqoh barpo 
qilingan, Registon atrofida karvonsaroy va hammom qurilgan. Bundan 
tashqari u Ulug’bek sohibqiron bobosiga taqlid qilib Cho’ponota 
tepaligining g’arbiy etagida Bog’imaydon va Chinnixona nomli ikkita bog’-
saroy bunyod qildirgan.      Ulug’bek madrasasi                          Ulug’bek rasadxonasi  1417 yidda boshlanib 1420 yili qurib bitkazilgan Ulug’bek madrasasining birinchi 
mudarrisi Mavlono Xavofiy bo’lgan. Keyin bu madrasaga uzoq vaqt mobaynida 
mashhur alloma Qozizoda Rumiy mudarrislik qilgan. Tarixiy manbalarda Qozizoda 
Rumiyning ma’ruzasini eshitish uchun Hirotdan Samarqandga Abdurahmon Jomiy 
maxsus kelganligi aytilgan.
Shak-shubhasizki, Mirzo Ulug’bek tarix sahifalarida, avvalambor, alloma-hukmdor 
sifatida qolgandir. Yoshligidanoq harbiy san’atdan ko’ra ko’proq ilmga ishtiyoqi 
bo’lgan Ulug’bek astronomiyaga qiziqadi. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida ilm 
bilan mashg’ul bo’lgan allomalar, astronomiya sohasida yanada unumli va aniq ilmiy 
ishlar olib borish, rasadxona qurishni taqoza qilayotganligini aytadilar. Mirzo 
Ulug’bek Samarqandda rasadxona qurishga kirishar ekan, olimlarga avvallari 
Bog’dod, Damashq, Isfahon va Marog’da qurilgan rasadxonalarning tuzilishi hamda 
o’sha rasadxonalarda ishlatilgan ilmiy asboblarni har tomonlama o’rganib chiqishni 
buyuradi.

Mavzu: Samarqand Amir Temur davlatining poytaxti Reja: • Samarqandning poxtaxtga aylanishi • Amir Temur bunyod etgan me’moriy obidalar • Mirzo Ulug’bek davrida bunyodkorlik ishlari

1370 yilning 9 aprelida Balx shahrida Movarounnahrga katta nufuzga ega bo’lgan urug’larning mirlari, ulug’ Sayid Mir Sayid Baraka, Termiz xonzodalari-Maoliy va Ali Akbarlar ishtirokida bo’lib o’tgan ulkan quriltoyda Amir Temur podshohlikka va davlat boshqarishga loyiq deb topildi. (Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma).Amir Temur samarqandni saltanat poytaxtiga aylantirishga qaror qiladi. Jo’g’rofiy jihatdan qulay mintaqada joylashgan Samarqand qit’alararo o’tuvchi Buyuk Ipak Yo’lining tarixiy chorrahasida o’rnashgan edi. Bundan tashqari, Samarqandning mo’tadil ob-havosini, zilol suvlarini, unumdor tuprog’ini ko’plab ta’rif qilgan edilar. Shaharning bu xislatlari Amir Temurni o’ziga rom qilgan bo’lsa, ajabmas.

Amir Temur Samarqandga kelganida, shaharning na mudofaa devorlari va na biror bir hashamatli binosi bor edi. Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul bosqinchilari Samarqandning qadimgi o’rni – afrasiyobni shu darajada vayron qilgandiki, unda yashashni iloji qolmagandi. Amir Temur Chingizxon buzgan Afrasiyobni qayta tiklashdan ko’ra Yangi shaharni bunyod qilishni ma’qul ko’rdi. 1370 yilning kuzida Temur Samarqandda katta quriltoy chaqirdi va unga barcha amirlar, beklar, lashkarboshlar, olimu –ulamolar va islom dinining peshvalari chaqirdi. Qurultoyda davlatchilikni qayta tiklash va rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama etilgan.

Amir Temur Samarqandni  qurishga kirishar ekan , shaharning mudofaa qudratiga, obodonchiligiga, faravonligiga va xushmanzaraligiga alohida e’tibor beradi. Davlatni yaxshi boshqarish uchun davlat boshqaruv apparati faoliyat ko’rsatadigan Arki a’lo zarurligini yaxshi bilgan sohibquron shaharning g’arbiy tomonidagi tepalikda uni barpo qilishga kirishadi. 34 gektar maydonni egallagan ark ikki qator mudofaa devori bilan o’ralgan. Mudofaa devori bilan o’ralgan mudofaa devorining tashqi tomonidan chuqur va keng handaq qazilib, u Novadan arig’ining suvi bilan to’ldirilgan. Arkning ichi ikki qismga ajratilgan bo’lib, uning shimoliy tomonida ma’muriy binolar hamda harbiy maqsadda foydalaniladigan inshootlar joylashtirilgan. Janubiy qismida esa zadagonlarning turar joylari qad rostlab turgan. Arkning ichi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy nomli ikki ajoyib, hashamatli saroylar ko’kka bo’y cho’zgan. Ko’ksaroy 4 qavatli bo’lib, uning moviy gumbazli uzoq-uzoqlardan ko’rinib turgan. Ko’ksaroyda  Amir Temurning taxti , xazinasi va boy kutubxonasi saqlangan. Bu saroyda sohibqiron xorijdan kelgan elchilarni hamda saroy a’yonlarini qabul qilgan. Amir Temurdan keyin ham Ko’ksaroy Temuriylar hukmdorlar uchun rasmiy saroy vazifasini o’tagan. Samarqand shahristoni ham mustahkam mudofaa devori bilan o’ralgan bo’lib, shaharga oltita darvoza orqali kirilgan. Mudofaa devorining shimoliy qismida Shayxzoda va Temir darvoza (Ohanin)lar bo’lgan. Sharqiy tomonda esa Feruza darvoza o’rnatilgan .

Amir Temur maqbarasi