Samarqandagi Teatrlar
Mavzu: Samarqandagi Teatrlar Reja: 1) Samarqand viloyatidagi Rus teatri 2) Samarqand bolalar teatri 3) Kattaqo‘rg‘on teatri
1. Samarqand viloyatidagi rus teatri . Sa marqand viloyat rus drama teatri Ozbekistondagi dastlabki rus teatrlaridan biri bolib, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlariga xizmat qilishga moljallangan. 1917 yilda A.Yurenev Limontov rahbarligidagi "Samarqand rus teatr studiyasi" xalq teatriga aylantirilgan. Davlat teatri sifatida oz faoliyatini 1918 yilda "Momaqaldiroq" (A. Ostrovskiy) spektakli bilan boshlagan edi. Mustaqillik yillarida teatr oz an’analarini davom ettirib milliy va jahon dramaturgiyasining sara namunalarini sahnalashtirdi. Teatrga yangidan yangi ijodiy kuchlar qoshildi, iqtidorli ijodkorlar V. Basalaev, V. Shleykin, M. Xachaturov, S. Kaprielov, S. Genkin, A. Tarasovlar bosh rejessyorlik qildilar. "Parijlik kelin", "Diaogen" (V. Konstantinov), "Nasriddinning besh xotini" (I. Sodiqov), "Bir stakan suv" (A. Skrib), "Noraso" (D. Fonvizin), "Aybsiz aybdorlar" (A. Ostrovskiy), "Mariya Styuart" (F. Shiller), "Medeya" (Evripid), "Ostona" (A. Dudarev), "Temir xotin" (SH. Boshbekov), "Yolgonchining xotini" (J. Ennekyon), "Sevgi ketchupi" (M. Zadornov), "Koshkin uyi" (S. Marshak), "Yovvoyining sevgisi" (A. Kassone) kabi spektakllar songgi yillar mahsulidir. Bugungi kunda viloyat rus drama teatrida jami 73 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Shundan, 5 nafari boshqaruv, 36 nafari ijodiy xodimlar, 32 nafari texnik xodimlarni tashkil etadi. Ijodiy xodimlarning 10 nafari oliy, 24 nafari orta maxsus, 2 nafari orta malumotlidir. S. Barasheva, A. Tarasov, S. Shamsutdinov, S. Ivargizov, R. Xayirov va boshqalar teatrning etakchi aktyorlari hisoblanadilar. Bosh rejjisyor V. Brodyanskiy, 2006 yilda el-yurt oldidagi mehnati va samarali ijodiy faoliyati ragbatlantirilib, unga Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan madaniyat hodimi unvoni berildi. Teatr mamlakatimizda millatlararo totuvlik masalasida qilinayotgan ezgu ishlarning yorqin timsolidir. Hukumatimiz respublikada mavjud rus drama teatrlariga boshqa teatrlar qatori birday etibor bermoqda, faoliyati uchun zarur bolgan sharoit bilan taminlab kelmoqda. Rus drama teatri viloyatimizdagi rus, arman, polyak, nemis, boshqird milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Buning natijasida, kopmillatli bolgan millatparvar yurtimizdagi ozga millat vakillari oz milliy madaniyatga bolgan ehtiyojlari teatr sanati orqali qondirilmoqda.