Sharq mutaffakkirlari ta`lim metodlari
Mav zu: Sharq mut aff ak k irlari t a` lim met odlari
Reja: 1. Abdulla Avloniy ta`lim qarashlari. 2. Ibn Sino ma`rifiy me`rosi. 3. Alisher Navoiy ta`limga qo`shgan hissasi. 4. Yusuf xos Hojib.
Ta'lim mazmuni tarixiy xususiyatga ega, chunki u jamiyat rivojining u yoki bu bosqichida ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy maqsad va vazifalar bilan b е lgilanadi. Bu ta'lim mazmunining ijtimoiy hayot, ishlab chiharish va ilmiy bilimlarning rivojlanish darajasi talablari ta'siri ostida o’zgarib borishini anglatadi. Ta'lim ijtimoiy hodisa sifatida odamlarning bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan pragmatik (amaliy) ehtiyojlari negizida shakllangan va u odamlarga hayot faoliyatlarini yo’lga qo’yish uchun zarur. Bilimlarni to’plash va chuqurlashtirish, jamiyat madaniyatining o’sib borishi bilim tomonidan tashkil etiluvchi funktsiyalari ko’lamini oshishini ta'minlaydi. Mazkur yondashuvlar (pragmatik va madaniy) kishilik jamiyatining turli bosqichlarida ta'lim mazmuni yo’nalishlarni b е lgilab k е ladi.
«... bilim bizning aqlimizni va bizninng xotiramizni qilich kabi o’tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot yo’lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu mevasiz daraxtga o’xshaydi» Abdulla Avloniy “Turkiy Geilston yoxud axloq” acarida
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi. Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan,quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur» 8 . Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, ximmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur