Sharq tillari va eski o‘zbek yozuvi fanidan
Sharq tillari va eski o‘zbek yozuvi fanidan
Rеja: 1. Eron tillar gruppasi haqida ma’lumot bering . 2. Fors tili diftonglarni tavsiflang va ularga misollar keltiring. 3. Matnning diakritik belgi – harakatlarini ( zir, zabar, pish ) qo’ying. 4. Matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib yozing. 5. Matnni transkriptsiyasini yozing. 6. Matnni o’zbek tiliga tarjima qiling.
• Eroniy tillar — Hind- Yevropa tillari oilasining hind- eron tarmog iga mansub tillar ʻ guruhi.Asosan, Eron , Afg oniston ʻ , Tojikiston ,shuningdek, O'zbekiston , Turkiya , Iroq , Suriya , Pokiston va Hindistonning ba zi hududlarida, ʼ Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Osetiya — Alaniya Respublikasida, Gruziyaning Janubiy Osetiya muxtor viloyatida, Kavkaz va O rta ʻ Osiyoning boshqa ayrim yerlarida tarqalgan. Avvalroq Shimoliy Qora dengiz bo ylari, ʻ Turkmaniston , Sharqiy Turkiston , Sharqiy Pomirda ham alohida tarqalish markazlari bo lgan. ʻ So zlashuvchilarning umumiy soni 200 million kishidan ziyod.Tarixiy-genetik tasnif bo yicha ʻ ʻ Eroniy tillar 2 asosiy guruhga bo linadi: ʻ g arbiy ʻ va sharqiy ; ularning har biri, o z navbatida, ʻ shimoliy va janubiy guruhchalarga ajraladi. Shimoliy-g arbiy Eroniy tillarga ʻ midiya tili va parfiya tili kabi o lik ʻ til lar hamda kurd , baluj , gilon , mozandaron , tolish kabi jonli tillar, shuningdek, Eron, Iroq, Turkiyadagi bir qancha mayda, yozuvsiz tillar, parachi va ormuri tillari kiradi. Janubiy g arbiy Eroniy tillar ga qadimiy fors va o rta fors kabi o lik tillar hamda ʻ ʻ ʻ fors , tojik , dariy (forsi kobuliy), xazora , kumzari kabi jonli tillar, Erondagi boshqa bir qancha mayda til va lahjalar kiradi.
• Shimoliy sharqiy Eroniy tillarga skif , alan , sug d ʻ , xorazmiy singari o lik ʻ til lar hamda osetin , yag nob ʻ kabi jonli tillar kiradi. Janubiy sharqiy Eroniy tillarga baqtriya tili, sak tillari kabi o lik tillar hamda ʻ pushtu (afg on) tili va bir qancha til guruhlarini qamrab ʻ olgan pomir tillari , boshqa jonli tillar kiradi. O lik tilga aylangan avesto tilida ham ʻ g arbiy, ham sharqiy Eroniy tillarning belgilari mavjud bo lgan.Eroniy tillar tipologik ʻ ʻ jihatdan bir xil emas. qadimiy (o lik) va hozirgi (jonli) Eroniy tillar hamda garbiy yoki ʻ sharqiy guruhchalarga mansub Eroniy tillar o zaro ma lum fonetik, grammatik va ʻ ʼ leksik o ziga xosliklarga ega. Ayrim o lik va jonli Eroniy tillarning xususiy lingvistik ʻ ʻ jihatlari haqida qarang: parfiya tili, skif tili, sug d tili, xorazmiy tili; baluj tili, dariy tili, ʻ kurd tili, osetin tili, pomir tillari, pushtu tili, tojik tili, fors tili.Eroniy tillarning tarixi shartli ravishda 3 davrga bo linadi: 1) qadimiy (miloddan avvalgi 2-ming yillik ʻ boshlaridan miloddan avvalgi 4—3-asrlargacha) — midiya, avesto, qadimiy fors, skif tillari; 2) o rta (miloddan avvalgi 4—3-asrlardan milodiy 8—9-asrlargacha) — o rta ʻ ʻ fors (pahlaviy), parfiya, baqtriya, sug d, alan tillari; 3) yangi (milodiy 8—9-asrlardan) ʻ — fors, tojik, pushtu, dariy, osetin, kurd va yozuvsiz pomir tillari. Bu tasnif ekstralingvistik (madaniytarixiy va boshqalar) belgilarga asoslangan.
• Lingvistik belgilarga qarab esa 2 davr farqlanadi: qadimiy (qad. fors, avesto, midiya, skif tillari) va keyingi (boshqa barcha tillar).Qad. fors tilining ilk yozma yodgorliklari miloddan avvalgi 6-asrga mansub bo lib, ʻ mixxatdya yozilgan. Asrlar mobaynida og zaki yashab kelgan avestoviy matnlar taxminan milodiy 4- ʻ asrda o rta fors yozuvi asosidagi maxsus alifboda ko chirilgan. O rta fors ʻ ʻ ʻ (milodiy 2—3-asrlar), parfiya (miloddan avvalgi 1-asr), sug d (milodiy 4-asr) va ʻ qisman xorazmiy (miloddan avvalgi 3-asr) tillaridagi yodgorliklar oromiy yozuvining turli ko rinishlarida bitilgan (xorazmiycha matnlarning bir qismi ʻ arab yozuvida 12—13-asrlarda yozilgan arabcha matnlar tarkibida ham uchraydi). Xo tansak tili (milodiy 7-asr) brahmining bir turidan; baqtriya tili (milodiy 2- ʻ asr) yunon alifbosidan foydalangan; fors, dariy, pushtu, baluj tillarida turli o zgarishlarga uchragan arab alifbosidan, tojik, osetin, tot tillarida esa ʻ rus alifbosidan foydalaniladi. Kurdlar, yashash sharoitlaridan kelib chiqib, rus (Zakavkazye), lotin (Suriya va Iroq) va arab yozuvlaridan foydalanadilar. Boshqa Eroniy tillar o z yozuviga ega emas. ʻ