Sharq Uyg'onish davri ( IX-XI asrlar)da ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji
Mav zu: Sharq Uy g'onish dav ri ( IX -X I asrlar)da t a'lim-t arbiy a v a pedagogik fi k rlar riv oji.
1. Sharq uyg`onish davrida ta’lim-tarbiya taraqqiyoti. 2. Sharq uyg`onish davri allomalarining (Muxammad al-Xorazmiy , Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino) ilmiy merosi va didaktik qarashlari. Al- Forobiyning ijtimoiy-pedagogik qarashlari va ilmiy- pedagogik merosining ahamiyati. Mav zu:
Arab xalifaligi yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan ko’tarinkilik ma’naviy hayotda ham o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. Ana shu ko’tarilish butun Arab xalifaligini, YAqin va o’rta SHarqni qamrab olganligi uchun ham SHarq uyg’onish davri deb ataldi. Bu uyg’onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi.Sharq Uy g’onish dav rida t a’lim t arbiy a
Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg’onish davri xalifalikning Bag’dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Sharq Uyg’onish davrida ta’lim tarbiya
Xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833 y.y.) va uning o’g’li al- Ma’mun davrida Bag’dodda “ Bayt–ul-hikma” (“ Donishmandlik uyi”) (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil etiladi. Mazkur Akademiya barcha ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida jahon kutubxonasi tashkil etilgan. Akademiya 813- 833 yillarda yanada rivojlangan. Akademiya qoshida rasadxona ham bo’lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog’doddagi mazkur ilm markazi, o’z navbatida SHarq va g’arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta’sir etgan. Bu o’rinda xalifa al-Ma’munning ilm-fan ravnaqida ko’rsatgan homiyligini alohida ta’kidlash joiz. Sharq Uyg’onish davrida ta’lim tarbiya