logo

Sharq uyg’onish davri(IX-XII asrlar)da ta’lim tarbiya va pedagogiK fikrlar rivoji.(Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy,Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, al-Xorazmiy,Mahmud Qoshg’ariy)

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

7484.9345703125 KB
Sharq uyg’onish davri(IX-XII 
asrlar)da ta’lim tarbiya va 
pedagogiK fikrlar rivoji.(Ibn Sino, 
Abu Nasr Farobiy,Abu Rayhon 
Beruniy, Kaykovus, al-
Xorazmiy,Mahmud Qoshg’ariy)                                      Reja:

Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy 
etishi.

Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning 
umumpedagogik g`oyalari.

Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad 
Yugnakiy, az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy –tarbiyaviy 
qarashlari.                 Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - 
tarbiyaning taraqqiy etishi.
Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:	Matematika	tibbiyot	yo`nalishi	(Xorazmiy, 	Farg`oniy	, 	
Ibn	Sino, 	Jurjoniylar	asarlar	yaratganlar	).	
	Ijtimoiy	-	falsafiy	yo`nalish	, 	bunga	falsafa	, 	tarix	, 	mantiq	, 	
ruhshunoslik	, 	notiqlik	fanlari	kirgan	(Forobiy	, 	Ibn	Sino, 	
Narshaxiy	).	
	Ta	’limiy	-	axloqiy	yo`nalish	. 	Bunda	adib	va	
tarbiyashunos	olimlar	ta	’limiy	-	didaktik	asarlari	misol	
bo`ladi	.	
Sharq	uyg`onish	davrida	ilm	-	fan 	rivojlanishi	
3 	yo`nalishda	bo`ldi	:                 Farg`oniy ning  
umumpedagogik 
g`oyalari. 
Sharq  uyg`onish  davrining  mashhur  allomalaridan 
biri  Ahmad  al-Farg`oniy   bo`lib  (IX  asr),  u 
Bog`doddagi  Baytul  Xikmada  mudarrislik  qildi, 
riyozat,  falakkiyot,  geografiyaga  oid  asarlar 
yaratdi.  Uning  mashhur  "Samoviy  harakatlar  va 
yulduzlar  fanining  majmuasi  haqida  kitob"i  arab 
tilida  yozilgan  dastlabki  falakkiyotga  oid  asar 
bo`lgan,  yana  "Astrolyabiy  haqida  mukammal   
kitob",  "Oy  yer  ustida  yoki  uning  ostida  bo`lgan 
paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti 
iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.                 Muhammad al-Xorazmiyning 
umummiy pedagogic qarashlari.
Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh 
Muhammad al-Xorazmiy  (783-650) Xorazmning 
Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al 
mukobala" (Tenglamalar  va  qarshilantirish), 
"Xisob  al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-arz" 
(Yer surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", 
"Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" 
nomli asarlar yaratgan.
Xorazmiy  "Al-jabr  va  al  muqobala"  asari  bilan 
matematika  faniga  asos  soldi.  Yana  "falakkiyot 
jadvallari",  "Quyosh  soatlari  to`g`risida"  risolalar 
ham yozgan. U hind hisoblari, ularning ishlatilishi, 
sonlarni ko`paytirish, bo`lish, qo`shish va ayirishni 
oson yo`llarini ko`rsatdi.
Olimning  arifmetikasi  matematika  va 
sanoq tartibi tarixida yangi bir davr ochdi.                 Abu Nasr Farobiy
Abu Nosr Forobiy  (879-950) mashhur 
faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, 
psixologiya, musiqa, matematika va 
boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari 
ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi 
muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor 
bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid 
asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", 
"Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va 
qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv 
yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi 
asarlari mavjud.                 Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni 
guruhlarga  bo`lgan  va  bunda  ularning  diniy  mazxabga  emas,  balki  avvalo,  akliy 
iqtidoriga,  ilm  o`rganish  va  hayotiy  tajriba  to`plash  jarayonida  orttirgan  bilim  va 
ko`nikmalariga ahamiyat beradi.
Olimning  falsafada  insonparvarlik  g`oyalari  alohida  o`rin  olgan,  har  qanday  zulm  va 
urushlarni  qoralagan.  Forobiy  muallimlik  qilgan.  U  o`qitishning  mazmuni  va  qonun  - 
qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi.
Forobiyning  axloqiy  qarashlari  ham  g`oyat  qimmatlidir.  U  "Fozil  shahar  aholisining 
axloqiy  qarashlari",  "Ruh  madaniyati  haqida  risola"  asarlarida  inson  barkamol  bo`lishi 
uchun  avvalo  axloqli  bo`lishi  zarurligini  ta’kidlaydi.  Forobiy  axloqni  2  guruhga:  ezgulik 
va  yomon  sifatlarga  ajratadi.  Insonning  eng  olijanob  fazilati  baxtga  intilishdir.  Haqiqiy 
baxtga  erishish  kishilardan  yuksak  axloqiy  munosabatni,  hamkorlik,  o`zaro  yordam  va 
ahil yashashni talab qiladi.
Farobiy  ta’lim-tarbiyaga  bag’ishlangan  asarlarida  ta’lim-tarbiyaning  muhimligi,  unda 
nimalarga  e’tibor  berish  zarurligi  ta’lim-tarbiya  usullari  va  uslublari  haqida  fikr  yuritadi. 
«Fozil  odamlar  shaxri»,  «Baxt  saodatga  erishuv  to’g’risida",  "Ixso-al-ulum",  "Ilmlarning 
kelib chiqishi", Aql ma’nolari to’g’risda" kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z 
 ifodasini topgan.                  Farobiy  "Baxt  saodatga  erishuv  to’g’risida"  asarida  bilimlarni  o’rganish  tartibi  haqida 
fikr  bayon  etgan.  Uning  ta’kidlashicha,  avval  bilish  zarur  bo’lgan  ilm  o’rganiladi,  bu-
olam  asoslari  haqida  ilmdir.  Uni  o’rgangach,  tabiiy  ilmlarni,  tabiiy  jismlar  tuzilishini, 
shaklini,  osmon  haqidagi  bilimlarni  o’rganish  lozim.  Undan  so’ng,  umuman,  jonli 
tabiat-o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi, deydi.
Farobiy  inson  kamolotga  yolg’iz  o’zi  erisha  olmaydi.  U  boshqalar  bilan  aloqada 
bo’lish,  ularning  ko’maklashuvi  yoki  munosabatlariga  muhtoj  bo’ladi,  deb     
hisoblaydi. 
Farobiy      ta’lim-tarbiyaning      asosiy      vazifasi  "  jamiyat  talablariga  javob  berishra 
oladigan  va  shu  jamiyat  uchun  xizmat  qiladigan  yetuk  insonni  tarbiyalashdan  iborat 
deb biladi.
Farobiy    ta’lim      va    tarbiyaga      birinchi      marta    ta’rif      berishrgan    olim  sanaladi. 
Ta’lim-degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy. Bilim berish; Tarbiya-
nazariy  fazilatni,  ma’lum  hunarni  egallash  uchun  zarur  bo’lgan  xulq  normalarini  va 
amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim.                  Abu Nasr Farobiy yana aytadi: 
«Ta’lim-degan  so’z  halqlar  va 
shaharliklar  o’rtasida  nazariy 
fazilatni  birlashtirish,  tarbiya 
esa  shu  halqlar  o’rtasidagi 
tug’ma  fazilat  va  amaliy  kasb 
xunar  fazilatlarini  birlashtirish 
degan so’zdir».                  Ta’lim  faqat  so’z  va  o’rgatish  bilangina  bo’ladi.  Tarbiya  esa, 
amaliy  ish  tajriba  bilan,  ya’ni  shu  halq,  shu  millatning  amaliy 
malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-xunarga berilgan 
bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. 
Farobiy  ta’lim-tarbiyada  rag’batlantirish,  odatlantirish,  majbur 
etish  metodlarini  ilgari  so’rgan.  Har  ikkala  usul  ham   
pirovardida  insonni  har  tomonlama  kamolga  yetkazish 
maqsadini ko’zlaydi.
Xulosa  qilib  aytganda  Forobiy  pedagogik  ta’limotining  asosida 
komil  topgan  insonni,  shakllantirish  insonning  o’z  mohiyati 
bilan  ijtimoiyligi,  ya’ni  faqat  jamiyatda,  o’zaro  munosabatlar 
jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.                 Abu Rayxon 
Muhammad ibn Axmad 
al-Beruniy
Qomusiy olim  Abu Rayxon Muhammad 
ibn Axmad al-Beruniy  X asrning ikkinchi 
yarmi va XI asrning boshlarida,  g’oyat 
murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod 
etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 
zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) 
Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. 
Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan 
tashqarida degan ma’noni anglatadi.                 Beruniy  xali  juda  yosh  olim  bo’lishiga  qaramay,  Qiyot  shaxrida  994-995  yillarda 
astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro 
etgan.  O’sha  davrda  Xorazmda  va  Kaspiy  oldi  viloyatlarida  Qobus  ibn  --Vushmagir 
yosh  olimga  xayrihohlik  ko’rsatadi.  SHams  al  Maoli"  ("Oli  martabalar  quyoshi") 
laqabi  bilan  mashhur  bo’lgan  bu  podshohga  bag’ishlab  Beruniy  "qadimgi  halqlardan 
qolgan  yodgorliklar"  asarini  yozadi  va  unga  taqdim  etadi.  Bu  asar  Beruniy  nomini 
YAqin  va  O’rta  SHarqqa  mashhur  qildi.1004  yilda  Beruniy  Ma’mun  II  ibn  Ma’mun 
tomonidan  Xorazmga  chaqirib  olinadi  va  uning  yaqin  maslahatchisi  bo’lib    qoladi  . 
Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil etiladi 
va u yerda musulmon sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadi.
Beruniy  bir  necha  yil  noyob  metallar  va  qimmatbaho  toshlar  ustida  kuzatishlar  va 
tajribalar  olib  boradi  va  keyinchalik  ana  shu  tadqiqotlar  asosida  "Mineralogiya" 
asasarini  yaratadi.  Beruniyning  yana  bir  muhim  asari  munajjimlik  san’atidan 
boshlang’ich  tushunchalardir.  Bu  asarda  ham  u  bir  necha  fanlar  yuzasidan  dastlabki 
tushuncha, ma’lumotlar berishrgan.                 Beruniy  astranomiyaga  oid  "Al  -  qonun  al  -  Mas’udy"  ("Mas’ud  qonuni”) 
nomli  yirik  asarni  shox  Mas’udga  bag’ishlaydi.  Beruniy  yana  "qimmatbaho 
toshlarni  bilib  olish  bo’yicha  ma’lumotlar  to’plami"  ("Mineralogiya"), 
"Dorivor  o’simliklar  haqida  kitob”  asarlarini  ham  yozdi.  "Mineralogiya" 
sharqdagina  emas,  yevropada  ham  qimmatbaho    toshlarni      ishlash  usullarini 
va ular bilan savdo qilish qonunlarni o’rganish. yer osti boyliklarini tekshirish 
haqida ma’lumot bersa, "Saidona" nomi bilan mashhur bo’lgan keyingi asarda 
SHarqdagi  dorivor  o’simliklarning  tavsifi  bayon  qilingan.  Mutafakir    ilgari  --
surgan  ahloqiy  hislatlardan  yana  biri  adolatdir.  U  jamiyatda  adolat 
o’rnatish  ,uni  yovuzliklardan  xalos  etish  uchun  dono,  adolatli  xukmdor   
bo’lish kerak deydi. Beruniy   insonni   kamolotga   yetkazuvchi   hislatlardan 
    yana  biri  olijanoblik  deb  ko’rsatadi.  Olijanoblikning  mazmuni  yaxshilik 
tashkil etadi. Bunda olim inson sifatida muamola qilishni nazarida tutadi.                 Abu Ali Ibn Sino
SHarqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan 
mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr 
buyuk mutafakkiri  Abu Ali ibn Sinodir . Ibn 
Sino ham boshqa zamondosh Qomusiy olimlar 
qatori matematika, astronomiya, fizika, 
«kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, 
ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, 
ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va 
dunyoga mashhyp yirik asarlar meros 
qoldirgan olim.                 Abu  Ali  Ibn  Sino  980  yilda  Buxoro  yaqinidagi  Afshona  qishlog’ida  kichik  amaldor 
oilasida  dunyoga  keladi.  Keyinroq  uning  oilasi  Buxoroga  ko’chib        o’tgach,      u     
boshlang’ich   maktabda   o’qiy   boshlaydi.   Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn, kuchli 
xotira  o’zaro  birikib  ketgan  edi.  Ibn  Sinoning  otasi        Abdullox  xamda  uning  do’stlari 
bilimdon  kishilar  bo’lib,  ularning  ilmiy  munozara  o’tadigan  oilaviy  muhim  yosh  Ibn 
Sinoga  ham  ta’sir  etadi.  Shu  bilan  birga  uning      bolalik      va    usmirlik    yillari      o’tgan   
Buxoro      shaxri    Somoniylar  davrining  yirik  madaniy  markazi  hisoblanar  edi.  Buxoroda 
ko’plab  Madrasa,        kasalxona        nodir        kitoblar        saqlanadigan        kutubxona      bo’lgan. 
Jahonning    turli      mamlakatlaridan      kelgan      olimlarning munozaralarida   yosh   
Ibn      Sino        ham        qatnashib,        turli      fanlarga  bilimlarini  chuqurlashtirib  borgan.  U 
ustozlaridan  hind  hisobi,  fiqxdan    bilim  olgan.    Keyin  esa    faylasuf  Abu  Abdullox 
Notiliydan  falsafa  mantik,  xandasa  va  boshqa  fanlardan  ta’lim  oladi.  Shundan  so’ng  Ibn 
Sino    o’zi  mustaqil  holda  barcha  fanlar  bilan  shug’ullana  boshlaydi.  U Ayniqsa  tip  ilmini 
chuqur  egallab  oladi,  bu  sohada  unga  ta’lim  berishgan  kishi  buxorolik  Abu    Mansur     
Kamariy      bo’ldi.      Ibn      Sino      so’ngra      falsafani    o’rganishga  kirishadi.  Ayniqsa, 
Arestotel  falsafasini,  uning  “Metafizika"  asari  mohiyatini  buyuk  mutafakkir  Abu  Nars 
Forobiyning yozgan sharxi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi.                 X  asr  oxiri  -  XI  asr  boshlariga  kelib,  o’lkada  siyosiy-ijtimoiy  vaziyat  murakkablashadi. 
SHu  tufayli  Ibn  Sino  Xorazmga  -  Urganchga  ko’chib  o’tadi.  Xorazmda  u  bir  qator 
olimlar  bilan  hamkorlikda  Abu  Rayxon  Beruniy  boshqarayotgan  "Ma’mun 
akademiyasida"  ilmiy  ish  bilan  shug’ullana  boshlaydi.  Xorazmda  o’zining  yirik  asari  - 
"Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish olib boradi.
Ma’lumki,      Ibn  Sino  ham  boshqa  mutafakkirlar  kabi  o’zining  ta’lim-tarbiyaga  oid 
qarashlarini  ijtimoiy-falsafiy  qarashlari  bilan  bog’liq  holda  ifodalagan,  maxsus 
risolalarda talkin etgan. SHuningdek, fanlarni tasnif etadi.   Bunda   u   birinchi   o’ringa   
tibbiyot      fanlarini      qo’yadi.  Falsafani  esa  ikki  guruhga  ,  ya’ni  nazariy  va  amaliy 
guruhlarga  bo’ladi.  Nazariy  guruh  kishilarni  o’zidan  tashqaridagi  borlik  holati  haqidagi 
bilimlarni      egallashga      yo’llasa,      amaliy      qism      bizga      bu      duneda    nima  qilishimiz 
kerakligini o’rgatadi deydi.
U birinchi o’ringa etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika,  matematika,  
metafizika, dune qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
  Abu Ali  Ibn  Sino  kamolotga  erishishning  birinchi  mezoni  sanalgan  ma’rifatni 
egallashga  dav’at  etadi.  CHunki  ilm-fan  insonga  xizmat  qilib,  tabiat  qonuniyatlarini 
ochib  avlodlarga  yetkazishi  kerak.  Bu  maqsadga  yetishish  uchun  inson  kiyinchiliklardan 
qo’rqmasligi  zarur,  deydi.  "Ey  birodarlar!  “Odamlarning  botiri  mushkulotdan 
qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir".                 Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga  
ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr 
yuritar ekan, shunday yo’l-yuriklar beradi. Bular quyidagilardan 
iborat:

bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish;

berilayotgan bilimning talabalar  qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi.

ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;

-   talabaning   xotirasi,    bilimlarni   egallash   qobiliyati,    shaxsiy xususiyatlarini 
bilishi;

fanga qiziqtira olishi;

berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; 
Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga erishish zarur, deydi 
olim.                   Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin 
berilgan.  CHunki  inson  avvalo  oilada  kamolotga  yetadi.  Olim  oilada  ota-onaning 
vazifasi  va  burchiga  katta  e’tibor  beradi.  Oila  munosabatlariga  to’xtalar  ekan,  ayniqsa 
ota-onalarning  oilada  mehnat  sevarligi  bilan  farzandlarini  ham  kasb  va  xunarga 
o’rgatishi  borasida  muhim  fikrlar  bayon  etadi.  Insonning  xulqi  va  ruhiga  mehnatning 
ijobiy  ta’sirini  ta’kidlash  bilan  bir  qatorda  turli  kasb  egalari  xunarmand,  dexqonlar 
mehnatini  ulug’laydi  va  qimorboz,  sudxo’r  kabilarni  qoralaydi.  U  mehnatsiz  hayot 
kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.
Ibn  Sinoning  ta’lim-tarbiyaviy  qarashlarida  insonning  ham  aqliy,  ham  ahloqiy-
estetik  hamda  jismoniy  tomondan  rivojlanishi  uning  kamolga  yetishining  asosiy  mezoni 
sifatida talqin etiladi.
Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi 
katta xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi.                  Ibn  Sino  inson  kamolotida  aqliy,  ahloqiy,  jisomoniy 
tarbiyaning  o’zaro  aloqada  amalga  oshirishning  ilmiy  ta’limotini, 
usullarini yaratib, ta’lim-tarbiya sohasida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Olimning  buyuk  xizmatlaridan  biri  shundaki  u  insonning 
mehnati,  qobiliyati,  aql-zakovatini  ulug’laydi,  undagi  qudratga 
ishonadi,  inson  tafakkurining  tantana  qilishi  kerakligini  tinmay 
targ’ib qildi.
Ibn Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga 
oid  qarashlarini  ijtimoiy-falsafiy  fikrlar  tarkibidagina  emas,  balki 
mustaqil  risolalarida  ahloqiy  masalalarni  chuqur  ilmiy-amaliy 
jihatdan ifodalagan , ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim sifatida 
ham tadkik etish, o’rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.                 Mahmud Qoshg’ariy
Xalqimizning  ta’lim  -  tarbiyaga  oid  qarashlari  ulug` 
olim,  mutafakkir  Mahmud  Qoshg`ariy   (XI  asr)ning 
"Devonu lug`atit turk" asarida keng bayon etilgan.
Asar  1076-1077  yillarda  yozilgan  va 
yoshlarga  nasihatlar  tarzida  tuzilgan  she’riy 
parchalardan iboratdir. Devondagi qo`shiqlarda tabiat, 
ov  va  jang  manzaralari,  sevgi  -  muhabbat  va  ugit  - 
nasihatlar uz ifodasini topgan.
She’rlarda  ilm  olishning  qadri,  bilimli 
kishilarni  hurmat  qilish,  mehmondo`stlik, 
xushxulqlik,  mardlik  va  jasurlikni  targ`ib  qiluvchi, 
baxil, ochko`z, do`stga va xalqiga xiyonat kabi salbiy 
tomonlarni qoralaydigan she’rlar ko`p uchraydi.
Pand  -  nasihatlarda  asosiy  o`rin  ilm  olishga 
undashga,  uning  foydasini  targ`ib  etishga  qaratilgan. 
Ko`plab  tarbiyaviy  xarakterdagi  maqollar  ham 
berilgan.                 Kaykovus   412  xijriy yilda (milod   1021-1022)  tug’ilgan.  Uning 
avlodlari    g’ilon    qabilasidan   bo’lib,    Tabaristonda   (hozirgi   
Kaspiy dengizining janubidagi xudud) yashaganlar.

Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega 
emasmiz. Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari 
asosida o’zining buyuk "Qobusnoma" asasarini yaratdi. Kitobni u 
o’g’li G’ilonshoxga bag’ishlagan. Bu paytda   Kaykovus   
taxminan   oltmish   yoshlarda   edi. "Qobusnoma"   SHarqda, 
xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra 
pand-nasixat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan 
beri halqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga 
tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib 
tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmokda.                          Qobusnoma
"Qobusnoma"  murakkab  yo’lni  bosib  o’tdi.  SHo’ro  mafkurasi 
davrida  [asarning.  insonni  aqliy,  ahloqiy  tarbiyalashdagi 
ahamiyati  xokim  sinf  axlokini  targ’ib  qilish  deb  baholandi. 
Kaykovusning  Vatan  haqidagi,  kasb-xunarni  ulug’lovchi, 
bilimlarni  egallash  haqidagi  fikrlari,  diniy  qarashlari  siyosiy 
nuktai  nazaridan  koralanadi.  Asarning  qimmati  faqat  uning 
adabiy-badiy,  til  xususiyati  va  tarixiy  jihatlarida  deb 
ta’kidlanadi."Qobusnoma ”
  asariga  davr  va  shart-sharoitlar, 
siyosiy  qarashlar  ta’sirida  qay  darajada  soya  tashlanmasin,  bu 
asar  mashhur  xind  asari  "Kalila  va  Dimna",  Nizom  ul-
Mulkning  "Siyosatnoma ”
,  Nosir  Hisravning  "Saodatnoma ”
, 
YUsuf  Xos  Xojibning  "Qutadg’u  bilig",  Maxmud 
Qoshg’ariyning "Devonu lugatit turk" , "Sa’diyning "Guliston", 
Axmad  YUgnakiyning  "Xibatul  xaqoyik",  Alisher  Navoyining 
"Maxbub  ul-kulub",  Voiz  Koshifiyning  "Ahloqiy  muxsiniy", 
Davoniyning  "Ahloqi  Jaloli"  kabi  ahloqiy-ta’limiy  asarlari 
bilan  bir  katorda  SHarq  pedagogik  fikr  taraqqiyotida  inson 
kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi.                 SHuningdek, mazkur bobda Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib inson 
qobiliyatining bir xil emasligini,  inson aqlining tug’ma, azaliy aql (tabiy aql) va 
kasbiy aql,    ya’ni muktasib (o’rganilgan aql kabilariga bo’linishini bayon etadi. 
Kasbiy aqlni donish derlar, deydi.

Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir 
asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan 
juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. 
Kaykovus unda "... barcha fikr va 
tushunchalarimni sening uchun kitobga yozdim 
va har bir ilm, ham xunar va har peshakim bilur 
edim, hammasini qirk to’rt bobda etdim", 
deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, 
jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan 
bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llar 
usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar 
egallashi zarur bu, quyidagi yunalishlarda 
ta’lim-tarbiya berishrish nazarda tutilgan: 
Kaykovus bilim olish haqida. 

Xunar va turli kasb egalari haqida.

Turmush va xulq-odob qoidalari 
haqida.

Jismoniy yetuklik haqida.                 Kaykovus  "Qobusnoma"  asarida  jismoniy  tarbiyaga  ham 
katta e’tibor zgan. Zero, Kaykovusning      "Qobusnoma"   asari   
XI   asrda   yuzaga   kelgan   yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha 
davrga  xos  har  bir  yosh  egallashi  zarur  bo’lgan  aqliy,  ahloqiy, 
jismoniy  tarbiya  bilan  bog’liq  faoliyat  turlari:    otda  yurish, 
merganlik,  suvda  so’zish,      harbiy  mashqlar  san’ati,  ifodali 
o’qish,  hatotlik  san’ati,  she’r  yoza  olish,  musiqiy  bilimga  ega 
bo’lish,  shatranj  va  nard  uyinini  bilish  kabilar  ham  o’z  ifodasini 
topgan.
Kaykovusning  katta  xizmati  shundaki,  u  yoshlarni  hayotga 
tayyorlashda  xar  tomonlama  kamolga  yetkazishning  nazariy 
masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuktai nazaridan ifodalashi 
bilan  hamma  zamonlarda,  xar  qanday  tuzumda  ham  o’z 
qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga 
ega bo’ldi.                 Etiboringiz uchun rahmat!

Sharq uyg’onish davri(IX-XII asrlar)da ta’lim tarbiya va pedagogiK fikrlar rivoji.(Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy,Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, al- Xorazmiy,Mahmud Qoshg’ariy)

Reja:  Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.  Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari.  Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy –tarbiyaviy qarashlari.

Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi. Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi: Matematika tibbiyot yo`nalishi (Xorazmiy, Farg`oniy , Ibn Sino, Jurjoniylar asarlar yaratganlar ).  Ijtimoiy - falsafiy yo`nalish , bunga falsafa , tarix , mantiq , ruhshunoslik , notiqlik fanlari kirgan (Forobiy , Ibn Sino, Narshaxiy ).  Ta ’limiy - axloqiy yo`nalish . Bunda adib va tarbiyashunos olimlar ta ’limiy - didaktik asarlari misol bo`ladi . Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi :

Farg`oniy ning umumpedagogik g`oyalari. Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al-Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Xikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.

Muhammad al-Xorazmiyning umummiy pedagogic qarashlari. Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-arz" (Yer surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", "Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan. Xorazmiy "Al-jabr va al muqobala" asari bilan matematika faniga asos soldi. Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U hind hisoblari, ularning ishlatilishi, sonlarni ko`paytirish, bo`lish, qo`shish va ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi. Olimning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi tarixida yangi bir davr ochdi.