logo

Svilizatsiya tarixini o’rganishda XX asr tarixshunosligi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

662.10546875 KB
Mavzu:Svilizatsiya tarixini 
o’rganishda XX asr 
tarixshunosligi 
1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan 
(1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida 
sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy 
jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni 
taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat 
taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya 
bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik 
davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat 
taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori 
bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab 
chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat 
qiladi .  •
Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri 
rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) 
bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, 
faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” – 
diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali 
namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) 
haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, 
biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan 
uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga 
etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.    Nemis faylasufi va tarixchisi Osvald Shpengler (1880-
1936 yy) ning fikricha, “sivilizatsiya” har qanday 
madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal bosqichini 
bildiradi. Sivilizatsiyani bunday davr tanazzuli sifatida 
tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga 
ziddir.
•
O.Shpengler “Yevropa quyoshning so’nishi” asarida 
G’arbiy Yevropa tarixiga xos evropotsentrizm, 
panlogizm, istorizm, to’g’ri chiziqli progressizm 
printsiplarini tanqid qildi va madaniy – tarixiy 
jarayonning aylanma harakati nazariyasini yaratdi. Bu 
nazariya sivilizatsiyaning tsiklli rivojlanishi, ya’ni 
takrorlanib turishi haqidagi konsepsiyaga olib keldi.      Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik 
sxemasiga tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: 
Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya 
madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy 
organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud 
bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir 
madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil 
ahamiyat kasb etadi.
•
Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) sivilizatsiyani 
yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik 
“Tarixni anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin almashuvchi lokal 
sivilizatsiyalar konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va javob nazariyasini ilgari 
surdi.    Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va tayanchidir. 
Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u yoki bu jahon dinlarini 
asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi 
va hokazo.
•
U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning 
to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va 
sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, 
Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va 
Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni 
tadqiq etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash 
sharoitlarining og’irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi”, -
degan xulosaga keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol 
tuzilmalar” sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning 
asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol 
topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok 
bo’ladi va uning o’rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.    •
Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o’zining 
“Tarix manbalari va uning maqsadi” asarida sivilizatsion 
taraqqiyotning bosqichma-bosqich rivojlanishi 
konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo’lgan davr, 
qadimgi davr madaniyati, vaqt o’qi (jahon tarixining 
boshlanishi), texnik davr (yagona jahon tarixiga o’tish). 
Uning fikricha tarixning mazmuni va negizi butun 
insoniyat uchun umumiy bo’lgan e’tiqod bilan 
belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir-
biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi. Insoniyatga 
bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini yoki milliy din 
taklif qilolmaydi.     Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968) insoniyat madaniyatining butunjahon-tarixiy 
taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni markaziy mazmunga yoki 
mentallikka ega ulkan madaniy supertizimlar doirasida ko’rib chiqdi. Bu madaniy 
supertizimlar yoki sivilizatsiyalar insonlarning hayoti va hulqini, ko’pgina tarixiy 
jarayonlar va an’analarni belgilaydi. Tarixning har qanday davrida, Sorokinning 
fikricha, beshta asosiy madaniy tizimlar mavjud: til, ahloq, din, fan, san’at. U 
sivilizatsiyalarni moddiy madaniyat hech bir tizimsiz ravishda namoyishga 
qo’yilgan ulkan muzeylar sifatida talqin qiladi. Sorokin sivilizatsiyalar tabiatining 
yaxlitligi g’oyasiga tanqidiy yondashib, uning tarkibiy qismlari o’zaro 
bog’lanmagan, deb hisoblagan.
•
“ Iqtisodiy va ijtimoiy tarix annallari” (1929 g.) fransuz jurnali redaksiyasi 
atrofida vujudga kelgan tarixiy maktab asoschilari va vakillari bo’lmish fransuz 
tarixchilari Mark Blok (1886-1944) va Lyusyen Fevr (1878-1956) lar jahon 
taraqqiyoti muammosiga o’zgacha yondashgan. Ularning fikricha tarixiy 
taraqqiyotning asosini mentalitet tashkil qiladi. L.Fevr birinchilardan bo’lib 
o’zining “Sivilizatsiya: so’z evolyutsiyasi va g’oyalar guruhi” asarida 
“sivilizatsiya” atamasining kelib chiqish vaqtini aniqlashga ham harakat qilgan.

Mavzu:Svilizatsiya tarixini o’rganishda XX asr tarixshunosligi

 1877 yilda amerikalik tarixchi va etnograf L.Morgan (1818-1881 yy) o’zining “Qadimgi jamiyat” kitobida sivilizatsiya atamasini yagona madaniy-tarixiy jarayonning ma’lum darajasini belgilash uchun qo’llashni taklif etdi. Morgan sistemasida ham ibtidoiy jamiyat taraqqiyoti yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlaridan iborat, ammo u yovvoyilik va varvarlik davrlarining har birini, xo’jalik va moddiy madaniyat taraqqiyotining belgilariga ko’ra quyi, o’rta va yuqori bosqichlarga bo’ladi. Ushbu davrlashtirishda ishlab chiqarish kuchlari rivojining darajasi mezon bo’lib xizmat qiladi .

• Tarixni o’rganishga sivilizatsion yondashuv asoschilaridan biri rus tabiatshunos olimi N.Ya.Danilyevskiy (1822-1885) bo’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo’lgan, faoliyatning to’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar “asosi” – diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida bo’ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo’lish bosqichlaridan o’tadi.