logo

Ta’lim vositalari haqida tushuncha va ularning mazmun mohiyati, klassifikatsiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

967.080078125 KB
GEOGRAFIYA O’QITISHDA  
INNOVATSION 
TEXNALOGIYALAR
Mav zu: 
Ta’lim v osit alari haqida t ushuncha v a 
ularning mazmun mohiy at i, 
k lassifi k at siy asi   R E J A
Ta’lim vositalari haqida tushuncha.
Ta’lim vositalari turlari
Ta’lim vositalaridan foydalanish     Ta’lim vositalari haqida tushuncha.
  Ta’lim vositalari  -  o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi 
har qanday axborot tashuvchi vositalardir .
Ta’lim vositalari foydalanishi jihatidan quyidagi 3 qismga ajratish mumkin:
ta’lim beruvchi 
uchun; ta’lim oluvchi 
uchun; dars o‘tkazish 
uchun          TA’LIM VOSITALARI TURLARI
Bosma  Texnik 
Real 
Matinli 
Tasvirli  audiovizua
l vositalar yordamchi 
(jihoz) 
vositalar modelli 
vositalar haqiqiy 
vositalar.    Nazariy  darslarda  ta’lim  beruvchilar  asosan  matnli  va  yordamchi  vositalardan  misoli  uchun 
darsliklar va tarqatma materiallardan va texnik vositalardan foydalanadilar.
Amaliy  mashg‘ulotlarda  ular  ko‘proq  tasvirli  va  real  vositalardan,  ya’ni  eskiz,  asbob 
uskunalardan foydalanadilar.
Ovoz  va  tovushli  (audio),  shuningdek,  tasviriy  tasavvurlani  shakllantiradigan  audiovizual 
vositalar jarayonlar va vazifalar to‘g‘risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Y o rdamchi  vositalar  buning  aksi  o‘laroq  tasvir  va  matnlarni  yozib  olish  va  saqlash  imkonini 
beradi. Ular doska, flipchart, pinbord doskasi, kodoskop, videoproektor kabilardir.
Ish  sohasiga  tegishli  real  narsalar,  ya’ni  maxsulotlar,  asboblar  va  boshqalar  dars  paytida 
didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin.
Ta’lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan guruh, mahsus 
soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari ta’lim beruvchi 
o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona 
tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan 
texnik muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi lozim.   Zamonaviy ma’ruzani o‘qitishning 6 ta bosqichi mavjud:
1 - bosqich: Qiziqtirish (motivatsiya)
Avvalam  bor  “Qiziqtirish  bosqichini”  o‘tkazish  kerak.  Bu  bosqichda  ta’lim  oluvchilarni  qutlash  va  har  qanday  qiziqarli,  hattoki,  darsga 
ta’luqli bo‘lmagan mavzular to‘g‘risidagi suhbat bilan boshlash mumkin.
Iloji  bo‘lsa,  darsga  bog‘liq  bo‘lgan  mavzular  yuzasidan  gaplashish  maqsadga  muvofiqdir.  Qiziqarli  sitata  yoki  qisqa,  dolzarb  mavzudagi 
hikoya tanlashi mumkin. Bularning barchasi o‘z navbatida birinchi dars mobaynida ta’lim oluvchilarning keskin holatini yumshatishga yoki 
keyingi darslarga ta’lim oluvchilar e’tiborini o‘rganilayotgan fanga qaratishga yordam beradi.
Qiziqtirish bosqicha g‘oyalari yuzasidan papka tutush ham tavsiya etiladi.
Dars  birichi  bor  yangi  ta’lim  oluvchilar  guruhida  o‘tayotgan  bo‘lsa,  ta’lim  beruvchi  qisqacha  o‘zini  tanishtirib  o‘tib,  ta’lim  oluvchilarga 
ham  o‘zlarini  tanishtirish  imkoniyatini  berish  kerak.  Bu  ta’lim  oluvchilarda  ishonch  tug‘diradi,  ta’lim  oluvchilar  o‘zlariga  bildirilayotgan 
hurmatni xis qiladilar. Bu flipchart yoki pinbord yordamida vizuallashtirilishi ham mumkin. Ta’riflangan va tanlangan o‘quv fanlari asosida 
nazariy dars maqsadini bayon etish orqali motivatsiya va muayyan mavzuga kirish amalga oshiriladi. 
2 - bosqich: Takrorlash
Darslarda yangi mavzuni boshlashdan avval o‘tilgan mavzular qisqacha, umumlashtirilgan holda takrorlanishi kerak. Ushbu bosqichda turli 
an-anaviy  va  interfaol  ta’lim  metodlaridan  foydalanish  mumkin.  Takrorlash  uchun  savol-javob,  davra  suhbatining  yozma  ko‘rinishi 
“Konverd” va boshqa ta’lim metodlaridan foydalanish mumukin. Bundan ta’lim metodlari o‘tilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni tekshirishga 
yordam beradi.   3- bosqich: YAngi mavzu bayoni (Bilim berish)
So‘ngi  ta’lim  beruvchi  ta’lim  oluvchilarni  mahsus  sohaga 
olib  kiradi.  YAngi  materialni  tushuntiradi,  qisqa  ma’ruzular 
o‘qiydi,  munozaralar  uyushtiradi,  o‘quv  suhbatlari,  o‘yin 
mashg‘ulotlari  va  muammolarni  hal  qilish  haqida  suhbatlar 
o‘tkaziladi.  Albatta  bu  bosqchda  zamonaviy  ta’lim 
vositalaridan  ham  unumli  foydalanish  darkor.  YAngi 
mavzuni tushuntirish vaqtida bosma va texngik vositalaridan 
foydalanish  materialni  vizuallashtirishga,  bu  esa  o‘z 
navbatida  ta’lim  oluvchilarning  berlilayotgan  axborotlarning 
yodda saqlab qolishiga yordam beradi.
Dars  jarayonida  mavzularga  mos  ravishda  oldindan 
tayyorlangan  tarqatma  materiallar  ta’lim  oluvchilarga 
tarqatilishi  lozim.  Bu  o‘quv  jarayonini  va  dars  olib  borishni 
engillashtiradi.  Mavzuga  kirmay  turib,  tarqatma  materiallar 
tarqatilmaydi.  Ularni  mavzuga  monand  ravishda  birin  ketin 
tarqatish,  ularni  o‘qib  chiqish  uchun  etarli  daqiqalar  berish 
va  ta’lim   oluvchilar  e’tiborini  axborotga  qaratish  uchun 
kimgadir  ovoz  chiqarib  o‘qitish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 
SHundan so‘ng mavzu muhokamasini boshlash mumkin . 4 - bosqich: O‘zlashtirilgan bilimlarni 
mustahkamlash
Ta’lim  oluvchilarga  tafakkur  qilish  va  qayta 
ishlash  imkoniyatini  yaratuvchi  topshiriqlar 
o‘zlashtirilgan bilimlarni faol ravishda qayta ishlab 
borish  uchun  zarurdir.  Ular  bilimlarini  qabul 
qilishning  nisbiy  passiv  bosqichidan  so‘ng,  aktiv 
bosqich  kelishi  uchun  imkoniyat  yaratib  beradi. 
Bundan  tashqari  “qaytar  aloqa”ni  ta’minlanishiga 
olib  keladi.  Guruhlarda  ishlash  yoki  individual 
ravishda  topshiriqlarni  bajarish  va  natijalarni 
taqdim  etish  samarali  o‘qitish  shakllari 
hisoblanadi.  Ushbu  bosqichda  interrfaol 
metodlardan  foydalanish  yuqori  samara  beradi. 
Mustahkamlash  bosqichida  kichik  guruhlarda 
ishlash,  muammoli  vaziyat,  ishpob  o‘yin,  bahs-
munozara  va  boshqa  shu  kabi  interfaol 
metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu 
metodlar  ta’lim  oluvchilarning  mavzuni  qay 
darajada o‘zlashtirilganligini ko‘rsatadi. 4     5- bosqich: Analiz (tahlil) va sintezlash (xulosalash)
Mavzu  tahlili  orqali  mavjud  vaziyat  elementlari  alohida  ko‘rib  chiqilishi  mumkin.  Ushbu  o‘rinda  alohida 
xususiyatlar muhokama etilishi mumkin.
Mazkur  xususiyatlarnibir  butun  qilib  sintezlash  to‘g‘ri  tasavvur  hosil  qilish  va  aloqadorlikni  aniqlash  imkonini 
beradi.  CHunki  amaliyotga  yaqinlashish  va  o‘zlashtirilgan  bilimlarni  kelajakda  ishlatish  uchun  sintez  orqali 
boshqa ilm-fan sohalari bilan bog‘lash amalga oshiriladi.
6- bosqich: Baholash va uyga vazifa berish
Har  bir  topshiriqdan  keyin  ta’lim  oluvchilar  o‘zlari  bajargan  ishlarini  boholashlari  lozim.  Boshqa  bir  imkoniyat 
esa  natijalarni  guruhlarda  ochiq-  oydin  va  samimiy  muhokama  qilishdan  iboratdir.  Dars  oxirida  yakuniy  suhbat 
uchun vaqt ajratilishi kerak. Bu esa o‘z navbatida ishtirokchilarning natijalari, shuningdek, ta’lim beruvchilarning 
o‘z natijalari yuzasidan mulohaza yuritishlari uchun yaxshi imkoniyatdir.
Ta’lim  beruvchi  ham  o‘z-o‘ziga  “Men  maqsadlarga  erishdimmi,  yo‘qmi?  Nima  uchun  erishmadim?”  kabi 
savollarini berish lozim. Buning uchun maxsus baholash varaqasi ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi.   Ma’ruza mashg‘ulotining asosiy vositasi bu o‘qituvchining so‘zidir.
Nutq -  Psixologida nutqga quyidagicha tarif berilgan.
Nutq  -  odam  tomonidan  ijtimoiy  -  tarixiy  tajribani  o‘zlashtirish  va  avlodlarga  berish  yoki 
kommunikatsiya o‘rnatish yoki o‘z xarakatlarini rejalashtirish maqsadida ishidan foydalanish protsessidir.
O‘qituvchining  nutqi  darsda  hamisha  o‘quvchilarga  qaratilgan  bo‘ladi.  O‘qituvchi  yangi  saboqni  tushuntirayotgan, 
o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo‘lsa ham, uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, 
ishonchi,  o‘zi  gapirayotgan  narsaga  qiziqayotganligi  bilan  ajralib  turadi.  Fikrning  ifodasi  o‘quvchilar  uchun  aniq, 
sodda, tushunarli bo‘ladi.
O‘qituvchining  bayoni  o‘quvchilar  fikri  va  diqqatini  maksimal  darajada  faollashtirishga  qaratilgan: 
o‘qituvchi  o‘quvchilar  oldiga  savollar  qo‘yib,  ularni  asta-sekin  to‘g‘ri  javob  berishga  undaydi,  o‘quvchining 
diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi.
O‘qituvchining  nutqi  aniq,  jonli,  obrazli,  tallaffuzi  jihatidan  yorqin,  ifodali,  his-hayajonli  bo‘lib,  unda 
stilistik,  grammatik,  fonetik  nuqsonlar  uchramasligi  lozim.  Bir  xildagi  cho‘ziq,  zeriktiradigan  nutq  o‘quvchilarni 
juda  tez  chartadi,  ularni  lanj,  loqayd  qilib  qo‘ydi.  Ayrim  o‘quvchilar  tez  gapirishga,  boshqalari  sekin  gapirishga 
moyil  bo‘ladilar.  Biroq  o‘quvchilarning  o‘zlashtirishlari  uchun  o‘rtacha,  jonli  nutq  yaxshi  natija  berishini  esdan 
chiqarmaslik  lozim.  SHoshqaloqlik  saboqni  o‘zlashtirishga  xalaqit  beradi  va  o‘quvchilarni  tez  charchatib  qo‘yadi. 
Nihoyatda ko‘p takrorlanadigan bir xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining g‘ashini keltiradi.
Ma’ruza  mashg‘ulotlarida  ta’lim  vositalarini  qo‘llash  pedagogika  ta’limidan  k o‘rgazmalilik  tamoilini 
amalga oshirishga xizmat qiladi

GEOGRAFIYA O’QITISHDA INNOVATSION TEXNALOGIYALAR Mav zu: Ta’lim v osit alari haqida t ushuncha v a ularning mazmun mohiy at i, k lassifi k at siy asi

R E J A Ta’lim vositalari haqida tushuncha. Ta’lim vositalari turlari Ta’lim vositalaridan foydalanish

Ta’lim vositalari haqida tushuncha. Ta’lim vositalari - o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalardir . Ta’lim vositalari foydalanishi jihatidan quyidagi 3 qismga ajratish mumkin: ta’lim beruvchi uchun; ta’lim oluvchi uchun; dars o‘tkazish uchun

TA’LIM VOSITALARI TURLARI Bosma Texnik Real Matinli Tasvirli audiovizua l vositalar yordamchi (jihoz) vositalar modelli vositalar haqiqiy vositalar.