Delinkvent axloq mazmun-mohiyati va shakllanishi
MAVZU;Delinkvent axloq mazmun-mohiyati va shakllanishi REJA; 1.Delinkvent xulq-atvor muammosi. 2.Mashxur olimlar yondashuvlari. 3. Delinkvent xulq-atvor shaxsning deviant xulq- atvorining shakli sifatida.
• Delinkvent xulq-atvor muammosi (huquqqa qarshi, jamiyatga qarshi) ko‘pgina ijtimoiy fanlarning tadqiqotida asosiy o‘rin egallaydi, chunki ijtimoiy tartib umuman davlatning rivojlanishida, shu bilan birga har bir fuqaroning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Huquqqa qarshi xulq- atvorga nisbatan turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, psixologik adabiyotda odatda delinkvent xulq-avtor deb fikr yuritiladi. Ushbu tushuncha lotin tilida “delinquens” - “noo‘rin hatti- harakat”ni angalatadi. Ushbu atamani biz shaxsning qonunga qarshi xulq-atvori deb tushunamiz - hozirgi jamiyatda va hozirgi vaqtda o‘rnatilgan qonunlarni buzishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy tartib yoki boshqa odamlarning farovonligiga xavfli hisoblangan va jinoiy javobgarlikka tortiladigan aniq bir shaxsning harakatlari. Qonunga qarshi xulq-atvor namoyish etayotgan shaxs - dilinkvent shaxs deb tavsiflanadi, uning harakatlari esa - delinkventlar deb ataladi.
• Kriminal xulq-atvor - delinkvent xulq-avtorning orttirib ko‘rsatilgan shakli. Umuman olganda, delinkvent xulq-atvor jamiyatning qonunlarida aks ettirilgan, davlat hayotida mavjud bo‘lgan me’yorlariga bevosita qarshi yo‘naltirilgan. • Maxsus adabiyotda ko‘rib chiqilayotgan atama turli ma’nolarda qo‘llaniladi. A.E.Lichko “o‘smir” psixologiyasining amaliyotiga “delinkventlik” tushunchasini olib kirib, uning yordamida jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan, jamiyatga qarshi mayda harakatlarni chegaralab qo‘ydi. Masalan, maktabga bormaslik, assotsiativ guruhga tegishligi, mayda bezorilik, zaiflarni tahqirlash, kichik miqdorda pullarni tortib olish, mototsikllarni olib qochish va hokazo.