logo

Ilk qadam MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1157.3681640625 KB
Mavzu:“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim 
muassasasining Davlat o’quv dasturining 
mazmun -mohiyati 
Reja
  1. Dasturning maqsad va vazifalari.
  2.Musiqaning madaniy hayotimizda tutgan o‘rin.
  3. Bolalar ta’lim- tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari .
  4.   Ijtimoiy- hissiy rivojlanish .
  1-bob. Umumiy qoidalar 
MTMgacha  ta’lim  muassasasining  davlat  o’quv  dasturi  (quyida: 
«MTM  davlat  o’quv  dasturi»)  O’zbekiston  Respublikasining  ilk  va 
MTMgacha  yoshidagi  bolalarni  rivojlantirish  borasidagi  Davlat 
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda 
MTMgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy 
faoliyatning  asosiy  g’oyalari  ifodalangan,  shuningdek,  bolaning 
ta’limning  keyingi  bosqichiga  o’tishidagi  asosiy  kompetensiyalari 
belgilangan.  •
Davlat  o’quv  dasturi  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  joylashgan 
quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy: 

davlat MTMgacha ta’lim muassasalari; 

MTMgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari; 

MTMgacha guruhlarga ega bo’lgan   «Me h ribonlik»  bolalar uylari; 

MTMgacha  va  boshlang’ich  ta’limni  nazorat  qiluvchi  boshqaruv 
organlari.  1.1. MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash
•           Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy 
tayanch  hujjat  hisoblanadi.  Ta’lim  muassasalari  MTMgacha  ta’lim 
vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  variativ  o’quv  dasturlaridan  foydalanish 
huquqiga ega. 
•                   Ta’lim  muassasasi  Davlat  o’quv  dasturi  asosida  o’zining  MTM 
ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining 
ishchi  o’quv  dasturi  muassasa  pedagoglari  tomonidan  ota-onalarni  jalb 
etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi . •
1.2. MTMning maqsad va vazifalari
•
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

bolaning  individual  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  ilk  va  MTMgacha 
yoshdagi  bolalarni  rivojlanishiga  oid  Davlat  talablari  asosida  hamda 
Davlat  o’quv  dasturiga  muvofiq  uning  har  tomonlama  va  barkamol 
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 

MTMgacha  yoshdagi  bolalarning  o’quv-tarbiyaviy  faoliyatini  tashkil 
qilish va amalga oshirish;  

bolalarning  ilk  rivojlanishi  masalalarida  ota-onalar  va  jamiyatga  tegishli 
bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; •
2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari  
•
2.1. MTM ta’lim jarayonining maqsadlari 
•
O’quv-tarbiyaviy  jarayonning  maqsadi  bolalarda  umumiy 
kompetensiyalar  va  rivojlanish  sohalari  kompetensiyalarini  shakllantirish 
uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. 
•
2.2. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
•
MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: 
•
-  bola  huquqlari,  o’ziga  xos  rivojlanish  xususiyat  va  salohiyatlarini  hisobga 
olish;
•
-  ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi;   •
-  bola  salomatligini  asrash  va  mustahkamlash,  uning  ehtiyojlari,  shu  jumladan, 
uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
•
-  bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash;
•
-  o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; 
•
-  bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; 
• -  bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash ;
•
-  MTMning oila, mahalla va MTM bilan hamkorligi; 
•
-  milliy  madaniy  an’analar  qadriyatini  oshirish  va  boshqa  millatlar  madaniyatiga 
hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;  •
2.3. Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
•
Qo’shimcha  ta’lim  xizmatlari  MTMgacha  ta’lim  muassasasi 
tomonidan  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda  bolalar  va  aholi 
ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi. 
•
Qo’shimcha  ta’lim  xizmatlari  fakultativ  hisoblanadi  va  ularni  tashkil 
qilishda  ko’ngillilar  (volontyorlar),  ota-onalar  va  homiylar  ishtirok  etishi 
mumkin.  •
2.4. Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim 
faoliyati  
•
MTMgacha  ta’lim  muassasasida  alohida  ehtiyojga  ega  bo’lgan 
bolalarni  qo’llab-quvvatlash  jamoaviy  ish  hisoblanadi  va  uni  amalga 
oshirish uchun MTMgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.   
• Zarurat  tug’ilganda,  pedagoglar  tarkibi  va  MTMgacha  ta’lim 
muassasasi  rahbariyati,  tor  ixtisosdagi  mutaxassislarni  jalb  etgan  holda, 
bola  (uning  rivojlanishi)  uchun  o’quv-tarbiyaviy  faoliyatning  individual 
rejasini tuzadi. •
2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik
•
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun MTMgacha 
ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi 
shakllarini tashkil qilishi mumkin: 
-
ota-onalarning  MTMgacha  ta’lim  muassasasi  borasidagi  fikrlarini 
hisobga olish;  
-
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; 
-
ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
-
ota-onalarning  muassasa  hayotida  ishtirok  etish  borasidagi 
tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.  • 3-bob. MTMgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv
• MTMgacha  yoshdagi  bolalarga  ta’lim  berishda  kompetensiyaviy 
yondashuv  o’sib  borayotgan  bola  shaxsini  hayotga  tayyorlash,  unda 
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo’lgan, axloqiy me’yor 
va  qadriyatlarni  o’zlashtirish,  boshqa  insonlar  bilan  muloqot  qilish, 
«Men»  obrazini  qurish  bilan  bog’liq  bo’lgan  faoliyat  usullarini 
shakllantirishga tayyorgarlikni ko’zda tutadi.  
•
Boshlang’ich  muhim  kompetensiyalar  bolaning  faoliyat  va  axloq 
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. •
3.1. MTMgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim 
kompetensiyalari
•
Kommunikativ  kompetensiya   –  muloqot  vositalaridan  turli 
vaziyatlarda foydalana bilish ko’nikmasi .
•
O’yin   kompetensiya si   –  bolaning  o’yin  jarayoni  va  uni  tashkil  qilishda 
tajriba,  bilim  va  ko’nikmalardan  ijodiy  foydalanishi .   O’quv-tarbiyaviy 
faoliyat uchun asos hisoblanadi.
• Ijtimoiy  kompetensiya   –  hayotiy  vaziyatlarda  kattalar  va  tengdoshlar 
bilan  muloqotda  axloq  qoidalari  va  me’yorlariga  rioya  qilgan  holda  o’zini 
tutish mahorati. •
3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
•
Bolaning  kompetensi yalari  bola  rivojining  quyidagi  sohalarida 
belgilanadi: 
-
jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;
-
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
-
nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari;
-
bilish jarayonining rivojlanishi;
• -     ijodiy rivojlanish. •
3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish» 
sohasi kompetensiyalari.
• «Jismoniy  rivojlanish  va  sog’lom  turmush  tarzining  shakllanishi» 
sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
-
o’z  imkoniyatlari  va  yoshi  bilan  bog’liq  jismoniy  rivojlanish  me’yorlariga 
mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi; 
-
turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;  
-
turli  hayotiy  va  o’quv  vaziyatlarida  mayda  motorika  ko’nikmalaridan 
foydalanadi;  • 3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
• «Ijtimoiy-emosional  rivojlanish»  sohasidagi  o’quv-tarbiyaviy  faoliyat 
yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
-
o’z  «Men»i  va  boshqa  insonlarning  hayotiy  faoliyat  muhitidagi  roli 
to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi; 
-
o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; 
-
o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; 
-
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; 
• -     murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi.  •
3.2.3. «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi 
kompetensiyalari
•
«Nutq,  muloqot,  o’qish  va  yozish  malakalari»  sohasidagi  o’quv-tarbiyaviy 
faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
-
nutqni eshitadi va tushunadi; 
-
o’z  nutqida  to’g’ri  talaffuz,  qulay  grammatik  shakllar  va  xilma-xil   gap 
konstruksiyalaridan foydalanadi;  
-
ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish namoyon qiladi; 
-
ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsatadi; 
-
badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;   •
3.2.4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
•
Bilish  jarayonining  rivojlanishi  sohasidagi  o’quv-tarbiyaviy  faoliyat 
yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
-
bili m olish ga faol qiziqishni namoyon etadi; 
-
o’quv  va  hayotiy  faoliyat  uchun  axborotni  mustaqil  ravishda  topadi  va  undan 
foyd a lanadi; 
-
predmetlar, voqyealar va ko’rinishlar o’rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va 
ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; 
-
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo’llaydi; 
-
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;  •
3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari 
•
« Ijodkorlik »   sohasidagi  o’quv-tarbiyaviy  faoliyat  yakuniga  yetganidan 
so’ng 6-7 yoshli bola: 
-
san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi; 
-
milliy  an’analarni  qadrlaydi  va  ularni  kundalik  hayotning  bir  qismi  sifatida 
idrok etadi; 
-
san’atning muayyan turini afzal ko’rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;   
-
olingan  bilim  va  ko’nikmalardan  turli  hayotiy  vaziyatlarda  o’z  ijodiy 
rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; 
-
insonning dunyoni o’zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.  •
4-bob. O’quv-tarbiyaviy faoliyat 
•
  O’quv-tarbiyaviy  faoliyat  «O’zbekiston  Respublikasining  ilk  va 
MTM  yoshidagi  bolalarni  rivojlantirishga  oid  davlat  talablari»  asosida 
amalga oshiriladi. 
• MTMgacha  ta’lim  muassasasi  o’quv  va  tarbiyaviy  faoliyatni  o’quv 
yillari bo’yicha tashkil qiladi. 
• O’quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
•             1  iyundan  31  avgustgacha  MTMda  yozgi  sog’lomlashtirish  davri 
tashkil etiladi.  •
4.1. O’quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish
•
          O’quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi 
va  unda  pedagog  tomonidan  rejalashtirilgan  kundalik  harakatlar,  bolalar 
o’yinlari,  bo’sh  vaqt  va  o’quv-tarbiyaviy  faoliyat  turlari  navbatma-navbat 
amalga oshiriladi.        
•
O’quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, 
ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va 
individual rivojiga asoslanuvchi o’quv rejasiga muvofiq olib boriladi. 
O’quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib 
chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi . • O’quv-tarbiyaviy  faoliyatni  rejalashtirish  ta’lim  sharoitlariga  bog’liq 
holda  integrasiya,  xilma-xillik  va  moslashuvchanlik  tamoyillaridan  tarkib 
topadi. 
•
O’quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
-
yillik mavzuviy ;
-
haftalik .
•
Rejalashtirishda  faoliyatning  maqsadlari,  mavzusi,  mazmuni  va  turlari 
ifodalanadi.  Faoliyat  turini  tanlashda  nafaqat  o’quv-tarbiyaviy  faoliyatning 
umumiy  maqsadlari,  balki  rivojlanish  sohalari  bo’yicha  maqsadlar,  faoliyat 
mazmuni va turlarini integrasiyalash ham hisobga olinadi.  • Rejalashtirishda  kun  tartibini  hisobga  olish  zarur.  Kun  tartibi  ish  sur’atini 
belgilaydi  va  bolaga  bir  faoliyatdan  boshqasiga  oson  o’tishda  yordam 
berishi  lozim.  Shuni  yodda  tutish  joizki,  o’yin  MTMgacha  yoshdagi 
bolalarning  asosiy  faoliyati  hisoblanadi.  Kun  tartibini  tuzishda  kunduzgi 
uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi. •
ETIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

Mavzu:“Ilk qadam” MTMgacha ta’lim muassasasining Davlat o’quv dasturining mazmun -mohiyati Reja 1. Dasturning maqsad va vazifalari. 2.Musiqaning madaniy hayotimizda tutgan o‘rin. 3. Bolalar ta’lim- tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari . 4. Ijtimoiy- hissiy rivojlanish .

1-bob. Umumiy qoidalar MTMgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi (quyida: «MTM davlat o’quv dasturi») O’zbekiston Respublikasining ilk va MTMgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda MTMgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.

• Davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy:  davlat MTMgacha ta’lim muassasalari;  MTMgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari;  MTMgacha guruhlarga ega bo’lgan «Me h ribonlik» bolalar uylari;  MTMgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

1.1. MTMda davlat o’quv dasturini qo’llash • Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi. Ta’lim muassasalari MTMgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. • Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi .

• 1.2. MTMning maqsad va vazifalari • MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:  bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va MTMgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;  MTMgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;  bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;