Tabiiy dorivor o’simliklar xosildorligini aniqlash usullari
Tabiiy dorivor o’simliklar xosildorligini aniqlash usullari
Reja: Dorivor o’simliklar o’sadigan joylarni izlab topish Dorivor o’simliklar zaxirasini aniqlash usulari Dorivor o’simliklarni hosildorligi va tiklanish davrini aniqash. Dorivor o’simlik maxsulotlarini yillik miqdorini rejalashtirish
O‘zbekistonda 4150 atrofida o‘simliklar turlari uchraydi. O‘sadigan yovvoyi o‘simliklarni 700 ga yaqin turi dorivor hisoblanadi. O‘zbekiston florasi o‘simliklar olamida alohida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Muzliklar davridan so‘ng hosil bo‘lgan “Arkto-alpiyskiy” o‘simliklar tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarini egallaydi. Bu o‘simliklar tekislikdan tog‘ tomonga 1500- 1700 metrgacha etib boradi. Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlil qilib, yovvoyi dorivor o‘simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari. Samarqand viloyati respublika markaziga joylashgan bo‘lib, Zarafshon sohiliga kiradi. Hozirgi kunda viloyat 14 ta tumandan iborat. Samarqand viloyatini relefi asosida uchga bo‘lish mumkin. - SHimoliy Nurota tog‘lari yon bag‘ri. - O‘rtasi-Zarafshon sohillari. - Janubida-Zarafshon tog‘ini adirlar
Samarqand viloyati o‘simliklar oilalarini xilma-xilligi ma’lum zonalarga bo‘linsa yaqqol ko‘rinadi: a) G‘arb tumanlarida uchraydigan va yig‘ib olinsa bo‘ladigan dorivor o‘simliklar: - bozulbang- Lagochillus inebrians Bge (Qizil kitobda). labguldoshlar- Lamiaceae isiriq (garmala) – Peganum garmala L tuyatovondoshlar – Zygochyllaceae oqquray (psoraleya) – Psoralea drupacea Bge. dukkakdoshlar – Fabaceae achchiqmiya (sofora tolstoplodnaya)- Sophora pachycarpa C.A.Mey. dukkakdoshlar- Fabaceae bodomcha (mindal)- Amigdalus spinosissima Bge. Men. ra’noguldoshlar- Rosaceae
Sochiq tarqalgan dorivor o‘simliklarni zahiralari uncha katta bo‘lmay 50-100 kg quruq mahsolotni yig‘ib olishni rejalashtirish mumkin. Bu o‘simliklar, odatda qattiq muxofazaga muxtoj emasligi bilan farq qiladi. Samarqand viloyatida bu o‘simliklardan tashqari, farmatsiya sanoati uchun foydalanish mumkin bo‘lgan o‘simliklar mavjud. Isiriq, achchiqmiya, kiyik o‘ti, tog‘rayxon, bodomcha, sariq andiz, na’matak shular jumlasidandir. Umumlashtirib aytilganda Samarqand viloyatida 40 dan ortiq dorivor o‘simliklar turini uchratish mumkin