logo

O‘ZBEKISTONNING TABIIY SHAROITI VA TABIIY BOYLIKLARI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4542.1982421875 KB
O‘ZBEKISTON N IN G TA BIIY  
SHAROITI VA TA BIIY  
BOY LIKLARIБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Tabiiy sharoit tabiiy boyliklardan nimasi bilan farq 
qiladi?
O‘zbekiston yerusti tuzilishi betakrordir. Shunga 
monand tabiati ham, boyliklari  ham xilma-xil.   Qulay  tabiiy sharoit   ishlab chiqarish samaradorligining 
muhim tabiiy omilidir.   Tabiiy sharoit, ayniqsa,  qishloq xo‘jaligi, foydali 
qazilmalar   qazib chiqarish va  transport harakati da 
yaqqol bilinadi.       Tog‘ relyefi, sho‘rxoklar, cho‘llar, taqirlar, jarliklar 
hududni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.   Qurg‘oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlarni suv bilan 
ta’minlash og‘ir kechadi. Lekin fan-texnika taraqqiyoti tufayli 
ishlab chiqarishning tabiiy sharoitga bog‘liqligi yengib 
kelinmoqda. Ayni vaqtda insonning tabiatga ta’siri kuchayib, 
salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.   Tabiiy boyliklar  tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab 
chiqarishga bevosita aloqador, ya’ni uning xomashyo va 
energetika bazasini tashkil etadi.   Eng muhim tabiiy boyliklardan biri — bu  yerosti 
boyliklari  ( mineral   va  yoqilg‘ilar ).    Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda 
foydalaniladi(2-rasm).   O‘zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo‘lgan 
mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining 
xomashyoga va yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyoji to‘xtovsiz
ortib bormoqda.    Hozirda tabiiy boyliklarning yarmiga yaqinidan 
foydalanilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, tabiiy boyliklar 
zaxirasidan tejab foydalanishimiz zarur.    Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va tiklanmaydigan 
boylikdir.   Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanishning 
asosiy shartlari:
♦  konlardan qazilmalarni to‘liq qazib olish;
♦  atrof-muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;   ♦   barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal 
foydalanish;
♦  geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish;   ♦   mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan xomashyo va 
yoqilg‘ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo‘llash.   Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanish 
kerak. Toki kelajak avlod ham bu boyliklardan 
bahramand bo‘lsin.   Eng muhim tabiiy boyliklardan yana biri –  suv .  Qishloq 
xo‘jaligida ko‘p miqdorda suv sarflanadi.    Sanoat korxonalari uchun ham ko‘p suv talab qilinadi.
Korxonalar eng katta shaharlar aholisi iste’mol 
qiladigan suvdan ko‘proq suvni «ichib» qo‘ymoqda.    Suv – tiklanadigan tabiiy boylikdir.   Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan  unumdor tuproq 
(yer),    aholi ehtiyoji uchun zarur  o‘simlik  va  hayvonot   dunyosi 
(baliq, yovvoyi hayvonlar),    inson hayoti uchun zarur bo‘lgan  havo   ham tugaydigan 
va tiklanadigan tabiiy boylikka mansubdir.   Toshkent, Farg‘ona, Navoiy kabi shaharlar, ayrim 
sanoat rayonlari hududida havo tarkibidagi kislorod 
aholi ehtiyojini qondira olmayapti.    Holbuki, kislorod manbayi bo‘lgan o‘simliklar o‘nlab 
yillarda tiklanadi.    Unumdor tuproq esa undan ham sekin tiklanadi.   O‘lkamiz hududi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
yetishtirish uchun qulay iqlim sharoitiga ega. Bu 
agroiqlim   boyligi tugamaydigan tabiiy boylikdir.   Mamlakatimiz hududi bitmas-tuganmas  quyosh 
energiyasi   boyligiga ega. Quyosh energiyasi 
tugamaydigan tabiiy boylikdir.    Quyoshdan kelayotgan issiqlikni elektr energiyaga 
aylantirish istiqbollari juda kattadir.      
•
1.  Tabiiy sharoit va boyliklar milliy iqtisodiyotni 
rivojlantirishda qanday ahamiyatga
•
ega?
•
2.  Tabiiy boyliklarning qanday turlarini bilasiz?
•
3.  Tabiiy boyliklar ahamiyati qanday baholanadi?
•
4.  Mamlakatimiz tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishga 
qayerlarda sharoit qulay ekanini
•
xaritadan aniqlang. Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2014,2019 / 
www.eduportal.uz

O‘ZBEKISTON N IN G TA BIIY SHAROITI VA TA BIIY BOY LIKLARIБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Tabiiy sharoit tabiiy boyliklardan nimasi bilan farq qiladi? O‘zbekiston yerusti tuzilishi betakrordir. Shunga monand tabiati ham, boyliklari ham xilma-xil.

Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir.

Tabiiy sharoit, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakati da yaqqol bilinadi.

Tog‘ relyefi, sho‘rxoklar, cho‘llar, taqirlar, jarliklar hududni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.