Tadbirkorlik huquqi alohida huquq sohasi
Mustaqil ishi Mavzu: Tadbirkorlik huquqi alohida huquq sohasi
Reja: 1.Tadbirkorlik huquqi nima 2.Tadbirkorlik huquqi alohida huquq sohasi 3. Tadbirkorlik huquqining manbalari 4. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar
Tadbirkorlik(biznes)huquqi (inglizcha - enterprise, enterprising, Ruscha -predprinimatelstvo) – foyda olish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z tashabbusi asosida mustaqil faoliyatidir. Sohibqiron Amir Temur tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlab va tadbirkorlarni uluglab, ularning nafaqat o‘zi balki jamiyat uchun ham katta nafi tegishini, inson doimo faol bo‘lishini ta’kidlab, o‘z tuzuklarida “ Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”, deb ko‘rsatadi .
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I. Karimov qayd etganidek “ ...Soha rivoji uchun mustahkam qonunchilik va huquqiy baza shakllantirilgani va muntazam takomillashtirilib borilayotgani, biznes uchun imtiyoz va preferentsiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish masalalarida davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko‘rsatilayotganligini ta’kidlash lozim”.