logo

Alohida muhofaza qilinadigan hududlar

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6221.9794921875 KB
www.arxiv.uzAlohida muhofaza qilinadigan 
hududlar 
Reja:
1. Mamlak at im iz milliy  bog'lari v a  qo'riqxonalari
2. O'zbek ist on Respublik asi Tabiat ni muhofaza qilish dav lat  qo'mit asi 
Axborot  xizmat
               www.arxiv.uz 2014  yil  10  yanvar  kuni  O'zbekiston  Respublikasi 
Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo'mitasi  tomonidan 
O'zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo'jaligi 
vazirligi,  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  geologiya 
resurslari  qo'mitasi  hamda  Ugom-Chotqol  davlat  tabiat 
milliy  bog'ini  jalb  qilgan  holda  « Mamlakatimiz  milliy 
bog'lari  va  qo'riqxonalari »   mavzusida  matbuot  anjumani 
tashkil etildi.
Matbuot  anjumanida  Davlat  tabiatni  muhofaza  qilish 
qo'mitasi,  O'zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv 
xo'jaligi  vazirligi,  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat 
geologiya  resurslari  qo'mitasi,  Ugom-Chotqol  davlat 
tabiat  milliy  bog'i  mas’ul  rahbar  va  xodimlari, 
manfaatdor  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  hamda 
ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.              www.arxiv.uz Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  sifatida 
O'zbekistonda ayni vaqtda 8 ta davlat qo'riqxonalari, 2 ta milliy 
bog',  1  ta  ekomarkaz,  1  ta  biosfera  rezervati,  10  ta  davlat 
buyurtmaxonalari,  5  ta  tabiat  yodgorligi  hududlari  faoliyat 
ko'rsatmoqda.  Bu  hududlarda  milliy  hamda  xalqaro  "Qizil 
kitob"larga  kiritilgan,  yo'qolish  ehtimoli  bo'lgan  nabodot  va 
hayvonot turlari davlat muhofazasiga olingan.
Mazkur  tizimda  davlat  tabiat  qo'riqxonalari  asosiy 
o'rinni  egallaydi.  O'zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga 
muvofiq  davlat  qo'riqxonalari  hududlari  qat’iy  muhofaza  rejimi 
ostida  bo'lib,   unda  yil  davomida  yovvoyi  tabiatni  muhofaza 
qilish  borasida  kuzatuvlar  olib  boriladi.  Qo'riqxonalarning 
asosiy  maqsadi  qimmatli  tabiiy  ob’yektlar,  landshaftlar,  noyob 
va  qimmatli  o'simliklar  hamda  hayvonlarning  irsiy  fondini 
saqlab  qolishdir.  Bugungi  kunda  qo'riqxonalarda  faoliyat  olib 
borayotgan  mutaxassislar  aholi  o'rtasida  muhofaza  etiladigan 
yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi 
hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o'rni 
bilan  bog'liq  keng  targ'ibot-tashviqot  ishlarini  olib  borishga 
da’vat etilgan.              www.arxiv.uz Qator  mamlakatlar  bioxilma-xillikni  muhofaza  qilishda 
Milliy bog'larni rivojlantirishga xissalarini qo'shmoqdalar.
2011  yilning  26  avgust  kuni  O'zbekiston  Respublikasi 
Hukumatining  243-sonli  Qarori  bilan  68717,  8  ga  maydonga  ega 
Quyi-Amudaryo  davlat  biosfera  rezervati  tashkil  etildi.  Mazkur 
rezervat  "Baday-to'qay"  davlat  qo'riqxonasi  bazasida  tashkil  etildi. 
Qo'riqlash  hududi  11568,  3  ga   bo'lib,  qat’iy  muhofaza  rejimi 
ostidagi hudud hisoblanadi.
Biosfera  rezervati  qo'riqxona  va  buyurtmaxona  vazifalarini 
bajaruvchi  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  toifasiga  kiradi.  U 
o'z  faoliyatida	
   biologik  xilma-xillik  hamda  biologik  resurslardan 
fuqarolar  va  xo'jalik  yurituvchi  sub’yektlar  manfaatlari  yo'lida 
ulardan barqaror foydalanishdek faoliyatni o'zida mujassam etadi.              www.arxiv.uz Biosfera  rezervatlari  nafaqat  u  joylashgan  hududda  istiqomat  qiluvchi 
aholining  tabiat  bilan  uyg'un  holatda  rivojlanish  imkonini  beradi,  balki  jamiyat 
ehtiyojlarini  qondirishga  xizmat  qiladi.  Ushbu  yondashuv  O'zbekiston 
Respublikasining  biologik  xilma-xilligini  muhofaza  qilish  bo'yicha  Milliy 
strategiyasi va chora-tadbirlar rejasida o'z aksini topgan.
O'tkazilgan  matbuot  anjumanida  O'zbekiston  Respublikasi  Tabiatni 
muhofaza  qilish  davlat  qo'mitasi  vakillari  tomonidan  O'zbekistonning  muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlari haqida, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi 
vazirligi  Qo'riqxonalar,  milliy  tabiiy  bog'lar  va  ovchilik  xo'jaligi  boshqarmasi 
tizimidagi Surxon davlat qo'riqxonasi vakili tomonidan "Surxon davlat qo'riqxonasi. 
Idmiy  tadqiqotlar"  haqida,  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  geologiya  resurslari 
qo'mitasi  vakili  tomonidan  "Kitob  Davlat  geologiya  qo'riqxonasi  zaminimizning 
460  million  yillik  tarixi  nigohida"  haqida  va  Toshkent  viloyati  hokimligi  qoshidagi 
Ugom-Chotqol  dalvt  tabiat  milliy  bog'i  vakili  tomonidan  "Ugom-Chotqol  davlat 
tabiat  milliy  bog'i"  haqidagi  ma’lumotlar  ommaviy  axborot  vositalari  xodimlariga 
yetkazildi,              www.arxiv.uz              www.arxiv.uz Shu  bilan  bir  qatorda,  bugungi  kunda  O'zbekistonda  bioxilma-
xillikni  saqlash  hamda  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  tizimini 
rivojlantirish  sohasida  qator  xalqaro  loyihalar  amalga  oshirilayotganligi 
e’tirof  etildi.  Bunday  loyihalarga  "Qo'riqxonalar  misolida  muhofaza 
etiladigan  tabiiy  hududlar  milliy  tizimi  barqarorligini  ta’minlash", 
"O'zbekiston  neft  va  gaz  tarmog'iga  bioxilma-xillikni  saqlash  tamoyillarini 
joriy  qilish",  "2011-2020  yillarda  O'zbekistonda  Biologik  xilma-xillik 
to'g'risidagi  Konvensiyaning  Strategik  rejasini  amalga  oshirishda  qo'llab-
quvvatlash  uchun  biologik  xilma-xillik  sohasida  milliy  rejalashtirish"  va 
boshqalar kiradi.
Shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish 
davlat  qo'mitasi  tashabbusi  bilan  chop  etilgan  "O'zbekiston 
Qo'riqxonalarining  tirik  javoxirlari"  kitob-fotoalboming  taqdimoti  bo'lib 
o'tdi.  Ushbu  fotoalbomda  mamlakatimiz  qo'riqxonalarida  Qizil  kitobga 
kiritilgan  va  doimiy  muhofazada  bo'lgan  o'simlik  va  hayvonot  dunyosi 
haqida ma’lumotlar keltirilgan.              www.arxiv.uz              www.arxiv.uzO'zbek ist on Respublik asi Tabiat ni muhofaza qilish 
dav lat  qo'mit asi A xborot  xizmat
Qo’riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash 
O’zbekiston  Hukumati  biologik  xilma-xillikni  saqlash  muhumligini  e’tiborga  olib,  1998  yil  1 
aprelda  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  Raisi  tomonidan  tasdiqlangan  O’zbekistonda  biologik 
xilma-xillikni  saqlab  qolish  bo’yicha  Milliy  strategiya  va  harakat  dasturini  qabul  qildi.  Ushbu  dasturning 
ustivor  maqsadi  O’zbekistondagi  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  tizimini  rivojlantirish,  biologik  xilma-
xillikni  muhofaza  etish  va  tabiiy  resurslardan  barqaror  foydalanishdir,  ushbu  loyiha  esa  oldinga  qoyilgan 
ustivor  maqsadlarni  amalga  oshirishda  ko’maklashadi.  Hozirda  mamlaraktda  iqtisodiy-ijtimoiy  muammolar 
mavjudligini,  Hukumat  uchun  davlat  byudjetidan  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  samarali  faoliyat 
yuritishlari  uchun  etarli  mablag’lar  yo’naltirish  qiyinligini  e’tiborga  olgan  holda,  muhofaza  etiladigan  tabiiy 
hududlarni  boshqarishga  mutasaddi  bo’lgan  hukumat  tashkilotlari  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarning 
samarali  faoliyati  va  biologik  xilma-xillikni  saqlab  qolish  uchun  yangi  usullarni  izlamoqdalar.  Shuni  ham 
e’tiborga olish kerakki, biologik xilma-xillikni muhofaza etiladigan tabiiy hududlar orqali saqlab qolish uchun 
davlat byudgetidan ajratiladigan mablag juda ham ko’p harajatlidir. 2004 yil dekabrda               www.arxiv.uz O`zbekiston  Respublikasining  “Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  to’g’risida”gi  yangi 
qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun biologik xilma-xillikni saqlab qolishga qo’shimcha mablag`larni 
jalb  etish  imkoniyatini  yaratdi.  Ushbu  loyiha  qo’riqxonalar  boshqaruvida  yangicha  usullarni 
qo`llash  imkoniyatlarni  beradi,  bu  o’z  navbatida  yuzaga  kelgan  imkoniyatlardan  samarali 
foydalanishga  olib  keladi.  Amaldagi  qonunchilikda  mahalliy  aholini  keng  jalb  gilgan  holda  va 
ularning  manfaatlarini  inobatga  olgan  holda  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  boshqarishda 
yangicha mexanizmni qo`llash imkoniyatlari mavjud.
Respublika hududida bir qator global ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik va hayvonot turlari 
mavjuddir,  ularga  qor  qoploni,  sayg’oq,  buhoro  bug’usi,  burama  shoxli  echki  (morhor),  cho`l 
pustelg а si  va  boshqalar  kiradi.  Muhofaza  etiladigan  tabiy  hududlar  tizimi  9  davlat  qoriqxonasi,  9 
zakaznik,  2  milliy  tabiat  bog’i  va  2  davlat  yodgorliklaridan  iborat.  Qo’riqxonalar  o’z  navbatida 
mamlakatdagi  biologik  xilma-xillikni  saqlashning  eng  muhum  vositasi  hisoblanadi.  Hozirda 
qishlooq  xo’jaligini  rivojlanishi  va  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanmaslik  natijasida  kelib 
chiqadigan  va  tabiiy  yashash  joylarini  tanazzulga  uchrashi  havfining  ortishi  muhofaza  etiladigan 
tabiiy  hududlar  milliy  tizimiga  biologik  xilma-xillikni  samarali  muhofaza  qilish  kafolatini 
bermaydi. 
Mavjud  tur  va  ekotizimlarni  saqlab  qolish,  mahalliy  aholiga  tabiiy  resurslardan  samarali 
foydalanish  kafolatini  berish  uchun  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlarni  boshqarishni  va  mavjud 
qonunchilikni takomillashtirish zarur.              www.arxiv.uz              www.arxiv.uz Loyiha qo’riqxonalarni 
boshqarishda samarali, rentabelli 
va yashash joylarini qayta tiklash 
usullarini ishlab chiqib, o`z oldiga 
qo’yilgan maqsadlarga quyidagi 3 
asosiy natijalar orqali erishadi:
O’zbekiston muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar 
tizimini kengaytirish 
bo’yicha istiqbolli dastur 
tayorlash ; Boshqaruv samaradorligini 
takomillashtirishni va 
kengaytirishni ta’minlash uchun 
institutsional va individual 
salohiyatni mustahkamlash; Qo’riqxonalar muhofaza 
zonalarida yangicha 
usullarni qo’llash orqali 
boshqaruv samaradorligini 
mustahkamlash.                         www.arxiv.uz E’t iboringiz 
uchun 
rahmat !!!

www.arxiv.uzAlohida muhofaza qilinadigan hududlar Reja: 1. Mamlak at im iz milliy bog'lari v a qo'riqxonalari 2. O'zbek ist on Respublik asi Tabiat ni muhofaza qilish dav lat qo'mit asi Axborot xizmat

www.arxiv.uz 2014 yil 10 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi hamda Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'ini jalb qilgan holda « Mamlakatimiz milliy bog'lari va qo'riqxonalari » mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi, Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'i mas’ul rahbar va xodimlari, manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

www.arxiv.uz Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O'zbekistonda ayni vaqtda 8 ta davlat qo'riqxonalari, 2 ta milliy bog', 1 ta ekomarkaz, 1 ta biosfera rezervati, 10 ta davlat buyurtmaxonalari, 5 ta tabiat yodgorligi hududlari faoliyat ko'rsatmoqda. Bu hududlarda milliy hamda xalqaro "Qizil kitob"larga kiritilgan, yo'qolish ehtimoli bo'lgan nabodot va hayvonot turlari davlat muhofazasiga olingan. Mazkur tizimda davlat tabiat qo'riqxonalari asosiy o'rinni egallaydi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo'riqxonalari hududlari qat’iy muhofaza rejimi ostida bo'lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo'riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o'simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo'riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o'rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o'rni bilan bog'liq keng targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishga da’vat etilgan.

www.arxiv.uz Qator mamlakatlar bioxilma-xillikni muhofaza qilishda Milliy bog'larni rivojlantirishga xissalarini qo'shmoqdalar. 2011 yilning 26 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 243-sonli Qarori bilan 68717, 8 ga maydonga ega Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Mazkur rezervat "Baday-to'qay" davlat qo'riqxonasi bazasida tashkil etildi. Qo'riqlash hududi 11568, 3 ga bo'lib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud hisoblanadi. Biosfera rezervati qo'riqxona va buyurtmaxona vazifalarini bajaruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi. U o'z faoliyatida biologik xilma-xillik hamda biologik resurslardan fuqarolar va xo'jalik yurituvchi sub’yektlar manfaatlari yo'lida ulardan barqaror foydalanishdek faoliyatni o'zida mujassam etadi.

www.arxiv.uz Biosfera rezervatlari nafaqat u joylashgan hududda istiqomat qiluvchi aholining tabiat bilan uyg'un holatda rivojlanish imkonini beradi, balki jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv O'zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini muhofaza qilish bo'yicha Milliy strategiyasi va chora-tadbirlar rejasida o'z aksini topgan. O'tkazilgan matbuot anjumanida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi vakillari tomonidan O'zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari haqida, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Qo'riqxonalar, milliy tabiiy bog'lar va ovchilik xo'jaligi boshqarmasi tizimidagi Surxon davlat qo'riqxonasi vakili tomonidan "Surxon davlat qo'riqxonasi. Idmiy tadqiqotlar" haqida, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya resurslari qo'mitasi vakili tomonidan "Kitob Davlat geologiya qo'riqxonasi zaminimizning 460 million yillik tarixi nigohida" haqida va Toshkent viloyati hokimligi qoshidagi Ugom-Chotqol dalvt tabiat milliy bog'i vakili tomonidan "Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'i" haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari xodimlariga yetkazildi,