TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI
TABIATNI MUHOFAZA QILISHNING GEOGRAFIK ASOSLARI
Aholining tez ko‘payishi va fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan jamiyatning tabiatga ta’siri tobora kuchaymoqda. Bu ta’sir ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
Shu tufayli tabiatni muhofaza qilish, inson uchun qulay ekologik muhitni saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish – eng dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish deganda, tabiatni insoniyat manfaatlarini ko‘zlab saqlashga va ongli ravishda o‘zgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, hamda resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan barcha turdagi tadbirlar tushuniladi. Bu tadbirlar davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tabiatni muhofaza qilishning eng asosiy masalalari – atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va barcha turdagi tabiiy resurslar: suv, yer, iqlim, o‘simlik, hayvonot resurslari hamda qazilma boyliklardan oqilona va isrof qilmay foydalanish.