logo

ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK-EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI

Загружено в:

16.08.2023

Скачано:

0

Размер:

6498.3720703125 KB
ATROF-MUHIT MONITORINGI VA 
GEOGRAFIK-EKOLOGIK
EKSPERTIZA  ASOSLARI XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika 
inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib 
borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish 
tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi.  Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar 
tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash 
va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning 
uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha 
takliflar o‘rtaga qo‘yildi. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib 
o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan 
konferensiyasi arafasida vujudga keldi.  Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha 
«monitor» – esga soladigan, ogohlantiradigan)
tushunchasi paydo bo‘ldi. Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson 
faoliyati ta’sirida o‘zgarishini kuzatish, olingan 
ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv 
tadbirlarini qo‘llashdir. Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, 
yerosti suvlari, tuproq, o‘simlik qoplamining turli 
chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv 
elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi.  Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda 
yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning 
o‘zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit 
holatiga nisbatan olinadi. Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring 
tashkil qilishning  bioekologik, geoekologik  va  biosfera 
bosqichlari  ajratilgan. Bioekologik monitoring  bosqichida atrof-muhitning ifl 
oslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtayi 
nazaridan kuzatiladi. Mazkur bosqichda odamlarning 
kasallanishi, o‘lim, tug‘ilish, uzoq umr ko‘rish va 
boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi.  Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o‘zgarishiga aks 
ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring 
kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati 
ma’lumotlariga tayanib ish ko‘riladi. Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli 
bo‘lgan chiqindi va moddalar bo‘yicha kuzatishni 
tashkil qiladi. Geoekologik monitoring  bosqichida, asosan, tabiiy, 
tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar 
kuzatiladi va nazorat qilinadi.  Mazkur bosqich uchun tabiatni ifloslantiruvchi 
moddalarning ruxsat etilgan miqdori va geotizimlarning 
o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar
muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geograflk statsionar-
larda, maxsus zona yoki poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda 
havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson 
salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va 
ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuzatish tashkil 
etiladi. Bu borada geotizimlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim. Biosfera monitoringi  bosqichining asosiy vazifasi 
atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. 
Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo 
okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga 
ko‘proq e’tibor beriladi.  Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladi-
gan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga 
ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari 
tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga 
qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari 
kiradi. Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang 
miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning 
vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon
qatlamining yupqalanishiga qaratiladi. O‘zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga 
oshirish.  O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi, 
konchilik, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat 
tarmoqlarining so‘nggi 50–60 yil davomida tez sur’atlar 
bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli 
o‘zgarishlar ro‘y berdi, mintaqaviy va mahalliy 
ekologik muammolar kelib chiqdi.  Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, 
nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini
ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati yuzaga keldi. Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha 
muassasa  va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi 
O‘zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi 
tomonidan, yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy
geografik jarayonlarning rivojlanishi O‘zbekiston 
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasiga 
qarashli «O‘zbekgidrogeologiya» korxonasi tomonidan,
  tuproqlarning sho‘rlanishi va grunt suvlari me’yori,
kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi tomonidan,  o‘rmonlar holati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq 
bo‘lgan masalalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 
kuzatilib, nazorat qilib turiladi.  Bu tashkilot va muas-sasalarning monitoring sohasidagi 
faoliyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo‘mita atrof-muhit holati bo‘yicha turli axborot va
ma’lumotlarni yig‘ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni 
baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo‘lsa, tegishli 
tashkilotlarga xabar berish bilan birga uning oldini olish 
bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va 
ularning bajarilishini nazorat qiladi. Yil davomida mamlakatimiz bo‘yicha olib borilgan 
kuzatish va nazorat ma’lumotlari yig‘ilib, o‘rtacha oylik 
ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Geografi k-ekologik ekspertiza asoslari .  XX asrning 
60–70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxonalarini 
qurish va boshqa tadbirlar loyihalari mutaxassislarning 
har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati 
bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon 
umumiy ma’noda ekspertiza deb ataladi. Ekspertiza  deb, yirik muhandislik inshootlarini qurish 
loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga 
aytiladi. «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan 
ma’noni bildiradi.  Ekspert  – biror sohada ekspertiza
o‘tkazuvchi mutaxassis. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv
xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. 
sohalar bo‘yicha ekspertiza, asosan, loyihalanayotgan 
muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini 
baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geografik 
va ekologik ekspertizaga bo‘linadi. Geografik ekspertiza  deb, loyihalashtirilayotgan 
muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos 
kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi. Ekologik ekspertiza  deb, inson faoliyatining atrof-muhit 
biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikro-
organizmlar) qismiga ta’sirini baholashga ytiladi. Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha 
jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga 
olib, geografik-ekologik ekspertiza deb ataladi. 
Geografik-ekologik ekspertiza ekspertiza jarayonida 
muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi 
salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi. Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat 
ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika 
qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi 
va boshqalar.  Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 
belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografïk 
ekspertiza boshqarmasi mavjud. O‘zbekistonda geografi k-ekologik ekspertiza 
o‘tkazish.  O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan 
boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari 
geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi.  Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxona-
larini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mav-
jud korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-
muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha 
tahlil qilinib,  texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va 
changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy 
moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat
berilmoqda.  Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha 
korxonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar 
asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-
muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda
bo‘lishi kafolatlangan.  Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi,
Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa 
korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har 
tomonlama o‘tkazilgan. © Foydalanilgan adabiyotlar:
•
Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova , V. A. 
Rafiqov– Geografiya – O‘rta ta’lim muassasalarining
     10-sinfi va o‘rta maxsus,kasb-hunar ta’limi 
      muassasalarining  o‘quvchilari uchun darslik , 
     Toshkent,  «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» 
     Davlat ilmiy nashriyoti, 2017/  www.eduportal.uz

ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK-EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimini tashkil qilish zarurati paydo bo‘ldi.

Mazkur kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga qo‘yildi.

Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1972-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag‘ishlangan konferensiyasi arafasida vujudga keldi.

Shu munosabat bilan fanda yangi monitoring (lotincha «monitor» – esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo‘ldi.