Talimiy yozma ishlar va uning turlari. Bayon yozish metodikasi. Bayon turlari va uning xususiyatlari
Talimiy yozma ishlar va uning turlari. Bayon yozish metodikasi. Bayon turlari va uning xususiyatlari
REJA: Kirish. 1. Yo zma ishlar va uning turlari. 2. Bayon yozish metodikasi. 3. Bayon turlari va uning xususiyatlari
KIRISH. Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning yozma savodxonligini oshirish borasida o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar quyi dagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: imlo qoidalarini ongli o‘zlashtirish, ijodiylik, fikrni aniq, lo‘nda, qisqa va tushunarli bayon etish. O‘quvchi yozma savodxonligini oshirish maqsadida taqvim-mavzu ish rejasida ko‘rsatilgan muddatlarda insho, bayon hamda diktant kabi yozma ish turlarini muntazam o‘tkazib borish belgilangan.
Yo zma ish turi o‘quvchi bosqichma-bosqich o‘zlashtirgan imlo qoidalariga mos ra vishda tanlanishi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchi o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratilmog‘i, o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini qay darajada amalda qo‘llay olishini aniqlashga yo‘naltirilmog‘i kerak. Taqvim-mavzu ish rejasiga asosan yozma ish turlarini o‘z vaqtida o‘tkazish mumkin, ammo uning natijasi qanday bo‘lishiga ko‘ra tadbirlar ishlab chiqilmog‘i — bosh masala. Aslida, o‘quvchining savodxonlik darajasi saboq berayotgan o‘qituvchiga hali nazorat ishlari boshlanmasdan avval aniq bo‘ladi. Chunki ko‘pi bilan uch dars oralig‘ida o‘quvchi ay lanma daftarlarini tekshirish sinch kov murabbiyga bu imkoniyatni beradi.
Shu o‘rinda nafaqat til sohasidagi, balki uyga yozma vazifa beriladigan matematika darslarida ham aylanma daftarlarning muntazam tekshirilishi har bir o‘quvchi bilan individual ishlashning debochasi va bajarmaslik mumkin bo‘lmagan zaruriy tashxis ekanini aytib o‘tmoq joiz. Agar ushbu ishni nimagadir qiyoslash joiz bo‘lsa, o‘qituvchilik faoliyati ning asosi, yuklamasining teng yarmi sifatida baholash o‘rinlidir. Aylanma daftarlarni tekshirish kundalik odatiy mashg‘ulot sifatida bir stavka dars egasidan har kunda kamida ikki, nazorat o‘tkazilgan kundan keyin nazorat turiga qarab uch-to‘rt, ba’zan besh-olti soat vaqt talab etadi. Aylanma daftarlar tekshuruvi o‘quvchi savodxonligini aniqlashdan tashqari, savod o‘rgatish borasida ham bemisl aha miyatga ega. To‘g‘ri tekshirilgan so‘z, jumla yoki gap imlo me’yorlari borasidagi amaliy muloqot tarzida o‘quvchi esida oson qoladi va keyingi amaliyotda mayoq vazifasini o‘taydi.