Tanlangan mavzu bo’yicha axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’quv mashg’ulotini loyhalashtirish
Mavzu: Tanlangan mavzu bo’yicha axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’quv mashg’ulotini loyhalashtirish
XXI asr insoniyatning yangi axborot jamiyatiga kirib borishi ta’lim jarayoniga katta, salmog‘li hissa qo‘shdi. An’anaviy, o‘rganib qolgan o‘qish shaklidan interfaol, ta’lim texnologiyalariga asoslangan ta’lim shakliga o‘tilishi bir qator mulohazalarga zamin yaratdi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) keng tarqalishi, jahon o‘rgimchak to‘ri (internet)ning paydo bo‘lishi ta’lim jarayonini shakllantirishda va ta’lim berishning yangi shakl va uslublarini ochishga asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ko‘p tadiqiqot ishlari inson va kompyuter o‘rtasidagi xarakatlarning psixologikpedagogik aspektlari hamda yuqori ko‘rsatkichga erishish mumkin bo‘lgan axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash usullarining izlanishi jarayoniga bag‘ishlanmoqda. Kompyuterdan qanday maqsadlarda foydalanish va qo‘llash masalalariga quyidagilarni keltirishimiz mumkin.
Kompyuter o‘rgatuvchi vosita sifatida. Informatika darslarida talaba yoshlar kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘rganishadi. O‘qituvchining vazifasi, roli – o‘quvchilarda o‘quv jarayonida, amaliy mashg‘ulotlarda hamda ta’limning boshqa bo‘g‘inlarida kompyuter texnikalari va axborot texnologiyalardan maqsadli foydalanishga o‘rgatishdan iborat