logo

Temuriylar davri svilizatsiyasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2830.2109375 KB
Temuriylar davri svilizatsiyasi
  Reja: 
                    1.Temuriylar sulolasining hokimiyatga kelishi
                    2.Temuriylar sulolasi gullab yashnashi
                    3.Temuriylar svilizatsiyasi ahamiyati
                    4.Foydalanilgan adabiyotlar                 Temur Tarag‘ay ibn Barlos 1336-yil 9-aprelda uncha katta bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Temur nomi 
turkiy tildan "temir" deb tarjima qilinib, bu ko'p jihatdan uning irodali fe’l-atvori va kelajakdagi taqdiriga ta’sir 
ko‘rsatgan. U jasur va mard yigit edi, ota-onasi va ustozlari uni haqiqiy jangchi qilib tarbiyalashgandi. Jangda 
olgan oyog‘idagi jarohatlarga qaramay, u juda kuchli qudratga ega edi va oxirgi kunlarga qadar barcha yurish va 
janglarda shaxsan ishtirok etdi.                 Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri keladi. Shohruh Mirzo va uning 
vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a 
maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro 
davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida 
qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar, 
saroylar, istirohat bog'lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko'prik, korizlar-bular hammasi Temuriylar zamonasi 
madaniy yuksa-lishining ishonchli tasdig'idir.                                          Go ’ ri Amir maqbarasi 
Т emur tomonidan nabirasi Sultonning so 
ng qurishga farmon berilgan. maqbaraga 
sohibqironning  ой  uning o'g illaridan 
Umar Shayx, Muhammad fojeali 
о' limidan Bu Mironshox, Shoxrux nabirasi 
Muhammad Sulton va Ulug' bek y а 
boshqalar qilingan. dafn Sohibqironning 
tomonida pirlari Mir Sayid Baraka 
yotipdi.                                     Ulu g'bek madrasasi 
XV asr, Amir Temurning nevarasi, 
Movarounnahr hukmdori Ulug'bek 
1417-yili Mirzo tomonidan qurib 
bitkazilgan. Uning peshtoqida 
davrida  А. Temur eronda ustaning 
avlodi Ismoil  I bn Tohir nomi 
saglanib qolgan, U yirik 
madaniyati va mari fat vazifasini 
keltirilgan asrla r da maskani 
o'tagan                 Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy 
hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo'lgan. 
Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning 
«To'rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy 
fanlar rivojiga ayricha ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. 
Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan 
Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», 
Xofiz Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq 
Samarqandiyning «Matla ul-sa'dayn» va «Majma' ul-bahrayn» 
(«Ikki saodatli yulduzning chiqish o'rni va ikki azim 
daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur 
tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik 
bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi 
fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» 
(«Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») 
asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik 
darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u 
yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy 
yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib 
qolmay, balki shu bilan birga o'sha davrning barcha 
murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar 
silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.                 O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga 
ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri va 
mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida 
o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy 
o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan 
yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki 
ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu 
adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini 
ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi.
Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», 
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi 
sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri 
o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til 
boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng 
muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek 
g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan 
Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir.                 Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx 
Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari 
alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, 
portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining 
tabiiyligi, Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga soladi.
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g'li) Boysunqur Mirzo 
homiyligida bunyod topgan o'ziga xos badiiy akademiya rolini 
o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko'plab mo'yqalam 
sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz 
rangli tasvirlar, miniatura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, 
hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», 
Firdavsiyning «Shohnoma», Nizo-miyning «Xamsa» va boshqa 
asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o'z 
ahamiyatini saqlab kelmoqda                 M usawirlik san'atinmg tengi yo'q yulduzi 
Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi ham 
Temuriylar davri san'atining yuqori 
cho'qqisi hisobfanadi. Uning mo'yqalamiga 
oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, 
chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», 
Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa'diyning 
«Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning 
«Xamsa» asarlariga ishlangan miniatura 
namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i 
Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go'r», 
«Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga 
o'xshash rassomchilik asarlari bu tug'ma 
ijodkor iste'do-dining yuksak mahorati 
namunalaridir.                 Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati ham alohida 
o'rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq 
qo'shiq-chiligining sakkiz turi rivojlanganiigini qayd etadi. Bular - 
tuyuq, changchi, Uirkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va 
shu kabilar. Amir Temur davrida san'at va musiqa olamida 
mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-
1435) bo'lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. 
Temuriylar davri musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni 
benihoya katta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z ijodlarida 
Navoiyning she'r va g'azallaridan kens iiodiv f^dalanganlar.                 Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati 
rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid 
Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli 
vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, 
Darvesh Muhammad Toqiy , Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur 
va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz 
ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali 
Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko'plab bebaho 
qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. 
Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy 
Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz 
adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-
harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.                 Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy 
taqdirida, uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi 
davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, 
bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti 
sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati 
tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. 
Mo'g'ullarning bir yarirn asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos 
bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko'tarildi. Ayni chog'da, 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' 
taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy 
madaniyatning yuksak namunalari, dur-u javohirlari mana necha asrlardirki, 
jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib kelmoqda.

Temuriylar davri svilizatsiyasi Reja: 1.Temuriylar sulolasining hokimiyatga kelishi 2.Temuriylar sulolasi gullab yashnashi 3.Temuriylar svilizatsiyasi ahamiyati 4.Foydalanilgan adabiyotlar

Temur Tarag‘ay ibn Barlos 1336-yil 9-aprelda uncha katta bo‘lmagan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Temur nomi turkiy tildan "temir" deb tarjima qilinib, bu ko'p jihatdan uning irodali fe’l-atvori va kelajakdagi taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan. U jasur va mard yigit edi, ota-onasi va ustozlari uni haqiqiy jangchi qilib tarbiyalashgandi. Jangda olgan oyog‘idagi jarohatlarga qaramay, u juda kuchli qudratga ega edi va oxirgi kunlarga qadar barcha yurish va janglarda shaxsan ishtirok etdi.

Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar, saroylar, istirohat bog'lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko'prik, korizlar-bular hammasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksa-lishining ishonchli tasdig'idir.

Go ’ ri Amir maqbarasi Т emur tomonidan nabirasi Sultonning so ng qurishga farmon berilgan. maqbaraga sohibqironning ой uning o'g illaridan Umar Shayx, Muhammad fojeali о' limidan Bu Mironshox, Shoxrux nabirasi Muhammad Sulton va Ulug' bek y а boshqalar qilingan. dafn Sohibqironning tomonida pirlari Mir Sayid Baraka yotipdi.

Ulu g'bek madrasasi XV asr, Amir Temurning nevarasi, Movarounnahr hukmdori Ulug'bek 1417-yili Mirzo tomonidan qurib bitkazilgan. Uning peshtoqida davrida А. Temur eronda ustaning avlodi Ismoil I bn Tohir nomi saglanib qolgan, U yirik madaniyati va mari fat vazifasini keltirilgan asrla r da maskani o'tagan