Termiz arxeologiya muzeyi


Mavzu: Termiz arxeologiya muzeyi
Termiz arxeologiya Muzeyi –markaziy osiyoda yagpna bo’lib, Termiz shahrining 2500-yilligini nishonlash munosabati bilan 1998-yilda tashkil etilgan.
Termiz arxeologiya muzeyi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va loyihasi bo'yicha Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan viloyat hokimining 2001 yil 26 noyabrdagi 218-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Muzeyning rasman ochilgan kuni 2002 yil 2 aprel. • Kirish zal qismida bronza davridan (mil.avv. 3-2 ming yillik) eramizning XV asrigacha bo'lgan davr topilmalari o'rin olgan; • Kato Kyudzo ko'rgazma zali - Yaponiyalik olim Kato Kyudzoning hayoti va ilmiy tadqiqotlariga bag'ishlangan ko'rgazma zal hisoblanadi
15,000 DAN ORTIQ EKSPONATLAR • III zal - “Qadimgi Baqtriya madaniyati” (mil.avv. I ming yillik boshlari– mil.avv. IV asr oxiri) deb nomlanib, Surxon vohasining so'nggi bronza va ilk temir davrlariga oid bo'lgan moddiy madaniyat namunalaridan tarkib topgan. • IV zal - Baqtriyaning makedoniyalik Aleksandr va Ellinistik davlatlar davri madaniyati (mil.avv. 329 yil – mil.avv. II asr o'rtalari) zali vohamiz hududiga Aleksandr Makedonskiyning bostirib kelishidan to Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishigacha bo'lgan davr oralig'idagi eksponatlarni o'zida mujassam etgan.