logo

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

304.7548828125 KB
TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI                   1.Tezkor qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari,prinsiplari
2.Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvch organlar
 3. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi 
organlarning huquqlari
4. Tezkor-qidiruv faoliyatidagi cheklovlar
5. Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari va o‘tkazish  REJA:                   Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari
Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlari,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 
mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash;
jinoyatlarning  oldini  olish,  ularni  aniqlash,  ularga  barham  berish  va  ularni  fosh  etish, 
shuningdek  jinoyatlarni  tayyorlash  va  sodir  etishga  daxldor  shaxslarni  aniqlash 
hamda topish                      Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari
Tezkor-qidiruv  faoliyatining  asosiy  prinsiplari  qonuniylik,  inson  huquqlari,  erkinliklari 
va  qonuniy  manfaatlari  ustuvorligi,  konspiratsiyadan,  oshkora  va  nooshkora  usullar 
uyg‘unligidan iborat.
•
Qonuniylik prinsipi
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  hamda  ularning  xodimlari 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi ,  ushbu  Qonun  va  boshqa  qonunchilik 
hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda 
ularni  ijro  etishdan  chekinish  qonuniylikni  buzish  hisoblanadi  va  belgilangan 
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
•
Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi prinsipi
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  hamda  ularning  xodimlari 
tezkor-qidiruv  tadbirlarini  o‘tkazishda  inson  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy 
manfaatlariga rioya etishi shart.                   •
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari 
tomonidan  inson  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlari  buzilgan 
taqdirda,  mazkur  organlar  hamda  ularning  rahbarlari  ushbu  huquqlar, 
erkinliklar  va  qonuniy  manfaatlarni  tiklash,  yetkazilgan  zararning  o‘rnini 
qoplash  hamda  aybdorlarni  belgilangan  tartibda  javobgarlikka  tortish 
choralarini ko‘rishi shart.
•
Tezkor-qidiruv  tadbirlarini  o‘tkazish  natijasida  olingan,  jinoyat  yoki  boshqa 
huquqbuzarlik  sodir  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  axborotdan  inson  huquqlari, 
erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarini  cheklash  uchun  foydalanilishi  mumkin 
emas.
•
Hech  kim  qiynoqqa  solinishi,  zo‘ravonlikka,  shafqatsiz  yoki  inson  sha’ni  va 
qadr-qimmatini  kamsituvchi  boshqa  tarzdagi  tazyiqqa  duchor  etilishi  mumkin 
emas.
•
Insonning  shaxsiy  hayoti  holatlariga  oid  ma’lumotlarning  oshkor  etilishiga  olib 
keladigan,  uning  hayotini,  sog‘lig‘ini  xavf  ostiga  qo‘yadigan,  sha’ni  va  qadr-
qimmatini kamsitadigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.                   •
Konspiratsiya prinsipi
Tezkor-qidiruv  faoliyati  konspiratsiya  prinsipiga  rioya  etilgan  holda,  ya’ni 
tezkor-qidiruv  tadbirlari  o‘tkazishning,  tezkor-qidiruv  xususiyatiga  ega 
axborotni  olish,  rasmiylashtirish,  saqlash  va  undan  foydalanishning, 
shuningdek  tezkor-xizmat  xususiyatiga  ega  hujjatlar  bilan  ishlash 
qoidalarining alohida tartibi belgilangan holda amalga oshiriladi.
•
Oshkora va nooshkora usullar uyg‘unligi prinsipi
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  oshkora  va  nooshkora 
usullardan  foydalanadi,  bunday  usullarning  alohida  xususiyati  ushbu 
faoliyatning shart-sharoitlari bilan belgilanadi.                   Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, ularning huquqiy maqomi
1. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar
O‘zbekiston Respublikasining hududida tezkor-qidiruv faoliyatini:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy razvedkasining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining;                   •
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarning  vakolatlarini 
chegaralash
Surishtiruv va tergov organlari ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor-
qidiruv  tadbirlari  tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  tomonidan 
O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  43  	va	  46 1
-boblarida
 	
nazarda tutilgan tergovga tegishlilikka muvofiq o‘tkaziladi.
Prokuratura  organlari  hamda  tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar 
toifasiga kirmaydigan surishtiruv va dastlabki tergov organlari ish yurituvida bo‘lgan 
jinoyat  ishlari  bo‘yicha  tezkor-qidiruv  tadbirlari  tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga 
oshiruvchi  organlar  tomonidan  surishtiruvchining,  tergovchining  yozma  topshirig‘i, 
prokurorning ko‘rsatmasi va topshirig‘i asosida o‘tkaziladi.                     Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning huquqlari
•
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
ushbu  Qonunning 14-moddasida	 nazarda  tutilgan  tezkor-qidiruv  tadbirlarini 
oshkora va nooshkora o‘tkazish;
maxfiylik asosida ko‘maklashish istagini bildirgan shaxslar bilan pulli yoki bepul 
hamkorlik o‘rnatish;
yuridik  yoki  jismoniy  shaxslarning  roziligi  bilan  ularga  tegishli  xizmat  joylari  va 
turar joylardan, transport vositalari va boshqa mol-mulkdan foydalanish;
o‘z  zimmalariga  yuklatilgan  vazifalarni  hal  etish  uchun  maxsus  bilimlarga  ega 
bo‘lgan mutaxassislar yordamidan foydalanish;
video-  va  audioyozuv,  kino-  va  fotosuratga  olish  vositalarini,  shuningdek 
insonning  hayoti  va  sog‘lig‘i,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mol-mulki,  atrof-
muhit uchun xavfsiz boshqa texnika vositalarini qo‘llash;
tezkor-qidiruv  uchun  mo‘ljallangan  axborot  tizimlarini  yaratish  va  ulardan 
foydalanish huquqiga ega.                   •
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
o‘z vakolatlari doirasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mol-mulkini  himoya  qilish,  shuningdek 
shaxs,  jamiyat  va  davlat  xavfsizligini  ta’minlash  yuzasidan  barcha  zarur 
choralarni ko‘rishi;
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh 
etish,  shuningdek  jinoyatlarni  tayyorlash  va  sodir  etishga  daxldor  bo‘lgan 
shaxslarni aniqlash hamda topish choralarini ko‘rishi;
surishtiruv,  tergov  organlaridan  va  suddan  yashirinib  yurgan,  jinoiy  jazodan 
bo‘yin  tovlayotgan  shaxslarni,  bedarak  yo‘qolgan  shaxslar  va  qonunchilikda 
nazarda  tutilgan  hollarda  boshqa  shaxslarni  qidirishga,  shuningdek  tanib 
olinmagan murdalarning shaxsini aniqlashga doir ishlarni tashkil etishi;                   tezkor-qidiruv  tadbirlari  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  surishtiruv,  tergov  organlarining 
yozma  topshiriqlarini,  prokurorning  ko‘rsatmalari  va  topshiriqlarini  bajarish 
bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishi;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda konspiratsiya prinsipiga rioya etishi;
fuqarolarning  shaxsiy  hayotiga  tegishli,  sha’ni  va  qadr-qimmatiga  daxldor 
ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmasligi;
tezkor-qidiruv  tadbirlarini  o‘tkazishda  fuqarolarning  hayoti  va  sog‘lig‘i,  yuridik  va 
jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligini ta’minlashi;
tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlashi;
o‘z  xodimlarining  hamda  tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarga 
ko‘maklashayotgan  shaxslarning,  shuningdek  ular  oila  a’zolarining  xavfsizligini, 
ularning mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlashi;
mazkur  organlar  vakolatiga  taalluqli,  o‘zlariga  ma’lum  bo‘lib  qolgan  jinoiy  faoliyat 
faktlari  to‘g‘risida  bir-birini  xabardor  qilishi  hamda  zimmalariga  yuklatilgan 
vazifalarni bajarishda bir-biriga zarur yordam ko‘rsatishi;
o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda tezkor-qidiruv faoliyatining 
mavjud kuch va vositalarini samarali qo‘llashi shart.                     Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari va ularni o‘tkazish 
tartibi
Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari
Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari quyidagilardan iborat:
•
so‘rov  —  tezkor-qidiruv  faoliyatining  vazifalarini  hal  etish  uchun  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  faktlar  va  holatlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni 
bilgan yoki bilishi mumkin bo‘lgan shaxs bilan bevosita muloqotda bo‘lish jarayonida 
axborot olishdan iborat bo‘lgan tadbir;
•
ma’lumotlar  to‘plash  —  tezkor-qidiruv  faoliyatining  vazifalarini  hal  etish  uchun 
hujjatlarni,  materiallarni,  ma’lumotlar  bazalarini  o‘rganish,  shuningdek 
so‘rovnomalar  yuborish  orqali  jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  faktlar  va  holatlar 
haqida  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  axborotni,  shu  jumladan  bank  sirini  tashkil 
etuvchi ma’lumotlarni olishga qaratilgan tadbir;
•
qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yig‘ish  — tezkor-qidiruv faoliyatining 
vazifalarini hal etish maqsadida moddiy obyektlarni kelgusida qiyosiy tekshirish 
uchun olishdan iborat bo‘lgan tadbir;
•
tekshirish uchun xarid qilish  — yuridik yoki jismoniy shaxslardan tezkor-qidiruv 
faoliyatining vazifalarini hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlarni yoki 
xizmatlarni haq evaziga xarid qilishdan iborat bo‘lgan tadbir
•
shaxsning  aynanligini  aniqlash  —  tekshirilayotgan  yoki  qidiruvdagi  shaxsning 
shaxsini  identifikatsiya  qilish  yoxud  xususiy  belgilari  asosida  aniqlashdan  iborat 
bo‘lgan tadbir;                   Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun asoslar
Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
jinoyat ishining mavjudligi;
surishtiruv,  tergov  organlarining  yozma  topshirig‘i,  prokurorning  ko‘rsatmasi  va 
topshirig‘i;
agar  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atish  uchun  yetarli  asoslar  bo‘lmasa,  tezkor-qidiruv  faoliyatini 
amalga  oshiruvchi  organlarga  jinoyatlarni  tayyorlash,  sodir  etish  alomatlari  to‘g‘risida, 
shuningdek  jinoyatlarni  tayyorlashga  yoki  sodir  etishga  daxldor  shaxslar  haqida  ayon 
bo‘lib qolgan ma’lumotlar;
shaxs,  jamiyat  va  davlat  xavfsizligiga  tahdid  soluvchi  shaxslar,  hodisalar,  harakatlar 
(harakatsizlik) haqidagi axborotning mavjudligi;
  tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarga  surishtiruv,  tergov 
organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan bo‘yin tovlayotgan shaxslar, 
bedarak  yo‘qolgan  shaxslar  va  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  hollarda  boshqa 
shaxslar  to‘g‘risida,  shuningdek  topilgan  tanib  olinmagan  murdalar  haqida  ayon 
bo‘lib qolgan ma’lumotlar;                   Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish shartlari
Turar  joy  daxlsizligiga,  yozishmalar,  telefon  orqali  so‘zlashuvlar  va  boshqa 
so‘zlashuvlar,  aloqa  tarmoqlari  orqali  uzatiladigan  pochta,  kuryerlik  jo‘natmalari  va 
telegraf  xabarlarining  sir  saqlanishiga  bo‘lgan  huquqlarni  cheklovchi,  shuningdek 
abonentlar  yoki  abonent  qurilmalari  o‘rtasidagi  bog‘lanishlar  to‘g‘risidagi  axborotni 
olishga  qaratilgan  tezkor-qidiruv  tadbirlarining  o‘tkazilishiga  prokuror  sanksiyasi 
asosida  yo‘l  qo‘yiladi.  Bank  sirini  tashkil  etuvchi  ma’lumotlarni  olishga  qaratilgan 
tezkor-qidiruv  tadbirlarining  o‘tkazilishiga  prokuror  sanksiyasi  asosida  yo‘l  qo‘yiladi, 
bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.                   Tezkor-qidiruv faoliyatidagi cheklovlar
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning:
fuqarolar  hayotini,  sog‘lig‘ini,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  mol-mulki  hamda  qonuniy 
manfaatlarini  xavf  ostiga  qo‘yadigan,  shuningdek  inson  sha’ni  va  qadr-qimmatini 
kamsitadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etishi;
fuqarolarni huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirishi va undashi;
zo‘ravonlik,  tahdid,  qo‘rqitish  hamda  inson  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlarini 
cheklovchi boshqa g‘ayriqonuniy usullardan foydalanishi;
ushbu Qonunning  14-moddasida  	nazarda tutilmagan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishi;
tezkor-qidiruv materiallarini soxtalashtirishi, shuningdek bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlardan 
foydalanishi;
biron-bir  yuridik  shaxsning,  shu  jumladan  siyosiy  partiyaning,  diniy  tashkilotning  yoki 
boshqa  nodavlat  notijorat  tashkilotining,  shuningdek  jismoniy  shaxslarning  manfaatlarini 
ko‘zlab tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazishi taqiqlanadi.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarning  deputatlar,  senatorlar,  sudyalar, 
prokurorlar, advokatlarni maxfiylik asosida hamkorlikka jalb qilishi taqiqlanadi.                   Tezkor-qidiruv  faoliyatini  axborot  bilan  ta’minlash  va  tezkor-qidiruv  ishini 
yuritish
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  o‘z  zimmalariga  yuklatilgan 
vazifalarni  bajarish  uchun  tezkor-qidiruvga  mo‘ljallangan  axborot  tizimlarini 
yaratishga va ulardan foydalanishga haqli.
Ma’lumotlarni to‘plash va tizimlashtirish, tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini 
tekshirish va baholash, shuningdek ular asosida, ushbu Qonunning 15-
moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, tegishli qarorlar 
qabul qilish maqsadida tezkor-qidiruv ish yurituvi ishlari yuritiladi.                   T ezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish
Tezkor-qidiruv  faoliyati  natijalaridan  faqat  tezkor-qidiruv 
faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  zimmalariga 
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Tezkor-qidiruv  faoliyati  materiallari  jinoyat  ishi 
qo‘zg‘atish uchun asos bo‘lishi, jinoyat ishi o‘z yurituvida 
bo‘lgan  surishtiruv,  tergov  organlariga,  prokurorga 
tergov  harakatlariga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  ularni 
o‘tkazish  uchun  taqdim  etilishi,  shuningdek  bu 
materiallardan  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-
protsessual  kodeksi  	normalariga  muvofiq  jinoyat  ishlari 
bo‘yicha isbot qilishda foydalanilishi mumkin.
Ushbu  Qonunning	
 16-moddasi	 shartlariga  rioya  etilgan 
holda  o‘tkazilgan  tezkor-qidiruv  tadbirlarining  natijalari 
O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual   kodeksiga
 	
muvofiq  tekshirilganidan  va  baholanganidan  so‘ng 
dalillar sifatida e’tirof etilishi mumkin .                   •
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  xodimlarini,  shuningdek 
ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  xodimlariga  qonunchilikka  muvofiq 
ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilinish kafolatlari beriladi.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  xodimlariga  qonunchilikka  muvofiq 
ijtimoiy imtiyozlar beriladi.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  xodimlari  va  ularning  oila  a’zolari 
xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ularning  mol-mulkini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  tartibda  maxsus  chora-tadbirlar 
nazarda tutiladi.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organning  uyushgan  jinoiy  guruh,  jinoiy  uyushma 
orasiga ularni fosh qilish maqsadida kiritilgan xodimi qonunda belgilangan tartibda qilmishning 
jinoiyligini  istisno  qiladigan  holatlar  mavjud  bo‘lgan  taqdirda,  qonunga  xilof  qilmishlari  uchun 
jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
•
                     •
      Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarga  ko‘maklashayotgan 
shaxslarni,  shuningdek  ularning  oila  a’zolarini  ijtimoiy-huquqiy  jihatdan 
himoya qilish
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarga  ko‘maklashayotgan  shaxslar 
davlat himoyasida bo‘ladi.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarga  ko‘maklashayotgan  shaxslar 
tezkor-qidiruv  faoliyati  uchun  ajratilgan  mablag‘lar  hisobidan  belgilangan 
miqdorlarda taqdirlanish huquqiga ega.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarga  ko‘maklashayotgan 
shaxslarning,  shuningdek  ular  oila  a’zolarining  hayotiga,  sog‘lig‘iga  yoki  mol-
mulkiga  haqiqiy  tahdid  yuzaga  kelgan  taqdirda,  tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga 
oshiruvchi  organlar  ularga  nisbatan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 
tomonidan belgilangan tartibda maxsus himoya chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.                   •
Tezkor-qidiruv faoliyatini moliyalashtirish
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  moliyalashtirish  O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  budjeti 
mablag‘lari  va  tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarning  budjetdan 
tashqari mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
•
Moliyaviy mablag‘larning sarflanishi ustidan nazorat
Tezkor-qidiruv  faoliyati  uchun  ajratilgan  moliyaviy  mablag‘larning  sarflanishi  ustidan 
nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
•
Tezkor-qidiruv faoliyati ustidan idoraviy nazorat
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarning  faoliyati  ustidan  idoraviy 
nazorat qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  rahbarlari  tezkor-qidiruv 
faoliyatining tashkil etilishi va amalga oshirilishi ustidan idoraviy nazoratni ta’minlaydi.
•
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  tomonidan 
qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat
O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  va  unga  bo‘ysunuvchi  prokurorlar  tezkor-
qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlar  tomonidan  qonunlarning  ijro  etilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi.                   •
        Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarning  qarorlari  va  mazkur 
organlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Tezkor-qidiruv  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  organlarning  qarorlari,  mazkur  organlar 
xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, 
prokurorga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
•
  Tezkor-qidiruv faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik
Tezkor-qidiruv  faoliyati  sohasida,  shu  jumladan  O‘zbekiston  Respublikasining,  shuningdek 
chet  davlatlarning  vakolatli  organlari  va  turdosh  xalqaro  tashkilotlar  xodimlarining 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  bo‘yicha  hamkorlikdagi  tadbirlarda  ishtirok  etishi  masalalari 
yuzasidan  xalqaro  hamkorlik  O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlari  va  xalqaro 
shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
•
Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tezkor-qidiruv  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilikni  buzganlikda  aybdor  shaxslar  belgilangan 
tartibda javobgar bo‘ladi.
•
Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat  boshqaruvi  organlari  ushbu  Qonunga  zid  bo‘lgan  o‘z  normativ-huquqiy  hujjatlarini 
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
•
    Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
                             ETIBORINGIZ
                   UCHUN
                               RAHMAT

TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI

1.Tezkor qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari,prinsiplari 2.Tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshiruvch organlar 3. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning huquqlari 4. Tezkor-qidiruv faoliyatidagi cheklovlar 5. Tezkor-qidiruv tadbirlarining turlari va o‘tkazish REJA:

Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash; jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish

Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari Tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, konspiratsiyadan, oshkora va nooshkora usullar uyg‘unligidan iborat. • Qonuniylik prinsipi Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi , ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga aniq rioya qilishi va ularni bajarishi shart. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikka aniq rioya qilishdan hamda ularni ijro etishdan chekinish qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi. • Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi prinsipi Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishi shart.

• Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar hamda ularning xodimlari tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda, mazkur organlar hamda ularning rahbarlari ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni tiklash, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda aybdorlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi shart. • Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish natijasida olingan, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etish bilan bog‘liq bo‘lmagan axborotdan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash uchun foydalanilishi mumkin emas. • Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. • Insonning shaxsiy hayoti holatlariga oid ma’lumotlarning oshkor etilishiga olib keladigan, uning hayotini, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, sha’ni va qadr- qimmatini kamsitadigan harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi.