Tohir Malik nasrida diniy-ma’rifiy mavzu talqini
“ Tohir Malik nasrida diniy-ma’rifiy mavzu talqini”
RE’JA: KIRISH DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI I BOB. BADIIY ADABIYOTDA DINIY-MA’RIFIY G‘OYALAR 1.1. Adabiyotda diniy g‘oya va tushunchalarning o‘rni va ahamiyati. 1.2. Diniy-ma’rifiy asarlar poetikasi. I bob bo‘yicha xulosa. II BOB. TOHIR MALIK NASRINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI . 2.1.Adib nasri badiiyati. 2.2.“Odamiylik mulki” pandnomasida diniy g‘oya talqini. II bob bo‘yicha xulosa. III BOB. TOHIR MALIKNING ADABIY MAHORATI 3.1.Tohir Malikning diniy ruhdagi asarlarida tildan foydalanish mahorati 3.2.Yozuvchining individual uslub qirralari. III bob bo‘yicha xulosa. UMUMIY XULOSАLАR FOYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI
Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi bugungi davr shaxsiyati ruhiyatining eng katta ehiyojiga aylanib borayotgan diniy va ma’rifiy g‘oyalarning badiiy adabiyot orqali qay darajada inson ongiga ta’sir etishini tekshirish, bunda adabiyotning o‘rni, xususan, tohir malik ijodida diniy g‘oyalarning ifodalanishi va adib nasri badiiyatini, yozuvchilik mahoratini talqin qilish, zamonaviy adabiyotda diniy-ma’rifiy asarlar poetikasini o‘rganish hamda ushbu mavzu yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarishdan iborat. Tohir Malik asarlari, jumladan, “Odamiylik mulki”, “Oxirat” kitoblari dissertatsiya obyekti qilib olindi. Yozuvchining asarlarida diniy masalalar hamda uning namoyon bo‘lish shakllari, ilmiy asoslari va badiiy adabiyotda diniy g‘oya va tushunchalar masalasi tadqiqotning predmeti qilib olindi. TADQIQOT OBYEKTI TADQIQOT MAQSADI
O‘zbek adabiyotshunosligida din va adabiyot bog‘liqligi masalasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar hali yetarlicha rivojlanmagan, xususan, Tohir Malik ijodida diniy g‘oyalar tadqiqiga asoslangan ilmiy ishlar mavjud emas. Mazkur ishning ilmiy yangiligi sifatida din va adabiyot masalasiga o‘zbek yozuvchisi Tohir Malik ijodi orqali to‘xtalganlik hamda yozuvchining pandona-didaktik ruhni zamonaviy adabiyotga qayta kiritganligi haqidagi tahlillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Badiiy asarning din bilan bog‘liq holda rivojlanishi, adabiy muhitning, jarayonlarning takomilida diniy e’tiqod hamda ma’rifiy g‘oyalarning o‘rni, uzviy bog‘liqligi o‘zbek adabiyotshunosligida o‘rganilmagan masala hisoblanadi. TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI TADQIQOTNING DOLZARBLIGI
Adabiyotshunoslikda diniy masalalar tadqiqi. R.O.Safronov L.R. Tatarnikova A.Y.Nazarov G.K.ShlegelLi Vey Yuliya Nikoloyevna G. Danagulovna Dolgushin Dmitriy S.D.Maksimova Redmond James Scott Nathan Shaffer E.S. Sternberg Meir Lewalski Barbara Kiefer Gunn Giles B. Frye Northrop Bultmann Rudolf