logo

Tojikiston Respublikasi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4684.158203125 KB
Tojikiston Respublika si •
Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyoning janubi-sharqida, Hisor-
Oloy va Pomir tog'lari hududida joylashgan. Shimolda Qirg'iziston, 
shimoli-g'arb va g'arbda O'zbekiston, janubda Afg'oniston, sharqda 
Xitoy bilan chegaradosh.
•
Iqtisodiy-geografik o'rni Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatining 
yo'qligi, baland tog'lar sharoitida quruqlik transportini 
rivojlantirishning murakkabligi hisobiga ancha noqulay hisoblanadi    •
Boshqaruv shakli jihatidan Tojikiston 
prezidentlik respublikasi hisoblanadi. 
Ma'muriy-hududiy tuzilishi birmuncha 
murakkab bo'lib, 2 ta viloyat, 1 ta 
muxtor viloyat (Tog'li Badaxshon), 
respublikaga bo'ysunadigan 1 ta shahar 
(Dushanbe) va 13 ta tumandan iborat. 
Poytaxti - Dushanbe shahri 
mamlakatning janubi- g'arbidagi Hisor 
vodiysida joylashgan.   Tabiiy sharoiti va resurslari
•
Tojikiston qo'shni Qirg'iziston singari tog'li mamlakatdir. 
Hududining 90 % dan katta qismini baland tog' tizmalari 
egallaydi. Tojikistonning sharqiy qismini o'rtacha balandligi 4 
000 metrdan yuqori bo'lgan Pomir tog'lari egallaydi. 
Respublikaning eng baland nuqtasi Ismoil Somoniy cho'qqisi 
(7 495 m.). Tojikiston seysmik jihatdan faol mintaqada 
joylashganligi tufayli respublikada kuchli zilzilalar sodir 
bo'lib turadi.   Foydali qazilmalari
•
Tojikiston zamini turli ma'danlar 
zaxiralariga boy. Xususan, uning 
hududida uran, oltin, kumush, 
polimetall rudalarining yirik konlari 
bor. Ammo Tojikiston yoqilg'i-
energetika resurslariga boy emas. •
Tojikiston jahonning suv va gidroenergetika 
resurslari bilan eng yaxshi ta'minlangan 
davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat 
hududidan Panj, Vaxsh, Amudaryo, Sirdaryo, 
Zarafshon kabi Markaziy Osiyoning eng sersuv 
daryolari oqib o'tadi. Qorako'l, Sarez, 
Iskandarko'l respublikaning eng katta ko'llaridir. 
Bu ko'llardan, ayniqsa, Pomir tog'ida joylashgan 
1911-yilgi kuchli zilzila natijasida Murg'ob 
daryosi o'zanida vujudga kel¬gan yirik to'g'onli 
ko'li - Sarez ko'li mashhur.  Aholisi
•
Tojikiston aholisining soni 9,1 mln. kishiga teng (2018-y.). Tojikiston 
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholi tabiiy o'sishining yuqori 
sur'atlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, Tojikiston mintaqadagi shahar 
aholisining ulushi eng past bo'lgan davlat hisoblanadi (27 %, 2018-y.). 
Poytaxt aholisi 800 ming kishidan ortiq. Katta shaharlar toifasiga 
Xo'jand, Boxtar (sobiq Qo'rg'ontepa) va Ko'lob shaharlari mansub.   Aholisi
•
Tog'li relyef sharoitidagi dehqonchilik uchun 
qulay yerlarning yetish- movchiligi aholi asosiy 
qismining tog' oralig'idagi botiqlarda joylashuviga 
olib keldi. Aholisining yuqori zichligi bilan 
mamlakat shimolidagi Farg'ona vodiysi, janubi-
g'arbida joylashgan Hisor hamda Vaxsh vodiylari 
alohida ajralib turadi. Pomir tog'larida esa aholi 
daryo vodiylari va tog' yonbag'irlaridagi mayda 
qishloqlarda tarqoq holda joylashgan. Aholisi
•
Aholisining 85 % ga yaqin qismini tojiklar tashkil qiladi. 
Aholining milliy tarkibida ikkinchi o'rinda umumiy soni 
1 mln. kishidan ortadigan o'zbeklar turadi. Ular, asosan, 
O'zbekiston bilan chegaradosh rayonlarda istiqomat 
qiladi. Tog'li Badaxshon muxtor viloyatida tojiklar bilan 
birga ularga qardosh bo'lgan bir guruh mahalliy elatlar 
(vaxanlar, rushanlar, ish- kashimlar, yozg'ulamlar va 
boshqalar) vakillari hamda qirg'izlar yashaydi. Iqtisodiyoti
•
Tojikistonga Markaziy Osiyo davlatlari 
orasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 
nisbatan pastroq ko'rsatkichlari xos bo'lib, 
iqtisodiyoti agrar-industrial yo'nalishga ega. Sanoati
•
Tojikiston sanoatining yetakchi tarmoqlari rangli metallurgiya, tog'- 
kon, kimyo, qurilish materiallari va yengil sanoatdir. Tojikistonning 
eng katta sanoat korxonasi Tursunzoda shahridagi Tojikiston 
alyuminiy zavodi. Bu korxona Rossiyadan keltiriladigan xomashyo 
asosida yirik GESlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan 
foydalangan holda faoliyat ko'rsatadi. Alyuminiy Tojikiston 
eksportining tarkibida yetakchi o'ringa ega. Elektr energetikasi 
GESlarga tayanadi. GESlar orasida Vaxsh daryosidagi Norak GESi 
alohida iqtisodiy ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida 
to'qimachilik sanoati alohida ahamiyat kasb etadi.  Qishloq xo`jaligi
•
Tojikistonda dehqonchilikning asosiy tarmoqlari donchilik, paxtachilik, 
bog'dorchilik va uzumchilik hisoblanadi. Paxta va turli mevalar 
respublikaning muhim eksportbop mahsulotlari hisoblanadi. Sug'orma 
dehqonchiligi tog' oralig'idagi vodiylarida yaxshi rivojlangan, ammo 
hududining aksariyat qismini tog'lar egallagani hamda aholi zichligining 
yuqoriligi haydaladigan maydonlarning taqchilligini keltirib 
chiqarmoqda. Tog'-yaylov chorvachiligi qoramolchilik va qo'ychilikka 
ixtisoslashgan. Qishloq xo'jaligi tarmoqlari qatorida pillachilik ham katta 
ahamiyatga ega.

Tojikiston Respublika si

• Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyoning janubi-sharqida, Hisor- Oloy va Pomir tog'lari hududida joylashgan. Shimolda Qirg'iziston, shimoli-g'arb va g'arbda O'zbekiston, janubda Afg'oniston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh. • Iqtisodiy-geografik o'rni Dunyo okeaniga chiqish imkoniyatining yo'qligi, baland tog'lar sharoitida quruqlik transportini rivojlantirishning murakkabligi hisobiga ancha noqulay hisoblanadi