logo

Turkiston muxtoriyati hukumat rahbarlari faoliyati

Загружено в:

19.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1662.5732421875 KB
Mavzu:  Turkiston 
muxtoriyati  hukumat 
rahbarlari faoliyati
Sharof  Rashidov  nomidagi  
Samarqand  Davlat  universiteti  
Tarix fakulteti 308-guruh talabasi  
Umirzaqova  Zarina ning  
O ‘ zbekiston   tarix  fanidan 
taqdimoti Turkiston  muxtoriyati 
(ikkinchi  nomi  Qo'qon 
muxtoriyati)  — 
Turkiston 
mintaqasidagi  dastlabki 
demokratik  hukumat 
hisoblanib  u  1917-yil 
27-noyabr dan   —  1918-
yil  19-fevral gacha 
mavjud bo ‘ lgan. Qoʻqonda  boʻlib  oʻtgan  Butun  Turkiston 
musulmonlarining  favqulodda  4-
qurultoyi  (1917-yil  26—28  noyabr)da 
tashkil  topgan.  Qurultoy  Turkiston 
oʻlkasini  Rossiya  Federativ  Respublikasi 
tarkibida  hududiy  jixatdan  muxtor  deb 
eʼlon  qildi.  Shuningdek,  taʼsis  majlisi 
chaqirilgunga  qadar  hokimiyatni 
Turkiston  Muvaqqat  kengashi  va 
Turkiston  Milliy  Majlisi  qoʻlida  boʻlishi 
kerak  deb  hisobladi.  Markazi  —  Qoʻqon 
shahri. Qurultoyda  Turkiston  Muvaqqat  Kengashi  aʼzolaridan 
Turkiston  muxtoriyati  hukumati  (8  kishidan  iborat) 
tuzildi.  Yevropalik  aholi  vakillari  orasidan  nomzodlar 
koʻrsatilishi  uchun  ularga  ham  yana  4  oʻrin  ajratildi. 
Hukumat  tarkibiga  Muhammadjon  Tinishboyev  (Bosh 
vazir  va  ichki  ishlar  vaziri),  Islom  Shoahmedov  (Bosh 
vazir  oʻrinbosari),  Mustafo  Choʻqay  (tashqi  ishlar  vaziri), 
Ubaydullaxoʻja  Asadullaxoʻjayev  (harbiy  vazir), 
Hidoyatbek Agayev (yer va suv boyliklari vaziri), Obidjon 
Mahmudov  (oziq-ovqat  vazi ri ),  Abdurahmon  Oʻrazayev 
(ichki  ishlar  vazirining  oʻrinbosari),  Solomon  Gersfeld 
(moliya vaziri) kiritildi. Keyinchalik  hukumat  tarkibida  ayrim  oʻzgarishlar  yuz  berdi. 
M.  Tinishboyev  Alash  oʻrda  Muxtoriyati  faoliyatida  qatnashish 
uchun Orenburgga joʻnab ketgach (1917-yil), Mustafo Choʻqay 
Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Shoahmedov moliya 
vaziri  (S.  Gersfeld  oʻrniga),  Potelyaxov  oziq-ovqat  vaziri  (O. 
Mahmudov  oʻrniga),  O.  Mahmudov  adliya  vaziri,  Nosirxon 
Toʻra  maorif  vaziri,  Saidnosir  Mirjalilov  hukumat  xazinachisi 
lavozimlarini  egallashdi.  Savodsiz  bolshevik  komissarlardan 
farqli  ravishda  hukumat  aʼzolari  chuqur  maʼlumotli 
taraqqiyparvar  ziyolilar  boʻlib,  ulardan  5  nafari  huquqshunos 
edi.  Turkiston  Millat  Majlisi  54  nafar  (36  musulmon,  18 
yevropalik)  aʼzodan  iborat  boʻlishi  kerakligi  belgilandi. 
Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi. Muhammadjon 
Tinishboyev   Turkiston 
muxtoriyati 
hukumatining  1bosh 
vaziri  (1917-yil  noyabr—
dek.)  va  ichki  ishlar  vaziri 
(1917-yil noyabr – 1918-yil 
fevral).  Alash  Oʻrda 
hukumatining  ichki  ishlar 
vaziri  (1917-yil  dekabr—
1920-yil mart). Mansab davri
1917-yil 28-noyabr – 
1917-yil 12-dekabr 1917-yil  fevral  inqilobi  paytida  u  Petrogradda 
boʻlgan.  U  1917-yil  mart  oyida  Turkistonga  qaytib, 
Toshkentda  Turkistondagi  muxtoriyatchilik 
harakatiga  faol  jonbozlik  koʻrsatgan.  Islom 
Shoahmedov  1917-yil  iyundan  boshlab  Milliy 
Shoʻro  Ijroiya  komiteti  raisi  vazifasini  bajaruvchi 
sifatida  faoliyat  olib  borgan.  1917-yil  Pedrogradda 
tashkil  etilgan  Butunrossiya  musulmonlari  aʼzosi 
va  sekritari.  U  faoliyati  davomida  Turkiston 
musulmonlari  Markaziy  Shoʻrosi  aʼzosi,  Turkiston 
muxtoriyati  Bosh  vazir  oʻrinbosari,  moliya  vaziri 
kabi  lavozimlarda  ishlagan.  Islom  Shoahmedov 
Turkiston  muxtoriyati  konstitutsiyasi  loyihasining 
muallifi  hisoblanadi.  1918-yil  fevral  oyida  Turkiston 
muxtoriyati  tugatilgandan  keyin  bolsheviklar 
tomonidan  qamoqqa  olingan.  1918-yil  may  oyida 
ozod qilingan. Mustafo  Cho ‘ qay 
Turkiston  muxtoriyati 
hukumatining  tashqi 
ishlar  vaziri  (1917—
18),  Bosh  vazir  (1918-
yil  yanvar  dan). 
Muxtoriyat  qizil 
askarlar  tomonidan 
tugatilgach,  M ustafo 
Ch o ‘ qay    Toshkentga 
kelib,  bolsheviklardan 
yashirindi. Bosh vaziri
Mansab davri
1917-yil 12-dekabr 
– 1918-yil 19-fevral Turkiston  muxtoriyati  hukumatining 
harbiy  ishlar  vaziri  (1917-yil  noyabr- 
1918-yil  fevral).  Hukumat  topshirigʻi  bilan 
Kavkazga  bordi  va  Turkistonga  gʻalla 
keltirish  masalasini  hal  qildi.  Turkiston 
Muxtoriyati  hukumati  tugatilgach,  u 
Ashxobod-Samarqand  yoʻlida 
boʻlsheviklar qoʻliga tushib qolgan. Biroq, 
tez  orada  Orenburgga  boradi  va  1918  yil 
noyabrda  Boshqirdiston  Muxtoriyati 
hukumatini  tuzishda  ishtirok  etadi. 
Istiqlolchilik  harakatiga  xayrixohlik  bilan 
qaragani,  mustamlakachilikka  qarshi 
kurashgani  uchun  „millatchilik“da 
ayblanib qatagʻonga uchragan. Ubaydullaxoʻja 
Asadullaxoʻjayev HIDAYATBEK YURALI AGAEV
1880  yilda  Farg‘ona  vodiysida 
tug‘ilgan. U  mamlakatda  bilimdon 
agronom  sifatida  tanilgan. Turkiston 
muxtoriyati  hukumati  yer  va  suv 
xo‘jaligi  vaziri  lavozimida 
ishlagan. Turkiston  Milliy  Majlisi 
deputati  sifatida  ham  samarali  faoliyat 
yuritdi. 1918-yil  fevral  oyida 
bolsheviklar  Qoʻqon  shahrini  oʻqqa 
tutganda  Hidoyatbek  Yurali  Agayev 
Bosh  vazir  Mustafo  Choʻqay[2]  bilan 
birga  edi.  Ammo  Qoʻqonda 
bolsheviklar  qurolli  kuchlari  bilan 
boʻlgan janglarning birida halok boʻldi.Turkiston 
Muxtoriyati 
hukumatining oziq-
ovqat vaziri (1917—
1918).     Foydalanilgan  adabiyotlar 
ro‘yxati:
1. “ O‘zbekiston tarixi” darslik
2. Wekipediya qidiruv
3. Saidakbar  A’zamxo‘jayevning  “Turkiston 
muxtoriyati” kitobi
4. Elmurod  Zokirov.  Turkiston 
muxtoriyatining o‘rnatilishi

Mavzu: Turkiston muxtoriyati hukumat rahbarlari faoliyati Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Tarix fakulteti 308-guruh talabasi Umirzaqova Zarina ning O ‘ zbekiston tarix fanidan taqdimoti

Turkiston muxtoriyati (ikkinchi nomi Qo'qon muxtoriyati) — Turkiston mintaqasidagi dastlabki demokratik hukumat hisoblanib u 1917-yil 27-noyabr dan — 1918- yil 19-fevral gacha mavjud bo ‘ lgan.

Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4- qurultoyi (1917-yil 26—28 noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi — Qoʻqon shahri.

Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi aʼzolaridan Turkiston muxtoriyati hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi uchun ularga ham yana 4 oʻrin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinishboyev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom Shoahmedov (Bosh vazir oʻrinbosari), Mustafo Choʻqay (tashqi ishlar vaziri), Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (harbiy vazir), Hidoyatbek Agayev (yer va suv boyliklari vaziri), Obidjon Mahmudov (oziq-ovqat vazi ri ), Abdurahmon Oʻrazayev (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari), Solomon Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi.

Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. M. Tinishboyev Alash oʻrda Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga joʻnab ketgach (1917-yil), Mustafo Choʻqay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld oʻrniga), Potelyaxov oziq-ovqat vaziri (O. Mahmudov oʻrniga), O. Mahmudov adliya vaziri, Nosirxon Toʻra maorif vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi lavozimlarini egallashdi. Savodsiz bolshevik komissarlardan farqli ravishda hukumat aʼzolari chuqur maʼlumotli taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston Millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 yevropalik) aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi.