UNDALMA VA KIRISH SO’ZLAR
UNDALMA VA KIRISH SO’ZLAR
REJA 1. Undalma. Uning ifodalanishi. 2. Sodda va murakkab undalma. 3. Kiritma. Sodda va murakkab kiritma.
UNDALMA. UNING IFODALANISHI Undalma bo’lak tinglovchining diqqatini gapshakl bilan anglatilayotgan fikrga jalb qilish uchun xizmat qiladi, bosh kelishikdagi sintaktik birlik bilan ifodalanadi, undosh ohangi bilan aytiladi: O’zingiz bardammisiz, xola?
Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba’zan otlashgan so’zshakllar keladi. Undalma qo’llanganda u kengaytirgan so’z tushib qolishi ham mumkin. Ey sharqning bo’stoni, dilimga payvand! Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil. Undalma kengayib kelishi ham mumkin. Aziz kitobxon, katta oilaning qissalari tugamadi. Undalma uyushishi ham mumkin. Ona yurtim, mustaqil O’zbekiston gullab, yashnayver.
UNDALMA – so’zlovchining nutqi qaratilgan, boshqa bir shaxs yoki predmetni ifodalagan so’z yoki so’z birikmasidir. Undalma asosan dialog gaplarda qo’llanadi: - Mang, buva! -Peshin bo’b qoldi deng, qoravoy?