Uyg’ur xoqonligi davri manbalari
Mavzu: Uyg’ur xoqonligi davri manbalari Reja: 1. Uyg’ur xoqonligi 2. Uyg’ur xatida yaratilgan yozma yodgorliklar 3. Syuan-szan kechmishi 4. “ Qutadg’u bilig” asari 5. “ Hibbatu-i haqoyiq” asari
Uyg ur yozuvi 9—13-asrlarda budda diniga sig inuvchi ʻ ʻ turkiy qabilalar o rtasida kengtarqalgan. Ushbu ʻ qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv astasekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin Uyg ur yozuvi budda ibodatxonalarida 18-asrda ʻ ham qo llangan. 18-asr da Uyg ur yozuvi mo gullar ʻ ʻ ʻ tomonidan o zlashtirilgan va hozirgi ham mavjud ʻ bo lgan mo g ul yozuvi shakllangan; Uyg ur yozuvi ʻ ʻ ʻ ʻ asosida manjur yozuvi xam yaratilgan.
Uyg urlar mamlakati qadimiy madaniyat ʻ o choqlaridan hisoblanadi, bu hududda ʻ ko plab qadimiy davlatlar, shaharlar ʻ mavjud bo lgan. Uyg urlar qadimdan ʻ ʻ turli yozuvlardan (26 ta) foydalangan. Ular 5—6-asrlardan boshlab maxsus uyg ur yozuvi ishlata boshlashgan. ʻ
Uyg‘ur xati o‘z tarixi davomida, hatto arab alifbosi bilan yonma-yon qo’llangan chog‘larda ham, turk davlat va saltanatlarining asosiy rasmiy yozuvi bo‘lib keldi. Mahmud Koshg‘ariy turkla ming yozuvi haqida ma’lumot berar ekan, arab xatini emas, uyg‘ur xatini keltiradi. U yozadi: «Barcha xoqonlar va sultonlarning kitoblari, yozuvlari qadimgi zamonlardan shu kungacha Qashqardan Chingacha—hamma turk shaharlarida shu yozuv bilan yuritilgan» (MK,I, 50).Temuriylar zamonida yashab o‘tgan tarixchi Ibn Arabshoh ham ushbu yozuvning «chig‘atoyliklar» da shuhrat topganligini ta’kidlab, yozadi:«Ular («chig‘atoyliklar») o‘zlarining til xat,maktub, farmon, xat ,kitob, bitim, solnoma, she’r, qissa, hikoyat, hisob, xotira va devonga tegishli hamma ishlarini, chingiz ona tuzuklarini shu yozuvda yozadilar. Bu yozuvni yaxshi bilgan ularning orasida xor bolmaydi. Chunki bu ularda rizq ochqichidir».
Hozir«uyg‘ur yozuvi»nomi bilan atalayotgan qadimi turkiy alifbo yozma manbalarda bir qancha nom bilan yurililgan.Mahmud Koshg‘ariy o‘zining«Devonu lug‘atit-turk»asarida uni«turkcha yozuv» deb tilga oladi.Alisher Navoiy o‘z maktublarining birida uni«turkcha xat»deb atagan.Manbalarda mazkur yozuv«uyg‘urxati»,«mo‘g‘ul xati»deb ham yuritilgan.