logo

Uyg’ur xoqonligi davri manbalari. Syuan-szan kechmishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

103.447265625 KB
Mavzu:Uyg’ur xoqonligi 
davri manbalari. 
Syuan-szan kechmishi.                                          Reja:

1.Uyg’ur xatida yaratilgan yozma 
yodgorliklar.

2.”Syuan-szyan kechmishi” asari haqida.

3. Asraning o’rganilishi.                   
Uyg‘ur xatida yetib kelgan yozma merosning kata bir 
bo‘lagini  adabiy, diniy-falsafiy asarlar tashkil qiladi.

Ularni yaratilgan davri, mazmuniga ko‘ra quyidagi 
guruhlarga bo‘lish mumkin:

1.Tangrichilik (ko‘ktangri) diniy e’tiqodi davrida 
yaratilgan asarlar. Bunga uyg‘ur yozuvida bitilgan 
“0‘g‘uzxoqon” dostonini misol keltirish mumkin. Asar 
qo’l yozmasi XIII—XIV asrlarda ko‘chirilgan bo‘lishiga 
qaramay, dostonning ildizlari turklarda tangrichilik diniy 
e’tiqodi amal qilgan davrlarga borib tutashadi.                   
2. Moniychilik davrida yaratilgan asarlar. 

Moniychilik davridan “Xuastuanift” tavbanomasi, 
she’riy asarlar va turli matnlarning parchalari 
saqlangan.

3.Buddaviylikka oid asarlar. 

Buddaviylik davridan nihoyatda ko‘p asarlar qolgan. 
Ular diniy-falsafiy mazmundagi she’riy hamda nasriy 
yo‘l bilan yozilgan yirik-yirik asarlardir.

4.Nasroniy mazmunli asarlar                   
Qadimgi turk muhitida nasroniylikning keng yoyilib 
ketmaganidan bo‘lsa kerak, turkiy tildagi nasroniy 
mazmunli asarlar oz qolgan.

5.Islom davrida yaratilgan asarlar. 

Yusuf Xos Hojibning “Qutad-g‘u bilig”, Adib Ahmad 
Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” asarlari, shuningdek, 
ta’lim-tarbiya, bilimning qadr-u qimmati haqidagi 
she’riy parchalar islom davriga oid ilk yodgorliklardir.                   
Budda asarlaridan yana biri“Syuan- szan kechmishi”deb 
ataladi..

0‘z zamonasining  mashhur buddashunosi, 
no‘mchiachari (ulug‘ ustoz) nomini olgan Syuan-szan 
(turkiymatnda  Xuinso) budda yo‘riqlari, qonun-
qoidalari bitilgan no‘m bitiglarni olib kelish istagida 
g‘arbga—buddizm yurti Hindistonga safar qilgan 
sayyohlardan edi.

U o‘n yeti yil davomida (629-645-yillar) bir yuz 
yigirmadan ortiq mamlakat va o‘lkalarda bo‘ldi.                   
Budda tug‘ilgan tuproqqa borib, u yerdan olti yuz no‘m 
bitig keltirdi.  So‘ngra tevaragiga  budda sutrava 
shastarlarining bilimdonlarini yig‘ib, asarlarni anatkak 
tilidan tavg‘achchaga tarjima qildilar .

Syuan-szan budda no‘mlarining mag'zini tushunish va 
ularni sharhlashda zamon olimlaridan o'zib ketgan edi.

Shuning uchun budda ta’limotining bilimdoni, ulug‘ ustoz
—samtso  achari otini olgan. U qutlug‘ safari chog’ida 
ko‘rgan-kechirganlarini hikoya qiluvchi “G‘arb

Mamlakatlari xotiralari ”(“Kirügiellärödigi”) otli asar 
yozgan.                   
Keyinchalik uning shogirdi Xuey-li( turkiy matnda Xuilip) 
ana shu esdaliklar asosida“Syuan-szan kechmishi”asarini 
yozdi.Biroq Xueyli bu asarni tugata olmadi..

Uning o‘limidan keyin ushbu asarni Syuan-szanning 
boshqa bir shogirdi Yan-szun (matnda Xinsuij) yozib 
tugatdi.

Asarni X asrda yashab o‘tgan olim va tarjimon 
beshbaliqlik Shingqu Shelitutung qadimgi turkiy tilga 
o‘girgan.                                      
“ Syuan -szan kechmishi” ning xitoycha va qadimgi 
turkiy versiyalari ma’lum. Turkiy versiyasi bundan ming 
yil muqaddam Quchu uyg‘ur davlatida xitoy tilidan“ 
Tsi-in-chun no‘mbitig” nomi bilan tarjima qilingan. 
Asarning bittagina qo‘lyozmasi qolgan ,uyg‘ur 
xatidadir.

Qo‘lyozma hozir bo‘laklarga bo‘lingan holda Parij, 
Pekin, Sankt Peterburgda saqlanmoqda. Aftidan, 
qo‘lyozma kitob awal bir yerdan topilgan, keyinchalik 
har xilyo‘llar bilan turli fondlarga borib tushgan.                   
Qo‘lyozma potxi  kitob shaklida. U butunicha 
saqlanmagan.

Varaqlarining ko‘pi yo‘qolgan, ayrimlari titilib, 
bo‘laklarigina qolgan.

Qo‘lyozma ko‘p varaqlanganidanmi, girdi uringan, ba’zi 
satrlarining yozuvini ham  ilg‘ab  bo‘lmaydi. Kitob to‘liq 
bo‘lmasa-da, saqlanib qolgan bo‘laklari asosida 
asarning tuzilishi, mazmunini tiklashning bir qadar 
imkoni bor.                   E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!

Mavzu:Uyg’ur xoqonligi davri manbalari. Syuan-szan kechmishi.

Reja:  1.Uyg’ur xatida yaratilgan yozma yodgorliklar.  2.”Syuan-szyan kechmishi” asari haqida.  3. Asraning o’rganilishi.

 Uyg‘ur xatida yetib kelgan yozma merosning kata bir bo‘lagini adabiy, diniy-falsafiy asarlar tashkil qiladi.  Ularni yaratilgan davri, mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:  1.Tangrichilik (ko‘ktangri) diniy e’tiqodi davrida yaratilgan asarlar. Bunga uyg‘ur yozuvida bitilgan “0‘g‘uzxoqon” dostonini misol keltirish mumkin. Asar qo’l yozmasi XIII—XIV asrlarda ko‘chirilgan bo‘lishiga qaramay, dostonning ildizlari turklarda tangrichilik diniy e’tiqodi amal qilgan davrlarga borib tutashadi.

 2. Moniychilik davrida yaratilgan asarlar.  Moniychilik davridan “Xuastuanift” tavbanomasi, she’riy asarlar va turli matnlarning parchalari saqlangan.  3.Buddaviylikka oid asarlar.  Buddaviylik davridan nihoyatda ko‘p asarlar qolgan. Ular diniy-falsafiy mazmundagi she’riy hamda nasriy yo‘l bilan yozilgan yirik-yirik asarlardir.  4.Nasroniy mazmunli asarlar

 Qadimgi turk muhitida nasroniylikning keng yoyilib ketmaganidan bo‘lsa kerak, turkiy tildagi nasroniy mazmunli asarlar oz qolgan.  5.Islom davrida yaratilgan asarlar.  Yusuf Xos Hojibning “Qutad-g‘u bilig”, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” asarlari, shuningdek, ta’lim-tarbiya, bilimning qadr-u qimmati haqidagi she’riy parchalar islom davriga oid ilk yodgorliklardir.